Xushnudbek.uz
552K subscribers
9.9K photos
2.52K videos
216 files
8.55K links
Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyevning Telegram kanaliga xush kelibsiz!

youtube.com/c/xushnudbekxudoyberdiyev

fb.com/xushnudjohn

twitter.com/xushnudbeck

instagram.com/xushnudbek

tiktok.com/@xushnudbekofficial

Reklama uchun:
@xushnudbekreklama
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ertaga — “Avtomobilsiz kun”

Hukumat topshirig’iga binoan, har oyning to’rtinchi chorshanba kuni “Avtomobilsiz kun” jamoatchilik loyihasi o’tkaziladi.

Ertaga, 24-aprel kuni oyning to’rtinchi chorshanbasi hisoblanadi.

Bosh vazir imzolagan hujjatga ko’ra, “Avtomobilsiz kun” jamoatchilik loyihasida vazirlik va idoralar, hududiy ijro etuvchi hokimiyat organlarining rahbar va mas’ul xodimlari ish joyiga jamoat transportida kelib, namuna ko’rsatib borishi belgilangan.

Ko’ramiz, ertaga vaziyat qanday bo’lar ekan. Barchasi o’tgan safar bir martalik piarmidi yoki doimiy amal qila olamizmi…


👉 @xushnudbek 👈
Yutmoq yo qolmoq, shudir masala

Bugun soat 20:30 da U23 Osiyo kubogi guruh bosqichi doirasidagi 3-turda 🇺🇿O’zbekiston va 🇻🇳Vyetnam o’yini boshlanadi.

Terma jamoamiz oldida kutilmagan dilemma chiqib qoldi: guruhda nechanchi o’rinni olish kerak?

Chunki narigi guruhda 🇸🇦Saudiya Arabistoni oxirgi o’yinda yutqazib, guruhda 2-o’rinni egalladi. Agar biz bugun yutsak yoki durang o’ynasak, unda chorak finalda Saudiya bilan o’ynaymiz. Saudlar turnirning amaldagi chempioni hisoblanadi. Eslasangiz, ular 2 yil oldingi finalda “Bunyodkor” stadionida yigitlarimizni 2:0 hisobida mag’lub etgan edi.

Agar bugun yutqazsak, unda guruhda 2-o’rinni olamiz va chorak finalda 🇮🇶Iroq bilan o’ynaymiz.

Nima qilmoq kerak? Murabbiylar bu haqda bosh qotirayotgan bo’lsa kerak.

Menimcha, bugun boshni baland ko’tarib, mardlarcha yutuq uchun o’ynayverish kerak. Saudiyani ham yuta olamiz, 2 yilda jamoamiz ancha kuchaydi, ko’z tegmasin.


👉 @xushnudbek 👈
Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Narbayeva Buyuk Britaniya tashqi ishlar, hamdo‘stlik va taraqqiyot masalalari bo‘yicha davlat kotibi Devid Kemeronni qabul qildi.

Suhbat davomida yashil iqtisodiyotni rivojlantirish, iqlim o‘zgarishi oqibatlariga qarshi kurashda o‘zaro hamkorlikni kuchaytirish, taʼlim va madaniy-gumanitar aloqalarni rivojlantirish haqida so’z bordi.

Oliy taʼlimda zamonaviy sohalar bo‘yicha malakali mutaxassislarni tayyorlash, ingliz tilida o‘qitiladigan taʼlim dasturlarini kengaytirishning amaliy jihatlari ko‘rib chiqildi.


👉 @xushnudbek 👈
Xushnudbek.uz
Yo‘l harakati qoidalari buzilishiga oid ma’lumotlar 48 soat ichida kelmasa bekor bo‘ladi Bu haqdagi qonun loyihasi deputatlar tomonidan birinchi o'qishda qabul qilindi. Loyihaga ko'ra, foto va video qayd etish texnika vositalari orqali yo‘l harakati qoidalari…
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bugungi xabar bo‘yicha tushuntirish berildi

Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Bekmurod Abdullayevning ma’lum qilishicha, 48 soat haqidagi talab foto yoki videokameralar o‘rnatgan subyektlarga taalluqli. Ya’ni kameralar orqali qayd etilgan qoidabuzarliklar 48 soat ichida jarima haqida qaror chiqaradigan vakolatli organga, ya’ni YPX markaziga yuborilishi kerak. Agar tasvirlar YPXga 48 soatdan kechikib kelsa, o‘sha holat bo‘yicha ish ochilmaydi.

Xo‘sh, unda haydovchiga qanchada yetib kelishi kerak?

YPX markazi ma’lumot kelib tushgandan keyin 15 kundan kechiktirmay jarima solish haqida qaror chiqarishi kerak. Undan kechiksa, o‘sha qaror qonuniy hisoblanmaydi.

Xulosa:

2 kun (48 soat) — foto yoki videokameralardan YPX markaziga kelib tushish muddati;

15 kun — vakolatli organning qaror qabul qilish muddati.

Jami 17 kun.

Demak, ma’muriy javobgarlikka tortish haqidagi qaror qoidabuzarlik sodir etilgandan so‘ng 17 kundan kechikib chiqarilsa, haydovchilarga jarima solinmaydi.


👉 @xushnudbek 👈
🇺🇿O‘zbekiston U23 terma jamoasi 🇻🇳Vyetnam ustidan 3:0 hisobida g‘alaba qozonib, guruhda birinchi o‘rinni egalladi. 100 foizlik natija, to‘plar nisbati 10-0!

26-aprel kuni soat 19:00 da U23 Osiyo kubogining chorak finalida O‘zbekiston terma jamoasi 🇸🇦Saudiya Arabistoni bilan bahs olib boradi.

Eslatib o‘tamiz, ushbu turnirda dastlabki 3 ta o‘rinni qo‘lga kiritgan jamoalar Parij-2024 Olimpiadasiga to‘g‘ridan to‘g‘ri yo‘llanmani qo‘lga kiritadi. 4-o‘rinni olgan jamoa esa, 🇬🇳Gvineya terma jamoasi bilan o‘tish o‘yinida qatnashadi. Demak, chorak finaldagi g‘alaba kamida Olimpiadaga o‘tish o‘yinida ishtirok etish huquqini beradi.

Yigitlarimiz to‘g‘ridan to‘g‘ri yo‘llanmani qo‘lga kiritishiga ishonamiz. Tarixning yangi sahifasini ochish payti keldi.


👉 @xushnudbek 👈
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Chorraha ichida sariq rangli chiziq bilan chizilgan toʻrtburchak nimani anglatadi?

Yo‘l harakati qoidalariga yangi kiritilgan ushbu chiziq yo’llarda tirbandlikni oldini olishga xizmat qiladi. Bu haqda videodagi tushuntirishdan batafsil bilib olish mumkin.

Qisqa qilib aytganda: tirbandlik payti sariq kvadrat ichiga kirmaslik kerak, yo’qsa jarima to’laysiz.

Haydovchilardan ushbu yangi o’zgarishni yaxshilab tushunib olishlarini so’rab qolamiz.


👉 @xushnudbek 👈
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Qalbaki 71 ming 200 dollarning muomalaga kiritilishi oldi olindi

Toshkent shahrida yashovchi 2 shaxs har bir qalbaki AQSh dollarini 7500 so‘mdan hisoblab, xaridorga qalbaki 18 ming 800 dollarni 141 mln so‘mga sotgan vaqtlarida ushlangan. Ulardan qo‘shimcha qalbaki 9500 dollar ham olingan;

Oltiariq tumanida yashovchi shaxs qalbaki 20 ming dollarni haqiqiy 14 ming dollarga sotishga kelishib, xaridorga qalbaki 12 ming dollarni bergan vaqtida qo‘lga tushgan. U muqaddam odam savdosi bilan bog‘liq jinoyati uchun sudlanib, hozirda probatsiya nazoratida bo‘lgan;

Jinoyatchining yashash xonadonidan ham qalbaki 400 dollar topilgan. Shuningdek, u bilan birga kelgan Oltiariq tumanida yashovchi muqaddam sudlangan sherigining mashinasidan qalbaki 10 ming 500 dollar topilgan. Jami qalbaki 22 ming 900 dollar protsessual tartibda rasmiylashtirib olingan;

Andijon viloyatida yashovchi 2 shaxs har bir qalbaki 100 dollarni haqiqiy 40 dollardan hisoblab, qalbaki 20 ming dollarni haqiqiy 8 ming dollarga sotgan vaqtida ushlangan.

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan.


👉 @xushnudbek 👈
Gaz “zapravkalar” qaysi biri, qayerda ishlayotganini 24 soat davomida ko‘rish mumkin bo‘lgan mobil ilova ishga tushiriladi

Bu haqda 22-aprel kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Energetika vazirligi axborot xizmati rahbari Hasan Toshxo‘jayev ma’lum qilgan.

“Hududgazta’minot” tomonidan ishlab chiqilayotgan ushbu ilova orqali qayerda, qanaqa tiqilinch borligi haqidagi ma’lumotlar ham onlayn tarzda uzatiladi.

“Hududgazta’minot” tasarrufida bugungi kunda butun respublika bo‘yicha 1329 ta AGTKS bo‘lib, kompaniya bilan shartnoma tuzgan barcha shoxobchalar ilovaga kiritiladi.

“Ilova joriy yilning kuz-qish mavsumida ishga tushishi reja qilinyapti. Qishda haydovchilarning qo‘lida ilova bo‘ladi”, – degan Hasan Toshxo‘jayev.


👉 @xushnudbek 👈
Uraaaa!

🇺🇿O'zbekiston futzal terma jamoasi qiyin o‘yinda 🇻🇳Vetnamni 2:1 hisobida mag‘lub etib, Osiyo kubogida yarim finalga chiqdi!

Dastlabki taymda 1:0 ga yutqazayotgan edik, ikkinchi taymda tenglashtirdik va oxirgi daqiqada g‘alaba golini urib ketdik. Zo‘r! Barakalla!

Endi 26-aprel kuni yarim finalda o‘ta kuchli 🇮🇷Eron bilan o‘ynaymiz. Olg‘a, yigitlar!


👉 @xushnudbek 👈
Toshkent viloyatining 19 ming 723 ta ko‘chmas mulk obyektlari Yangi Toshkent hududiga o‘tmoqda. Shundan:

● Turar joylar — 18 ming 773 ta;
● Noturar joylar — 891 ta;
● Ko‘p qavatli uylar — 52 ta.

Jumladan, Yuqori Chirchiq tumanidan 6 ming 556 ta, O'rta Chirchiq tumanidan jami 3 ming 167 ta obyekt o‘tkazilmoqda.

Ma’lumot uchun, 2023-yilning 18-mart kuni Shavkat Mirziyoyev “Yangi Toshkent” loyihasi qurilishiga tamal toshini qo‘ygan edi. Ushbu shahar 500 ming aholiga mo‘ljallangan bo‘lib, Chirchiq va Qorasuv daryolari oralig‘ida barpo etilmoqda.


👉 @xushnudbek 👈
Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev "Telefonsiz maktab" loyihasini faol qoʻllab-quvvatlagani uchun Angren shahridagi 17-umumiy oʻrta taʼlim maktabiga 300 million soʻm pul mukofotini topshirdi.

Ushbu maktab 50 kundan buyon yangi loyihani faol tatbiq qilib kelmoqda.


👉 @xushnudbek 👈
❗️Markaziy bank asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirdi.


👉 @xushnudbek 👈
O‘zbekistondan Afg‘onistonga navbatdagi insonparvarlik yordami yuborildi

Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligidagi delegatsiya navbatdagi insonparvarlik yordamini yetkazish uchun Balxga jo‘nab ketdi.

Jami 8 ta yuk mashinasiga ortilgan insonparvarlik yordami tarkibidan 48 tonna un, 48 tonna bug‘doy, 15 ming litr o‘simlik yog‘i, 10 ming dona konservalangan go‘sht, 24 tonna shakar va 22 tonna makaron mahsulotlari hamda 100 ming dona tez tayyorlanadigan qadoqlangan lag‘mon paketlari o‘rin olgan.


👉 @xushnudbek 👈
Bog‘ — xalqniki bo‘lishi kerak, bog‘lardan qo‘lingizni torting, uyatsizlar!

"Abdulla Qodiriy" hamda "Do‘stlik" (sobiq "Bobur") bog‘i atrofidagi gap-so‘zlarni eshitgan bo‘lsangiz kerak.

Toshkent shahridagi ushbu bog‘larini xususiy investorga berishmoqchi ekan. Investor ham bir dunyo rejalarini to‘lqinlanib, aytib beribdi. Ya’ni bog‘ juda zo‘r bo‘larmish, hozir qarovsiz ekan.

Singapurda ochilgani aytilayotgan, lekin tagini yaxshilab surishtirsa, o‘zimizning qorako‘zlar bo‘lib chiqish ehtimoli yuqori bo‘lgan bu investor shunchaki bu xalqni sevgani, shu xalqdan o‘zini qarzdor deb hisoblagani uchungina bu bog‘larni o‘zidan-o‘zi, beminnat rekonstruksiya qilishiga sizlar ishonasizlarmi? Men ishonmayman, bunaqa ertaklarga ishonmay qo‘yganman.

Juda ko‘p davlat mulklari, ko‘plab korxonalar atayin qarovsiz tashlab qo‘yilib, ahvoli rasvo bo‘lgandan keyin xususiy qo‘llarga tekinga berib yuborilganini ko‘p ko‘rdik. Mayli, dedik, qo‘l siltadik.

Lekin hech bo‘lmasa, bog‘larga tegmanglarey, baraka topgurlar. Shundoq ham ekologiyamiz ahvoli o‘ta rasvo darajaga kelganda, shaharning o‘pkasi bo‘lgan bog‘lar taqdirini xavf ostida qoldirish jinoyat bilan teng.

‼️ Odamlarga tinch va sokin, hech qanday attraksionsiz, hech qanday shovqin-suronsiz, hech qanday do‘konlaru, savdogarlarsiz bog‘lar kerak. Bunday bog‘lar bilan ta’minlash davlatning MAJBURIYATI. Yanada aniqroq aytsak, shaharlarda bu MAJBURIYATNI shahar hokimligi ta’minlab berishi SHART!

Toshkent shahar hokimligida insofli va xalq uchun haqiqatda qayg‘uradigan mas’ullar bo‘lsa, unda xususiy investorlarga ushbu bog‘larni topshirish fikridan qaytishi kerak.

Agar topshiriq "yuqoridan" berilgan bo‘lsa, unda o‘sha "yuqoridagi" vallomatlar ham insofga kelishsin va bu qarordan qaytishsin, deb duodamiz.

Va o‘z navbatida insofli deputatlarimizdan ham iltimos qilamiz (aslida talab qilishimiz kerak), katta-kichikligidan qat’i nazar, mamlakatdagi barcha bog‘larga UMUMMILLIY BOYLIK, umumxalq mulki maqomini berish va ularni har qanday tajovuzdan, har qanday tadbirkor hamlasidan asrovchi qonun tashabbusini bildirishsin. Uyg‘oq deputatlarimiz sanoqli bo‘lsa ham bor-ku, xalq uchun foydali harakatni boshlashsin. Bu qonun nafaqat bugun uchun, balki millat kelajagi uchun ham juda muhim.


👉 @xushnudbek 👈