7QADAM
320 subscribers
29 photos
2 videos
3 files
63 links
Ushbu kanalda 7QADAM turkum kitoblari va muallif ijodidan bahramand bo'lasiz.

Facebook: https://www.facebook.com/yettiqadam

Instagram: https://www.instagram.com/yettiqadam?r=nametag

Admin: @yettiqadamBot

"Yaratish - yashash demakdir."
Download Telegram
7QADAM pinned «Nashr qilingan 1-qism kitoblarni Book.uz do'konlaridan topasiz. Barcha kitoblarni elektron variantda Iqtisod.uz dan, mobil ilova variantda Google Play yoki shu kanaldan topasiz. Muxlislardan: - Izohlar - Maktublar - Kitoblar reytingi Kitoblarning qolgan…»
Kitobdagi sizga eng yoqqan joyini izohda keltiring.

"Siz – boringizcha haqsiz, haq va nohaq bo’lishga, to’g’ri va xato ish qilishga to’liq haqqingiz bor."
"Oʻz ilmini boshqalarni ilmsizlikda ayblash uchun ishlatadiganlar - zulmatda oʻz yoʻlini yoritish uchun emas, boshqalar koʻzini qamashtirish uchun chiroq tutib yuradiganlardir."
#muallifdan
@iqtisodBot ga ulanish orqali muallifning iqtisod.uz blogidagi yangi maqolalaridan boxabar bo'lishingiz mumkin.
Ilmdir insonning asil bezagi,
Idrok daraxtining hosil kurtagi,
Ilmdir ravnaqqa kuch bergan manba -
Insonning dunyoni sevish istagi!

@yettiqadam
Xo’sh, biz qarorlarimizni qanday qabul qilamiz? So’nggi qarorimizga ratsional va irratsional omillar qanday ta’sir qiladi? Aytaylik, tansiq ovqatdan keyin sizga shirinlik taklif qilishdi. Uni yeyish-yemaslikni tanlashingiz kerak. Bunda miyangizda qanday jarayonlar kechadi? Keling, mana shu oddiy misolda qarorlarimiz tarkibini o’rganib chiqaylik.

1 — Ratsional omillar

1.a — Obyektiv bilim: Siz shirinlikning organizmingiz uchun foyda yoki zararlarini o’zingizda avval sinab ko’rgansiz va buni bilasiz. Ana shu avvalgi tajriba sizga shirinlikni yeyish-yemaslikni ratsional baholashga yordam beradi.

1.b — Mantiqiy taxmin: Lekin hech kim hamma narsa haqida hamma narsani bilmaydi. Shu bois biz aniq bilimlarimiz tugagan joyda mantiqni ishga solamiz. Siz o’zingiz shirinlik yeb zarar ko’rmagan bo’lishingiz mumkin. Lekin, aytaylik, onangiz organizmi shirinlikni yaxshi hazm qilmaydi – siz esa sog’lik jihatdan onangizga o’xshaysiz. Bundan shirinlik sizga ham zarar qilishi ehtimoli baland degan mantiqiy xulosa chiqarasiz.

2 — Irratsional omillar

2.a — Intuitsiya: Bu ko’nglimiz buyruqlari, qalb (ruh) bilimi. Biz bu bilimlar qayerdan kelganini izohlab bera olmaymiz. Lekin ko’pincha ularga quloq solamiz.

2.b — Muhimlik: Mana shu yerda eng qiziq jarayon boshlanadi. Miyamiz shu yerga kelganda ajoyib iqtidorlarini namoyon qiladi. Siz shaxsiy yoki tashqi muhimlik sabab, shirinlikni qabul qilasiz. Chunki sizga uni taklif qilayotgan odam siz uchun o’ta muhim va uning qo’lini qaytarish juda-juda yomon ish (kinoyani sezgandirsiz). Shirinlik sizga zararligini bilsangiz ham, muhimlik sizni uni yeyishga majburlaydi. Yoki aksincha – ko’nglingiz shu shirinlikni tusab tursa ham, muhimlik bosimi ostida uni yeya olmaysiz.

2.c — Qo’rquvlar: Qarorlarimizga yashirin va oshkor qo’rquvlarimiz ham ta’sir qiladi. Siz kimdir shirinlikdan zaharlanganini ko’rgan bo’lsangiz – bu sizga shu taklif qilinayotgan shirinlikni xotirjam olib yeyishga imkon bermaydi. Yoki siz semirib ketishdan qo’rqasiz va shirinlikka qo’l tekkizmaysiz.

2.d — Komplekslar: Bunisi eng oddiysi. Tortinchoqlik, nuqsonlilik kabi komplekslar sizni shirinlikni yemaslikka undasa – ochko’zlik kabi kompleks sizni aslida yegingiz kelmagan shirinlikni yeyishga majburlaydi.

7QADAM - 6
@yettiqadam
Musiqa - sof sanʼat! :)
Ongni oʻstirish payti keldi, doʻstlarim. Aks holda qoʻlimizdagi texnologiyalar zararimizga ishlaydi.

Tajribamdan oʻtkazgan holda barchaga "Inner Engineering" dasturini tavsiya qilaman. Tashqi hayotimizni yetarlicha injeneriya qildik, ichki holatimizni ham sozlashimiz zarur hozirda.

Mashqlarini vaqtida bajarsangiz, natijasiga kafolat bera olaman.

Marhamat sinab koʻring:
🇬🇧Eng: https://innerengineering.sadhguru.org/

🇷🇺Ru: https://innerengineering.sadhguru.org/ru
7QADAM pinned «Ongni oʻstirish payti keldi, doʻstlarim. Aks holda qoʻlimizdagi texnologiyalar zararimizga ishlaydi. Tajribamdan oʻtkazgan holda barchaga "Inner Engineering" dasturini tavsiya qilaman. Tashqi hayotimizni yetarlicha injeneriya qildik, ichki holatimizni ham…»
Qadrdon kitobimizning audio versiyasini yaratibdi doʻstimiz. Marhamat, eshitib baho bering. :)

Muallif: Fayoz Badirov (@Fayoz123)