Talim yangiliklari 🎓️
40.6K subscribers
163 photos
151 videos
44 files
846 links
Oʻqituvchilar, talabalar va abituriyentlar uchun taʼlimga oid eng soʻngi yangiliklar barchasi @talim_yangiliklari kanalida!

“Ta’limga e’tibor – kelajakka poydevor”

Reklama
https://t.me/joinchat/AAAAAEsAKPmIpK5Gc7vXpQ
Download Telegram
Nogironligi bo‘lgan shaxslar-2022.pdf
310.5 KB
#Qabul2022 #Kvota #Imtiyoz
Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun qo‘shimcha qabul ko‘rsatkichlari taqsimoti

📌 Davlat komissiyasining 1-son bayoni bilan nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun qo‘shimcha ikki foizli davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlarining oliy ta’lim muassasalari va ta’lim shakllari kesimidagi taqsimoti tasdiqlandi.

Unga ko‘ra, nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun respublika bo‘yicha jami 3 617 ta qo‘shimcha kvota ajratildi. Ta’lim shakllari kesimida:

🔹 kunduzgi ta’lim shakli uchun – 2 460 ta;
🔹 sirtqi ta’lim shakli uchun – 891 ta;
🔹 kechki ta’lim shakli uchun – 198 ta;
🔹 masofaviy ta’lim shakli uchun – 68 ta.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Batafsil malumot👇
https://t.me/+V1AHHKmbD0ue-1HU
https://t.me/+V1AHHKmbD0ue-1HU
#Qabul2022 #Kvota #Imtiyoz
5 yil pedagoglik stajiga ega o‘qituvchilar diqqatiga!

🔰 Davlat komissiyasining 1-son bayoni bilan 2022-2023-o‘quv yilida umumta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan va oliy pedagogik ma’lumotga ega bo‘lmagan hamda kamida 5 yil pedagoglik stajiga ega bo‘lgan o‘qituvchilar uchun pedagogika oliy ta’lim muassasalarida bakalavriatning sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha to‘lov-kontrakt asosida alohida maqsadli qabul ko‘rsatkichlarining oliy ta’lim muassasalari kesimidagi taqsimoti tasdiqlangan.

📌 Unga ko‘ra kamida 5 yil pedagoglik stajiga ega bo‘lgan o‘qituvchilar uchun 14 ta pedagogika oliy ta’lim muassasasida jami 1000 ta maqsadli qabul parametrlari ajratilgan.

👩‍🏫 Mazkur qabul parametrlari test sinovi natijalariga ko‘ra 56,7 va undan yuqori ball to‘plagan, lekin talabalikka tavsiya etilmagan kamida 5 yil pedagoglik stajiga ega bo‘lgan o‘qituvchilar uchun qo‘llanadi.

Bunda tanlov Xalq ta’limi vazirligi tomonidan kamida 5 yil pedagoglik stajiga ega bo‘lgan o‘qituvchilar ro‘yxati Davlat test markaziga taqdim etilgandan so‘ng amalga oshiriladi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Batafsil malumot👇
https://t.me/+V1AHHKmbD0ue-1HU
https://t.me/+V1AHHKmbD0ue-1H
#imtiyoz
Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun ajratilgan qo‘shimcha grant uchun o‘tish ballari

Bu imtiyozli kvotalar tanlangan beshta yo‘nalishga ham o‘tadi. Oddiy abituriyentlar uchun imtiyozlar faqat birinchi yo‘nalishga taalluqli bo‘lsa, nogironligi bor shaxslar uchun istisno sifatida beshalasiga ham o‘tishi belgilangan. Shuni eslatib o‘tish kerakki, imtiyozli kvota yo‘nalishlar kesimida emas, OTMlar kesimida beriladi.

Har bir oliy ta’lim muassasasiga ajratilgan kvotalar soni, ta‘lim shakli va grantga o‘tish bali bo‘yicha to‘liq ro‘yxat quyida jadval ko‘rinishida shakllantirilgan ...


Batafsil axborot ushbu havolada 👉👉👉 https://abt.uz/blog/nogironligi-bolgan-shaxslar-uchun-ajratilgan-qoshimcha-grant-uchun-otish-ballari

‼️ Barcha abituriyentlarga tarqating

Safimizga qoʻshiling 👇
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
#imtiyoz
Harbiy tavsiyanomaga ega abituriyentlar uchun o‘tish ballari

Bu kvota harbiy tavsiyanomaga ega abituriyentlarning faqat birinchi yo‘nalishiga amal qiladi. Shuni ham inobatga olish kerak, imtiyozli kvota yo‘nalishlar kesimida emas, OTM kesimida hisoblanadi. Tavsiyanoma abituriyentga qo‘shimcha ball bermaydi. Imtiyozdan foydalanishda abituriyent grant uchun kamida 68 ball, kontrakt uchun kamida 56,7 ball to‘plagan bo‘lishi kerak. Undan kamroq ball olganlarga bu imtiyoz qo‘llanmaydi.

Har bir oliy ta’lim muassasasiga ajratilgan kvotalar soni va mos o‘tish ballari bo‘yicha to‘liq ro‘yxat quyida jadval ko‘rinishida shakllantirilgan.


Batafsil axborot ushbu havolada 👉👉👉 https://abt.uz/blog/harbiy-tavsiyanomaga-ega-abituriyentlar-uchun-otish-ballari

‼️ Barcha abituriyentlarga tarqating

Safimizga qoʻshiling 👇
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy