Qatağon qurbonlari xotirasi davlat muzeyi
94 subscribers
437 photos
6 videos
53 links
Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatağon qurbonlari xotirasi davlat muzeyining rasmiy axborot kanali

Murojat uchun ♻️ @Muzey_Xotira
Download Telegram
🟦🟦🟦🟦🟦🟦 💸“Jadid” gazetasi e’tirofi – fidoyilikka berilgan baho
💠2025-yil yakuni bo’yicha “Jadid” gazetasi tomonidan e’lon qilingan “Mushtariylar e’tirofi” sahifasi bir guruh fidoyi ijodkorlarning samarali mehnatiga berilgan munosib bahodir. Quvonarlisi, ushbu e’tirofga sazovor bo‘lgan mualliflar safida muzeyimiz direktori, tarix fanlari doktori, professor Baxtiyor Vahapovich Hasanovning ham borligi jamoamiz uchun katta faxrdir.
💠Bu e’tirof nafaqat bir insonning mehnatiga, balki butun ilmiy jamoaning izlanishlari, tarixiy xotirani asrash yo‘lidagi sa’y-harakatlariga bildirilgan hurmatdir. “Jadid” gazetasi sahifasida aks etgan ushbu e’tibor ilmga sadoqat va jamiyat oldidagi mas’uliyatning yorqin timsoli sifatida qadrlanadi.
🌐http://www.instagram.com/muzeyxotira
✅https://www.facebook.com/museumRepression
🔍http://www.muzey-xotira.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
🟦🟦🟦🟦🟦🟦 💠Ayni damda Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar Davlat muzeyida 2025-yil davomida Mudofaa vazirligi qoʻshinlarida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish va amalga oshirish jarayonida faol ishtirok etgan harbiy xizmatchilar, shuningdek, davlat va jamoat tashkilotlari vakillarining samarali mehnati yuksak e’tirof etildi.
💠Mazkur tantanali tadbirda soha fidoyilariga Oʻzbekiston Qurolli Kuchlarining “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar a’lochisi” koʻkrak-nishoni topshirildi. 💠Ushbu yuksak mukofot bilan taqdirlanganlar safida Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi a’zosi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatagʻon qurbonlari xotirasi davlat muzeyi direktori, tarix fanlari doktori, professor Baxtiyor Vahapovich Hasanovning ham borligi jamoamiz uchun alohida faxr va sharafdir.
🌐http://www.instagram.com/muzeyxotira
✅https://www.facebook.com/museumRepression
🔍http://www.muzey-xotira.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
🟦🟦🟦🟦🟦

💠Bugun Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatagʻon qurbonlari xotirasi davlat muzeyi bilan hamkorlikda “Jadid publitsistikasi va zamonaviy media tadqiqotlar” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya boʻlib oʻtdi. Mazkur ilmiy anjuman Turkiston jadidchilik harakatining asoschisi, atoqli maʼrifatparvar adib, noshir va jamoat arbobi Mahmudxoʻja Behbudiy tavalludining 151 yilligini nishonlash doirasida tashkil etilgani bilan alohida ahamiyat kasb etdi.

💠Anjumanda respublikamizning ilm-maʼrifat sohasi vakillari, taniqli yozuvchi va shoirlar, adabiyotshunos va tarixchi olimlar, ziyolilar, shuningdek, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etib, oʻz maʼruzalari orqali jadidchilik harakatining milliy uygʻonish jarayonidagi oʻrni va ahamiyatiga ilmiy baho berdilar. Xalqaro miqyosdagi konferensiya jadid merosini chuqur oʻrganish va uni zamonaviy ilmiy diskursga olib kirish yoʻlidagi muhim qadam sifatida eʼtirof etildi.

💠Konferensiya yakunida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatagʻon qurbonlari xotirasi davlat muzeyi direktori, tarix fanlari doktori, professor Baxtiyor Vahapovich Hasanov Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti Kengashining qaroriga muvofiq “Faxriy professor” unvoni bilan taqdirlandi. Ushbu eʼtirof professor Baxtiyor Hasanovning jadidchilik harakati, qatagʻon davri tarixi va milliy xotira masalalarini tadqiq etish borasidagi serqirra ilmiy faoliyati hamda yosh avlodni tarixiy ong va maʼnaviy meros ruhida tarbiyalashdagi xizmatlarining yuksak bahosi sifatida namoyon bo‘ldi.

⏩O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatag'on qurbonlari xotirasi davlat muzeyining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!⏪

🌐muzey-xotira.uz 🌐Instagram 🌐Facebook 🌐Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1👍1