Talim yangiliklari 🎓️
74.5K subscribers
132 photos
140 videos
43 files
790 links
Oʻqituvchilar, talabalar va abituriyentlar uchun taʼlimga oid eng soʻngi yangiliklar barchasi @talim_yangiliklari kanalida!

“Ta’limga e’tibor – kelajakka poydevor”

Reklama
https://t.me/joinchat/AAAAAEsAKPmIpK5Gc7vXpQ
Download Telegram
#abituriyent
❗️Qabul boshlanishiga 4 kun qoldi, kvotalar hali e’lon qilinmadi

OTMlarga hujjat topshirish 20-iyundan boshlanishi kerak. Lekin hozircha kvotalar tasdiqlangani yo‘q.

Ma’lumot uchun: Prezident qarori bilan davlat byudjeti parametrlari tasdiqlangandan keyin Davlat qabul komissiyasi tillar kesimida kvotani qayta taqsimlashi kerak bo’ladi. Bunga ham kamida 2-3 kun vaqt ketadi. 20-iyungacha ulgurilarmikin, ko’ramiz.


Safimizga qoʻshiling 👇
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGU
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGU
2023-yilgi o’tish ballarini qayerdan ko’rsa bo’ladi?
#abituriyent

JAVOB: agar siz OTMlar kesimida yoki imtiyozlilar kesimida joriy yilgi o’tish ballari kerak bo’lsa, unda https://mandat.uzbmb.uz saytining “Qo’shimcha” bo’limidagi “OTMlar bo’yicha o’tish ballari” hamda “Imtiyozga ega bo’lganlar uchun o’tish ballari” sahifasidan ko’rib olishingiz mumkin.

To’g’ridan-to’g’ri kirish uchun:

OTMlar bo’yicha o’tish ballari
https://mandat.uzbmb.uz/BallVuz23/Index

Safimizga qoʻshiling 👇
https://t.me/+ZH5DcTY67FBlOGYy
https://t.me/+ZH5DcTY67FBlOGYy
Xotin-qizlar tavsiyanomasiga ega abituriyentlar diqqatiga!
#abituriyent   #qabul2024

Koʻplab abituriyentlardan ularga xotin-qizlar tavsiyanoma berilgani toʻgʻrisida SMS xabar kelgani, lekin my.uzbmb.uz saytida tavsiyanoma maʼlumotlari chiqmayotgani boʻyicha murojaatlar kelib tushmoqda.

Maʼlumki, Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi tomonidan besh yillik ish stajiga ega xotin-qizlar va ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarga OTMga krish uchun tavsiyanoma beriladi.

Tavsiyanoma berish jarayoni yakunlangandan soʻng tavsiyanoma olgan xotin-qizlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi tomonidan Bilimni baholash agentligiga taqdim etiladi.

Ushbu jarayon hali yakunlanmagani sababli abituriyentlarning shaxsiy kabinetida xotin-qizlar tavsiyanomasiga oid maʼlumotlar aks etmayapti.

Nima qilish kerak?

Roʻyxatdan oʻtish uchun tavsiyanomani kutish shart emas. Hozirning oʻzida roʻyxatdan oʻtib, fanlar majmuasini tanlash mumkin.

Qoʻmita tomonidan tavsiyanoma olgan xotin-qizlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar taqdim etilishi (hafta oxirida taqdim etilishi kutilmoqda) bilan my.uzbmb.uz saytida bu maʼlumotlar aks etadi.


Safimizga qoʻshiling 👇
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy