Qatağon qurbonlari xotirasi davlat muzeyi
94 subscribers
437 photos
6 videos
53 links
Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatağon qurbonlari xotirasi davlat muzeyining rasmiy axborot kanali

Murojat uchun ♻️ @Muzey_Xotira
Download Telegram
QODIRIYNI ANGLASH: TARIX VA BUGUN

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-iyuldagi PQ-270-sonli qarori hamda Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 4-noyabrdagi 691-sonli qaroriga asosan belgilangan oktabr oyining birinchi haftasi “Siyosiy qatag‘on qurbonlarini yod etish haftaligi” doirasida Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyida “Qodiriyni anglash: tarix va bugun” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.


💠Tadbirda “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Markaziy kengashi rahbariyati, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi hamda xalq deputatlari shahar va tuman Kengashlari deputatlari, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

💠Davra suhbatida Abdulla Qodiriy hayoti va ijodi, uning milliy adabiyotimiz va ma’naviy tafakkurimiz rivojidagi o‘rni, ijodkorning murakkab tarixiy davrdagi faoliyati hamda uning boy adabiy merosini bugungi avlodga yetkazish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

💠Tadbir davomida “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Markaziy kengashi raisi o‘rinbosari F. Muhammadjonovaning kirish so‘zi, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati V. Fayziyevaning chiqishi, shuningdek, mavzuga oid videorolik namoyishi tashkil etildi.

💠Shuningdek, Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi direktori B. Hasanov tomonidan mavzu yuzasidan ma’ruza qilinib, tadbir ishtirokchilari bilan fikr va mulohazalar almashildi.

💠Tadbir yakunida ishtirokchilar muzey ekspozitsiyalari bilan tanishib, qatag‘on qurbonlari hayoti va taqdiriga oid tarixiy hujjatlar, eksponatlar hamda muzeyning ilmiy-ma’rifiy faoliyati haqida ma’lumotlarga ega bo‘ldilar. Yakunda xotira uchun fotosessiya tashkil etildi.

💠Zero, tarixni anglash — milliy xotirani asrash, o‘tmish saboqlarini kelajak avlodga yetkazish demakdir.

#QatağonQurbonlari, #Manaviyjasorat, #XotiraVaEhtirom

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatag'on qurbonlari xotirasi davlat muzeyining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!✔️
🟦🟦🟦🟦🟦🟦

🌐muzey-xotira.uz 🌐Instagram 🌐Facebook 🌐Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥1
NAMANGAN QATAG‘ON TARIXINING YANGI SAHIFALARI: MUHIM ILMIY NASHR TAQDIMOTI


🌀2026-yil 16-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyida “Mustabid tuzum davri qatag‘onining Namangandagi shahidlari: arxitektura va odamlar” nomli yo‘lko‘rsatkich kitobining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

🌀Mazkur nashr O‘zbekiston tarixining murakkab va fojiali davrlarini o‘rganish, Namangan viloyatidagi siyosiy qatag‘on qurbonlari xotirasini tiklash hamda tarixiy obidalar va ular bilan bog‘liq insonlar taqdirini keng jamoatchilikka yetkazishda muhim ilmiy-ma’rifiy ahamiyat kasb etadi.

🌀Kitob Konrad Adenauer nomidagi fondning O‘zbekistondagi vakolatxonasi moliyaviy ko‘magida tayyorlandi. Ushbu hamkorlik tarixiy xotirani asrash, qatag‘on qurbonlari hayoti va faoliyatini chuqur o‘rganish hamda xalqimizning tarixiy merosini kelajak avlodlarga yetkazishga qaratilgan ilmiy izlanishlarni qo‘llab-quvvatlashning muhim namunasidir.

🌀Nashrning yaratilishida Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi xodimlari tomonidan Namangan viloyatiga uyushtirilgan ilmiy ekspeditsiya alohida o‘rin tutadi. Ekspeditsiya davomida hududning tarixiy-madaniy merosi, qatag‘on davri bilan bog‘liq maskanlar va insonlar taqdirini o‘rganishga qaratilgan izlanishlar olib borildi. Tadbir davomida Namangan ekspeditsiyasiga bag‘ishlangan videorolik ham namoyish etildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🌀Tadbirning yana bir e’tiborga molik jihati shundan iborat bo‘ldiki, yakunda viloyat muzeylari rahbarlaridan uch nafari Oliy ta’lim vazirligi tomonidan “Oliy ta’lim a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi. Ushbu e’tirof ularning ta’lim va ma’rifat sohasidagi faoliyati hamda madaniy merosni asrash yo‘lidagi xizmatlariga berilgan yuksak baho sifatida ahamiyatlidir.

🌀Mazkur taqdimot ilmiy hamkorlikni mustahkamlash, tarixiy haqiqatni tiklash va qatag‘on qurbonlari xotirasini abadiylashtirish yo‘lidagi muhim qadamlardan biri bo‘ldi.

🌀Tarixni anglash, o‘tmish saboqlarini unutmaslik va inson qadrini ulug‘lash kelajak oldidagi mas’uliyatimizdir.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatag'on qurbonlari xotirasi davlat muzeyining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!✔️
🟦🟦🟦🟦🟦🟦

🌐muzey-xotira.uz 🌐Instagram 🌐Facebook 🌐Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤5