Malagim
Bezovta uyquda ro‘yo ko‘ribman:
Kurrai zaminni chulg‘amish zulm,
Bir shula axtarib, sarson yuribman -
Tikonlar oralab yotardi yo‘lim.
Nogahon qarshimda ko‘rindi darvish,
Undan-da so‘radim: "Bu qanday balo?"
Dedi: "Farishtalar yerni tark etmish,
Borki go‘zallikdan ayrildi dunyo.
Mudroq ko‘zlarimdan yosh qalqdi pitrab,
Hayotdan kechishga ko‘ndi yuragim!
Sovuq terga botdim, uyg‘ondim titrab...
Sen hamon yerdami, mening malagim?..
Javlon Juraev
@yettiqadam
Bezovta uyquda ro‘yo ko‘ribman:
Kurrai zaminni chulg‘amish zulm,
Bir shula axtarib, sarson yuribman -
Tikonlar oralab yotardi yo‘lim.
Nogahon qarshimda ko‘rindi darvish,
Undan-da so‘radim: "Bu qanday balo?"
Dedi: "Farishtalar yerni tark etmish,
Borki go‘zallikdan ayrildi dunyo.
Mudroq ko‘zlarimdan yosh qalqdi pitrab,
Hayotdan kechishga ko‘ndi yuragim!
Sovuq terga botdim, uyg‘ondim titrab...
Sen hamon yerdami, mening malagim?..
Javlon Juraev
@yettiqadam
Muammolaringizni hal qilishni boshqalar yoki davlatga yukladingizmi – tamom, shaxsiy erkinlik haqida unuting. Jamiyat muammolariga befarq bo‘lishni, uni sizdan boshqa kimdir hal qilishini kutishni tanladingizmi – tamom, shu muammolar soyasida yashashga majbur ekaningizni qabul qiling. Befarqlikning bahosi shu.
Kuchli shaxslar sifatida bizdan ozgina e’tiborli bo‘lish, atrofimizdagi odamlar dardini muhimlik va hissiyotga berilmasdan tushunish, tahlil qilish va ularga yechim topishga intilish talab qilinadi. Ishoning – odamlarga naf keltirishdan ortiq baxt yo‘q hayotda. Buni g‘urur uchun, faxr uchun yoki rahmat uchun emas – o‘z shaxsiy o‘sishimiz uchun, o‘z shaxsiy baxtimiz uchun qilsak arziydi.
7QADAM - 5

Hayotiy quvvat – Telegraph
http://telegra.ph/Hayotiy-quvvat-06-25
http://telegra.ph/Hayotiy-quvvat-06-25
Telegraph
Hayotiy quvvat
O‘zimizni tadqiq qilishni davom ettirishdan avval, keling, hayotiy quvvat tushunchasi bilan tanishib olaylik. Bu tur energiya haqida odamlar yaqin-yaqingacha ilmiy tushunchaga ega bo‘lishmagan. Umuman – bu soha hali yaxshi o‘rganilmagan. Ammo biz uchun hozirgacha…
Shaxsiy kuch
Odamlarga to‘la xonani tasavvur qiling. Aytaylik, restorandasiz. Zaldagi hamma yonidagi hamrohi bilan suhbat-u, oldidagi taom bilan band. Eshikdan kimlardir kiryapti, kimlardir, aksincha, chiqyapti. Zalda o‘tirganlar xonaga endi kirgan hamma odamga ham qarashavermaydi. Ammo eshikdan kuchli shaxsiyat egasi kirsa – juda ko‘pchilik beixtiyor unga bir qarab qo‘yadi. Agar eshikdan kirgan yangi mehmonning shaxsiy kuchi o‘ta yuqori bo‘lsa – zaldagilar hatto ovqatlanishdan ham to‘xtab, unga tikilib qolishi mumkin.
Ishonmaysizmi? Keyingi gal odamlar gavjum joyda o‘tirganingizda, atrofingizdagilar xatti-harakatlarini kuzatib ko‘ring – juda ko‘p qiziq narsalarni bilib olasiz.
Hammamiz kuchli shaxsiyat egalariga o‘zimiz bilmagan holda intilishimizga bir oddiy sabab bor. Avval aytganimdek, bizning organizmimiz har doim sog‘ligimiz uchun eng ma’qul qarorlarni qabul qiladi. Odamning shaxsiy kuchi boshqa odamlarning hayotiy energiyasini oshirib berish xususiyatiga ega (bu ajablanarli hol emas – axir, shaxsiy kuch mehrdan hosil bo‘ladi, boshqa odamga mehr ko‘rsatish esa uning hayotiy quvvatini oshiradi). Atrofimizda kuchli shaxsiyat paydo bo‘lishi bilan, tanamiz unga bizning e’tiborimizni qaratmoqchi bo‘ladi – chunki u ehtimolda bizning hayotiy quvvat zaxiramizni to‘ldirishga qodir.
Shaxsiyati kuchli odam atrofdagilarga mehr taratadi deganim - u hammaning ko‘nglini olib yuradi degani emas. Kuchli shaxsiyat, shunchaki, atrofidagi har kim va har narsaga mehr bilan qaraydi, atrofiga mehrga to‘yingan shaxsiy kuchidan yog‘du taratib turadi. Qolganlar ana shu yog‘duga o‘zlari bilmagan holda talpinadilar.
Agar odamning shaxsiy kuchi yetarlicha yuqori bo‘lsa, uning boshqa odamlar va dunyo bilan kelishmovchiliklari bo‘lmaydi, u hech qachon qiyin vaziyatga tushib qolmaydi – shunday bo‘lsa ham, shaxsiy kuchi uni bu vaziyatdan shikastsiz olib chiqib ketadi.
Bu bilan kuchli shaxsiyat o‘zgalarni boshqarish qobiliyatiga ega bo‘ladi demoqchi emasman. U, shunchaki, dunyo qonunlari va odamlar ahdiga qarshi bormaslikka harakat qilib yashaydi – shunga monand hamma hech narsa uning ahdlariga ham qarshilik qilmaydi. Kuchli shaxsiyat egasida shaxsiy muhimlik tuyg‘usi bo‘lmaydi – shaxsiy muhimlik tuyg‘usi kishi hayotiy quvvatini isrof qiladigan odat. Undan qutulmay turib, kuchli shaxsiyat egasi bo‘lish imkonsiz.
7QADAM - 1

Dunyo ko‘zgusi
Dunyo asli dunyoday keng ko‘zgu erur,
Akslantirib turar fikr-u o‘yimizni,
Bellashganga mudom jangdan sado berur,
Katta-kichik ko‘rsatadi bo‘yimizni.
Xayollari samolarga talpinganning
Derazasin koinotga ochib qo‘yar,
Kibr bilan yerga qarab yelpinganning
Yuzlariga tuproq upa sochib qo‘yar.
Hayotiga irillagan jahllarni
It kunini boshga solib qiynar dunyo,
O‘zga baxtin ko‘rolmagan baxillarni,
Baxtin yarim qilib qo‘yib sinar dunyo.
Jon talvasa yurgan joni shirin bilan
O‘ynashganda zavqlanadi ajal o‘zi,
Hayotini bezab olgan irim bilan
Har qadamda irim aksin ko‘rar ko‘zi.
Bu dunyodan mehr kutgan jabrdiyda
Umri o‘tar mehr berib dunyosiga,
Ko‘zgusida yongan husni qadrlida
Imkon bo‘lmas zo‘r bergani orosiga.
Burch qo‘lidan tutganlarga tiriklik – farz,
Umrin o‘lchab olar sakson-to‘qson bilan,
Bekam dunyo izlaganning qalbida darz,
Fano ko‘zgu mudom nadir nuqson bilan.
Dunyo bir kun dunyolikdan tonar bo‘lsa,
Bu ko‘zguga asirlikdan qutulamiz,
Unga qadar ong mayog‘i yonar bo‘lsa –
Kutilamiz, tutilamiz, yutilamiz…

Yaxshi va Yomon
Yaxshi va yomon tushunchalari – odamzodning baxtli bo‘lishiga qarshilik qiladigan eng katta yolg‘ondir. Ha – dunyoda yaxshi va yomon odamlar, narsalar va hodisalar yo‘q.
Tarbiya bilan ongingizga singdirilgan qoidalar hozir talvasaga tushgan bo‘lsa kerak. Lekin bunga ishonish qanchalik qiyin bo‘lmasin – yaxshilik va yomonlik bor-yo‘g‘i nisbiy haqiqatlar. Ularni odamzod o‘z-o‘zini baxtdan ayirish uchun bilmasdan o‘ylab topgan.
Yaxshilik va yomonlik – ijtimoiy tushunchalar. Tabiatda bunday tushunchalar mavjud emas. Tabiat bunday sun’iy tushunchalarni tan olmaydi, ularga qarab yashamaydi. Qo‘rqoq va oqko‘ngil quyonlar-u, kuchli va yovuz bo‘rilar faqat ertaklarda bo‘ladi. Tabiatda esa quyonlar ham, bo‘rilar ham bir xil o‘ringa ega.
Aytaylik, shaqal kiyiklar to‘dasidan aynan nimjon kiyik bolasini tanlab, hujum qildi va o‘ljasiga erishdi. Xo‘sh, shaqal yomon ish qildimi? Uning to‘dadoshi qari va kasalmand, hech narsaga yaramay qolgan kiyikni o‘ldirdi. Xo‘sh, bunisi-chi?
Ikkala shaqal yaxshi ham, yomon ham emas – ular oddiy. Ular yaxshi ish ham, yomon ish ham qilmadilar – ular tabiiy ish qildi. Ikkisi ham ortiqcha kuch sarflamay, o‘ljaga oson erishish yo‘lidan bordi. Chunki bugun kuchini tejasa, ertaga ham kuchuklarini boqishga quvvati yetadi.
Bu voqeani chetdan kuzatib turgan odamzod esa darrov “yaxshi-yomon” o‘yinini boshlab yuboradi. U darrov ojiz kiyikchaga hamla qilgan shaqalni qoralashga tushadi. Bolasini qarovsiz qoldirgan ona kiyikni ham ayblab qo‘yadi orada.
Yaxshi va yomon sifatlari bizga aslida bizniki bo‘lmagan “qozilik” huquqiga da’vo qilishga asos bo‘ladi. Biz nafaqat tabiatdagi jarayonlarni – balki bir-birimizni ham ana shu elakdan o‘tkazamiz. Birovni yaxshi, birovni yomon, bir ishni yaxshi, boshqasini yomon deyishdan oldin chuqurroq o‘ylab ko‘rmaymiz.
Biz hatto o‘z tanamizni yaxshi va yomon nimtalarga ajratamiz. O‘ng qo‘l – yaxshi, chap qo‘l – yomon. O‘ng qo‘l bilan qilingan ish – yaxshilik, chap qo‘l bilan qilingani – qing‘ir. Bunday yaxshi-yomon yorliqlari maqol va udumlarimizgacha singib ketgan. Farzandlarimizni yoshlikdan o‘ng qo‘lda ovqatlanishga, yozishga, chizishga o‘rgatamiz.
Ammo sof tabiiy jihatdan bu juda zararli. Odam tanasining o‘ng yarmini miyaning chap yarmi boshqaradi. Miyaning chap yarmi esa mantiqiy va tanqidiy fikrlashga javobgar. Tanamizning o‘ng yarmiga ko‘proq e’tibor berib, uni ko‘proq mashq qildirsak – miyamizning ham faqat chap yarmi rivojlanadi. Ya’ni, bolangizga “yaxshi” bo‘lgan o‘ng tomonni ko‘proq tarbiyalashni aytib, siz uning faqat bir yoqlama rivojlanishiga turtki berasiz.
Miyaning o‘ng yarmi – mavhum fikrlash va ijodiy faoliyatga javobgar. Mona Liza va Shashmaqomlarni buyuk daholarning aynan o‘ng miya qismi yaratgan. Insoniyat barpo qilgan barcha go‘zal narsalar – miya o‘ng yarmi mahsuloti.
Ko‘pchilik iqtidorli odamlarning chapaqay bo‘lgani bizga ma’lum. Ammo bunda ular iqtidorli bo‘lganlari uchun chapaqay bo‘lib qolmaganlar – aksincha, ular bolalikdan chap qo‘llarini ham tarbiya qilganlari uchun, ularning o‘ng miyasi yaxshi rivojlanib, ular iste’dodli bo‘lib yetishganlar.
Shunday ekan, farzandingiz chap qo‘lda qoshiq yoki qalam tutsa – uni koyishga shoshilmang. Kim bilsin – u kelajakda buyuk ijodkor bo‘lib, insoniyatga zavq beruvchi asarlar yaratar. San’at yo‘lidan bormagan taqdirda ham, u to‘laqonli kamol topgan – miyasining ikki yarmini ham teng rivojlantirgan kuchli shaxs bo‘lib yetishadi.
7QADAM - 4

Ikkalamiz o‘rtoqmiz – Telegraph
http://telegra.ph/Ikkalamiz-ortoqmiz-07-09
http://telegra.ph/Ikkalamiz-ortoqmiz-07-09
Telegraph
Ikkalamiz o‘rtoqmiz
Bu galgi suhbatni ajoyib ertak bilan boshlasak. Nima dedingiz? Bir kuni bir bolakay zerikkanidan akasining rasm daftariga rasm chizib o‘tirgan ekan. Hamma bolalar kabi u o‘z o‘yinqaroq mashg‘ulotini qog‘ozga mitti odamcha rasmini chizishdan boshlabdi. Bola…
Sergaklik – holat yoki vaziyatga hissiyotlar, sun’iy oshirilgan muhimlik, taxmin va shubhalar ta’siridan holi odilona baho berish. Bunda eng asosiy shart shuki, baho beruvchi (ya’ni siz) vaziyatga o‘zining yoki birovning manfaatlari doirasida emas, umumiy nuqtayi nazardan qarashi lozim.
Boshqacha qilib aytganda, agar siz vaziyatga befarq turib baho bera olsangiz – shu baho sergaklikka ancha yaqin bo‘ladi. Lekin juda ko‘p hollarda vaziyatga befarq qarab bo‘lmaydi, deysizmi? Buni sizga kim aytdi? Vaziyatning muhimligini oshirib, unga hissiyotlar aralashishini talab etayotgan kim? Ha yashang – aqlingiz. Bu shaytonning gapiga qachongacha jiddiy qaramoqchisiz – shuni hal qilish muddati yetdi, menimcha. Har qalay, buni qancha tez hal qilsangiz, shuncha yaxshi.
Har qanday vaziyatda ham odam sergaklikni saqlab qolishi mumkin. Bu achinarli vaziyat bo‘ladimi, g‘azab uyg‘otadigan holatmi – ahamiyatsiz. Agar sergaklik yo‘qotilsa, odam xato qaror qabul qilish ehtimoli keskin oshadi.
Kimdir vaziyatga befarq qarash kerak degan ta’kidimni bir oz noto‘g‘ri tushunib qolishi mumkin. Men befarq deganda sovuqqonlikni nazarda tutmayapman – vaziyatga betaraf, uning ahamiyatini oshirmay yoki tushirmay qarashni nazarda tutyapman.
Aytaylik, siz aktyorsiz. Spektakl voqealarini muhim hisoblab, ularga berilib ketsangiz – siz muhimlik domiga tushib, uxlab qoldingiz degani. Endi ijro etayotgan rolingiz muammolari sizning muammolaringizga aylandi. Yoki siz, aksincha, rolingizni juda sovuqqonlik bilan ijro etyapsiz deylik. Bunda xatti-harakatlaringiz juda beo‘xshov, soxta chiqadi – chunki siz vaziyat ahamiyatini o‘ta tushirib yubordingiz.
Siz – tomoshabindek ish tuting. Spektakl voqealarini tomoshabin bor e’tibori bilan kuzatadi, qahramonlar bilan birga kuladi va yig‘laydi – lekin shu bilan birgalikda uning “ichiga” kirib ketmaydi. Tomoshabin ongining bir bo‘lagi bularning bari sahnadagi spektakl ekani va uning hayotiga bevosita aloqador emasligini yodda saqlaydi. Bunday tomoshabinlar – yaxshi tomoshabinlar. Ular aktyorlar mahoratini ham, ssenariy falsafasini ham ilg‘ab ulguradilar, o‘zlariga tegishli xulosalar chiqaradilar. Albatta, sergak turmaydigan “yomon” tomoshabinlar ham bo‘ladi – ular yoki o‘ta sahnadagi voqealarga berilib ketib, spektaklning asl mohiyatini tushunmay qoladilar; yoki tomoshani istamay, befarq kuzatadilar, hech narsani tushunmaydilar va u tezroq tugashini kutadilar.
Siz ham hayotiy vaziyatlarda o‘zingizni “yaxshi tomoshabin” kabi sergak tuting – vaziyatga kirib ketib, uning bir bo‘lagi bo‘lib qolmang, ammo unga sovuqqon ham qaramang.
Agar vaziyatning aynan sizga aloqasi kam yoki mutlaqo yo‘q bo‘lsa, sergak qolish ancha oson. Lekin agar vaziyat sizga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqador bo‘lsa – muammo ana shunda kelib chiqadi. Bunda ikki xil yo‘l tutish mumkin: siz o‘zingizni mutlaqo boshqa odam deb tasavvur qilib, unga o‘z munosabatingizni bildirishingiz mumkin. Yoki siz aynan shu vaziyatga boshqa bir odam qanday munosabatda bo‘lishi mumkinligini ko‘z oldingizga keltirsangiz bo‘ladi.
7QADAM - 2

Bilamizki, tabiatdagi barcha quvvat oldi-berdilari elektronlar bordi-keldisi hisobiga bo‘ladi. Elektron bir atomdan boshqasiga ko‘chsa, bir atomdan boshqasiga quvvat ko‘chdi degani. Elektr quvvati – bu metall simdagi elektronlar oqimi. Issiqlik ta’sirida jismni tashkil qilgan atomlardagi elektron bog‘lari uziladi va ozodlikka chiqqan elektronlar atrofga uchib keta boshlaydilar. Bu elektronlar oqimini biz avvaliga issiqlik sifatida his etamiz. Agar jism yetarlicha qizdirilsa, sochilib ketayotgan elektronlar oqimi kuchayib, biz uni yorug‘lik sifatida ham ilg‘ay boshlaymiz.
Quyoshda harorat juda yuqori. Ana shu yuqori harorat ta’sirida quyoshni tashkil qilgan vodorod atomidagi elektronlar atrof fazoga yorug‘lik, issiqlik va radioaktiv nurlanish sifatida tinimsiz sochilib turadi. Undan bizga kelayotgan ana shu elektronlar (fanda bu yorug‘lik elektronlari fotonlar deb ataladi) o‘simlik va jonzotlarga hayot ato etadi.
Boshqacha qilib aytganda, har qanday tur fizik energiya – bu elektronlar. Elektronlar ko‘p bo‘lsa – quvvat ko‘p va aksincha elektronlar oz bo‘lsa – quvvat kam.
Endi eng qizig‘ini aytaman. Bir jism tirik bo‘lishining birgina sharti bor – agar o‘sha jismni tashkil qilgan atomlardagi elektronlar soni protonlar sonidan ko‘p bo‘lsa, unda hayot bor. Bu qoida, tag‘in, koinotdagi yulduzlardan tortib, eng mayda viruslargacha amal qiladi. Bir kun kelib Quyosh tarkibidagi hamma erkin elektronlar samoga sochilib tugaydi – shunda bizning yulduz so‘nadi.
Daraxt unga quyoshdan elektronlar (yorug‘lik) oqimi me’yorda kelib tursa, suv va oziq moddalarni vaqtida olsa, tanasida ortiqcha elektronlar sonini tutib tura oladi va yashayveradi. Agar unga yorug‘lik tushmay qolsa yoki tanasidagi hayotiy jarayonlar uchun zarur ozuqadan mahrum bo‘lsa – bir kun kelib uning ortiqcha elektronlari qolmaydi va u nobud bo‘ladi.
Inson tanasi ham xuddi shunday. Jismimizda to‘q atomlar ko‘p ekan – tirikmiz. Umr davomida ixtiyorimizdagi elektronlarni tanamiz issiqlik sifatida taratib sarflaydi. Tanamiz o‘ta sovuq muhitga tushib qolsa, ko‘proq issiqlik chiqarishga majbur bo‘ladi. Buning natijasida qanchadan-qancha hujayralarni tashkil qilgan atomlar elektronlaridan ayrilib, och qoladilar va halok bo‘ladilar. O‘lgan hujayralar esa tanada yiring sifatida jamlanadi. Ularni tana har xil yo‘llar bilan chiqarib tashlaydi. Biz buni oddiygina qilib shamollash deb ataymiz.
Yoki o‘ta issiq muhitga tushganda ham tana o‘z haroratini mo‘tadil tutib turish uchun ortiqcha issiqlikni chiqarib tashlashga urinadi. Buning natijasida tana katta quvvatdan ayriladi va holsizlanadi. Bunda ichki a’zolar hujayralari ko‘proq jabr ko‘radi va issiq o‘tishdan kelib chiqqan kasalliklar ham shunga monand bo‘ladi.
Bundan tashqari, o‘zimiz tanamizdagi erkin elektronlarni jismoniy va hayotiy quvvat sifatida turli xil maqsadlarda ishlatamiz. Avvalgi kitobdan bilasizki, ruhiy azoblanish, turli kuchli hissiyotlar, qo‘rquvlar hayotiy quvvat kushandasi. Har safar elektronlardan ayrilganda, tanada qanchadir hujayra nobud bo‘ladi. Ulardan ba’zilari tiklanadi – ba’zilari esa bunday xususiyatda ega emas (asab hujayralari shular jumlasidan). Vaqt o‘tishi bilan tanada shunday o‘lik hujayralar to‘planib boradi. Buning natijasida et siniqadi va dag‘allashadi, suyaklar mo‘rtlashadi, soch va tirnoqlar oqaradi. Biz buni oddiygina qilib keksayish deb ataymiz.
Muddati kelib, tanadagi to‘q atomlar zaxirasi tugaydi – va organizmni hayot batamom tark etadi. Shuning uchun o‘lgan tanadan tinimsiz elektronlar oqimi bo‘lgan issiqlik taralishdan to‘xtaydi. Bu jihatdan olib qaraganda, o‘lim birdaniga keladigan narsa emas – hayot tanamizni umr davomida asta sekin tark etib boradi. Men buni avvalgi kitobda ham aytib o‘tganman – hayotiy quvvatimizni sarflab borib, uning adog‘iga yetganda hayotimiz barham topadi.
Men sizga oshirishni maslahat bergan hayotiy quvvat – bor-yo‘g‘i tanimizni tirik tutib turgan ortiqcha elektronli to‘q atomlardir. Bayonning davomi shu atomlarni qanday saqlab qolish va ko‘paytirish haqida bo‘ladi.