“Toshkent viloyati suv taʼminoti” AJ | RASMIY KANAL
1.85K subscribers
3.8K photos
1.1K videos
7 files
2.37K links
“Toshkent viloyati suv taʼminoti” AJning rasmiy telegram kanali.

Murojaatlar uchun:
Bot: https://t.me/Toshkentsuvtaminoti_bot
Guruh: https://t.me/uzsuv_chat
Call-center: 12-55
Jamiyatning Call-center 71 202-14-14; 95 063-12-55; 95 142-04-86; 95 479-89-69
Download Telegram
#Muhokama

Barqaror suv taʼminoti yoʻlida muhim muhokama


Toshkent tumanida aholini sifatli ichimlik suvi bilan taʼminlash va suv infratuzilmasini zamonaviylashtirish maqsadida Osiyo taraqqiyot banki mablagʻlari hisobidan amalga oshirilayotgan yirik loyiha doirasida muhim muhokama yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Muhokama yig‘ilishida
tuman hokimi Sardorbek Ergashev, "O‘zsuvtaʼminot"AJ boshqaruv raisi o‘rinbosari K.Yusupov, viloyat suv taʼminoti korxonasi rahbarining o‘rinbosari Ahmad Eshpo‘latov va korxona mutaxassislari, tuman deputatlari shuningdek, loyiha ijrochilari ishtirok etdilar. Asosiy eʼtibor loyihaning hozirgi bosqichi, amalga oshirilayotgan ishlar va aholi ehtiyojlarini yanada yaxshiroq qondirish masalalariga qaratildi.

Muhokama davomida taʼkidlanishicha, mazkur loyiha Toshkent tumanidagi bir qator mahallalarda suv taʼminotini tubdan yaxshilashga xizmat qiladi. Jumladan, eski suv tarmoqlari yangilanayotgani, yangi quvurlar oʻrnatilayotgani, nasos stansiyalari qurilish va rekonstruksiya qilinishi koʻzda tutilgan.

O'zsuvtaʼminot” AJ mutaxassislari tomonidan loyiha jarayoni, texnik yechimlar va bajarilayotgan ishlar haqida batafsil maʼlumot berildi. Ular suv taʼminotini yaxshilash nafaqat sanitariya va sogʻliq uchun, balki hududning iqtisodiy rivoji uchun ham muhim ekanini taʼkidlashdi.

Muhokama yakunida ishtirokchilar tomonidan bir qator amaliy takliflar ilgari surildi. Ayniqsa, qurilish ishlari davrida aholiga muvaqqatcha noqulayliklarni kamaytirish, tezkor texnik yordam guruhlari tashkil etish va ish jarayonini jamoatchilikka muntazam yetkazish kabi gʻoyalar qoʻllab-quvvatlandi.

Ushbu muhokama joylardagi muammolarni aniqlash va yechim topishda samarali muloqot va hamkorlik muhimligini yana bir bor isbotladi. Ishonchimiz komilki, amalga oshirilayotgan mazkur loyiha nafaqat texnik jihatdan, balki ijtimoiy ahamiyati jihatidan ham muhim natijalar beradi.

📸Jarayon fotolavhalarda.

🌐 toshkentvil.uzsuv.uz

🔵Cabinet |💧Bot |🕊Telegram |📱Facebook |📲Instagram |🕊 Twitter | vk.com | 📺Youtube  | 🌐Website | 📨Chat | tiktok.com
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Statistika

2025-yil davomida ichimlik va oqova suv tizimlarini rivojlantirish bo‘yicha Davlat rahbarining 454-sonli qaroriga asosan Toshkent viloyatida quyidagi muhim loyihalar amalga oshiriladi.

Jumladan, viloyat aholisi ichimlik suvi ta'minotini yaxshilash maqsadida 12 ta tuman va shaharlarda yangi 108 km suv tarmog‘ini tortish rejalashtirildi va 27 km tortildi. Natijada 2541 ta xonadon, 7521 ming nafar aholi toza ichimlik suvi bilan ta'minlandi. Misol uchun, Bo‘ka tumani, "Navobod" MFY Valiqon ko‘chasi 2,5 km, "Cho‘lobod" MFY Bog‘i-Eram va Terakzor ko‘chalarida 5,6 km va "Samarqand" MFY Yoshlik va Gulzor ko‘chalarida 3 km ichimlik suv tarmoqlari tortildi. Natijada 1241 ta xonadon, 4365 ming nafar aholi toza ichimlik suvi bilan ta'minlandi.
Bugungi kunda, 179,7 km ichimlik suv tarmog‘ini ta’mirlash rejalashtirilib, 82,9 km suv tarmog‘i ta’mirlandi. 190 dona suv nasos uskunalarini ta’mirlash ishlari rejalashtirilib, 107 donasi ta’mirlandi. Natijada 1640 ta xonadon, 8200 ming nafar aholining ichimlik suvi ta’minoti yaxshilandi.
Misol uchun, shundan og‘ir hududlar miqyosida quyidagi ta’mirlash ishlari amalga oshirildi: Bo‘kada 19,7 km ichimlik suv tarmog‘i, 8 dona nasos uskunasi, Quyichirchiqda 0,6 km, 5 dona nasos, O‘rtachirchiqda 3,3 km, 7 dona nasos va Yuqorichirchiqda 3,5 km, 4 dona nasos uskunalarini ta’mirlash ishlari bajarildi.


🌐 toshkentvil.uzsuv.uz

🔵Cabinet |💧Bot |🕊Telegram |📱Facebook |📲Instagram |🕊 Twitter | vk.com | 📺Youtube  | 🌐Website | 📨Chat | tiktok.com
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Yoshlar_bayrami

🇺🇿 Nurafshon shahrida "Yangi O‘zbekiston yoshlari birlashaylik" shiori ostida yoshlar festivali bo‘lib o‘tdi.

◀️ Viloyatimizning barcha tuman-shaharlaridan minglab yoshlar festivalda ishtirok etish uchun shu yerga jamlandilar. Bu gal o‘rindiqlar emas, katta bir o‘yingohning butun o‘yin maydoni yoshlar bilan to‘lib toshdi.

💧 Alohida taʼkidlash kerakki, "Toshkent viloyati suv taʼminoti" AJ tarkibida yuzlab yosh kadrlar samarali mehnat qilib kelishmoqda. Jamiyat direktori Ravshan Mayakubov tomonidan ularning ham bayramdagi ishtiroki taʼminlandi. Bir so‘z bilan aytganda yayradik. Bayramingiz muborak, yoshlar.

🌐 toshkentvil.uzsuv.uz

🔵Cabinet |💧Bot |🕊Telegram |📱Facebook |📲Instagram |🕊 Twitter | vk.com | 📺Youtube  | 🌐Website | 📨Chat | tiktok.com
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Akmal Murodov
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Tashabbus

✍️ "Toshkent viloyati suv ta'minoti" AJ direktorining topshirig‘i, Yuridik xizmatlar boshqarmasining tashabbusi bilan haftada bir kun, ish vaqtinining birinchi soatida 45 daqiqalik "Ma'naviyat soati" bo‘lib o‘tadi.

Bu vaqt mobaynida qat'iy belgilangan grafik asosida, jamiyat xodimlariga bo‘lim boshliqlari ichidan saralangan ma'ruzachilar tomonidan hafta davomida yurtimizda bo‘layotgan voqealar rivoji va sohamizga oid yangiliklar tanishtiriladi. Bundan tashqari, ayni paytda o‘qilayotgan kitoblar, gazeta va jurnallar yuzasidan muhokamalar tashkil etiladi.

📽 Videoda jarayon bilan batafsil tanishish mumkin.

🌐 toshkentvil.uzsuv.uz

🔵Cabinet |💧Bot |🕊Telegram |📱Facebook |📲Instagram |🕊 Twitter | vk.com | 📺Youtube  | 🌐Website | 📨Chat | tiktok.com
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Milliylik_qonimizda

💦 "Toshkent viloyati suv taʼminoti" AJ da haftaning har jumasi "Milliy liboslar kuni" deb belgilangan.

📌 Jamiyatimizning Bo‘ka tumanidagi qahramon suvchilar issiqni issiq demay, mehnatni va maʼnaviyatni ham o‘rniga qo‘yishmoqda. Baraka topishsin.

⚙️ Unutmang! Qayerdadir elektr bo‘lmay, texnika ham kira olmasligi mumkin. Ammo xalqimizning farovonligi uchun suvchilar albatta yetib boradi u yerga.

🌐 toshkentvil.uzsuv.uz

🔵Cabinet |💧Bot |🕊Telegram |📱Facebook |📲Instagram |🕊 Twitter | vk.com | 📺Youtube  | 🌐Website | 📨Chat | tiktok.com
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ўзбекистоннинг ЕОИИ доирасидаги дастур ва лойиҳаларда иштирок этиши мамлакатларимизнинг иқтисодий шериклигини мустаҳкамлашга хизмат қилади.

Участие Узбекистана в программах и проектах в рамках ЕАЭС будет служить укреплению экономического партнерства наших стран.

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Forwarded from Akmal Murodov
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

❗️1-iyul sanasidan boshlab ichimlik suvi va oqova suv xizmatlarining narxi o‘zgaradi. Ungacha sizda yana ikki oy oldingi to‘lovni eski narxlarda to‘lash imkoniyati bor.

💦 Maʼlumot uchun yangi taʼrif narxlari (qo‘shimcha qiymat solig‘isiz)

Ichimlik suvi:
a) aholi uchun –1 m3 – 2600 so‘m;
b) byudjet tashkilotlari uchun - 1m3 – 15 000 so‘m;
v) ulgurji iste’molchilar uchun - 1m3 - 15 000 so‘m;
 
Oqova suv xizmati:
a) aholi uchun – 1 m3 – 1 300 so‘m;
b) byudjet tashkilotlari uchun - 1m3 – 3 000 so‘m;
v) ulgurji iste’molchilar uchun - 1m3 – 3 000 so‘m.

☑️ "Toshkent viloyati suv taʼminoti" AJ axborot xizmati.

🌐 toshkentvil.uzsuv.uz

🔵Cabinet |💧Bot |🕊Telegram |📱Facebook |📲Instagram |🕊 Twitter | vk.com | 📺Youtube  | 🌐Website | 📨Chat | tiktok.com
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from O‘zsuvta'minot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Hududiy_filliallar

⚠️ Bugun "Toshkent viloyati suv taʼminoti" AJ xodimlaridan tashkil topgan ishchi guruh, jamiyat direktori Ravshan Mayakubovning topshirig‘iga ko‘ra "Piskent tuman suv taʼminoti" bo‘limida o‘rganish olib bordilar.

✍️ O‘rganishda mavjud holat ko‘zdan kechirilib, sohada yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi. Viloyat suv taʼminoti korxonasi xodimlari tomonidan tuman xodimlariga, ish tashkillash bo‘yicha joyida tushuntirish-targ‘ibot ishlari o‘tkazildi.

👮‍♂️ Ishchi guruhga jamiyatning umumiy bo‘limi rahbari Aziz Boboxo‘jayev boshchilik qildilar va bu ishlar boshqa shahar tumanlar kesimida ham davom etadi.

🌐 toshkentvil.uzsuv.uz

🔵Cabinet |💧Bot |🕊Telegram |📱Facebook |📲Instagram |🕊 Twitter | vk.com | 📺Youtube  | 🌐Website | 📨Chat | tiktok.com
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

❗️Basseynni suvini to‘ldirsam jarima to‘laymanmi deb o‘ylanib yurganmidingiz, mana shu videoda batafsil!
Yaqinlarga yuborib qo‘yamiz

Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling.

🌐 toshkentvil.uzsuv.uz

🔵Cabinet |💧Bot |🕊Telegram |📱Facebook |📲Instagram |🕊 Twitter | vk.com | 📺Youtube  | 🌐Website | 📨Chat | tiktok.com
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Reyd

✍️ Bugundan "Toshkent viloyati suv taʼminoti" AJning 200 dan ortiq xodimlari Bo‘stonliq tumanida reyd boshladilar. Topshiriq shaxsan AJ direktori Ravshan Mayakubovdan berilgan. Bu guruh besh kun davomida shu tumanda tekshirish olib boradi. Asosiy maqsad ichimlik suviga noqonuniy ulanishlarni bartaraf qilish va debitor qarzdorlikni qisqartirishdir.

⚠️ Hurmatli tumanda istiqomat qiluvchi isteʼmolchilar. Agar sizda noqonuniy ulanishlar va hujjatlashtirish bo‘yicha kamchiliklar bo‘lmasa, xavotir olishga hojat yo‘q. Aksincha bo‘lsa, keyin xafa bo‘lish foydasiz bo‘ladi. Vazifamiz ogohlantirish!

🌐 toshkentvil.uzsuv.uz

🔵Cabinet |💧Bot |🕊Telegram |📱Facebook |📲Instagram |🕊 Twitter | vk.com | 📺Youtube  | 🌐Website | 📨Chat | tiktok.com
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

◀️ "Toshkent viloyati suv taʼminoti"AJning Toshkent tumani bo‘limda qilingan ishlar, amaldagi rejalar bilan "Nurafshon tv"ning maxsus lavhasida tanishing.

🌐 toshkentvil.uzsuv.uz

🔵Cabinet |💧Bot |🕊Telegram |📱Facebook |📲Instagram |🕊 Twitter | vk.com | 📺Youtube  | 🌐Website | 📨Chat | tiktok.com
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Shukronalik

✍️Orzusiga yetdi "Shalola"yu, "May",
Toza suv muborak, ey ahli Qibray!


💦 Qibray tumanida xalqimiz uchun yana bir manfaatli inshoot qad ko‘tardi. Bugun, Prezidentimizning 2017 yil, 3 mart kunidagi PQ-2818 sonli qarori asosida, “Osiyo taraqqiyot banki” mablag‘lari hisobidan, to‘liq rekanstruksiya qilingan "O‘zNIIJ" suv taqsimlash inshotining rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Marosimda "Toshkent viloyati suv taʼminoti" AJ direktori o‘rinbosari, tuman hokimligi mutasaddilari, viloyat prokuraturasi masʼullari, nuroniylar, jamoatchilik faollari va OAV vakillari ishtirok etdilar.

📌 Takidlash kerakki, 12-may sanasida Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev Qibray va Toshkent tumanlaridagi o‘rganishlarida "Ishlarni yanada jadallashtirish va bunda jamoatchilik vakillari taʼsirini kuchaytirish" bo‘yicha topshiriq bergan edilar. Shundan so‘ng, viloyat suv taʼminoti korxonasi rahbari Ravshan Mayakubov, prokuratura organlari va jamoatchilik vakillarining saʼyi harakati bilan bugun yana bir dovon oshib o‘tildi.

◀️ Soddaroq aytganda, endi "Shalola" "May" MFYlarning besh mingga yaqin aholisi, oldingidek kuniga 2 soat emas, uzluksiz, yaʼni 24 soat davomida doimiy ichimlik suvidan bahramand bo‘ladilar. Videoda ana shu jarayonlar aks etgan.

🌐 toshkentvil.uzsuv.uz

🔵Cabinet |💧Bot |🕊Telegram |📱Facebook |📲Instagram |🕊 Twitter | vk.com | 📺Youtube  | 🌐Website | 📨Chat | tiktok.com
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM