Talim yangiliklari 🎓️
54K subscribers
129 photos
134 videos
42 files
771 links
Oʻqituvchilar, talabalar va abituriyentlar uchun taʼlimga oid eng soʻngi yangiliklar barchasi @talim_yangiliklari kanalida!

“Ta’limga e’tibor – kelajakka poydevor”

Reklama
https://t.me/joinchat/AAAAAEsAKPmIpK5Gc7vXpQ
Download Telegram
#Diqqat #tezkor!

Koronavirus sabab O‘zbekistondagi barcha maktablar, bog‘chalar va OTMlar karantinga yopiladi

O‘zbekistonda barcha maktabgacha ta’lim muassasalari, maktablar va oliy ta’lim muassasalari koronavirus tarqalishiga qarshi profilaktika maqsadida 16-martdan e’tiboran karantinga yopiladi.

Bu haqda 15-mart, yakshanba kuni, O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov ishtirokidagi yig‘ilishda ma’lum qilingan. Manbalarning ta’kidlashicha, ta’lim muassasalaridagi karantin uch haftagacha davom etishi mumkin.

Bundan tashqari, O‘zbekistonda Navro‘z umumxalq sayllari bekor qilinadi.
Ommaviy marosimlar: uloq-ko‘pkari, kurash va boshqa odamlar ko‘p to‘planadigan tadbirlar vaqtincha bekor qilinishi bosh vazir tomonidan e’lon qilindi.

❗️Hurmatli yurtdoshlar, vahima qilmaylik, xotirjamlikni saqlaylik. Qo‘rqqanga qo‘sh ko‘rinar deydi.

Eng asosiysi gigiyenaga qat’iy rioya qiling.

Qo‘lingizni tez-tez, yaxshilab sovunlab yuvib yuring.

Qo‘lingiz bilan ko‘zingiz va yuzingizni ishqalamang.

Insonlar bilan o‘zaro qo‘l berib so‘rashishni to‘xtataylik!

Xitoy misolida oladigan bo‘lsak, koronavirus tarqalishi kamayib bormoqda. Demak, barcha choralarni o‘z vaqtida ko‘rsak, Xudo xohlasa, betalafot o‘tib olamiz.

Vahima qilmang. Koronavirusdan ham vahima oqibati yomonroq.

Va eng asosiysi – barchamizni Allohning o‘zi asrasin.

© @Abituriyent rasmiy sahifalari
Тelegram | ВКонтакте | Instagram | Youtube
​​​​#Diqqat! #Tezkor!

Rossiya oliy o‘quv yurtlari kunduzgi bo‘limlarida tahsil olayotgan Oʻzbekistonlik talabalarga  12130 rubl miqdorida yordam puli berilmoqda!

2020-yil 14-maydan O‘zbekistonning Moskva shahridagi Elchixonasi va Rossiya hududlaridagi bosh konsulxonalari Elchixona ochgan xayriya hisob raqamiga kelib tushgan mablag‘lar hisobidan, Rossiya Federatsiyasida bo‘lib turgan hamda COVID-19 virusi pandemiyasi sababli joriy qilingan karantin va cheklov choralari tufayli og‘ir vaziyatga tushib qolgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga bir marta beriladigan moddiy yordamni to‘lab berishni boshlaydi.

Bir martalik moddiy yordam Rossiya Federatsiyasi hududida bo‘lib turgan quyidagi toifadagi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga to‘lab beriladi:

1. Nogironlar – tegishli tasdiqlovchi hujjat (ma'lumotnoma) taqdim etilgan taqdirda;

2. Qaramog‘ida 2 yoshgacha farzandi bo‘lgan hamda homilasi 7 oylikdan oshgan ayollar – zarur tasdiqlovchi hujjatlar (bolaning tug‘ilganligi haqidagi guvohnoma, tibbiyot muassasidan ma'lumotnoma) taqdim etgilgan holda;

3. COVID-19 virusi tasdiqlangan shaxslar – tegishli tasdiqlovchi hujjat asosida;

4. Rossiya oliy o‘quv yurtlari kunduzgi bo‘limlarida tahsil olayotgan talabalar – o‘qish joyidan tegishli ma'lumotnoma asnosida.

Mazkur yordam Rossiyada belgilangan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoridan(12 130 рублей) kelib chiqqan holda bir martalik pul mablag‘ini to‘lab berish shaklida amalga oshiriladi.

Moliyaviy yordamni olish uchun Elchixona tomonidan maxsus ishga tushirilgan o‘zbek va rus tillaridagi мехр.рф” (https://xn--e1annt.xn--p1ai/) elektron portali orqali murojaat yuborish lozim.

Elchixona xayriya bank raqamiga moliyaviy mablag‘lar o‘tkazgan homiylar va sheriklarimizga minnatdorlik bildiramiz. Vatandoshimiz, taniqli tadbirkor va homiy Alisher Usmonovga u ko‘rsatgan keng ko‘lamli yordami uchun alohida minnatdorlik izhor etamiz.

Ehtiyojmand fuqarolarga moliyaviy mablag‘larni ajratish jarayoni shaffofligini ta'minlash maqsadida, Elchixona har hafta o‘z rasmiy saytida hamda ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida tegishli hisobotlar e'lon qilib boradi.

❗️♻️Barcha Rossiyada oʻqiyotgan yordamga muhtoj talabalarga tarqating!

Voqealar rivojini @Abituriyent (rasmiy yangiliklar) kanalida kuzatib boring👇👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEfjm4-2KCn6__jX9A

© @Abituriyent rasmiy sahifalari
Тelegram | ВКонтакте | Instagram | Youtube
#Diqqat #Dolzarb #Tarqating

Sanjar SAID: Sizlar layk hech narsa emas, deb o‘ylaysizlar. Bizning Do‘stlik XTBda esa u hayot mamot masalasi. O‘qituvchilar tugul do‘stlarining ham layklari hisoblab, hisobotga tikilayapti.

❗️ Aqlan zaif kadrlar tepaga chiqib olsa boshqa nima ham qilardik, layk sanaymizda, ta’lim sifati, bolalarni bugun emas, ertangi kunga raqobatli qilib tarbiyalash hayolimizga ham kelmaydi.

⭕️ Rasmiy || @talim_yangilik'lari kanaliga ulanish👇👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEL20-b5Ms4u7AcmMg
​​#DIQQAT #TEZKOR #RASMAN: 📌Oʻquv markazlari va bolalar bog‘chalari yopiladi

😷 Respubika maxsus komissiyasi qaroriga ko‘ra, 10-iyuldan 1-avgustga qadar O‘zbekistonda karatin cheklovlari kuchaytiriladi. 

❗️ Shu jumladan, tashkiliy-huquqiy va mulkchilik shaklidan qat‘i nazar maktabgacha ta‘lim tashkilotlari, o‘quv kurslari va har qanday to‘garaklar faoliyati to‘xtalidi.

Batafsil maʼlumot👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEfjm4-2KCn6__jX9A

© @Abituriyent rasmiy sahifalari
Тelegram | ВКонтакте | Instagram | Youtube