#ota_onalar_uchun
NEMISLAR BOLALARINI QANDAY TARBIYALASHADI?
Nemislar tartib, aniqlik, puxtalik, mehnatsevarlik, masʼuliyatni sevishlari va har qanday ishga jiddiy yondoshishlari bilan mashhur. Bundan tashqari, siz nemislardan sabr-toqat, ishni oʻz vaqtida bajarish va xotirjamlik, xushmuomalalik, bir-birlariga janjal va gʻazablanmasdan hurmat-ehtirom koʻrsatishlarini oʻrganishingiz mumkin. Bolada yuqorida aytib oʻtilgan fazilatlarni shakllantirish uchun ota-onalar farzandining tashabbuslariga toʻsqinlik qilishmaydi, iroda va harakatlarini soʻndirishmaydi va faqat oʻz fikrini oʻtqazishmaydi.
Bola tugʻildi
Yoʻrgakdan boshlab har bir nemis bolasi oʻz “men”ini anglashga va mustaqil boʻlishga oʻrgatiladi. Ota-onalar oʻz hayotini faqat unga gʻamxoʻrlik qilishga bagʻishlashmaydi. Uni aravacha yoki ryukzakka solib, u bilan birgalikda turli tadbirlarga borishadi, sport bilan shugʻullanishadi va sayohatga chiqishadi. Bolani har doim va har qanday joyga oʻzlari bilan olib ketishga harakat qilishadi, bunda u sudralib yurishni, yurishni va gapirishni oʻrganadi va bu esa unga oʻz harakatlarida erkin boʻlish imkoniyatini beradi.
Bu yerda bola aravachasi bilan metroga tushish Everestni zabt etishga aylanmaydigan tarzda tashkil etilgan. Ular hamma joyda goʻdakning borligini tushunib muomala qilishadi va yosh onaga doʻkonda, shifokorlik punktida, hattoki sartaroshxonada ham barcha sharoitlar yaratilgan.
Ular bolaga sabrli
Nemis ota-onalarining cheksiz sabr-bardoshiga qoyil qolsa arziydi. Bola bilan biron voqea sodir boʻlsa, darhol yordam berishga shoshilishmaydi. Bu bolani qiyinchiliklarni mustaqil yengishga oʻrgatadi. Bola ham kamdan-kam holatda yordam soʻraydi. Bu baʼzilarga toshbagʻirlikdek tuyulishi mumkin, ammo unday emas.
Baqirishmaydi
Ular bolaga qichqirishmaydi, baqirishmaydi, oʻqrayib qarashmaydi, urishmaydi. Agar nemis bolasi kutilmaganda doʻkonda oʻzini yerga tashlab qaysarlik qilsa, oyoqlarini tepib, qichqirsa, ota-onasi sabr bilan tushuntiradi yoki uni tinchishini kutadi. Jazava hech qanday reaksiya bilan qoʻllab-quvvatlanmaydi, ota-onaning hayotida bu holat koʻpi bilan uch marta sodir boʻladi va shu bilan abadiy yoʻqoladi.
Uni maqtashadi
Nemislarning bolalarini maqtash usulini albatta oʻrganish kerak! Ular bolani hamma narsa, deylik bogʻlangan bogʻich, yigʻishtirilgan oʻyinchoqlar, chiroyli rasm va boshqa kichik gʻalabalar uchun maqtashadi.
Bolani eshitishadi
Nemis ota-onalari bolaning savollari va fikrlarini eshitish va tinglashni yaxshi bilishadi va maslahat berishadi. Bir qator masalalarda bolaning shaxsiy fikriga qiziqish oʻzaro munosabatlarni mustahkamlashga yordam beradi.
⭕️ Rasmiy || @talim_yangilik'lari kanaliga ulanish👇👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEL20-b5Ms4u7AcmMg