Xushnudbek.uz
551K subscribers
9.92K photos
2.55K videos
216 files
8.58K links
Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyevning Telegram kanaliga xush kelibsiz!

youtube.com/c/xushnudbekxudoyberdiyev

fb.com/xushnudjohn

twitter.com/xushnudbeck

instagram.com/xushnudbek

tiktok.com/@xushnudbekofficial

Reklama uchun:
@xushnudbekreklama
Download Telegram
Oliy darajadagi muzokaralar yakunida Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon Ittifoqchilik munosabatlari toʻgʻrisidagi shartnomani imzoladilar. Davlat rahbarlari huzurida ikki tomonlama hujjatlarni almashish marosimi boʻlib oʻtdi.

Ma’lumot uchun: Ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi shartnoma davlatlar o‘rtasidagi strategik sheriklikdan keyingi eng yuqori munosabat shaklidir.

Bugungi kunda O‘zbekiston 2 ta davlat (Rossiya, Qozog‘iston) bilan ittifoqchilik, 14 ta davlat bilan esa strategik sherikchilik munosabatlarini o‘rnatgan.


👉 @xushnudbek 👈
❗️Muhim xabar: Uzbekistan Airways aviaqatnovlariga ro‘yxatdan o‘tish vaqti o‘zgardi

Toshkent xalqaro aeroportida endilikda Uzbekistan Airways xalqaro aviaqatnovlariga ro‘yxatdan o‘tish vaqti qatnov joʻnashiga 40 daqiqa emas, 1 soat qolganda tugatiladi.

Parvoz qilmoqchi bo’lgan yurtdoshlarimiz ushbu o’zgarishni inobatga olib qo’yishlari maqsadga muvofiq.


👉 @xushnudbek 👈
Emomali Rahmonning farmoni bilan Ozodbek Nazarbekov , Munojatxon Yo‘lchiyeva, Og’abek Sobirov va Yulduz Usmonova “Tojikiston xalq hofizi” faxriy unvoni bilan, Yodgor Sa’diyev esa “Tojikiston xalq artisti” faxriy unvoni bilan taqdirlandi.

O’z navbatida Shavkat Mirziyoyevning farmoni bilan bir guruh tojikistonlik san’atkorlar — Mirali Do‘stizoda, Ismoil Nazriyev, Furqat Saidov, To‘lqin Tojiboyev va Rahmatullo Hoshimov “O‘zbekiston xalq artisti” unvoni bilan taqdirlandi.


👉 @xushnudbek 👈
Ekologiya xodimlariga tazyiq bo‘yicha tekshiruv olib boriladi

Rasul Kusherbayev o‘z telegram sahifasida “Yashil makon” doirasidagi ko‘zbo‘yamachilik va bosimlar haqida yozgan. Unga ko‘ra, poytaxtda “Yashil makon” platformasiga kiritilib, haqiqatda ekilmagan 41 mingdan ortiq ko‘chatlarni ekologiya xodimlari tasdiqlashmagan. Natijada esa Toshkent shahrining Yakkasaroy, Uchtepa va Shayxontohur tumanlarida hokimliklar, IIB va prokuratura tomonidan ekologiya xodimlariga bosim o‘tkazilgan.

Bosh prokuratura ushbu xabar asosida tekshirish boshlanganini ma’lum qildi.

Tekshirish davomida xabardagi har bir holat o‘rganilib, unda e’tirof etilgan davlat organlari mansabdor shaxslarining xatti-harakatlariga huquqiy baho berilishi ta’minlanadi, - deyiladi Bosh prokuratura xabarida.


👉 @xushnudbek 👈
Toshkent shahrida 2 ta marafon o‘tkazilishi munosabati bilan 21-aprel kuni ertalab soat 04:30 dan 14:00 ga qadar quyidagi ko‘chalarda avtomobillar harakati vaqtincha cheklanadi:

Afrosiyob ko‘chasi Islom Karimov shoh ko‘chasi bilan chorrahasidan, Oybek ko‘chasigacha;

Oybek ko‘chasi Afrosiyob ko‘chasi bilan chorrahasidan Nukus ko‘chasi bilan chorrahasigacha;

Nukus ko‘chasi Oybek ko‘chasi bilan chorrahasidan Abdulla Qodiriy ko‘chasi bilan chorrahasigacha;

Abdulla Qodiriy Nukus ko‘chasi bilan chorrahasidan Qorasaroy va Zarqaynar ko‘chalari bilan kesishgan joyigacha;

Abdulla Qodiriy ko‘chasi Qorasaroy va Zarqaynar ko‘chalari bilan kesishgan joyidan Shahrisabz ko‘chasi kesishgan chorrahasigacha;

Shahrisabz ko‘chasi Abdulla Qodiriy ko‘chasi bilan chorrahasidan Amir Temur shoh ko‘chasi bilan kesishgan joyigacha;

Afrosiyob ko‘chasi Oybek ko‘chasi bilan chorrahasidan Sharof Rashidov shoh ko‘chasi bilan chorrahasigacha;

Sharof Rashidov shoh ko‘chasi Afrosiyob ko‘chasi bilan chorrahasidan Islom Karimov shoh ko‘chasi bilan kesishgan chorrahasigacha;

Islom Karimov shoh ko‘chasi Sharof Rashidov shoh ko‘chasi bilan kesishgan chorrahasidan Afrosiyob ko‘chasi bilan kesishgan chorrahasigacha.


👉 @xushnudbek 👈
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
15-aprel kuni Jizzax viloyati G‘allaorol tumanida Gentra haydovchisi ikki nafar o‘quvchini urib yuborgan.

Voqea tumanning Oqtom mahallasi hududidan o‘tgan yo‘lda, Baxmal tumanidan bo‘lgan 26 yoshli haydovchi avtomashinasida yuqori tezlikda harakatlanib, rul boshqaruvini yo‘qotgani sabab sodir bo‘lgan.

U qarama-qarshi yo‘nalishda maktabga ketayotgan 5 va 7-sinf o‘quvchilarini urib yuborgan va oqibatda bolalar vafot etgan. Shuningdek, mashina yo‘l chetida bog‘lanib turgan qoramolni ham urib ketgan va u ham nobud bo‘lgan.

Surishtiruv davomida haydovchi 2023-yilning dekabr oyidan shu kungacha 11 marotaba yo‘l harakati qoidalarini buzgani aniqlangan. Hozirda hodisa yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, haydovchiga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llangan.


👉 @xushnudbek 👈
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Lolazor” podkasti tanaffusdan qaytmoqda.

2-mavsumning 1-sonini (#17) yakshanba kuni tomosha qilishingiz mumkin.


👉 @xushnudbek 👈
Qozog‘iston Respublikasida yuz bergan suv toshqinlari oqibatida zarar ko‘rgan aholiga O’zbekiston xalqi nomidan insonparvarlik yordami yuborildi.

Insonparvarlik yordami yukini Prezident maslahatchisi T.Xudaybergenov boshchiligidagi ishchi guruh Qozog‘istonga yetkazib beradi.

15 ta katta yuk hajmli avtoulovlardagi insonparvarlik yordamida oziq-ovqat mahsulotlari, ayollar, bolalar va erkaklar ust-bosh kiyim-kechaklari, ko‘rpacha, yoping‘ich, yostiqlar, gigiyenik vositalar, maxsus qurilmali chodirlar, rezina qayiq to‘plamlari va boshqa zarur mahsulotlar o‘rin olgan.


👉 @xushnudbek 👈
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
DXX tomonidan 19.7 kg sintetik narkotik moddalar musodara qilindi

Qibray tumanida yashovchi fuqaroning xonadonidan sotish uchun tayyorlangan 4 kg 824 gr “Mefedron”, 3 kg 274 gr “Spays” va 2 kg 130 gr “Alfa-PVP” sintetik giyohvandlik vositalari topildi. Ular Qozog‘istondan olib kelingan.

Rossiyadan yuk avtomashinasida 3 dona avtomobil ehtiyot qismi ichiga yashirilib, yuborilgan 3 kg 780 gr “Mefedron” sintetik giyohvandlik vositasini Zangiota tumanida qabul qilib olgan 3 kishi ushlandi.

Sirdaryolik fuqaroning Toshkent shahar Yangihayot tumanidagi vaqtincha yashash xonadonidan 5 kg 687 gr “Pregabalin” kuchli ta’sir qiluvchi moddasi topilgan. Ular Rossiyadan keltirilgan.

Barcha hollarda jinoyatchilar narkotik moddalarni kichik bo‘laklarga bo‘lib, internet tarmog‘ida sotishni rejalashtirgan.

Hozirda ularga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.


👉 @xushnudbek 👈
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Shavkat Mirziyoyevning Tojikistonga davlat tashrifi bo‘yicha Tojikiston Prezidentining matbuot xizmati tayyorlagan rolik.

Ushbu fikrlarga qo‘shilgan holda aytishim mumkin, darhaqiqat, O‘zbekiston Prezidentining davlat tashrifi qardosh tojiklar tomonidan juda muhim ahamiyatli voqea sifatida qabul qilindi.

Sababi tushunarli, Moskva shahridagi teraktda tojik fuqarolari ayblangandan so‘ng xalqaro maydonda Tojikiston va uning fuqarolariga nisbatan yovqarash paydo bo‘ldi.

Bunday og‘ir pallada O‘zbekiston o‘z pozitsiyani hammaga ochiq bildirdi: "Sizlar qanday o‘yinlar o‘ylab topsangiz ham, biz qardosh qo‘shnilarimiz bilan birgamiz" deyildi.

Va bu pozitsiya shunchaki og‘zaki emas, balki rasmiy hujjat shaklida muhrlandi. Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston va Tojikiston Prezidentlari Ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi shartnomani imzoladi.

Ya’ni O‘zbekiston xalqaro maydondagi vaziyat fonida Tojikiston bilan munosabatlarini yana bitta pog‘onaga ko‘tarib, eng yuqori shaklga olib chiqishini ma’lum qildi. Bungacha O‘zbekiston faqat 2 ta davlat (Rossiya, Qozog‘iston) bilan ittifoqchilik munosabatlarini o‘rnatgan edi xolos.

Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmonning yuzma-yuz muzokarasi 3 yarim soat davom etdi. Kamdan kam vaziyatlarda Prezidentlarning yakkama-yakka suhbatlari bunchalik uzoq bo‘ladi. Demak, ikki davlat yetakchilari juda ko‘p nozik masalalarni yopiq eshiklar ortida muhokama qilgan. Muzokaralarda xalqaro maydondagi holatlar fonida qanday yo‘l tutish, o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash, bir-birini qo‘llab-quvvatlash, voqealar rivojiga qarab "A", "B", "C" rejalar haqida gap ketgan bo‘lishi tabiiy. Bundan tashqari suv, energetika, chegara, savdo masalalari bo‘yicha ham o‘ta muhim masalalar muhokama qilingan.

Yuzma-yuz muzokaradan keyin Prezidentlarning kayfiyati juda yaxshi edi, demak, kelishuvlar ijobiy bo‘lganini taxmin qilish mumkin.

Markaziy Osiyo davlatlarining do’stligi bardavom bo’lsin. Qudratli kuchlar oldida faqat birlashuvgina bizni halokatdan qutqarib qoladi.


👉 @xushnudbek 👈
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbek va tojik tilidagi nutqlar

Ha, aytgancha, avvalgi postning mantiqiy davomi sifatida yana bir gap.

Diplomatiyada doim ham pozitsiyalar ochiq-oshkor aytilmaydi. Odatda o‘ta nozik ishoralardan foydalaniladi.

Masalan, Tojikistonga qilingan davlat tashrifi davomida Shavkat Mirziyoyev ham, Emomali Rahmon ham barcha rasmiy tadbirlarda, jumladan, kengaytirilgan tarkibdagi ikki tomonlama muzokaralarda ham, OAV uchun brifingda ham o‘z ona tillarida nutq qilishdi.

Agar xotiram pand bermayotgan bo‘lsa, avvalgi safarlarda ikkala Prezident ham rus tilida nutq qilgan edi.


👉 @xushnudbek 👈
Jamoalarimizning ikkalasi ham yirik hisobdagi g'alabani qo'lga kiritdi

Kecha futzal terma jamoamiz Osiyo kubogining 2-turida 🇮🇶Iroq ustidan 4:1 hisobida g'alaba qozondi va 6 ochko bilan guruhda yaqqol peshqadam bo’lib oldi.

Ertaga yigitlarimiz 3-turda 🇸🇦Saudiya Arabistoni bilan kuch sinashadi.

***

Bugun esa U23 terma jamoamiz Osiyo kubogining 2-turida 🇰🇼Kuvaytni 5:0 hisobida mag'lub etdi va 6 ochko bilan muddatidan oldin chorak final yo’llanmasini qo’lga kiritdi.

Yigitlarimiz 23-aprel kuni 3-turda 🇻🇳Vyetnam bilan guruh g’olibini aniqlash uchun maydonga tushadi. Vyetnam hisobida ham 6 ochko bor, to’plar nisbati bizda yaxshiroq.


👉 @xushnudbek 👈
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Lolazor” qaytdi

1-mavsumni tugatib, Ramazon oyida tanaffusga chiqqan edik. Nihoyat 2-mavsumga start beryapmiz.

Sizlar bilan g‘oyibona suhbat qurishni sog‘indik.

2-mavsumning 1-sonini bugun, soat 12:00 da YouTube kanalimiz orqali tomosha qilishingiz mumkin.

🌐https://youtu.be/kL0LHPu4wo0


👉 @xushnudbek 👈
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Xushnudbek.uz
“Lolazor” qaytdi 1-mavsumni tugatib, Ramazon oyida tanaffusga chiqqan edik. Nihoyat 2-mavsumga start beryapmiz. Sizlar bilan g‘oyibona suhbat qurishni sog‘indik. 2-mavsumning 1-sonini bugun, soat 12:00 da YouTube kanalimiz orqali tomosha qilishingiz mumkin.…
#17 “LOLAZOR QAYTDI. LATIFALAR MAVSUMI BOSHLANDI

🌐 https://youtu.be/kL0LHPu4wo0

Ushbu sonda odamlarning ijtimoiy kayfiyati tushayotgani, elektromobillar uchun ayrim cheklovlar kiritilayotgani, bankirlar haqidagi trend, energetika sohasidagi yangiliklar, maktablar hududining sotilishi, o‘qituvchilar oyligidan pul ushlab qolishlar, keraksiz tungi navbatchiliklar, "Tashabbusli byudjet" yakunlari, 37 mln aholi va shu kabi yana boshqa mavzularda gaplashdik.

Yoqimli tomosha tilaymiz.


👉 @xushnudbek 👈
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM