Talim yangiliklari 🎓️
40.2K subscribers
163 photos
151 videos
44 files
846 links
Oʻqituvchilar, talabalar va abituriyentlar uchun taʼlimga oid eng soʻngi yangiliklar barchasi @talim_yangiliklari kanalida!

“Ta’limga e’tibor – kelajakka poydevor”

Reklama
https://t.me/joinchat/AAAAAEsAKPmIpK5Gc7vXpQ
Download Telegram
​​#Xalqaro_hamkorlik

Oliy ta’limda malakali kadrlarni tayyorlashda Yevropa Ittifoqi bilan hamkorlik kengayib boradi

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligida Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi delegasiyasi
hamkorlik sektori rahbari Fransua BEJO boshchiligidagi Yevropa Ittifoqi vakillaridan iborat delegasiya bilan onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Vazirning birinchi o‘rinbosari O‘ktam Salomov, vazir o‘rinbosari Murodillo Xolmuhamedov boshchiligida vazirlik mutaxassislari Yevropa Ittifoqidagi hamkorlar bilan o‘zaro istiqbolli loyihalarni muhokama qildilar.

Ushbu muloqotda oliy va o‘rta maxsus ta’lim sohasida ikki tomonlama hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari muhokama qilindi. Jumladan, 2021-2027 yillarda O‘zbekiston ta’lim tizimini yangi sifat bosqichiga ko‘tarishga xizmat qiluvchi loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha Yevropa Ittifoqi dasturini tayyorlash masalalari ko‘rib chiqildi.

–O‘zbekiston oliy ta’lim tizimini modernizasiya qilish yo‘lida Yevropa Ittifoqi hamkorlarimiz tomonidan ko‘rsatilayotgan tashabbuslarni juda yuqori baholaymiz, - dedi vazirning birinchi o‘rinbosari O‘ktam Salomov. – Shu bilan birga ikki tomonlama hamkorlikda foydalanish mumkin bo‘lgan istiqbolli sohalar va imkoniyatlar juda ham ko‘p. Vazirlik ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan loyihalarni to‘la qo‘llab-quvvatlaydi
.


⭕️ Rasmiy || @talim_yangiliklari kanaliga ulanish👇👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEL20-bW3_XyWnQblw