Tirik suv – anglab turganingizdek, tarkibida erkin elektronlari ko‘p bo‘lgan suvdir. Soy va buloq suvlari shunday xususiyatga ega. Suvning tiriklik quvvatini uzoq vaqt saqlab qolishni istasangiz, uni metall idishda saqlamang. Metall atomlari o‘ta “ochko‘z” bo‘ladilar va o‘zlariga yaqin kelgan har qanday atom elektronlarini tortib olish xususiyatiga ega.
7QADAM - 2
@yettiqadam
7QADAM - 2
@yettiqadam
"Toʻgʻri javoblar topa bilish qobiliyati - bebahodir, ammo toʻgʻri savollar berish koʻnikmasisiz undan naf yoʻq"
Shaxsiy erkinlik
Psixologik cheklovlar, o’z nomi bilan psixologik: ular odamning aqlida qo’nim topgan bo’lib, yillar davomida tarbiya va dunyoqarash natijasida shakllanadi. O’z imkoniyatlariga shubha bilan qarash, o’zini u yoki bu ishga qodir emasman deb hisoblash kabilar ichki cheklovlardir.
Tashqi cheklovlar – odam yashab turgan jamiyat va tabiiy sharoit xususiyatlaridan kelib chiqqan cheklovlardir. Ijtimoiy andozalarga tobelik, modaga tobelik, pulga tobelik ana shular jumlasidan.
Eng katta tobeligimiz – albatta, pulga tobelikdir. Kim moliyaviy muammolardan holiman deb ayta oladi? Biz har qanday oldi-berdilar pul orqali amalga oshiriladigan muhitda yashaymiz – bunda pulga tobe bo’lmaslik ilojsiz tuyulishi mumkin.
Pulsiz ko’chaga chiqishni istamagan vaqtlaringiz bo’lganmi? “Har ehtimolga qarshi” bo’lsa ham kissamizda qanchadir pul bo’ladi bari bir. Lekin hayotda har nima bo’lishi mumkin. Pulingizni yo’qotib, og’ir vaziyatda qolsangiz, undan chiqib ketishga shaxsiy kuchingiz yetadimi? Begona odamdan yordam so’rashga haddingiz sig’adimi?
Hammamiz havas bilan tomosha qiladigan shpionlar haqidagi filmlar qahramonlari – erkin shaxs egalaridir. Ular har qanday vaziyatdan chiqib keta oladilar. Bunda ularga yuqori darajadagi tayyorgarliklari yordam bermaydi (odamni hayotda uchraydigan hamma vaziyatga oldindan tayyorlab bo’lmaydi). Ularning siri – shaxsiy erkinlikda. Ular juda ko’p ijtimoiy va psixologik tobeliklardan qutulishgan. Jeyms Bondni pul tashvishi qiynayotganini, yoki u o’ziga ishonmaganidan biror ishni qilishga haddi sig’mayotganini, ikkilanayotganini tasavvur qilish qiyin. Bondni bizga qahramon qilib ko’rsatgan jihat o’tkir zehn, jismoniy quvvat yoki chiroyli tashqi qiyofa emas – shaxsiy erkinlikdir.
Bizni tobe qilishga qaratilgan omillar juda ko’p. Biz boshqalar fikriga tobemiz, ijtimoiy andozalarga tobemiz, o’z qo’rquv va shubhalarimizga tobemiz, ijtimoiy va iqtisodiy sharoitga tobemiz. Bu cheklovlar bizni hatto oldimizga maqsad qo’yishda va ularga intilishda ham ko’p narsadan mahrum qiladi.
Shaxsiy erkinlikka ega odam hech qachon moda bo’lgan maqsadlarga intilmaydi. Mustaqil hayotga qadam qo’yayotgan yoshlar orasida shaxsiy erkinlikka egalari juda kam. Ularning aksari o’z hayot yo’llarini o’zlari erkin tanlamaydilar – balki omma ma’qul ko’rgan yo’ldan boradilar. Axir, nega ko’pchilik iqtisodchi, huqushunos yoki shifokor bo’laman deydi-yu, hech kim astronom, muxandis yoki fizik bo’laman demaydi?
Bir narsani unutmaslik kerak: mutaxassislar ham mahsulotdek gap – bozorda qancha ko’p bo’lsa, narxi shuncha tushaveradi. O’rtameyona iqtisodchi yoki huquqshunos bo’lgandan ko’ra, mohir agronom yoki muxandis bo’lgan afzal. To’g’ri, agar iqtisod yoki huquq sohasi aynan sizning ko’nglingiz tusagan faoliyat turi bo’lsa – bu sohalarda ham yuksak mahoratga erishasiz. Ammo kamchilik o’z kasbini ko’ngli moyilligiga qarab tanlaydi. Bunga ko’p marotaba o’zim guvoh bo’lganman.
Shaxsiyati erkin odamning yana bir alohida xislati bor. U hech qachon uning shaxsiy rivojlanishi uchun boshqalar sharoit yaratib berishini kutmaydi. O’zi ta’lim olayotgan yoki ishlayotgan maskanidan, ustozlari yoki hamkasblaridan, shart-sharoitdan ko’ngli to’lmayotgan odam ikki xatodan biriga yo’l qo’ygan: yoki u ko’ngli istagan sohani emas, unga begona sohani tanlagan; yoki u o’zining shaxsiy o’sishi uchun boshqalarni javobgar hisoblaydi. Bunday odamni na tanlov qilishda va na o’z tanlovini amalga oshirishda erkin deb bo’ladi.
Shaxsiy erkinlik nimaligini bilmagan odam eng nomdor va tan olingan dargohlarda ilm olib ham, hech narsaga erishmaydi. Erkin shaxs esa har qanday maskanda va sharoitda ham o’z bilimlari va ilmini oshirishga imkon topa biladi. Bunday odam uning hayotda tutgan o’rnini faqat va faqat uning tanlovlari hal qilishini biladi.
7QADAM - 3

Avval aytganimdek, dunyo bizning istaklarimizni bajarish bilangina mashg’ul. Haqiqiy muammo - unga istaklarni to’g’ri yetkaza olmaslikda. Bundagi eng katta sir shundaki, dunyo siz bilan qalbingiz orqali suhbatlashadi – u sizning o’y-fikrlaringiz emas, his-tuyg’ularingizga quloq solib ish tutadi.
Dunyo – shunday bir do’konki, u yerda siz istagan narsangizga buyurtma berishingiz mumkin. Faqat, buyurtmangiz ko’nglingizdan chiqishi lozim. Biz kundalik hayotimizda dunyoga yuzlab buyurtmalar berib yashaymiz – buni hatto o’zimiz sezmasligimiz ham mumkin.
Bu jarayon shu darajada soddaki, u bizning fe’l-atvorimizga singib qolgan – shuning uchun ham uni har doim ham payqamaymiz. Masalan, siz biror nima haqida xayol qilasiz. Bu narsa sizda qiziqish yoki xavotir uyg’ota olsa, bu o’y-fikrlaringizga tuyg’ularingiz ham aks qaytaradi. Ana shu hissiyotlarni dunyo buyurtma deb qabul qiladi va darhol uni amalga oshirishga kirishadi.
Ammo bu jarayonning bir qiziq jihati bor – sizning tuyg’ularingiz hech qachon inkor shaklda bo’lmaydi. Tabiatda “yo’q”, “emas” degan so’zlar yo’q – inkor gaplar inson aqli mahsuli – ular muhimlikni himoya qilish uchun o’ylab topilgan. Hissiyotlar esa – bizning tabiiy bo’lagimiz, shuning uchun ham ular inkor qo’shimchalaridan holi.
Aytaylik, shaharda gripp epidemiyasi tarqalgan. Siz kimdandir bu juda xavfli gripp turi ekani haqida eshitdingiz. Tag’in, ikki-uch aksirgan odamlarni uchratdingiz. Sizda bu holat xavotir uyg’otadi – siz “ishqilib shu kasallikka chalinib qolmayinda” deb o’ylaysiz. Bu xayolga tuyg’ularingiz “men shu kasallikka chalinaman va undan qo’rqaman” deb aks qaytaradi. Dunyo bu tilakni qabul qiladi va siz xastalanasiz.
Yoki, deylik, siz biror narsangizni juda qadrlaysiz. Ammo vaziyat uni ma’lum muddatga qarovsiz qoldirishni taqazo etib qoldi. Sizda “Hech kim bu narsamga tegmasinda” degan hadikli xayol uyg’onadi. Buni tuyg’ularingiz “Mening narsamga birov tegishidan qo’rqaman” deb tasdiqlaydi. Bunday qo’rquv bilan tashlab ketgan narsangizni qaytib kelib topa olmasangiz, hayron bo’lmang.
Kimdir hayron bo’lishi mumkin: nimaga unda hamma xavotirlarimiz ham oqlanavermaydi? Nimaga hadiksiragan holatlarimiz har doim ham sodir bo’lavermaydi? Buning siri juda oddiy – siz bu hadiklaringizga his-tuyg’ularingizni aralashtirmaysiz. Aqlingiz tashvish bildirishi mumkin, ammo qalb buni hissiyot bilan tasdiqlamaydi. Natijada xavotirlar asossiz bo’lib chiqadi.
Yoki aksincha, biz xayolimizga ham keltirmagan yoqimsiz narsalar sodir bo’ladi gohida. Buning ham sababi juda oddiy – bu voqealar haqida sizning qalbingiz biladi va u sizni g’ashlik va sababsiz xavotir hissi bilan ogohlantirmoqchi bo’ladi. Ammo o’z muhimligiga o’ralashib qolgan aql qalbning bu ishoralarini ko’ra bilmaydi – u doim o’z ishlari bilan band va tuyg’ularga quloq solishga vaqti yo’q.
7QADAM - 1

Aynan biz qilgan tanlovlar bizning shaxsiy erkinligimiz darajasini ko’rsatadi. Siz tanlov qilishda qanchalik erkinsiz? Qilayotgan tanlovlaringizning qanchasi aynan sizning qalbingizdan chiqqan?
Bir xislat shaxsiy erkinlik bilan birga yuradi. Bu – shaxsiy javobgarlik. Erkin shaxsiyat egasi har bir qarorga o’zi sergak turib kelganini biladi va ana shu qarori natijasi uchun javobgarlikni to’liq o’z zimmasiga oladi. Hayotida sodir bo’layotgan yaxshi yoki yomon o’zgarishlar uchun o’zidan boshqani javobgar deb bilgan odam – shaxsiy erkinlikdan yiroqdir.
Shaxsiy javobgarlik odamning shaxsiy erkinligi barqaror bo’lishini ta’minlaydi. Aytaylik, men bir qaror qabul qildim va uning natijasi men kutganday chiqmadi. Agar men bu xato qaror uchun javobgarlikni kimgadir yuklasam – men ana shu odamga mening hayotimga ta’sir qilish hukmini bergan bo’laman. To’g’ri-da – kimdir sizning hayotingizda noto’g’ri qaror qabul qilinishiga mas’ul bo’lsa, demak uning sizning shaxsiyatingiz ustidan qudrati bor.
Xatolari uchun ham javobgarlikni o’ziga ola bilgan shaxs har qanday tashqi ta’sirdan holi. Uning xatolari va shu xatolar natijasi ham faqat uning izmida. Shaxsiyatingizni bo’lak-bo’lak qilib, har kimga tarqatgandan ko’ra, uni bus butunligicha o’z qo’lingizda tuting.
Unutmang – har qanday tur erkinlik shaxsiy erkinlikdan kelib chiquvchi ikkilamchi holatdir. Shaxsiy erkinlikka erishmay turib siz moddiy-moliyaviy erkinlikka ham, psixologik erkinlikka ham erishmaysiz. Millionlab puli bo’la turib ham o’z shaxsiyati ustidan hukmi yo’q insonlar bor – ularning millionlari ustidan ham hukmi yo’qligi tayin. O’nta kitobga sig’maydigan bilimlarga ega iste’dod egasi bo’la turib, o’z aqli qoliplaridan tashqariga chiqa olmaydigan shaxslar bor.
O’z shaxsiy kuchiga ishongan ishbilarmon biznes olamida nomi chiqadi. O’z tanasi imkoniyatlarini omma tan olgan chegaralar orqali baholamay, bunga kengroq yondashgan sportchi yangi jahon rekordlarini o’rnatadi. O’z shaxsiyatiga erkin qaragan odam har qanday maqsadiga erishadi.
Yuqorida aytilganlardan shaxsiy erkinlik haqidagi fikrlarni quyidagicha umumlashtirish mumkin. Shaxsiy erkinlik – ijtimoiy andozalar, nisbiy haqiqatlar, qo’rquv va komplekslar ta’siridan holi mustaqil qarorlar qabul qila olish va shu qarorlar natijasini to’la javobgarlik orqali nazorat qilish ko’nikmasidir.
Shaxsiy erkinlik – bizni oldimizga qo’ygan har qanday maqsadimizga olib boradigan eng qisqa yo’ldir. Albatta, boshqa yo’llar ham bor. Ammo ular yo’nalishi bizning izmimizda emas. Shaxsiy erkinlik ochib bergan yo’l – faqat bizniki. Omma tanlaydigan tirband yo’llardan borib, manzilingizga kechikib borgandan ko’ra – kuchli shaxsiyatingiz siz uchun ochib bergan erkin yo’ldan xotirjam va vaqtida manzilgan yetgan afzal.
Shaxsiy erkinlik bizga yana bir narsa taqdim etadi: uning yordamida biz aslida kim ekanimizni anglab yetamiz. Aynan shaxsiy erkinlik rasm daftar varog’iga go’zal suratlar chizishni, nuqsonli chizilgan suratlarga zarur tuzatishlar kiritishni, chizgan suratlarimiz uchun javobgarlikni his qilishni o’rgatadi. Shaxsiy erkinlik mitti odamchalarni bolakayga yaqinroq qiladi.

Sergaklik bizni tabiiy muvozanatni buzishdan asrab qoladi. Tabiiy muvozanat buzilmasa – yangi ziddiyatlar keltirib chiqaradigan siyosatga hojat yo‘q.
Hech e’tibor berganmisiz: siyosat haqida o‘ylash yoki gapirish juda yoqimsiz. Sababi oddiy: siyosat – muhimlik mevasi, u bizning hayotiy quvvatimiz hisobidan mavjud.
Siyosatning asosiy muammosi – uning mavjudligi, unga zarurat borligida.
7QADAM - 5

Millat degan tushuncha – shartli belgi. Siz hech qachon sof o‘zbekni topa olmaysiz. Har bir odam qonida yuzlab elatlarning geni mujassam. Har bir o‘zbek o‘z irsiy merosida qanchadir foiz yunon, qanchadir foiz fors, qanchadir foiz arab va mo‘g‘il.
Millat degan narsa shu qadar ongimizga mahkam o‘rnashganki, mening bu gaplarim juda ko‘pchilikda norozilik uyg‘otadi. Lekin jahlingiz bosilib, ozgina sergak turib o‘ylasangiz – rostdan ham sof millat degan narsa mavjud emasligini anglab yetasiz.
Millatchilik – juda ham xunuk odat. Bu ilmsizlik va ojizlik belgisi. O‘zining kelib chiqishini aniq bilmaydigan odamgina millatchi bo‘lishi mumkin. Bu o‘zligini anglay bilmagan odamga xos.
Milliy muhimlik – o‘z milliy kelib chiqishiga o‘ta katta ahamiyat berishdir. Bunday muhimlik odamni zaiflashtiradi – chunki bunday odamga uning millatini bahona qilib ta’sir o‘tkazish, uning irodasini nazorat qilish mumkin.

Bilasizmi, aql va qalb – ko‘pincha har xil narsani istaganlari bilan – bir maqsadni, ya’ni sizning farovonligingizni ko‘zlaydilar. Faqat aql bunda ustunlikka intilaveradi. Aslida esa qaror qabul qilishga qalb ixtisoslashgan – aql esa bu qarorni amalga oshirish yo‘llarini izlash bilan shug‘ullangani ma’qul. Agar vazifalar shunday taqsimlanishiga erisha olinsa, hayotda inson afsuslanadigan narsalar deyarli qolmaydi.
Aql bilan qalbni do‘stlashtiring – ular ittifoqqa kirishsa, siz bu dunyoda qila olmaydigan ish bo‘lmaydi.
Ko‘pchiligimiz birovning aqllilik darajasini uning bilimdonligi bilan o‘lchaymiz. Ammo aql – bu bilim, bilim esa – bu aql emas. Aqlli odam bilimsiz bo‘lishi, bilimli odam aqlsiz bo‘lishi mumkin (bunga hayron bo‘lmang). Qadimgilar bizdan oz narsa bilishgan, lekin shu oz bilimdan ham unumli foydalanib yashashgan. Biz, axborot asri odamlari, ulardan ancha ko‘proq narsani bilamiz – ammo shunda ham aqliy faoliyatda ajdodlarimizchalik bo‘la olganimiz yo‘q.
Bilimga aqlsiz ham ega bo‘lish mumkin. Sherdan qochayotgan kiyik yirtqich unga yetib olsa, uning hayoti barham topishini biladi – garchi buni anglamasa ham. Bu bilimni unga qalbi yetkazadi. Bu bilimni unga tabiat ato etgan.
Aslida qalb dunyo bilimlari maydoniga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulana oladi. Ko‘ngilning bu qobiliyatidan boshqa jonzotlar ustalik bilan foydalanadilar. Inson esa aqliga tayanib atrof dunyoni o‘rganishga shu darajada ko‘nikib ketganki, buni qalbi orqali amalga oshirish qobiliyatini sustlashtirib qo‘ygan.
Intuitsiya (qalb bilimi) shu darajada to‘g‘ri ishlaydiki, ko‘pchiligimiz bunga shaxsan amin bo‘lganmiz va buni rad eta olmaymiz. Biror ishga ko‘nglingiz bo‘lmasa, biror joyga oyog‘ingiz tortmasa, yoki ichingizda nimadir sizga biror ishni buyurib qolsa – siz bilan qalbingiz so‘zlashyapti demak. Ona farzandi uzoq safardan qaytayotganini sezib turadi. Ba’zi odamlar esa o‘z hayotlari poyoniga yetayotganini avvaldan bilib, bunga tayyorgarlik ko‘ra boshlaydilar.
Qalb bilishi mumkin bo‘lgan narsalar na vaqtda va na fazoda cheklangan bo‘ladi. Aqlga esa ma’lumot olish uchun vosita kerak (ko‘z, quloq va boshqa sezgi organlari kabi). Ko‘ngil bilmagan narsani aql bilishi mumkin emas – ammo aql bilmaganini qalb biladi. Intuitiv bilimlar shuning uchun har doim to‘g‘ri bo‘ladi.
Bu dunyoda boshqalardan ko‘proq yoki ozroq biladigan odam yo‘q – har birimizda cheksiz bilim manbayi – qalbimiz bor. Dunyo degan muallimdan saboq olib, qalb degan darslikdan ko‘proq mutolaa qilib tursak – baxt uchun ana shu yetarli.

Inson o‘z intilishi bilan katta shaxsiy kuch egasi bo‘lishi mumkin. Avval aytilgandek, shaxsiy kuch yetishmasligi bizni turli buzg‘unchi ishlarga boshlaydi. Bu esa odamlar orasida yaxshi va yomon haqidagi yolg‘on ommalashishiga hissa qo‘shadi.
O‘z maqsadiga to‘g‘ri yo‘ldan bora bilmaslik – shaxsiy ojizlik alomati. Masalan, nega odamlar o‘z niyatiga erishish uchun, kimgadir pora beradi. Poraxo‘rlik avj olishida pora beruvchining hissasi ko‘proq bo‘ladi. Chunki u o‘z shaxsiy ojizligi sabab, maqsadiga to‘g‘ri yo‘ldan bora olishiga ko‘zi yetmaydi, o‘z imkoniyatlariga – o‘ziga ishonmaydi.
Bunday odamning jazosi o‘zi bilan. U har qancha maqsadiga erishib ham, o‘zini baxtli va xotirjam his qilmaydi. Va u o‘z shaxsiy ojizligi sabab ko‘p narsa yo‘qotadi. Aytaylik, bir yigit pora berib, oliygohga shartnoma asosida o‘qishga kirdi. Shaxsiy ojizlik sabab, u endi oliygohda o‘qiy ham olmaydi va pora berib, fanlardan baho oladi. Natijada u ham poraga, ham shartnomaga pul sarflaydi – va oliygohni hech qanday bilim olmasdan bitiradi. Bunday holatni men “yirik hisobda yutqazish” deb atayman.
Yuqoridagi kabi insonlarni yomon deb bo‘lmaydi. Ular, shunchaki, ojiz odamlar. Ularni qoralash ham, ayblash ham – ularga achinish ham kerak emas. Ularga nisbatan bizda hech qanday salbiy munosabat bo‘lmasligi kerak. Chunki biz ham oddiy odammiz – bizning ham ko‘plab nuqsonlarimiz bor. Biz ham kamchiliklardan holi emasmiz. Undan keyin – kuchli shaxs hech qachon boshqa shaxslarni ojizligi uchun qoralamaydi.
Odamlarni yaxshi-yomonga ajratish – muhimlik belgisi. O‘ylaymanki, shaxsiyatingizni siz muhimlik kasalidan davolab ulgurgansiz. Yaxshi inson bo‘lish haqida qayg‘urish kerak emas – chunki “yaxshi odam” degan tushunchaning o‘zi mavhum. O‘z shaxsiyatingizni jamiyat chizib bergan “yaxshi odam” qolipiga solishga urinmang. Chunki jamiyatning “yaxshi” va “yomon” qoliplari tinimsiz o‘zgarib turadi. O‘zingiz bilan uzoq kurashdan so‘ng, yaxshi odam qolipiga kirganingizda – jamiyat yangi qolipni o‘ylab topgan bo‘ladi. Bu ham “yirik hisobda yutqazish” bo‘ladi.
Bunyodkor odam bo‘lib, bunyodkor ishlar qilish haqida qayg‘urgan afzal. Buning uchun esa sizga birgina narsa – shaxsiy kuch kerak. To‘g‘ri – moddiy kuch ham zarar qilmaydi: tanangizni chiniqtirsangiz, obro‘ va boylik orttirish uchun harakat qilsangiz, bilim oviga chiqsangiz – buning hech bir zarari yo‘q. Lekin shaxsiy kuch sizning eng muhim o‘ljangiz bo‘lishi lozim. Moddiy kuch to‘plash yo‘lida xotirjam va baxtli yashash uchun sizga aynan shaxsiy kuch kerak bo‘ladi.
Asosiysi, moddiy kuch ortidan quvish uchun, shaxsiy kuchdan voz kechib, oxir oqibat yirik hisobda yutqazmaslik. Shaxsiy ojizlik – bizni “yomon” odamlar sirasiga qo‘shadi. Shaxsiy ojizlik bilan biz buyuk yolg‘onning bir qismi – buzg‘unchi bir qismiga aylanamiz. Shaxsiy ojizlikning yomonligi ana shunda.
7QADAM - 4

Odam katta mavqe va davlatga erishib ham, shaxsiy ojizligini yo‘qotmasligi – natijada buzg‘unchi ishlar qilishda davom etishi mumkin. Shuning uchun qo‘lida katta boyligi va qudrati bo‘lgan odamlar har doim ham bunyodkor ish qilavermaydilar.
Keling, shu yerda ikki xil kuch haqida eslab olaylik. Odamzodga (xuddi boshqa har qanday jonzot singari) ikki xil kuch berilgan: moddiy va ma’naviy. Moddiy kuch – atrof dunyoga to‘g‘ridan-to‘g‘ri moddiy ta’sir qiladigan kuchdir. Bizning jismoniy kuchimiz – moddiy kuch. Boyligimiz va ijtimoiy ta’sirimiz – moddiy kuch. Mantiqiy fikrlash qobiliyatimiz – moddiy kuch.
Ma’naviy kuch esa – bizdagi hayotiy quvvat darajasi bilan belgilanadi. Og‘ir qaltis vaziyatlarda o‘zini yo‘qotmaslik – ma’naviy kuch. Qo‘rquvlardan holi yashash – ma’naviy kuch. Har qanday holatda ham xotirjamlikni va sergaklikni saqlay bilish – ma’naviy kuch. Odamlarga ma’naviy zavq va ozuqa beradigan ijod namunalarini yaratuvchi ilhom – ma’naviy kuch.

Mazmunli jonzot – Telegraph
https://telegra.ph/Mazmunli-jonzot-08-15

Telegraph
Mazmunli jonzot
Yaxshi-yomon haqidagi yolg‘onga ergashib, bizda bir zararli odat avj oladi: biz o‘z borligimizga asos qidiramiz. Odamzod o‘z mavjudligini ahamiyatsiz, oddiy holat deb qabul qila olmasligiga sabab – mazmunsiz hayot yomon, mazmunli hayot yaxshi deb bilishidir.…
Har qanday urushda mag'lublar ikkita bo'ladi.
https://geopolitika.uz/hududlar/global-geopolitika/118-har-qanday-urushda-mag-lublar-ikkita-bo-ladi