Forwarded from IT taʼlim
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#MOD, #Informatika
"Informatika va axborot texnologiyalari" fanidan O'qituvchi kitobi yaratildi
Endi o'qituvchi vaqti dars rejasini tuzishga emas, aniq belgilangan uslublar asosida samarali dars berishga sarflanadi.
Eʼtiborli jihati shundaki, endilikda Informatika va axborot texnologiyalari fanlarini 1-sinfdan boshlab boshqa fanlar tarkibiga singdirishni joriy etilishi kutilmoqda.
Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube

#MOD
Milliy oʻquv dasturini amaldagi davlat taʼlim standartidan nima farqi bor?
1️⃣ Amaldagi davlat standarti 2 komponent malaka talablari va tayanch oʻquv rejasidan iborat. Milliy oʻquv dasturi esa 6 ta kompanent- fan konsepsiyasi, oʻquv faoliyati natijasiga qoʻyilgan talablar, oʻquv reja, oʻquv dasturi, metodologiya va baholash tizimidan iborat.
2️⃣ Amaldagi davlat taʼlim standartida faqat 4, 9 va 11 -sinflar bitiruvchilariga malaka talablar qoʻyilgan boʻlsa, Milliy oʻquv dasturida har bir sinf uchun oʻquv faoliyatiga natijasiga talablar ishlab chiqildi. Yaʼni oʻquvchining har bir sinf bosqichini yakunlaganda fanlar boʻyicha qanday koʻnikmalarni shaklantirishi aniq qilib belgilab berilgan.
3️⃣ Amaldagi davlat taʼlim standartida fan konsepsiyasi, oʻquv dasturi, fanlarni oʻqitish metodikasi, oʻquvchini baholash tizimi nazarda tutilmagan edi. Milliy oʻquv dasturi esa oʻquv faoliyatini hamma jihatlarini qamrab oladi. Baholashning yangi tizimi joriy etiladi.
4️⃣ Oʻquv dasturlari XTV tomonidan har yili darslikning nashr rejasiga muvofiq oʻzgarishlar kiritilib, tasdiqlab berilgan bo'lsa, endilikda xalqaro baholash natijalariga ko'ra har 5 yilda o'zgaradi.
5️⃣ Taʼlim mazmuni 80% nazariyadan iborat edi, endilikda 50% nazariya 50% amaliyotga yoʻnaltirildi.
6️⃣ Amaldagi davlat taʼlim standarti yodlashga yoʻnaltirilgan, Milliy oʻquv dasturi individual qiziqish asosida oʻquvchilarda shaxsiy rivojlanish koʻnikmalari shakllantirilib, mustaqil hayotga tayyorlanadi.
7️⃣ Fanlararo integratsiya taʼminlanmagan, zamonaviy (STEM, STEAM, CLIL, ARIZ, TRIZ kabi) metodologiyalar qoʻllanilmagan edi. Milliy oʻquv dasturi mazkur kamchiliklarni bartaraf etdi.
8️⃣ DTS chiziqli oʻqitishga asoslangan edi, MOD “Soddadan murakkabga” tamoyili asosidagi spiralsimon oʻqitish metodikasiga asoslanadi.
9️⃣ Oʻqituvchi kitobi va oʻquvchi daftarlari joriy qilinmagan edi. Darslik, oʻqituvchi kitobi va oʻquvchi daftarlari zamonaviy formatda yaratiladi.
🔟 Fanlar soni optimallashtirilib, 1-4-sinflarda 9-10 ta, 5-11-sinflarda 12-14 ta fan oʻqitiladi.

Milliy oʻquv dasturi maktabgacha taʼlim muassasasi dasturiga integratsiya qilinganmi?
✅Milliy oʻquv dasturida 1-sinf maktabgacha taʼlim muassasalarining “Ilk qadam” dasturiga integratsiya qilindi.
📘Matematika
Milliy o'quv dasturda amaliy mashgʻulot soatlari 62 soatdan 101 soatga koʻpaytirildi. Topshiriqlar hayotiy vaziyatlar bilan bogʻlandi. Geometriyaga oid maʼlumotlar alohida bobga ajratildi. Mavzular MTM dasturiga integratsiya qilindi.
👉MTM dasturidan 15 ta mavzu 1-, 2-sinfga oʻtkazildi. Misol uchun: “Yarim”, “chorak”, “nimchorak” (sakkizdan bir) kabi tushunchalarni oʻrgatish; Vaqtning eng kichik birliklari — “sekund” va “minut” haqida tushuncha berish kabi mavzular.
👉 Spiralsimon oʻqitishni inobatga olib, 1-sinfdan 4 ta mavzuni (10 gacha boʻlgan sonni oʻzidan kichik boʻlgan 2 ta songa (buyumlar misolida) ajratish) MTM dasturiga kiritish tavsiya etildi (MTM dasturi qayta ishlanmoqda).
📘Ona tili
Ona tilini oʻqitish boʻyicha amaldagi oʻquv dasturi nazariy bilim asosiga qurilib, mavzular grammatik ketma-ketlikda berilgan. Misol uchun, til strukturasiga asoslanib, tilni tushuntirishda avval fonetika, keyin leksikologiya, keyin morfologiya kabi boʻlimlarga oid qonun-qoidalar oʻrgatilgan. Milliy oʻquv dasturi nutqiy mavzular ustiga qurilgan boʻlib, 4 lingvistik koʻnikmalar – oʻqib tushunish, yozish, tinglab tushunish va fikrini ifoda qilish koʻnikmalarini rivojlantirish nazarda tutilgan.
👉MTM dasturidagi grammatik mavzular olib tashlandi. Masalan, yoyiq va qoʻshma gaplardan foydalanish malakasini mustahkamlash; qoʻshimcha va yordamchi soʻzlardan qoʻshma soʻzlar tuzish va boshqa mavzular olib tashlandi.
👉MTM dasturiga tovushlarni toʻgʻri talaffuz qilish, atrof-muhit haqidagi tasavvurlarini ogʻzaki nutqqa koʻchirish kabi nutqiy mavzular kiritildi. Umumiy oʻrta taʼlimda esa ana shu koʻnikmalar rivojlantiriladi.
📘Tabiiy (Science) fanlar
Milliy o'quv dasturiga ko'ra, tabiiy fanlar orqali 1-sinfda oʻquvchilar 40% amaliy mashgʻulotlar bilan shugʻullanadilar.
Tabiiy fanlar maktabgacha ta'lim muassasasi dasturidagi mavzular integratsiya qilindi.
👉1-sinf oʻquv dasturida MTM dasturidagi mavjud 14 ta mavzu boʻyicha mazmunga oid maʼlumotlar (kontent) 1-sinfga amaliy mashgʻulotlar sifatida oʻtkazildi.
👉14 ta mavzu MTM dasturida boshlangʻich tushunchalar sifatida qoldirildi.