Ta’lim24.uz
101K subscribers
32.6K photos
7.88K videos
148 files
16.7K links
Download Telegram
Forwarded from Hilola Umarova
Yoshlarimiz uchun yangi loyiha: “Kelajak uchun xorijiy til” — kelajakni birgalikda barpo etamiz!

O‘quvchilarimizning xorijiy tillar yo‘nalishidagi bilimlarini mustahkamlash, ular uchun yana-da kengroq imkoniyatlar yaratish maqsadida yangi loyihani yo‘lga qo‘ydik.

Endi bitiruvchi sinf o‘quvchilari xorijiy tillarni bevosita xorijlik ustozlardan o‘rganish, maktabni til bilish sertifikatiga ega holda bitirish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.

Bu — katta loyiha, unda qariyb 40 ming nafar 11-sinf o‘quvchilarining ishtirok etishi kutilmoqda. Intensiv darslar asosida ular til bilish sertifikati sinovlariga tayyorlanishadi. Muhimi barcha jarayonlar bepul tarzda tashkil qilinadi.

Ayni vaqtda poytaxtimizda katta uyushqoqlik bilan loyiha doirasida test sinovlari o‘tkazilmoqda. Bu testlar natijasida biz o‘quvchilarning til bilish darajalarini aniqlash hamda shu asosda guruhlarga ajratishni maqsad qilganmiz.

Shuni alohida aytishni istardim, 3 kundan beri davom etayotgan testlarda yoshlarimiz yaxshi natijalar qayd etishmoqda. Bu esa mazkur yo‘nalishda erishilayotgan amaliy natijalarimizdan darak beradi.

Umuman, bularning hammasi yoshlarimiz, ularning sifatli ta‘lim olishi va malakali kadr bo‘lib yetishishi yo‘lida qilinmoqda. Zero, bilimli, keng dunyoqarashli farzandlarimiz taraqqiyotning asosi demakdir.

#Toshkent_tajribasi #Language_for_the_future

@hilola_umarova
#Toshkent_tajribasi
#Test_sinovlarining_3_kuni

🔴 "Kelajak uchun xorijiy til" loyihasi doirasida diagnostik test sinovlari davom etmoqda

🔰 Poytaxt o‘quvchilari 3 modul asosida xorijiy tillar yo'nalishida o‘z bilimlarini sinovdan o'tkazishmoqda. Jarayonlar yakunida esa natijalar tahlil qilinib, o‘quv yilining 3-choragidan boshlab intensiv darslarga start beriladi.


➖ Mashg‘ulotlar yakunida o‘quvchilar til bilish sertifikati sinovlarida qatnashishlari ko‘zda tutilmoqda.

#Fotoreportaj #Language_for_the_future

UzA

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Language_for_the_future

📚 Ingliz tilini tizimli va barqaror o‘rganish uchun 5 eng samarali qo‘llanma

📗 English Grammar in Use — Raymond Murphy
Bu qo‘llanma grammatikani real gaplar asosida o‘rgatadi. Har bir qoida qisqa tushuntirish va aniq misollar bilan beriladi. Mashqlar orqali qoida mustahkamlanadi. Writing va speaking uchun kuchli asos bo‘ladi.


📙 Oxford Word Skills
Lug‘at mavzular bo‘yicha tartiblangan. Har bir so‘z gap ichida ishlatiladi. Mashqlar orqali so‘zlar active usage’ga o‘tadi. Daily conversation, travel, study va work mavzulari alohida qamrab olingan.


📕 English File (Oxford)
Listening, speaking, reading va grammar bir dars ichida ishlanadi. Audio va video materiallar real-life situations asosida. Pronunciation uchun maxsus bo‘limlar bor. Gapirishga majbur qiladigan tasks orqali fluency shakllanadi.


🎧 BBC Learning English
Listening’ni rivojlantirish uchun eng qulay manba. Nutq aniq va tushunarli. Grammar short lessons orqali yengil tushuntiriladi. News, interviews va daily topics real til muhitini beradi. Shadowing usuli bilan speaking ham rivojlanadi.


📘 Essential English Words — Paul Nation
Eng ko‘p ishlatiladigan 1000–4000 so‘z asosida tuzilgan. Har bir so‘z real kontekstda beriladi. Collocations va common phrases ham qamrab olingan. Reading tezlashadi. Listening paytida so‘zlarni tezroq ajrata boshlaysiz.


🌐 Yana-da ko‘proq foydali ma‘lumotlar uchun "Kelajak uchun xorijiy til" kanalini kuzatib boring!

Bizni kuzating

❤ Telegram          🌐 Facebook
🌐 Youtube           🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt          😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kelajak_uchun_xorijiy_til
#Fakultativ_darslar

🔴 Xabaringiz bor, poytaxtimizdagi umumta’lim maktablarida “Kelajak uchun xorijiy til” loyihasi doirasida fakultativ darslar bo‘lib o‘tmoqda.


➖ Unda malakali xorijlik va mahalliy mutaxassislar tomonidan o‘quvchilarning tilni bilish bo‘yicha 4 ko’nikmasi ustida ish olib borilmoqda.


🔰 Mazkur loyiha doirasidagi mashg‘ulotlar Yangihayot tumanidagi 331-maktab misolida.

#Toshkent_tajribasi
#Language_for_the_future

Bizni kuzating

❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
‼️‼️‼️
#Language_for_the_future

Milliy dastur platformasi endi hamma uchun ochiq: xorijiy tillarni ENG YAXSHI mutaxassislardan o‘rganing!

✅ "Prezident iqtidorli farzandlari" Milliy dasturi doirasida ishlab chiqilgan hamda mazkur dastur ishtirokchilari uchun mo‘lljallangan milliydastur.uz ta’lim platformasi resurslaridan endi barcha o'quvchilar foydalanishi mumkin.

Shuningdek, mazkur platforma bitiruvchi sinflar ishtirokida bo‘lib o‘tayotgan "Language for the future" loyihasi doirasida ham qo‘llaniladi.

➖Bu esa yoshlarni xalqaro imtihonlarga samarali tayyorlash hamda ishonchli ta’lim resurslari bilan ta’minlashga qaratilgan.


🔰 Bugungi kunda milliydastur.uz platformasida IELTS va SAT imtihonlariga tayyorgarlik uchun malakali mutaxassislar ishtirokida video darslar joylashtirilgan bo‘lib, ular barcha foydalanuvchilar uchun ochiq va bepul taqdim etilmoqda.

🌐 Ushbu resurslar yoshlarning xalqaro ta’lim imkoniyatlaridan foydalanishi, grant va stipendiya dasturlarida ishtirok etishi uchun zarur bilim va ko‘nikmalarni shakllantirishga xizmat qiladi.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
✅✅✅✅
#Language_for_the_future

🔴 Ayni damda poytaxtimizda “Kelajak uchun xorijiy til” loyihasi doirasida 11-sinf bitiruvchilari uchun speaking (og‘zaki) sinovlari davom etmoqda.

🔰 Unda o‘quvchilarning amaliy nutq ko‘nikmalari baholanmoqda.

Ta’kidlash joiz, mazkur jarayonlar loyiha doirasida o’quvchilar uchun bepul tarzda tashkil etilgan.


➖ Eslatib o‘tamiz, o’quvchilarning O’qish (Reading), Tinglab tushunish (Listening) va Yozish (Writing) bo‘yicha imtihonlari joriy yilning 20-23-aprel kunlari bo‘lib o’tgan edi.

Bizni kuzating

❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM