Zakovat intellektual klubi
31.6K subscribers
13K photos
2.01K videos
137 files
6.78K links
RASMIY KANAL. "Zakovat" Intellektual klubiga oid yangiliklar, qiziqarli savollar, turli tanlovlar oʻtkazishga moʻljallangan.

Barcha videolar:
youtube.com/c/ZAKOVATTV

Sayt: zakovatklubi.uz
Download Telegram
🏆 Toşkent şahri prokuraturasi xodimlari Zakovatda bellaşdi

👥 Toşkent şahri prokuraturasi xodimlari örtasida xodimlarning intellektual salohiyatini oşiriş, mantiqiy fikrlaş qobiliyatini rivojlantiriş, bilim va tajriba almaşiş hamda jamoaviy hamjihatlikni mustahkamlaş maqsadida Zakovat musobaqasi taşkil etildi.

🔥Qizğin bahslar davomida iştirokçi jamoalar öz bilimlari, tezkor fikrlaş qobiliyatlari va topqirliklarini namoyon etdi.

🥇Öyin yakuniga köra, şahar prokuraturasining 1-jamoasi ğolib deb topildi.

Öyinda faol qatnaşgan iştirokçilar musobaqaning respublika bosqiçiga yöllanma oldi.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤7🐳5👍1
ℹ️ 28-29-noyabr kunlari Zakovat, Erudit-kvartet va Şaxsiy öyin böyiça professional jamoalar örtasida Özbekiston çempionati bölib ötadi

🗓 Musobaqa doirasidagi Şaxsiy öyin bellaşuvlari 28-noyabr, şanba kuni, Zakovat va Erudit-kvartet öyinlari 29-noyabr, yakşanba kuni ötkazilişi rejalaştirilgan.

❔ Zakovat öyini har biri 15 ta savoldan iborat bölgan 4 tur davomida ötkaziladi.

💰Musobaqa sovrin jamğarmasi quyidagiça taqsimlanadi:

Zakovat öyinida:
1-örin — 100 million söm
2-örin — 50 million söm
3-örin — 30 million söm

Erudit-kvartet öyinida:
1-örin — 30 million söm
2-örin — 25 million söm
3-örin — 20 million söm

Şaxsiy öyinda:
1-örin — 25 million söm
2-örin — 20 million söm
3-örin — 15 million söm

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥25❤15👍8❤‍🔥6👏2🤩2🏆1
🪖 Mudofaa vazirligi tizimida Zakovat musobaqasining final bosqiçi ötkazildi

🏆 Toşkent şahrida Mudofaa vazirligi qöşinlari örtasida anʼanaviy tarzda ötkazib kelinayotgan Zakovat intellektual öyinining 2026-yilgi final bosqiçi bölib ötdi.

3️⃣ Joriy yilda uç bosqiçda taşkil etilgan musobaqaning dastlabki saralaş bahslari harbiy qismlar va muassasalarda, keyingi bosqiçi esa harbiy okruglar (birlaşmalar) miqyosida ötkazildi. Hal qiluvçi final bosqiçiga uşbu saralaşlardan muvaffaqiyatli ötgan jamoalar hamda oliy harbiy taʼlim muassasalari vakillari yöllanma oldi.

💪 Yakuniy bahslarda harbiy okruglar (birlaşmalardan) 9 ta, oliy harbiy taʼlim muassasalaridan 4 ta — jami 13 ta jamoa bilim va tafakkur sinovidan ötdi. Uç raund davomida taqdim etilgan 30 ta savol iştirokçilarning bilim darajasi, mantiqiy fikrlaş salohiyati va murakkab savollarga tezkor yeçim topiş mahoratini sinovdan ötkazdi.

🏅Murosasiz va qizğin keçgan bellaşuvlar yakunida quyidagi jamoalar ğolib va sovrindorlar qatoridan joy oldi:

🥇1-örin: Şarqiy harbiy okrugning “Jadidlar” jamoasi;
🥈2-örin: Markaziy harbiy okrugning “Markaz” jamoasi;
🥉3-örin: Harbiy xavfsizlik va mudofaa universitetining “Maʼrifat” jamoasi.

🎁 Mazkur jamoalar diplom hamda qimmatbaho sovğalar bilan taqdirlandi.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤10👍5🔥4
🤵🏻‍♀️ Ertaga Ayollar ligasining 2-turi bölib ötadi!

🗓 Ertaga, 14-noyabr, şanba kuni soat 13:00 da Ayollar ligasining 2-tur öyini ötkaziladi.

📝Ligada qatnaşmoqçi bölgan jamoalar zakovatklubi.uz platformasi orqali özi iştirok etadigan hududni tanlab röyxatdan ötadi.

Liga öyinlari bölib ötadigan manzillar haqida quyidagi hududiy kanallarda maʼlumot beriladi:

Andijon viloyati
Buxoro viloyati
Farğona viloyati
Jizzax viloyati
Namangan viloyati
Navoiy viloyati
Qaşqadaryo viloyati
Qoraqalpoğiston Respublikasi
Samarqand viloyati
Sirdaryo viloyati
Surxondaryo viloyati
Toşkent viloyati
Toşkent şahri
Xorazm viloyati

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤11🔥4👍2🥰2
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤩4❤3👍2🔥1
🌱 Talabalarning ekologik bilimi sinovdan ötkazildi

🏆 Özbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengaşi, Toşkent şahar partiya taşkiloti hamda “Zakovat” klubi hamkorligida oliy taʼlim muassasalari talabalari örtasida “EKOINTELLEKT” musobaqasi bölib ötdi.

✊🏻 “Biz tabiat himoyaçilarimiz!” şiori ostida taşkil etilgan mazkur intellektual musobaqadan közlangan asosiy maqsad yoşlarning ekologik bilim va dunyoqaraşini kengaytiriş, ularning tabiatga nisbatan masʼuliyatli munosabatini şakllantiriş, ekologik madaniyatini yuksaltiriş hamda atrof-muhit muhofazasiga qaratilgan taşabbuslarini qöllab-quvvatlaşdan iborat böldi.

4️⃣0️⃣ Öyinda Toşkent şahridagi 40 ga yaqin oliy taʼlim muassasalari talabalaridan taşkil topgan jamoalar iştirok etib, özlarining bilim, mantiqiy fikrlaş, tezkor qaror qabul qiliş va jamoaviy hamkorlik borasidagi salohiyatlarini namoyon etdilar.

❓ Musobaqa davomida iştirokçilarga ekologiya, atrof-muhit muhofazasi, iqlim özgarişi, yaşil iqtisodiyot, bioxilma-xillik, suv va yer resurslaridan oqilona foydalaniş, çiqindilarni boşqariş hamda ekologik xavfsizlikka oid turli intellektual savollar taqdim etildi.

🏆 Qizğin va murosasiz bahslar yakunida quyidagi jamoalar sovrinli örinlarni qölga kiritdi:

🥇1-örin: Toşkent davlat tibbiyot universiteti
🥈2-örin: Toşkent davlat özbek tili va adabiyoti universiteti
🥉3-örin: Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti

🎁 Ğolib jamoalar taşkilotçilar tomonidan munosib taqdirlandi.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍10❤5🔥3
🎉 Vatanimiz bayroği 35 yoshga to‘ldi!

3️⃣5️⃣ Bugun Özbekiston Respublikasi davlat bayroği qabul qilinganiga 35 yil böldi.

🇺🇿 Barçamizni birlaştiruvçi jonajon bayroğimiz xalqimizga faxr bağişlab, doim hilpirayversin!

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍13❤8