Naridan beri
Dunyoning ishi-la asli murosa
Kamina sizlarga aytari-deri,
Kamtar deb shoshilinch qilmang xulosa -
Axir, men so‘ylayman naridan beri.
Ergashib tanqidning xasisligiga,
Demangiz, bunchalar chiroyli she’ri,
Aldanmang qofiya nafisligiga -
Axir, men shoirman naridan beri.
Shirin deb o‘ylamang yegan oshimni -
Unga hech singmagan peshonam teri,
Narilab aytmangiz asl yoshimni -
Axir, men hali yosh naridan beri.
Oqil deb o‘ylamang - axir, menda bor
Sizdagi aqlning yettidan biri,
Johil deb o‘ylamang, keltirsam ozor -
Axir, men bandaman naridan beri.
Kamina safari changli ko‘chadir,
Bu yerdan ko‘rinmas ko‘zlagan yeri,
Yo‘ldoshim bo‘lasiz qayergachadir,
Axir, biz yo‘ldamiz naridan beri....
Javlon Juraev
@yettiqadam
Dunyoning ishi-la asli murosa
Kamina sizlarga aytari-deri,
Kamtar deb shoshilinch qilmang xulosa -
Axir, men so‘ylayman naridan beri.
Ergashib tanqidning xasisligiga,
Demangiz, bunchalar chiroyli she’ri,
Aldanmang qofiya nafisligiga -
Axir, men shoirman naridan beri.
Shirin deb o‘ylamang yegan oshimni -
Unga hech singmagan peshonam teri,
Narilab aytmangiz asl yoshimni -
Axir, men hali yosh naridan beri.
Oqil deb o‘ylamang - axir, menda bor
Sizdagi aqlning yettidan biri,
Johil deb o‘ylamang, keltirsam ozor -
Axir, men bandaman naridan beri.
Kamina safari changli ko‘chadir,
Bu yerdan ko‘rinmas ko‘zlagan yeri,
Yo‘ldoshim bo‘lasiz qayergachadir,
Axir, biz yo‘ldamiz naridan beri....
Javlon Juraev
@yettiqadam
Markaziy Osiyo Yoshlar Ligasiga qo'shiling!
https://m.facebook.com/story.php?story_fbid=2047608538841468&id=100007770258243
https://m.facebook.com/story.php?story_fbid=2047608538841468&id=100007770258243
Diqqat!
Kitob o'qishni sevuchilar uchun Ajoyib Tanlov! 😃
Sovrin - $200.
Postni ko'proq odamga tarqatishga ko'maklashing!
https://m.facebook.com/groups/417372595400124?view=permalink&id=417527505384633
Kitob o'qishni sevuchilar uchun Ajoyib Tanlov! 😃
Sovrin - $200.
Postni ko'proq odamga tarqatishga ko'maklashing!
https://m.facebook.com/groups/417372595400124?view=permalink&id=417527505384633
G‘animat dunyo
Bu dunyo g‘animat, g‘animat bu jon,
Har kunim g‘animat, g‘animat har on,
Odamlar g‘animat, g‘animat zamon,
G‘animat dunyoda yonib yashaylik.
G‘animat har oqshom, har bir otgan tong,
G‘animat quvonchdan yurak urgan bong,
G‘animat ekan baxt zo‘r taratgan dong,
Xatolardan ibrat olib yashaylik.
Menga siz aytgan o‘sha so‘zlar g‘animat,
Yaxshi-yomon boqqan ko‘zlar g‘animat,
Suyukli chexralar ko‘zlarga ne’mat -
G‘animat dunyoda yonib yashaylik.
Siyratimga tushgan g‘ubor g‘animat,
Bizni yo‘qlab kelsa bahor g‘animat,
Axir, aytishadi diydor g‘animat -
G‘animat diydordan qonib yashaylik.
Alamga zo‘r yetgan doshimiz bo‘lsin,
Baxt kelsa to‘karga yoshimiz bo‘lsin,
Yolg‘onga otarga toshimiz bo‘lsin,
G‘animat yolg‘ondan tonib yashaylik.
Otash yuragimga muz solsa tig‘lar,
G‘animat umrim ham o‘tib behuda,
Shunda abadlikka da’voyim yig‘lar -
Mangulik g‘animat bo‘lgani shu-da…

"Uy" imizdan xabardor bo'lganimiz yaxshi. 😊
Home - 2009-yilgi fransuz hujjatli filmi. Film deyarli butun Yer yuzidagi turli joylarning real holatini musiqiy aks ettiradi.
Direktor: Yann Arthus-Bertrand.
Prodyuser: Luk Besson
1. Rus: https://youtu.be/sxLVXpFunvI
Eng: https://youtu.be/ghkQoJoipbM
2. Yann Arthus-Bertrand:
https://youtu.be/jFTgfDXFthk
OST: @Home_soundtracks
____

YouTube
"Дом. Свидание с планетой" Проект Люка Бессона и Янна Артюс-Бертрана
Потрясающий по своей красоте фильм, снятый с высоты птичьего полета, не только покажет кадры из 53 стран мира, но и расскажет о страшных и малоизвестных фактах нашей жизнедеятельности, которые убивают нашу планету.
Gado
Gavjum ko‘chalarning biridan
Bir gado – nochor ko‘zlari ko‘r –
Odamlarning uri-suridan
Yo‘lin topib borardi bazo‘r.
Nursiz ko‘zlarida yo‘q mador,
Oq sochlari to‘zib borardi,
Qilcha achinishdan umidvor,
Qo‘llarini cho‘zib borardi.
Hali umid uzmagan jondan,
Yolvorib borardi bechora,
Diydasi qotgan olomondan
Tilanib bo‘lardi ovora.
Bir notovon chiqib yo‘liga,
Kulmoq bo‘lib so‘qir ustidan,
Berib qo‘ydi gado qo‘liga,
Bir tosh olib oyoq ostidan…
Men ham yaqin kelguncha o‘lim,
Sizdan yupungan bechoraman,
Mehr so‘rab uzatsam qo‘lim,
Tosh bersnagiz qayga boraman?
Javlon Juraev
@yettiqadam
Gavjum ko‘chalarning biridan
Bir gado – nochor ko‘zlari ko‘r –
Odamlarning uri-suridan
Yo‘lin topib borardi bazo‘r.
Nursiz ko‘zlarida yo‘q mador,
Oq sochlari to‘zib borardi,
Qilcha achinishdan umidvor,
Qo‘llarini cho‘zib borardi.
Hali umid uzmagan jondan,
Yolvorib borardi bechora,
Diydasi qotgan olomondan
Tilanib bo‘lardi ovora.
Bir notovon chiqib yo‘liga,
Kulmoq bo‘lib so‘qir ustidan,
Berib qo‘ydi gado qo‘liga,
Bir tosh olib oyoq ostidan…
Men ham yaqin kelguncha o‘lim,
Sizdan yupungan bechoraman,
Mehr so‘rab uzatsam qo‘lim,
Tosh bersnagiz qayga boraman?
Javlon Juraev
@yettiqadam
Markaziy Osiyodagi birdamlikka intilish: kim nima kutmoqda? - Iqtisod
https://iqtisod.uz/63-markaziy-osiyodagi-birdamlikka-intilish-kim-nima-kutmoqda
https://iqtisod.uz/63-markaziy-osiyodagi-birdamlikka-intilish-kim-nima-kutmoqda
"Xalqparvar bo’ling – o’z yurtdoshlaringizni navlarga ajratmay yaxshi ko’rishni o’rganing. Odamlari xalqparvar bo’lgan jamiyat ocharchilik ham, nochorlik ham ko’rmaydi. Odamlari ilmparvar bo’lgan jamiyat buyuk kashfiyotlar qiladi. Odamlari yaratganni shartsiz sevgan jamiyat hammaga ma’naviy ibrat bo’ladi. Bunday xalq, bunday jamiyat – bunday davlat yaratganning ham, yaratilganlarning ham rahmatiga sazovor bo’ladi. Oddiygina mehrning qudrati bu – koinotdagi yagona cheklanmagan qudrat."
Xolislik odamni har qanday qo’rquvdan ozod qila oladi. Xolislikni saqlay bilgan odam hech bir ijtimoiy qo’rquv soyasida yashamaydi. Men o’z maqsadimga xolis qarasam, uning amalga oshmay qolishi ehtimolidan qo’rqmayman – men bu ehtimolni qabul qilaman. Men o’z xatolarim uchun javobgarlikni o’zimda qoldirib, maqsadimga xolis yondashsam – xato qilib, tanqidga uchrashdan qo’rqmayman.
Ba’zilar shaxsiy rivojlanishda shu darajada ildamlab ketadiki, ular hatto o’limdan qo’rmaslikka yetadigan xolislikka erishadi. Bu tushkunlikka tushish, yoki sevib qolish oqibatida o’limdan qo’rmay qolish holatiga mutlaqo zid vaziyat. Tushkunlik yoki sevgi bergan “mardlik” o’ta izdan chiqqan muhimlik mevasi. Xolis odamning mardligi esa – nazoratdir. Bu – vaziyat ustidan to’liq nazorat. Xolis odamning o’lim oldidagi xotirjamligi unga ajalni nazoratda tutishga imkon beradi. Bu – tengi yo’q shaxsiy kuch ifodasidir.
Har birimiz tabiatimiz chakalakzorlari orasida yashirin bir ko’l bor. Unda bizga tug’ilishda in’om etilgan xolislik suvi jamlangan. U har doim o’sha yerda – faqat biz unga borar yo’lni unutganmiz. U ko’lning suvlari juda sokin va xotirjam – na bizning tashvishlarimiz, na qo’rquvlarimiz uning sadhiga to’lqin sola oladi. Agar shaxsiyatimizni bulg’ab turgan butalar orasidan shu ko’lni topa bilsak, uning sokin suvlarida cho’milishimiz mumkin. Ana shunda xolislik suvi ko’zimizdagi muhimlik va komplekslar ilib tashlagan pardalarni va yuragimizdagi qo’rquvlarni yuvib ketadi. Ana shunda biz bu dunyoga hech bir hadik va ta’nasiz sergak qaraymiz. Ana shunda biz bu dunyo va o’z shaxsiyatimizning asl go’zalligini xolisona baholay olamiz. Ana shunda biz o’zligimizni anglaymiz.
7QADAM - 3

...Erkinlikni tanigan odam o‘z shaxsiyati hayot va boshqa odamlar uchun u avval o‘ylaganchalik muhim emasligini anglab qoladi. Shaxsiy muhimlikni o‘z ilohi deb bilgan aqlga esa bu holat aslo yoqmaydi.
Ammo erkinlik – bu yolg‘izlik degani emas. Davlat, din yoki odamlarga bo‘lgan tobelik aloqalarini uzib, erkin bo‘lgan shaxs o‘z tanlovi bilan hayot va odamlar bilan yangi rishtalarni o‘rnatadi. Bu rishtalar bir tomonning boshqa tomonga itoatiga emas – tenglik tamoyiliga asoslanadi. Bunda ikki odam o‘zaro mehr yoki hurmatdan kelib chiqib munosabatga kirishadi. Erkin shaxs o‘zini, xudoni, odamlarni shartsiz sevishni o‘rganadi. Hech kimdan hech narsa kutmaydi.
Erkinlikka erishgan shaxs o‘z qalbi istaklariga ergashib yashaydi. Sevgan kasbi bilan shug‘ullanadi va shu bilan odamlarning hurmati va olqishiga sazovor bo‘ladi. U kimdandir o‘zish, kimgadir munosib bo‘lish, kimningdir umidlarini oqlash – davlat e’tiborini yoki xudo mehriga loyiq bo‘lish uchun yashamaydi. U baxt uchun yashaydi.
Yuqoridagi fikrlardan erkin odam faqat o‘zini o‘ylaydigan xudbin odam ekan degan tasavvur uyg‘onishi mumkin. Ammo xudbin odam erkin emas – u o‘z istaklari, manfaatlari va muhimligiga tobe. Erkin odamning qalbida xudbinlikka joy yo‘q. Uning shaxsiy kuchi ko‘p bunyodkor ishlar qilishga yetadi. Erkin shaxs bu bunyodkor ishlarni faqat o‘zi uchun emas – jamiyat uchun ham qiladi. Erkin shaxsgina davlat va jamiyatga naf keltira oladi.
Tobelik soyasidan chiqishga qo‘rqmang. Soyadan chiqsangiz, erkinlik nurlari ko‘zingizni og‘riqli qamashtiradi, erkinlik oftobi teringizni bir oz kuydiradi. Lekin bu nur va iliqlikka ko‘nikkaningizdan so‘ng, siz ana shu quvvatdan foydalanishni, uni o‘z ko‘nglingiz istaklariga erishish uchun ishlatishni o‘rganasiz. Erkinlik oftobi ostida avval xayolingizga sig‘magan ajoyib mevalar o‘stirsa – navnihol maqsadlarni ulkan daraxt darajasiga yetkazsa bo‘ladi. Maqsadlarini to‘g‘ri parvarishlab, undirishga shaxsiy erkinligi yetgan shaxslargina jamiyat va davlatga qadrli insonlar bo‘la oladi. Odam erkinlikni tanlashdan qo‘rqmasa bo‘lgani.

O‘yin
Nega biz shunchalar egallanganmiz -
Ko‘nglimiz og‘riydi ko‘ngilchanglikdan?
Nimaga bunchalar chigallanganmiz -
Mushkulot kutamiz yengilchanglikdan?
Yuramiz o‘ng yo‘lning so‘liga qarab,
Ishqda ishqsizlardan o‘rnak olamiz,
Bizni sevmaganlar yo‘liga qarab,
Bizni sevganlarni ko‘rmay qolamiz!
Bizning borligimiz - dunyoga qimor,
O‘yin gardkamligi - “ekanman“likda,
Hayotdan nolishlik - yo‘qlikka xumor,
Dunyo birkamligi - mukammallikda...
Javlon Juraev
@yettiqadam
Nega biz shunchalar egallanganmiz -
Ko‘nglimiz og‘riydi ko‘ngilchanglikdan?
Nimaga bunchalar chigallanganmiz -
Mushkulot kutamiz yengilchanglikdan?
Yuramiz o‘ng yo‘lning so‘liga qarab,
Ishqda ishqsizlardan o‘rnak olamiz,
Bizni sevmaganlar yo‘liga qarab,
Bizni sevganlarni ko‘rmay qolamiz!
Bizning borligimiz - dunyoga qimor,
O‘yin gardkamligi - “ekanman“likda,
Hayotdan nolishlik - yo‘qlikka xumor,
Dunyo birkamligi - mukammallikda...
Javlon Juraev
@yettiqadam
Bir qadam
Yigirma beshimdan xotirjam kechib,
Yuzimga bir qadam yaqinroq bo‘lsam,
Qat-qat niqoblarni birma-bir yechib,
Yuzimga bir qadam yaqinroq bo‘lsam.
O‘tkinchi baxtlarning eng o‘limsizi,
Bebosh shamollarning eng qo‘nimsizi,
Millionlab yo‘llarning eng ko‘rimsizi -
Izimga bir qadam yaqinroq bo‘lsam.
Parilar yoqmasa parvonamdagi,
Bollar tatimasa koshonamdagi,
Yaratgan siylagan peshonamdagi
Tuzimga bir qadam yaqinroq bo‘lsam.
Ko‘z yoshim qog‘ozga sochib ketib men,
Fikrim darvozasin ochib ketib men,
Quruq xayollardan qochib ketib men,
So‘zimga bir qadam yaqinroq bo‘lsam.
Cho‘rtkesar odatim qoldirib ortda,
Qismatim qo‘limga olib bir marta,
Kuydirgi yozimni unutib shartta,
Kuzimga bir qadam yaqinroq bo‘lsam.
Ilmning ortidan bo‘lib ovora,
O‘zimni borimcha sevib oshkora,
Xudoni bilishga intilib - zora
O‘zimga bir qadam yaqinroq bo‘lsam.
Javlon Juraev
@yettiqadam
Yigirma beshimdan xotirjam kechib,
Yuzimga bir qadam yaqinroq bo‘lsam,
Qat-qat niqoblarni birma-bir yechib,
Yuzimga bir qadam yaqinroq bo‘lsam.
O‘tkinchi baxtlarning eng o‘limsizi,
Bebosh shamollarning eng qo‘nimsizi,
Millionlab yo‘llarning eng ko‘rimsizi -
Izimga bir qadam yaqinroq bo‘lsam.
Parilar yoqmasa parvonamdagi,
Bollar tatimasa koshonamdagi,
Yaratgan siylagan peshonamdagi
Tuzimga bir qadam yaqinroq bo‘lsam.
Ko‘z yoshim qog‘ozga sochib ketib men,
Fikrim darvozasin ochib ketib men,
Quruq xayollardan qochib ketib men,
So‘zimga bir qadam yaqinroq bo‘lsam.
Cho‘rtkesar odatim qoldirib ortda,
Qismatim qo‘limga olib bir marta,
Kuydirgi yozimni unutib shartta,
Kuzimga bir qadam yaqinroq bo‘lsam.
Ilmning ortidan bo‘lib ovora,
O‘zimni borimcha sevib oshkora,
Xudoni bilishga intilib - zora
O‘zimga bir qadam yaqinroq bo‘lsam.
Javlon Juraev
@yettiqadam
Ilm chirog‘i
Tasavvur qiling, zim-ziyo o‘rmonda ketyapsiz. Har bir qadamingizni juda ehtiyot bo‘lib tashlaysiz. Har bir qadam qo‘rquvni yengish uchun katta quvvat sarflash evaziga amalga oshadi. Zulmat sizga oldinda nima borligini bilishga to‘sqinlik qiladi – ana shu oldinda nima borligini bilmaslik sizni qo‘rquv va gumonlar orasida qoldiradi.
Endi qo‘lingizga chiroq tutqazildi deylik. Qadamlaringiz darrov dadillashadi – endi hadiksiz ildam yurasiz. Nega? Nega bo‘lardi – chunki endi siz yo‘lingizda nima borligini bilasiz. Ana shu bilim sizdagi qo‘rquv va shubhalarni yo‘qqa chiqaradi. Ana shu bilim tufayli endi siz qo‘rquvni yengishga quvvat sarflamaysiz.
Yuqoridagi misolda hal qiluvchi omil chiroq va u bergan yorug‘lik emas. Sizga chiroq o‘rniga o‘rmonni yaxshi biladigan yo‘lboshchi yoki qorong‘ida ko‘rishga imkon beradigan maxsus qurilma taklif qilinsa ham – natija xuddi o‘sha bo‘ladi. Bunda hal qiluvchi omil – bilimdir.
Bilim – ajoyib narsa, qudratli kuch. U sizga qo‘rquvni yengishga yordam beradi.

...Masalan, shaxsiy kuchi kam odam notanish shaharda ketyapti. U har burilishda qiyin fikrlash jarayonidan o‘tadi: “Bu yoqqa burilsam, u bo‘ladi bu bo‘ladi. Sharqqa yursam-chi? Yo‘lning oxiri berk bo‘lsa-chi? Qaytib chiqib keyin bu yoqqa yurishimga to‘g‘ri keladi”.
Kuchli shaxsga bunday holatda uning kuchli intuitsiyasi yordam beradi. Uning aqliga intuitsiya aytib turgan tomonga yurishni nazorat qilish qoladi, xolos.
Demak, bilim – odamga hayotiy quvvat ustidan nazorat beradi. Buning natijasida hayotiy quvvat qo‘rquv va shubha kabi zararli odatlarga sarflanmaydi. Natijada hayotiy quvvat tejaladi va ortadi. Natijada odamning intuitsiyasi kuchayadi va kam quvvat sarflab yangi bilimlar orttiradi. Va jarayon yana takrorlanadi: bilim quvvatni oshiradi, quvvat – bilimni…
Ilm oviga chiqing. Bu xuddi kuch ovlashday gap. U atrofimizda cheklanmagan miqdorda yastanib yotibdi – gap uni ko‘rishda va olishda, xolos. U hammaga va har doim yetadi. Uni olish uchun imtihondan o‘tish yoki kimgadir pul berish kerak emas. U eng tekin narsa. Eng buyuk qudratlar suv va havo singari tekin bo‘ladi.
Zulmat o‘rmonda borar ekanmiz, yo‘limizda qanchalik erkin ketishimiz qo‘limizdagi chiroqqa bog‘liq. U qancha yorqin bo‘lsa – yo‘limiz shuncha nurafshon bo‘ladi. U chiroqning nuri – bilim, moyi – izlanuvchanlik. Bilimni rad etadigan johillar esa – quyoshli kunda ham o‘rmonda ko‘zlarini ataylab yumib yurishni tanlagan odamlardir.