Talim yangiliklari 🎓️
40.1K subscribers
163 photos
151 videos
44 files
846 links
Oʻqituvchilar, talabalar va abituriyentlar uchun taʼlimga oid eng soʻngi yangiliklar barchasi @talim_yangiliklari kanalida!

“Ta’limga e’tibor – kelajakka poydevor”

Reklama
https://t.me/joinchat/AAAAAEsAKPmIpK5Gc7vXpQ
Download Telegram
#maktab_dars_taqsimoti

"Umumta’lim muassasalarida sinflarni komplektlash hamda tarifikatsiya ro‘yxatlarini shakllantirish tartibi to‘g‘risida"gi NIZOM ning 15-bandiga ko‘ra oʻqituvchilarga dars soatlari quyidagi koʻrsatkichlarning ustuvor ketma-ketligi asosida taqsimlanadi:

👉 xalqaro olimpiadalar gʻoliblarini tayyorlagan oʻqituvchilar;

👉 oʻqituvchi boʻlib faoliyat yuritayotgan xalqaro olimpiadalar gʻoliblari;

👉 chet tili va STEAM fanlaridan mutaxassisligi boʻyicha xalqaro sertifikatlarga ega oʻqituvchilar (TESOL Level 5, SEFR B2, IYELTS 6 va undan yuqori, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan belgilanadigan boshqa sertifikatlar);

👉 TOP-1000 universitetlar reytingiga kiradigan dunyoning yetakchi universitetlarini bitirgan oʻqituvchilar;

👉 asosiy olimpiadalarning respublika bosqichi gʻoliblarini tayyorlagan oʻqituvchilar;

👉 oʻqituvchi boʻlib faoliyat yuritayotgan asosiy olimpiadalarning respublika bosqichi gʻoliblari;

👉 respublika bosqichidagi koʻrik tanlovlarda (yil oʻqituvchisi) sovrinli oʻrinlarga ega boʻlgan oʻqituvchilar;

👉 oliy malaka toifasiga ega oʻqituvchilar;

👉 birinchi malaka toifasiga ega oʻqituvchilar;

👉 asosiy olimpiadalarning viloyat va tuman bosqichi gʻoliblarining oʻqituvchilari;

👉 ikkinchi malaka toifaga ega oʻqituvchilar;

👉 pedagogik yoʻnalish boʻyicha magistr darajasiga ega oʻqituvchilar;

👉 belgilangan tartibda oʻz fanidan oʻtkazilgan nazariy va amaliy sinovlar natijasi boʻyicha aʼlo 👉 baholarga ega oʻqituvchilar;

👉 oliy maʼlumotli toifasiz oʻqituvchilar;

👉 qayta tayyorlash boʻyicha diplomga ega oʻqituvchilar;

👉 oliy taʼlim muassasalarining pedagogik yoʻnalish boʻyicha bitiruvchi bosqich talabalari;

👉 pedagogik yoʻnalish boʻyicha xorijiy davlatlarning oliygohlarini bitirgan, biroq diplomi tan olinmagan oʻqituvchilar;

👉 oliy maʼlumotli oʻqituvchilar bilan taʼminlanguniga qadar oʻrta maxsus, professional maʼlumotga ega oʻqituvchilar;

👉 oliy maʼlumotli oʻqituvchilar bilan taʼminlanguniga qadar umumtaʼlim muassasasining tegishli mutaxassisligi boʻyicha rahbar xodimlari.

Yuqoridagi koʻrsatkichlar ketma-ketlik asosida ustunlikka ega boʻlgan oʻqituvchilarga dars soatlarining maksimal miqdorlari belgilanishi tavsiya etiladi.

Maksimal dars soati olish imkoniyatiga ega boʻlgan oʻqituvchining yozma roziligi bilan unga ajratilishi mumkin boʻlgan dars soatlari boshqa oʻqituvchilarga berilishi mumkin.

👉 Nizomning toʻliq matni: https://lex.uz/ru/docs/-4919258

⭕️ Rasmiy || @talim_yangilik'lari kanaliga ulanish👇👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEL20-b5Ms4u7AcmMg
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎒Sentyabrdan darslar masofadan bo‘ladimi yoki odatiy tarzda, ya’ni maktabda bo‘lib o‘tadimi?

⭕️ Rasmiy || @talim_yangilik'lari kanaliga ulanish👇👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEL20-b5Ms4u7AcmMg
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Test savollari murakkablik darajasi pasaytiriladi

Savol: Test savollarini yechishga kam vaqt ajratildi, bu abituriyentlarga qiyinchilik tug‘dirmaydimi?

Majid Karimov javob berdi: Aslida o‘tgan yili uchta fandan test topshirish uchun uch soat vaqt ajratilgan, bu yil esa 2 fan uchun 2 soat vaqt ajratildi.

Ma'lumki, test savollarini murakkablik darajasi 4 xil. Avvalgi yillarda eng qiyin ya'ni 4-murakkablik darajasidagi savollar 6 ta berilardi. Bu yil bu murakkablik darajasidagi savollar umuman olib tashlandi.

Avval oltita bo‘lgan eng sodda 1-murakkablik darajasidagi savollar 12 taga yetkazilib, 2-murakkablik darajasidagi savollar 12 ta, 3-murakkablik darajasidagi savollar 6 ta qilib belgilandi.

Umuman olganda bu yil testlarning murakkablik darajasi keskin pasaytirildi, bu esa abituriyent uchun qulaylik yaratadi.

⭕️ Rasmiy || @talim_yangilik'lari kanaliga ulanish👇👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEL20-b5Ms4u7AcmMg
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Darsliklar, baholash va o‘qituvchi omili – xalqaro ekspertlar O‘zbekiston maktablarida ta’lim sifatini oshirish haqida

⭕️ Rasmiy || @talim_yangilik'lari kanaliga ulanish👇👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEL20-b5Ms4u7AcmMg
QANDAY QILIB 10/20/70 STRUKTURASI ORQALI MASOFAVIY DARSLAR SIFATINI OSHIRISH MUMKIN?

Respublika taʼlim markazi va UNICEF tashkiloti hamkorligida Pedagogika fanlari doktori, UNICEF tashkiloti eksperti Mariya Toro-Trokonis “Masofadan oʻqitishda taʼlim olish sifatini oshirilish” mavzusida trening oʻtkazildi. Mariya Toro-Trokonis Buyuk Britaniya oliy oʻquv yurtlari bilan 20 yildan ortiq, shu jumladan Imperial College London tibbiyot maktabi katta oʻqituvchi va elektron oʻqitish boʻlimi rahbari sifatida 10 yillik tajribaga ega onlayn taʼlim sohasida yetakchi strateg sanaladi. Trening ishtirokchilari seminardan olgan xulosalari bilan oʻrtoqlashdilar.

Respublika taʼlim markazi monitoring boʻlimi boshligʻi Farruh Abdullayev:

- Hozirda butun dunyo tajribasida oʻqituvchi emas, oʻquvchi markazda degan yondashuv samarali tizim sifatida eʼtirof etilmoqda. Unga koʻra, oʻquvchi maʼlumotni koʻproq mustaqil ishlash natijasida olishi, oʻqituvchi esa sinfda koordinator boʻlishi yaʼni oʻquvchini yoʻnaltirib faoliyatini korreksiyalab borishi, jarayonlarni nazorat qilib, ularni baholashi kerak. Trening orqali bu jarayon aniq misollar va raqamlar bilan keltirildi. Masalan, Blyum taksonomiyasi oʻquvchini oʻquv materialini qabul qilish, esda saqlab qolish, uni tushunish, qoʻllash, tahlil qilish va baholashgacha boʻlgan jarayonni oʻz ichiga oladi. Trening bizga Blyum taksonomiyasini taʼlim jarayoniga tatbiq qilishni usullari hamda undan masofaviy taʼlimni tashkil etishda qanday foydalanish mumkinligini oʻrgatdi.

Ilgari surilgan dars taqsimotiga koʻra, 10% oʻquvchi tomonidan maʼlumot olishga, 20% mavzuni muhokama qilishga, 70% olingan maʼlumotlar ustida ishlab, yangi narsalar yaratish va uni baholash jarayonlariga ajratiladi. 10/20/70 strukturasini amaliyotga tatbiq etish, masofaviy taʼlim jarayonida samarali natija berishiga ishonaman. Buning uchun, biz koʻp eʼtibor qaratmaydigan jihat, yaʼni maʼlumot ustida muhokama olib borish ustida koʻproq ishlashimiz kerak. Buni telegram yoki boshqa ijtimoiy tarmoqlardagi botlar, taʼlim platformalaridagi forumlar orqali amalga oshirish mumkin. Masalan, oʻqituvchi tomonidan telegram guruhga maxsus bot ulab qoʻyilsa, guruhga tashlangan maʼlumot yuzasidan kommentariy yozish imkoniyati boʻladi va oʻquvchilarga mavzuni oʻsha yerda muhokama qilish sharoitini yaratadi.

Respublika taʼlim markazi Aniq va tabiiy fanlar boʻlimi boshligʻi Zamira Sangirova:

- Hozirgi jarayonda, aksariyat hollarda televideniye orqali maʼlumot taqdim qilinsa, telegram orqali qayta aloqa yoʻlga qoʻyilib, topshiriqlar qabul qilib olinmoqda. Trening yangiligi, aynan maʼlumot berish va oʻquvchi oʻzlashtirilgan maʼlumotni aniqlab olish oʻrtasida muhokama uchun sharoit yaratilishi kerakligini ilgari surilganida boʻldi. Qolaversa, treningda taqdim etilgan va asosan oʻquvchilarning mustaqil va amaliy ishlashiga yoʻnaltirilgan dars rejasi ham mutaxassis sifatida menda katta qiziqish uygʻotdi. Bu kabi dars rejalarini ishlab chiqish oʻqituvchi, oʻquvchi va ota-onalar uchun juda ham foydali hamda tushunarli boʻladi. Aniq va tabiiy fanlar yoʻnalishida ham bunday rejalarni ishlab chiqishni maqsad qildim.

Toshkent shahar Yunusobod tumani 9-IDUM fizika fani oʻqituvchisi Umida Alimuhamedova :

- Dars taqsimotida oʻquvchining oʻzi olgan bilimlarini 70% amalda qoʻllash uchun mustaqil ishlashga ajratilishi ayniqsa, fizika fanida juda muhim. Biroq, bizni sharoitda asosiy axborot oʻqituvchi tomonidan berilgani bois, bolalarda mustaqil ishlash koʻnikmasi shakllanmagan. Shu bois, avval oʻquvchilarda avval mustaqil ishlash koʻnikmalarini shakllantirishga eʼtibor qaratish lozim va bu albatta, oʻqituvchini mahoratiga bogʻliq. Shaxsiy tajribamda oʻquvchilarni mustaqil ishlashiga stimul berish uchun STEAM yoʻnalishida eng yaxshi bajarilgan loyihalarni namuna qilib, qaysi qonunlar asosida ishlashini koʻrsataman. Bu oʻquvchida “men ham bajara olamanmi?” degan fikrni uygʻotadi va ularni harakatga undaydi.

⭕️ Rasmiy || @talim_yangilik'lari kanaliga ulanish👇👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEL20-b5Ms4u7AcmMg
Ўқитувчиларнинг 300 миллион сўмдан ортиқ пуллари талон-торож қилинди

Сурхондарёнинг Сариосиё туманида ўқитувчиларнинг 355,3 миллион сўмлик маблағларини ўзлаштирган ҳисобчига жиноий иш қўзғатилди. Бу ҳақда «Дарё»га Бош прокуратура матбуот хизмати хабар берди.

Маълум бўлишича, туман Халқ таълими бўлими ҳисобчиси Х.К. тумандаги 27-сонли мактабда муқаддам ишлаб кетган фуқаро М.Қ., Н.Т., О.Э. ва ҳақиқатан ишламаган Ш.Қ.нинг номига банк пластик картасини расмийлаштириб, 2016—2020 йиллар давомида жами 355,3 миллион сўм бюджет маблағларини талон-торож қилган.

Ҳолат юзасидан Х.К.га нисбатан Жиноят кодексининг 167-моддаси  3-қисми «а» банди (жуда кўп миқдорда растрата йўли билан талон-торож қилиш) билан жиноят иши қўзғатилиб, тергов ҳаракатлари ўтказилмоқда.

⭕️ Rasmiy || @talim_yangilik'lari kanaliga ulanish👇👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEL20-b5Ms4u7AcmMg
​​Maktabda yuritilayotgan ayrim hujjatlar soni qisqartirildi

Xalq ta'limi vazirligining 180-sonli buyrug'i bilan umumiy o'rta ta'lim muassasasining ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha direktor o'rinbosari va sinf rahbarlari faoliyatini tashkil etish to'g'risida yangi tahrirdagi nizomlar tasdiqlandi.

Mazkur nizomlar bilan bog'liq asosiy o'zgarishlar maktablarda ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha direktor o'rinbosari va sinf rahbari tomonidan yuritiladigan hujjatlarning soni bilan bog'liq.

Hususan, 2020/2021-o'quv yilidan e'tiboran ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha direktor o'rinbosari tomonidan shu kunga qadar yuritib kelinayotgan hujjatlarning soni 7 tadan 4 taga, sinf rahbarining esa 4 tadan 2 taga qisqartirildi.

Ta'kidlash joizki, ushbu o'zgarishlar Xalq ta'limi vazirligi tomonidan so'nggi yillar davomida tizimda ortiqcha hujjatbozlikni kamaytirish orqali umumta'lim maktablarida ta'lim-tarbiya ishlarini yangi sifat bosqichiga olib chiqish yo'nalishidagi ishlarning mantiqiy davomi hisoblanadi.

Aynan ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha direktor o'rinbosari va sinf rahbari tomonidan maktablarda o'quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularga odob-axloq qoidalarini o'rgatish, yod g'oyalar ta'siriga tushib qolishlarining oldini olish, turli hil g'ayriijtimoiy hatti-harakatlarning sodir etilishi oldini olishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirish orqali o'quvchilarning bo'sh vaqtini mazmunli band etish kabi vazifalar amalga oshiriladi.

Yuritiladigan hujjatlarning sonini kamaytirish yoki optimallashtirishdan ko'zlangan asosiy maqsad, umumta'lim maktablarida tashkil etilayotgan tarbiyaviy ishlarning bevosita manzilli va izchil ko'rinish kasb etishiga erishishdan iborat. Ya'ni, ta'lim muassasalarida “xavf guruhi”ga kirgan o'quvchilarning har biri bilan yakka tartibda ko'proq shug'ullanish orqali ularning ijtimoiy reabilitatsiya jarayonini tezlashtirish ko'zda tutilgan.

Umid qilamizki, tizimdagi mazkur o'zgarishlar yaqin istiqbolda umumta'lim maktablarida tarbiyaviy ishlarning samaradorligini oshishiga hizmat qiladi. Zero kelajagimiz bo'lgan yoshlarning tarbiyasi bugungi kunda allaqachon hayot-mamot masalasiga aylanib ulgurdi.

⭕️ Rasmiy || @talim_yangilik'lari kanaliga ulanish👇👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEL20-b5Ms4u7AcmMg
​​“Qadring baland boʼlsin, ona tilim” shiori ostida Respublika tanlovi

Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi bilan hamkorlikda “Qadring baland boʼlsin, ona tilim” shiori ostida Respublika tanlovini eʼlon qiladi.

Tanlovning asosiy maqsadi oʼzbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzini oshirish, davlat tilini milliy qadriyat sifatida targʼib qilish, unga nisbatan milliy gʼurur hissini tarbiyalash, tilimizning xalqaro mavqeini mustahkamlash, yana muhimi, davlat tiliga oid muammolarni hal etishga ijodiy yondashuvni rivojlantirishdan iborat.

TАNLOV quyidagi nominatsiyalarda o‘tkaziladi:

1️⃣ Eng yaxshi badiiy asar (sheʼriy asar – 30 misragacha; nasriy hikoya – hajmi 3600 bosma belgigacha).

2️⃣ Eng yaxshi publitsistik maqola (ocherk, lavha – hajmi 5400 bosma belgigacha).

3️⃣ O‘zbek tilining xorijdagi eng yaxshi targ‘iboti (o‘zbek millatiga mansub yoki chet el fuqarolari tomonidan yaratilgan xorijda o‘zbek tilini targ‘ib qilishga qaratilgan ilmiy, badiiy, musiqiy asarlar hamda audio, video mahsulotlar).

4️⃣ Eng yaxshi ijtimoiy roliklar (audio, videorolikning davomiyligi 3 daqiqagacha).

Tanlov g‘oliblari pul mukofotlari bilan taqdirlanadilar.

Eng namunali, g‘oyaviy-badiiy pishiq ijodiy ishlar ommaviy axborot vositalari orqali keng targ‘ib etiladi.

Ijodiy ishlar shu yilning 20-sentyabriga qadar “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim” sarlavhasi ostida info@til.gov.uz elektron pochtasi yoki @tiluz_Bot telegram manzili orqali onlayn qabul qilinadi.

Batafsil: http://til.gov.uz/uz/news-and-announcements/news/100

Tanlov Nizomi: http://til.gov.uz/uz/literature/guide

⭕️ Rasmiy || @talim_yangilik'lari kanaliga ulanish👇👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEL20-b5Ms4u7AcmMg
Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov COVID-19 koronavirus infeksiyasini yuqtirib olgani, kasalxonada davolangani va ayni vaqtda uy sharoitida reabilitatsiyada ekani haqida Telegram’dagi kanalida post qoldirdi.

Batafsil👇

⭕️ Rasmiy || @talim_yangilik'lari kanaliga ulanish👇👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEL20-b5Ms4u7AcmMg
​​Litseylarga qabul imtihonlari

O‘zbekistondagi akademik litseylarga saralash imtihonlarini o‘tkazish 2020-yilning 2-sentabrdan 20-sentabrgacha bo‘lgan muddatda bo'lib o'tishi rejalashtirilgan.

Xabar berilishicha, saralash imtihonlarining tartibi, akademik litseylar kesimida o‘tkazish muddati to‘g‘risida qo‘shimcha ma’lumotlar taqdim etiladi.

akademik litseylarga saralash imtihonlarini o‘tkazish 2-sentabrdan 20-sentabrgacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida rejalashtirilgani sababli 9-sinfni bitirib, akademik litseyga hujjat topshirgan o‘quvchilar o‘qishga qabul qilingunga qadar o‘zi o‘qiyotgan maktabda o‘qishni davom ettirib turishi kerak bo‘ladi.

⭕️ Rasmiy || @talim_yangilik'lari kanaliga ulanish👇👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEL20-b5Ms4u7AcmMg
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi qaysi fanlardan dars berishi mumkin?

JAVOB: Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi diplomida “Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi”, “Boshlang‘ich ta’lim va tarbiyaviy ishlar metodikasi”, “Boshlang‘ich ta’lim va tarbiyaviy ish”, “Pedagogika va boshlang‘ich sinflar o‘qituvchisi” kabi ixtisosliklardan biri berilgan bo‘lsa, ular umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining boshlang‘ich sinflarida “ona tili”, “o‘qish”, “tarbiya”, “matematika”, “atrofimizdagi olam”, “tabiatshunoslik”, “tasviriy san’at”, “texnologiya” fanlaridan dars berishi mumkin.
Shuningdek, boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining diplomida “Boshlang‘ich ta’lim va sport-tarbiyaviy ish” ixtisosligi berilgan bo‘lsa, ular umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining boshlang‘ich sinflarida “ona tili”, “o‘qish”, “tarbiya”, “matematika”, “atrofimizdagi olam”, “tabiatshunoslik”, “tasviriy san’at”, “texnologiya”, “jismoniy tarbiya” fanlaridan dars berishi mumkin. Shu sababli, boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining tarif stavkasi ushbu fanlar hisobidan to‘ldirilishi mumkin.

⭕️ Rasmiy || @talim_yangilik'lari kanaliga ulanish👇👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEL20-b5Ms4u7AcmMg
​​Kollejlar va texnikumlarda kunduzgi, sirtqi va kechgi ta’lim shakllari joriy etiladi

"O‘zbekiston Respublikasida uzluksiz boshlang‘ich, o‘rta va o‘rta maxsus professional ta’lim tizimini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida" Hukumat qarori qabul qilindi.

📌 Qaror bilan tasdiqlangan nizomga ko‘ra, professional ta’lim mehnat bozoridagi kadrlarga bo‘lgan real ehtiyoj, ish beruvchilarning takliflari hamda "Hayot davomida ta’lim olish" prinsipi asosida ta’lim olishga mo‘ljallangan.

🏢 Professional ta’lim tizimida kadrlar tayyorlash kasb-hunar maktablari, kollejlar va texnikumlarda amalga oshiriladi.

☑️ Ushbu ta’lim muassasalarini tashkil etish va tugatish Hukumat tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

Nodavlat professional ta’lim muassasalari belgilangan tartibda jismoniy va nodavlat yuridik shaxslar tomonidan tashkil etiladi.

Davlat organlari va xo‘jalik birlashmalari professional ta’lim muassasalarining muassisi bo‘lishi mumkin.

🏫 Kollejlar va texnikumlarda kunduzgi, sirtqi va kechgi ta’lim shakllari joriy etiladi.

Professional ta’lim muassasalarida qoidaga ko‘ra, guruhlarda kamida 12 nafar va ko‘pi bilan 30 nafar o‘quvchi bo‘ladi.

📋 Ta’lim dasturlarini muvaffaqiyatli bitirganlarga davlat namunasidagi diplom beriladi.

Diplom olingan bilim, ko‘nikma va malakalarni mehnat faoliyatida qo‘llash huquqini beradi.

⭕️ Rasmiy || @talim_yangilik'lari kanaliga ulanish👇👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEL20-b5Ms4u7AcmMg
​​15-avgustdan o‘quv kurslari (markazlari) faoliyatiga ruxsat berildi

Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan 2020-yil 15-avgustdan o‘quv kurslari (markazlari)ga faoliyat yuritishga ruxsat berildi.

👉 Bunda, ushbu tashkilotlar faoliyati uchun:

➡️ mashg‘ulotlar vaqtini oldindan kelishish (ta’lim markazlari va to‘garaklar uchun);

➡️ xodimlar va bolalar (tarbiyalanuvchilar)ning sog‘lig‘i holatini doimiy nazorat qilish (tana haroratini muntazam o‘lchab borish), tana harorati 37 C va undan yuqori bo‘lgan yoki infeksiya alomatlari mavjud bo‘lgan xodimlar va bolalar (tarbiyalanuvchilar)ni mashg‘ulotlar chetlatish;

➡️ xodimlar tibbiy niqob va tibbiy qo‘lqoplardan foydalanishi va ijtimoiy masofani saqlashi;

➡️ sanitariya-gigiyena va dezinfeksiya talablariga qat’iy rioya etish, bino xonalarni doimiy ravishda dezinfeksiya qilish, ularga kirish-chiqish joylarini pirometrlar, antiseptik vositalar va dezinfeksion “to‘shak”lar bilan jihozlash choralari ko‘rilishi lozim.

⭕️ Rasmiy || @talim_yangilik'lari kanaliga ulanish👇👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEL20-b5Ms4u7AcmMg
​​Kimyo va biologiya fanlariga ixtisoslashtirilgan maktablar tashkil etiladi

«Kimyo va biologiya yo‘nalishlarida uzluksiz ta’lim sifatini va ilm-fan natijadorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Prezident qarori qabul qilindi.

Unga ko‘ra:

👉 respublikaning har bir hududida bosqichma-bosqich kimyo va biologiya fanlariga ixtisoslashtirilgan 14 ta tayanch maktablari tashkil etiladi;

👉 tuman (shahar)larda bosqichma-bosqich kimyo va biologiya fanlarini chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan 150 ta maktablar tashkil etiladi;

👉 ixtisoslashtirilgan maktablarga qabul qilingan kimyo va biologiya fanlari o‘qituvchilari hamda rahbar kadrlarining ustama haqi miqdori 2021-yil 1-yanvardan boshlab 50 %gacha oshiriladi;

👉 Davlat test markazi 2021-yil 1-fevralga qadar kimyo va biologiya fanlaridan bilimlarni baholash bo‘yicha milliy sertifikatlash tizimini joriy qiladi. Milliy sertifikatga ega o‘quvchilar davlat OTMiga o‘qishga kirishda kimyo yoki biologiya fanidan test topshirishdan ozod etiladi hamda ularga maksimal ball beriladi;

👉 2021-yildan boshlab har 2 yilda bir marotaba OTM talabalari orasida kimyo va biologiya fanlari bo‘yicha Abu Rayhon Beruniy nomidagi xalqaro fan olimpiadalari o‘tkaziladi;

👉 mazkur olimpiadalarda g‘olib bo‘lgan talabalarga bir martalik mukofot taqdim etiladi hamda tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha magistraturaga davlat granti asosida imtihonsiz o‘qishga kirish huquqi beriladi;

👉 OTMlarning kimyo va biologiya yo‘nalishlari talabalari o‘rtasida o‘tkaziladigan respublika fan olimpiadasi g‘oliblari hamda kimyo va biologiya fanlari bo‘yicha nufuzli xalqaro olimpiadalar sovrindorlari magistraturaga tegishli mutaxassisliklar bo‘yicha o‘qishga ajratilgan kvota doirasida davlat grantlari asosida imtihonsiz qabul qilinadi;

👉 2021-2022-o‘quv yilidan boshlab kimyo va biologiya yo‘nalishlarida kadrlar tayyorlayotgan barcha OTMlar umumta’lim maktablari bitiruvchi sinf o‘quvchilari o‘rtasida ko‘p bosqichli (tuman (shahar) – viloyat – oliy ta’lim muassasasi) kimyo va biologiya fani bo‘yicha o‘zining olimpiadasini o‘tkazadi va 1-3 o‘rinlarni egallagan o‘quvchilarni OTM mablag‘lari hisobidan imtihonsiz o‘qishga qabul qilish tartibi joriy etiladi;

👉 Olimpiadalar g‘oliblarini tayyorlagan professor-o‘qituvchilarni rag‘batlantirish maqsadida 2021-yildan ularga bir marotaba oylik maoshining 100 % miqdorida haq to‘lash, shuningdek kimyo va biologiya fanlari bo‘yicha talabalar uchun to‘garaklar olib borayotgan professor-o‘qituvchilarga o‘quv yili davomida OTM budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan oylik maoshlariga 25 % miqdorida ustama haq belgilash tartibi joriy etiladi;

👉 OTMlarning kimyo va biologiya ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha imtiyozli diplomga ega bo‘lgan bitiruvchilari mazkur muassasalarning magistratura mutaxassisligiga qo‘shimcha imtihonlarsiz to‘lov-kontrakt asosida qabul qilinadi;

👉 OTMlarning kimyo va biologiya mutaxassisligini a’lo baholar bilan tamomlagan magistrlarni tayanch doktoranturasiga imtihonlarsiz to‘g‘ridan-to‘g‘ri qabul qilish tartibi joriy qilinadi.

⭕️ Rasmiy || @talim_yangilik'lari kanaliga ulanish👇👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEL20-b5Ms4u7AcmMg
​​❗️2-sentyabrdan maktab ochilishi haqidagi xabarlar yolg‘on

Internetda 2-sentyabrdan maktablar ochilishi haqida xabarlar tarqaldi.

Xalq ta’limi vazirligi mas’ul vakilining O‘zAga ta’kidlashicha, mazkur tarqalgan xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Maktablar qachondan ochilishi hozircha noma’lum. Bu haqdagi tegishli qarorni Maxsus komissiya qabul qiladi.

Avvalroq maktablar ochilishiga oid 3 ta ssenariy ko‘rib chiqilayotgani haqida xabar bergan edik. Bular:

👉 Birinchisi, pandemiya holati barqarorlashib, maktablar odatiy tartibda o‘z faoliyatini boshlaydi. Bu vazirlik va o‘quvchilar uchun eng maqbul variant.

👉 Ikkinchisi, SSVning O‘zbekistonda bolalarda virus kechishi bo‘yicha xulosasi ijobiy bo‘lmagan taqdirda ta’lim onlayn tartibda davom ettiriladi.

👉 Uchinchisi, gibrid ssenariyda maktablar ochiladi. Hudud va maktabdagi karantin holatidan kelib chiqib ishlanadi. Bunda farzandi salomatligidan xavotir olgan ota-onalarga bolani uyda onlayn o‘qitishga imkon beriladi, ya’ni bolaning maktabga borish-bormasligi ixtiyoriy bo‘ladi.

⭕️ Rasmiy || @talim_yangilik'lari kanaliga ulanish👇👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEL20-b5Ms4u7AcmMg
Davlat umumta’lim maktablari faoliyati qachon tiklanadi? Forma va o‘quv qurollarini olish kerakmi?

Bugun aksariyat ota-onalardan davlat maktablarida yangi o‘quv yili qachondan boshlanishi, o‘quvchilar uchun o‘quv qurollari hamda maktab formasini xarid qilish yuzasidan ko‘plab savollar kelib tushmoqda.

Xalq ta’limi vazirligi ushbu savolga javoban quyidagilarni ma’lum qiladi:

Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan 2020-yilning 20-avgustidan boshlab buyum bozorlari hamda buyumlar savdosi bilan shug‘ullanuvchi yirik do‘konlar faoliyatiga ruxsat berildi.

Albatta o‘quv yili qachon boshlanishidan qat’iy nazar o‘quvchilar uchun o‘quv qurollari kerak bo‘ladi.

Ota-onalarimizdan, bozor va do‘konlar ochilgani bilan, sanitariya qoidalari va ijtimoiy masofa saqlashlari, ayniqsa, farzandlari sog‘ligiga alohida e’tibor qaratishlarini so‘raymiz. Hozir hamma baravar bozorga borsa ijtimoiy masofa saqlash qiyin bo‘ladi, shuning uchun juda shoshilish, barcha xaridlarni maktabgacha amalga oshirish shart emas. O‘quv qurollari va kiyim-kechaklarni maktab boshlanganidan keyin ham olib berish mumkin, eng asosiysi o‘zingiz va farzandlaringizning salomatligini asrash!

Ayni damda o‘quv yilini boshlash yuzasidan mutasaddi vazirlik va idoralarga taklif kiritish bo‘yicha topshiriq berilgan. Davlat umumta’lim maktablari bo‘yicha Respublika Maxsus komissiyasining qarori yaqin kunlarda e’lon qilinadi.

Avvalroq Xalq ta’limi vazirligi maktablar faoliyatini davom ettirish bo‘yicha 3 ta ssenariy taklif qilayotgani haqida xabar bergan edik.

⭕️ Rasmiy || @talim_yangilik'lari kanaliga ulanish👇👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEL20-b5Ms4u7AcmMg
ЖССТ мактаблар коронавируснинг янги ўчоқларига айланиши мумкинлигини эслатди

ЖССТнинг соғлиқни сақлаш соҳасида фавқулодда вазиятлар дастури директори Майкл Раян кўпгина мактабларда оддий қўл гигиенасига амал қилиш имкониятлари йўқлигидан хавотирда эканлигини билдирган. ЖССТ маълумотларига кўра, ўтган йили дунёдаги мактабларнинг 43 фоизи қўлни совунлаб ювиш шароитига эга бўлмаган.

«Ўқув йили бошланиши билан мактаблар инфекция тарқалиши учун янги хавфли ҳудудларга айланиши мумкин», — деди Раян.

У, шунингдек, дунёнинг аксар қисми ҳалиям коронавирус олдида заиф эканлигини эслатиб қўйди. Раяннинг таъкидлашича, коронавирусга қарши оммавий иммунитет шаклланмасдан туриб эпидемиянинг тинганига умид қилиб бўлмайди. Негаки CОВИД-19ни ҳаддан ташқари кам одам бошидан ўтказган.

Шу сабабли одамлар тўпланадиган ва ёпиқ жойларда тиббий ниқоб тақиш, ижтимоий масофага амал қилиш ҳамда одамлар гавжум жойларга бормаслик керак.

⭕️ Rasmiy || @talim_yangilik'lari kanaliga ulanish👇👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEL20-b5Ms4u7AcmMg
​​​​ O'zbekistonda maktab va bog‘chalar ochilishiga tayyorgarlik ko‘rilmoqda

Rustam Ikromov, Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosi:

❗️«Maktab va maktabgacha ta’lim tashkilotlarida o‘z farzandlarimiz ta’lim olishadi. Bu masalada e’tibor berish kerak bo‘lgan jihatlar ko‘p. Ishlab chiqilayotgan tadbirlar shunchaki hisobot uchun emas, balki farzandlarimizni ijtimoiy hayotga tezroq qaytarish, karantin sharoitida ularning ruhiyatida kuzatilgan o‘zgarishlarni bartaraf qilish, ular qatnaydigan muassasalarda koronavirus tarqalishiga imkon qadar to‘sqinlik qilishga qaratilgan choralar belgilanishi lozim.

📝 Ayni kunlarda Maktabgacha ta’lim vazirligi va Xalq ta’limi vazirligi bilan hamkorlikda ta’lim muassasalarida amal qiluvchi sanitariya me’yorlari ishlab chiqilmoqda.

🔎 Mazkur me’yorlar Adliya vazirligi tomonidan huquqiy ekspertizadan o‘tkaziladi hamda barcha tomonidan bajarilishi birdek majburiyligi belgilab qo‘yiladi.

Shundan keyin maktabgacha ta’lim tashkilotlari va umumta’lim maktablariga faoliyatini boshlash uchun ruxsat beriladi».

⭕️ Rasmiy || @talim_yangilik'lari kanaliga ulanish👇👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEL20-b5Ms4u7AcmMg
Tojikistonda 17-avgustdan yangi o‘quv yili boshlandi

Pandemiya sababli o‘tgan o‘quv yilining muddatidan oldin tugatilgani, kanikullarning uzaytirilgani sababli bu yilgi o‘quv yili vaqtli boshlanmoqda

Faqat bu gal o‘quvchilar va talabalar yangi qoidalar asosida tahsil olishga kirishdilar. Darslar birinchi sinf o‘quvchilari uchun 35, 2—11-sinflar uchun esa 45 daqiqa etib belgilandi.

Maktablardagi barcha darslar ikkita smenada o‘tkaziladi. Birinchi navbat soat ertalab 8-00da boshlanib, 12-55gacha davom etadi. Ikkinchi smenaga 13-00 da qo‘ng‘iroq chalinib, 17-55da "chiqish" bo‘ladi.

P.S: O‘zbekistonda ham ikki haftadan keyin yangi o‘quv yili boshlanadi. Dars mashg‘ulotlari qaysi ssenariyda bo‘lib o‘tadi, buni tez orada qabul qilinadigan qarordan keyin bilib olamiz.

⭕️ Rasmiy || @talim_yangilik'lari kanaliga ulanish👇👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEL20-b5Ms4u7AcmMg