Ta’lim24.uz
103K subscribers
32.6K photos
7.88K videos
148 files
16.7K links
Download Telegram
Forwarded from Sherzod Shermatov
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
350 ta grant imkoniyatini qo‘lga kiritish uchun qo‘shimcha motivatsiya

1 may
kunigacha hujjatlarni http://admission.eyuf.uz/ orqali topshirishga kechikmang! “EL-YURT UMIDI” jamg‘armasi orqali chet elda bakalavr, magistratura va doktoranturada o‘qish uchun ajratilgan 350 ta grant o‘rinlariga hujjatlarni topshirish bo‘yicha Jamg‘arma vakillari bilan birga ochiq muloqot qilib barcha savollarga javob berilgan edi. (Qaytadan ko‘rish uchun: https://bit.ly/32F1eY7 )

Shundan so‘ng ijodkor yoshlarimiz ba’zi chet elda o‘qib qaytgan Xalq ta’limi vazirligi tizimida ishlayotgan xodimlarimiz bilan qisqacha suhbat uyushtirishib videorolik tayyorlashgan ekan. Tomosha qilishni tavsiya etaman. O‘qishga harakat qilishga ikkilanayotganlarga qo‘shimcha motivatsiya bo‘lar degan umiddaman.

Ushbu insonlar kabi bizning jamoaga qo‘shilmoqchi bo‘lganlar, marhamat, ARGOS orqali hujjat topshiring: https://bit.ly/3rIYTp6

#MOPE_team #BestPlaceToWork
Forwarded from Rustam Karimjonov
#VEON #ITeducation #MoPE #Investment #ITschoolsUZ #MakabgaYordam

🎤 VEON Group bosh ijrochi direktori Kaan Terzio‘g‘lu bilan eksklyuziv suhbat!

Suhbatda Veon rahbari nima uchun O'zbekistondagi maktablarga sarmoya kiritayotgani
, Beeline'ning O‘zbekistondagi faoliyati, mamlakatni raqamlashtirishga sarmoya kiritilishi va zamonaviy yoshlar uchun ta'limning ahamiyati haqida Kun.uz muhbiriga o'z fikrlari bilan o'rtoqlashadi.

Suhbatning to'liq matnini o'zbek va rus tillarida batafsil o'qishingiz hamda videosini tomosha qilishingiz mumkin.


- O‘zbekistonda yosh avlodda dasturiy ta'minot haqidagi bilimlarni shakllantirishda muhim o‘rin tutadigan IT-maktablar barpo etilayotganini ko‘rib xursandman. Ishonchim komilki, O‘zbekistonning kelajagi raqamli iqtisodiyotga bog‘liq. Agar ilgari mamlakatning boyligi oltin yoki neft' zaxiralari bilan o‘lchangan bo‘lsa, kelajakda bu resurslar ahamiyati kamroq bo‘ladi. Ma'lumotlar muhim. Ma'lumotlarni yaratadigan, boshqaradigan va tahlil qiladigan odamlar oldingi pozitsiyalarda bo‘ladi. IT-maktablarida yosh avlod O‘zbekiston taraqqiyotining yangi bosqichlariga qanday tayyorgarlik ko‘rayotganini ko‘rish quvonarlidir deb aytdi - Kaan Terzio‘g‘lu

Facebook | Telegram | Web-site