Xushnudbek.uz
551K subscribers
9.91K photos
2.53K videos
216 files
8.56K links
Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyevning Telegram kanaliga xush kelibsiz!

youtube.com/c/xushnudbekxudoyberdiyev

fb.com/xushnudjohn

twitter.com/xushnudbeck

instagram.com/xushnudbek

tiktok.com/@xushnudbekofficial

Reklama uchun:
@xushnudbekreklama
Download Telegram
Muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari Islomiy fiqh akademiyasi a’zoligiga qabul qilindi

Bu haqda 20-aprel kuni Saudiya Arabistoni poytaxtida bo’lib o’tgan Islom olami uyushmasi tarkibidagi Islomiy fiqh akademiyasining 23-davra yig‘ilishida ma’lum qilindi.


👉 @xushnudbek 👈
36 million 999 ming 115 nafar

Oz qoldi. Hademay, yangi marraga yetamiz. Yurtdoshlarimiz soni ko’payaversin.


👉 @xushnudbek 👈
O'zbekiston aholisi 37 milliondan oshdi!


👉 @xushnudbek 👈
17 yoshli grossmeyster Gukesh Dommaraju nomzodlar turnirida g‘olib bo‘ldi

Kanadaning Toronto shahrida bo‘lib o‘tgan FIDE Nomzodlar turnirida 14 ta turdan so‘ng 🇮🇳hindistonlik Gukesh Dommaraju 9 ochko bilan g‘olib bo‘ldi. U endi shaxmat toji uchun amaldagi jahon chempioni 🇨🇳xitoylik Din Lijen bilan o‘ynash huquqini qo‘lga kiritdi.

Ta’kidlash joiz, Gukesh nomzodlar turnirida g‘alaba qozongan tarixdagi eng yosh shaxmatchi bo‘ldi. Bu haqiqiy sensatsiya bo‘ldi!

🇺🇸Hikaru Nakamura, 🇷🇺Yan Nepomnyashiy va 🇺🇸Fabiano Karuana 8,5 ochko bilan keyingi o‘rinlarni egalladi.

Eng qizig’i oxirgi turda Gukesh va Nakamura o’ynadi, agar Naka yutganda, u chempion bo’lardi. Lekin yuta olmadi, durang bo’ldi. Shuningdek, oxirgi turda Nepomnyashiy va Karuana ham o’zaro o’ynadi. Agar ulardan birontasi yutganda, Gukesh bilan tay-brekda kuch sinashar edi. Durang esa ikkalasi uchun ham befoyda edi. Karuana g’alabaga juda yaqin keldi, lekin 2 marta imkoniyatni qo’ldan chiqardi. Natijada durang bo’ldi va ikkalasi ham chempionlikni Gukeshga topshirdi.

Ayollar o‘rtasidagi turnirda esa 🇨🇳xitoylik Tan Chjunyi 9 ochko bilan g‘olib bo‘ldi. U endi amaldagi jahon chempioni 🇨🇳Szyuy Venszyun bilan o‘ynaydi.


👉 @xushnudbek 👈
Shavkat Mirziyoyev 2024-yil 22-apreldan qisqa muddatli mehnat ta’tiliga chiqdi.


👉 @xushnudbek 👈
O‘qituvchilarga ustama olish uchun beriladigan milliy sertifikat yuzasidan

Shu kunlarda ko‘plab o‘qituvchilar tomonidan murojaatlar kelib tushmoqda. Unga ko‘ra, ustama olish uchun milliy sertifikat testidan o‘tib, tegishli ball to‘plagan o‘qituvchilar ayrim tushunmovchilikka duch kelishmoqda.

Ya’ni avvallari milliy sertifikat uchun test natijalari 100 ballik reytingda chiqarilardi, endilikda BMB testlar natijalarini hisoblashda Rash modeliga o‘tdi (batafsil).

Ammo o‘qituvchilarga ustama berishga oid hujjatlarda eski shkala qolib ketgani, hali hujjat yangilanmagani uchun tushunmovchilik yuzaga keldi.

Mazkur masalada Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi mas’ullari bilan bog‘landim va masalaga oydinlik kiritishga harakat qildim.

Vazirlik ushbu muammodan xabardor hamda yechim sifatida amaldagi qonun hujjatlariga o‘zgarish kiritish haqidagi loyiha ishlab chiqilgan. Hozirda hujjat loyihasi tegishli tashkilotlar bilan kelishilib, eskpertiza uchun Adliya vazirligiga kiritilgan.

Yangi loyihaga ko‘ra, avvalgi hisoblash tizimida olingan milliy sertifikatlar uchun 80 balldan yuqori ball olganlarga ustama belgilanadi. Yangi Rash modelida esa A va A+ darajadagi sertifikat uchun ustama berish rejalashtirilmoqda.

Boshlang‘ich ta’lim (matematika va ona tili va adabiyot) yo‘nalishi uchun esa avvalgi hisoblash tizimida 60 ball olganlarga, yangi Rash modelida esa C+ yoki undan yuqori darajadagi sertifikat uchun ustama berish rejalashtirilgan.

Albatta, bu hali loyiha xolos. Hozircha tasdiqlangani yo‘q.

❗️Taklif: o‘qituvchilarga ustama berish uchun talab etiladigan darajani avvalgidan ko‘tarib qo‘yilishi (har holda bir qarashda shunday tuyilmoqda), o‘qituvchilar orasida noroziliklarni keltirib chiqaryapti. Bu bo‘yicha ijtimoiy tarmoqlarda e’tirozlar yozilmoqda. Mas’ullar B+ daraja uchun ham ustama berish variantini ko‘rib chiqishi maqsadga muvofiq.

Savollar oson, bu test aslida abituriyentlar uchun” degan vajlar o‘tmaydi. Bunda o‘qituvchilarning aybi yo‘q. O‘qituvchiga mos imtihon tashkil qila olmayotganlarning muammosi bu aslida.


👉 @xushnudbek 👈
Legionerlarimiz Abduqodir Husanov (“Lans”) hamda Abbosbek Fayzullayev (“SSKA”) Qatarga yetib keldi va U23 terma jamoamiz tarkibiga qoʻshildi.

Eslatib o’tamiz, yigitlarimiz ertaga soat 20:30 da guruhdagi eng so’nggi bahsda 🇻🇳Vyetnamga qarshi maydonga tushadi. G’alaba yoki durang guruhda 1-o’rinni olishni ta’minlaydi.


👉 @xushnudbek 👈
Futzal bo'yicha Osiyo kubogining chorak finalida 🇺🇿Oʻzbekiston terma jamoasi 🇻🇳Vyetnam bilan o'ynaydi

Kecha yigitlarimiz guruhdagi oxirgi turda 🇸🇦Saudiya Arabistoni ustidan 3:1 hisobida g'alaba qozondi va 100 foizlik natija bilan guruh peshqadami sifatida chorak finalga chiqdi.

Endi O'zbekiston 24-aprel kuni Vyetnam bilan bahs olib boradi.


👉 @xushnudbek 👈
“Yuksak” va “Qo‘qon” podstansiyasi oralig‘idagi 110 kVli kabel tarmog‘ini yangilash ishlari olib borilayotgani sabab Mirobod tumanidagi Avliyo ota ko‘chasi hamda ushbu ko‘chaning Nukus va KHAY ko‘chalari bilan kesishmalari 22-apreldan 10 kunga yopiladi.


👉 @xushnudbek 👈
Futzal bo'yicha Osiyo kubogining chorak finalchilari ma'lum bo'ldi. Qo'shnilarimizning barchasi guruhdan chiqdi.

Jumladan, "C" guruhidan joy olgan 🇹🇯Tojikiston va 🇰🇬Qirg'iziston amaldagi chempion 🇯🇵Yaponiya hamda 🇰🇷Janubiy Koreyani guruhda qoldirib ketishdi. Dahshat!

Shuningdek, 🇦🇫Afg'oniston ham chorak finalga chiqdi. Yevropada o'ynaydigan qo'shnimiz 🇰🇿Qozog'iston esa allaqachon Jahon chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritib bo'lgan.

O'zimizga ham, qo'shnilarimizga ham omad tilaymiz. Markaziy Osiyoda futzal bo'yicha o'ta kuchli raqobat paydo bo'lgani juda quvonarli va barcha jamoalar uchun foydali.


👉 @xushnudbek 👈
Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri Devid Kemeron Toshkentga keldi

Bu haqda OʻzA xabar bermoqda.

O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov hamda Devid Kameron o'rtasida muzokara bo'lib o'tmoqda. Uchrashuvda mintaqaviy xavfsizlik, taʼlim, iqlim oʻzgarishi, ikki tomonlama savdo hamda biznes aloqalarini rivojlantirish masalalari muhokama etilmoqda.


👉 @xushnudbek 👈
Yo‘l harakati qoidalari buzilishiga oid ma’lumotlar 48 soat ichida kelmasa bekor bo‘ladi

Bu haqdagi qonun loyihasi deputatlar tomonidan birinchi o'qishda qabul qilindi.

Loyihaga ko'ra, foto va video qayd etish texnika vositalari orqali yo‘l harakati qoidalari buzilganligi qayd etilgan hollarda transport vositasining mulkdori to‘g‘risida ma’lumot mavjud bo‘lmasa, shuningdek maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari orqali qayd etilgan yo‘l harakati qoidalari buzilishiga oid ma’lumotlar jarima solish to‘g‘risida qaror chiqarishga vakolatli bo‘lgan mansabdor shaxsga 48 soat ichida yuborilmagan bo‘lsa, ishni ko‘rib chiqish tugatiladi.


👉 @xushnudbek 👈
O‘zbekiston va Britaniya Tashqi ishlar vazirlari quyidagi hujjatlarni imzolashdi:

Keng qamrovli sherikchilik toʻgʻrisidagi deklaratsiya;

Mintaqaviy va xalqaro bogʻliqlik hamda infratuzilma sohalaridagi hamkorlik toʻgʻrisidagi anglashuv memorandumi.


👉 @xushnudbek 👈