Talim yangiliklari 🎓️
54.8K subscribers
140 photos
147 videos
44 files
814 links
Oʻqituvchilar, talabalar va abituriyentlar uchun taʼlimga oid eng soʻngi yangiliklar barchasi @talim_yangiliklari kanalida!

“Ta’limga e’tibor – kelajakka poydevor”

Reklama
https://t.me/joinchat/AAAAAEsAKPmIpK5Gc7vXpQ
Download Telegram
#Diqqat #tezkor!

Koronavirus sabab O‘zbekistondagi barcha maktablar, bog‘chalar va OTMlar karantinga yopiladi

O‘zbekistonda barcha maktabgacha ta’lim muassasalari, maktablar va oliy ta’lim muassasalari koronavirus tarqalishiga qarshi profilaktika maqsadida 16-martdan e’tiboran karantinga yopiladi.

Bu haqda 15-mart, yakshanba kuni, O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov ishtirokidagi yig‘ilishda ma’lum qilingan. Manbalarning ta’kidlashicha, ta’lim muassasalaridagi karantin uch haftagacha davom etishi mumkin.

Bundan tashqari, O‘zbekistonda Navro‘z umumxalq sayllari bekor qilinadi.
Ommaviy marosimlar: uloq-ko‘pkari, kurash va boshqa odamlar ko‘p to‘planadigan tadbirlar vaqtincha bekor qilinishi bosh vazir tomonidan e’lon qilindi.

❗️Hurmatli yurtdoshlar, vahima qilmaylik, xotirjamlikni saqlaylik. Qo‘rqqanga qo‘sh ko‘rinar deydi.

Eng asosiysi gigiyenaga qat’iy rioya qiling.

Qo‘lingizni tez-tez, yaxshilab sovunlab yuvib yuring.

Qo‘lingiz bilan ko‘zingiz va yuzingizni ishqalamang.

Insonlar bilan o‘zaro qo‘l berib so‘rashishni to‘xtataylik!

Xitoy misolida oladigan bo‘lsak, koronavirus tarqalishi kamayib bormoqda. Demak, barcha choralarni o‘z vaqtida ko‘rsak, Xudo xohlasa, betalafot o‘tib olamiz.

Vahima qilmang. Koronavirusdan ham vahima oqibati yomonroq.

Va eng asosiysi – barchamizni Allohning o‘zi asrasin.

© @Abituriyent rasmiy sahifalari
Тelegram | ВКонтакте | Instagram | Youtube
​​​​#Diqqat! #Tezkor!

Rossiya oliy o‘quv yurtlari kunduzgi bo‘limlarida tahsil olayotgan Oʻzbekistonlik talabalarga  12130 rubl miqdorida yordam puli berilmoqda!

2020-yil 14-maydan O‘zbekistonning Moskva shahridagi Elchixonasi va Rossiya hududlaridagi bosh konsulxonalari Elchixona ochgan xayriya hisob raqamiga kelib tushgan mablag‘lar hisobidan, Rossiya Federatsiyasida bo‘lib turgan hamda COVID-19 virusi pandemiyasi sababli joriy qilingan karantin va cheklov choralari tufayli og‘ir vaziyatga tushib qolgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga bir marta beriladigan moddiy yordamni to‘lab berishni boshlaydi.

Bir martalik moddiy yordam Rossiya Federatsiyasi hududida bo‘lib turgan quyidagi toifadagi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga to‘lab beriladi:

1. Nogironlar – tegishli tasdiqlovchi hujjat (ma'lumotnoma) taqdim etilgan taqdirda;

2. Qaramog‘ida 2 yoshgacha farzandi bo‘lgan hamda homilasi 7 oylikdan oshgan ayollar – zarur tasdiqlovchi hujjatlar (bolaning tug‘ilganligi haqidagi guvohnoma, tibbiyot muassasidan ma'lumotnoma) taqdim etgilgan holda;

3. COVID-19 virusi tasdiqlangan shaxslar – tegishli tasdiqlovchi hujjat asosida;

4. Rossiya oliy o‘quv yurtlari kunduzgi bo‘limlarida tahsil olayotgan talabalar – o‘qish joyidan tegishli ma'lumotnoma asnosida.

Mazkur yordam Rossiyada belgilangan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoridan(12 130 рублей) kelib chiqqan holda bir martalik pul mablag‘ini to‘lab berish shaklida amalga oshiriladi.

Moliyaviy yordamni olish uchun Elchixona tomonidan maxsus ishga tushirilgan o‘zbek va rus tillaridagi мехр.рф” (https://xn--e1annt.xn--p1ai/) elektron portali orqali murojaat yuborish lozim.

Elchixona xayriya bank raqamiga moliyaviy mablag‘lar o‘tkazgan homiylar va sheriklarimizga minnatdorlik bildiramiz. Vatandoshimiz, taniqli tadbirkor va homiy Alisher Usmonovga u ko‘rsatgan keng ko‘lamli yordami uchun alohida minnatdorlik izhor etamiz.

Ehtiyojmand fuqarolarga moliyaviy mablag‘larni ajratish jarayoni shaffofligini ta'minlash maqsadida, Elchixona har hafta o‘z rasmiy saytida hamda ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida tegishli hisobotlar e'lon qilib boradi.

❗️♻️Barcha Rossiyada oʻqiyotgan yordamga muhtoj talabalarga tarqating!

Voqealar rivojini @Abituriyent (rasmiy yangiliklar) kanalida kuzatib boring👇👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEfjm4-2KCn6__jX9A

© @Abituriyent rasmiy sahifalari
Тelegram | ВКонтакте | Instagram | Youtube
​​#Tezkor #Rasman
Maktablarda o‘quv yili yakunidagi imtihonlar bekor qilinadi!

Prezidentimiz tomonidan karantin vaqtida aholiga imkon boricha qo‘shimcha qulaylik yaratish bo‘yicha belgilangan vazifani amalga oshirish hamda ko‘pchilik ota-onalarning iltimoslarini inobatga olib, bu o‘quv yili yakunidagi imtihonlarni bekor qilamiz.

Maktablarga o‘quvchilarning yillik baholarini istisno tariqasida joriy o‘quv yilining 3 ta chorak baholari asosida chiqarish tavsiya etiladi. Shu bilan birgalikda kundalik.com tizimi joriy etilgan maktablarda karantin vaqtida tirishqoqlik bilan o‘qigan o‘quvchilarimizga rag‘batlantirish sifatida 4-chorakdagi faqat ijobiy baholarini ham yillik baholarini hisoblashda inobatga olish tavsiya etiladi.

Karantin vaqtida «online-maktab» orqali farzandlari bilan birga dars tayyorlagan barcha ota-onalarga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz!

© Sherzod Shermatov,
Xalq ta'limi vaziri

⭕️ Rasmiy || @talim_yangilik'lari kanaliga ulanish👇👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEL20-b5Ms4u7AcmMg
Bakalavr kunduzgi (@eduuz).pdf
4.8 MB
📌RASMAN! #Tezkor #Tarqating #Kvotalar
2020-YIL QABUL KVOTALARI

Va nihoyat eʼlon qilishdi.
Qaysi universitetga nechta grant nechta kontrakt qabul qilishi, barchasini ushbu fayl orqali bilib olishingiz mumkin.

2020/2021 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida o‘qishga qabul qilish parametrlari (to‘liq)

Batafsil maʼlumot👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEfjm4-2KCn6__jX9A

⭕️ Rasmiy || @talim_yangilik'lari kanaliga ulanish👇👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEL20-b5Ms4u7AcmMg
Fanlar majmuasi va baholash mezonlari (@eduuz).pdf
1.8 MB
#RASMAN #TEZKOR

Test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi va ularni baholash mezonlari tasdiqlandi

Joriy yilda faqat ikkita mutaxassislik fanidan test sinovlari o‘tkazilishi rasman ma’lum bo‘ldi.

Mazkur faylda qaysi ta’lim yo‘nalishlarida qaysi fanlardan test sinovlari bo‘lishini bilib olishingiz mumkin.

Masalan, tarix yo‘nalishiga hujjat topshirmoqchi bo‘lgan abituriyentlar tarix (3,2) va geografiya (3,1) fanlaridan test topshiradilar.

♻️Barcha abituriyentlarga tarqating!

​​#DIQQAT #TEZKOR #RASMAN: 📌Oʻquv markazlari va bolalar bog‘chalari yopiladi

😷 Respubika maxsus komissiyasi qaroriga ko‘ra, 10-iyuldan 1-avgustga qadar O‘zbekistonda karatin cheklovlari kuchaytiriladi. 

❗️ Shu jumladan, tashkiliy-huquqiy va mulkchilik shaklidan qat‘i nazar maktabgacha ta‘lim tashkilotlari, o‘quv kurslari va har qanday to‘garaklar faoliyati to‘xtalidi.

Batafsil maʼlumot👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEfjm4-2KCn6__jX9A

© @Abituriyent rasmiy sahifalari
Тelegram | ВКонтакте | Instagram | Youtube
​​#Tezkor
7-sentabrdan maktablar ochiladi.

Bugun bosh vazir Abdulla Aripov boshchiligida Xalq ta’limi tizimiga doir videoselektor yigʻilishi o‘tkazildi

Videoselektor yigʻilishida quyidagi topshiriqlar berildi:

👉🏻 7-sentabrdan yashil hududlarda tajriba tariqasida maktablar ochiladi;

👉🏻 14-sentabrdan barcha hududlardagi maktablar ochiladi;

👉🏻 Maktablar ochilgach, o‘quvchilar «sinf rejimi» tartibida o‘qishadi. Ya’ni xonama-xona ko‘chib yurishmaydi;

👉🏻 Viloyat hokimliklari tomonidan 10-sentabrga qadar barcha maktablar antiseptik va boshqa kerakli vositalar bilan ta’minlanadi (ko‘chma qo‘l yuvish joylari ham tashkillanadi);

👉🏻 Barcha o‘qituvchilar koronavirusga test topshiradi, keyinroq virusga qarshi vaksina qilinadi;

👉🏻 Barcha maktablarda izolyatsiya xonalari tashkil qilinadi;

👉🏻 Maktablarning birontasida burjuyka pechkalar qolmaydi;

👉🏻 Yotoqda qoladigan o‘quvchilar (IDUMI) oziq ovqatlari, albatta, SES nazorati ostida bo‘ladi.

⭕️ Rasmiy || @talim_yangilik'lari kanaliga ulanish👇👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEL20-b5Ms4u7AcmMg
​​#​TEZKOR #MANDAT
Mandat natijalari bugun 15:00 da DTM rasmiy
veb-saytida eʼlon qilinadi

2020-2021-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari bo‘yicha tanlov natijalari 25-sentabr kuni 15:00 da Davlat test markazining rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.

Davlat test markazi barcha abituriyentlarga muvaffaqiyat tilaydi!

Batafsil maʼlumot👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEfjm4-2KCn6__jX9A
​​#Tezkor
Onlayn darslar kelasi yilgacha davom etadi, ananaviy darslar hali beri boshlanmaydi!

Bizga talabalar tomonidan anʼanaviy taʼlim qachondan boshlanishi haqida koʻplab savollar keladi. Bu boʻyicha vazirlik biror joyda tayinli maʼlumot bermagan. Shundan soʻng, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligidagi manbalarimiz bilan bogʻlandik va ushbu savollarga aniqlik kiritishga harakat qildik.

Maʼlum qilinishicha, kamida 2-semestrgacha oliy taʼlim muassasalari anʼanaviy taʼlimga qaytmaydi.🙅🏻‍♂ Vazirlik rejasiga koʻra, talabalar joriy semestrni masofaviy (onlayn) shaklda boshlab, shu shaklda yakunlaydilar. Bundan tashqari, 2-semestrdan (fevraldan) ham anʼanaviy taʼlim aniq boshlanadi, deb ham maʼlumot bera olmasliklari aytildi🤷🏻‍♂. Negaki 2-semestr ham masofaviy (onlayn) shaklda davom etish ehtimoli mavjud ekan.

Shu oʻrinda qoʻshimcha qilinishicha, bu rejalar “yuqoridan” keladigan topshiriqlardan kelib chiqib mutlaqo oʻzgarib ketishi ham mumkin.

Manba: @masofatalim

⭕️ Barcha talabalar uchun @Talaba kanali, obuna boʻling!👇
https://t.me/joinchat/AAAAAFfqW3rqiGNMYffBPw
​​#TEZKOR
15-oktabrdan Akademik litseylarda darslar boshlanadi

Oliy taʼlim muassasalari tasarrufidagi akademik litseylar 15-oktabrdan boshlab bosqichma-bosqich anʼanaviy taʼlimga qaytadi

Bu haqidagi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining joriy yil 5-oktabr sanasida imzolagan 518-sonli «Oliy taʼlim muassasalari tasarrufidagi akademik litseylarda 2020/2021-oʻquv yilini anʼanaviy tarzda boshlash togʻrisida»gi buyrugʻi bizga kelib tushdi.

Buyrugʻda aytilishicha, tasarrufida akademik litsey mavjud oliy taʼlim muassasalari rektorlari va filiallar direktorlari joriy yil 15-oktabrdan boshlab akademik litsey oʻquvchilariga oʻqishni belgilangan tartib-qoidalar asosida, bosqichma-bosqich taʼlim jarayonlarini anʼanaviy shaklda davom ettirish koʻrsatilgan.

⭕️ Rasmiy || @talim_yangilik'lari kanaliga ulanish👇👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEL20-b5Ms4u7AcmMg
#TEZKOR

Ikkinchi mutaxasislik uchun hujjat topshirgan talabgorlar diqqatiga!

Ayrim ta'lim muassasalarida ikkinchi mutaxasislik uchun imtihon jarayonlari boshlab yuborildi. Jumladan, kecha Toshkent moliya institutida ikkinchi va undan keyingi ta'lim uchun imtihon jarayonlari boshlab yuborildi.

Shu sababli hujjat topshirgan abituriyentlar ro'yxatdan o'tgan telefon raqamingiz faol holatda bo'lishi hamda hujjat topshirgan OTMingizga bog'lanishingiz so'raladi.

⭕️ Rasmiy || @talim_yangilik'lari kanaliga ulanish👇👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEL20-b5Ms4u7AcmMg
​​#Tezkor
Onlayn darslar kelasi yilgacha davom etadi, ananaviy darslar hali beri boshlanmaydi!

Bizga talabalar tomonidan anʼanaviy taʼlim qachondan boshlanishi haqida koʻplab savollar keladi. Bu boʻyicha vazirlik biror joyda tayinli maʼlumot bermagan. Shundan soʻng, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligidagi manbalarimiz bilan bogʻlandik va ushbu savollarga aniqlik kiritishga harakat qildik.

Maʼlum qilinishicha, kamida 2-semestrgacha oliy taʼlim muassasalari anʼanaviy taʼlimga qaytmaydi.🙅🏻‍♂ Vazirlik rejasiga koʻra, talabalar joriy semestrni masofaviy (onlayn) shaklda boshlab, shu shaklda yakunlaydilar. Bundan tashqari, 2-semestrdan (fevraldan) ham anʼanaviy taʼlim aniq boshlanadi, deb ham maʼlumot bera olmasliklari aytildi🤷🏻‍♂. Negaki 2-semestr ham masofaviy (onlayn) shaklda davom etish ehtimoli mavjud ekan.

Shu oʻrinda qoʻshimcha qilinishicha, bu rejalar “yuqoridan” keladigan topshiriqlardan kelib chiqib mutlaqo oʻzgarib ketishi ham mumkin.

⭕️ Rasmiy || @talim_yangilik'lari kanaliga ulanish👇👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEL20-b5Ms4u7AcmMg
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Tezkor #Rasman
⚡️8 fevraldan O‘zbekiston milliy universiteti kredit-modul tizimiga o‘tadi. Tizim joriy qilingach:

📌 Talaba bir universitetda o‘qib turib, ixtiyoriy fanni boshqa universitetda o‘qishi mumkin bo‘ladi;

📌Qaysi professor o‘qituvchida qaysi-qaysi fanni o‘qish tanloviga ega bo‘ladi;

📌Agar biror fanni "yopa olmasa", «ochisleniya» qilinmaydi. 8 yilgacha talaba bo‘lib qolishi mumkin. Faqat to‘lov kontraktlarini amalga oshirgan holda.

⭕️ Rasmiy || @talim_yangiliklari kanaliga ulanish👇👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEL20-YNQgpN_DCCag
#tezkor

⚡️Endi ta'lim krediti faqat kunduzgi talabalarga beriladi

2024/2025 oʻquv yilidan boshlab oliy va professional taʼlim tashkilotlarida tahsil olish uchun taʼlim krediti faqat kunduzgi taʼlim shaklida oʻqiyotgan talaba va oʻquvchilarga ajratiladi. — Prezident Farmoni

Safimizga qoʻshiling 👇
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy