Zakovat intellektual klubi
31.6K subscribers
13K photos
2.01K videos
138 files
6.8K links
RASMIY KANAL. "Zakovat" Intellektual klubiga oid yangiliklar, qiziqarli savollar, turli tanlovlar oʻtkazishga moʻljallangan.

Barcha videolar:
youtube.com/c/ZAKOVATTV

Sayt: zakovatklubi.uz
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🥳 Barchangizni Do‘stlik kubogiga taklif etamiz!

🤵🏻‍♂ “Zakovat”ning mashhur va havaskor bilimdonlarini bir stol atrofiga jamlaydigan ajoyib formatdagi musobaqa - Do‘stlik kubogi bu yil ham o‘tkaziladi! Professional va nomdor bilimdonlar bilan bir jamoada o‘ynashni, ular bilan tanishib, suhbat qurishni orzu qilganlar uchun ajoyib imkoniyat!

✅ Kubokda barcha xohlovchilar qatnashishi mumkin.

📝 Do‘stlik kubogida ishtirok etish uchun ushbu havola orqali ro‘yxatdan o‘ting.

❗️Musobaqada ro‘yxatdan o‘tishga shoshiling.

🗓 Musobaqa 27-iyul, yakshanba kuni soat 10:00 da boshlanadi.

📍Manzil: Zakovat arena

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍15❤12🔥6❤‍🔥2⚡2🥰1
👏 Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 68 yoshda!

🎂 Bugun, 24-iyul - O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev tavallud topgan kun!

☝️🏻 “Zakovat” intellektual o‘yinining bugungi darajaga erishishida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning sa’y-harakatlari beqiyos o‘ringa ega. Jumladan, Prezidentimiz tomonidan 2022-yil 20-yanvar kuni imzolangan PQ-96-sonli qaror bilan “Zakovat” intellektual o‘yini yurtimizda ommaviy-ma’rifiy harakatga aylandi va nafaqat yurtimizda, balki xorijiy mamlakatlarda ham keng yoyilishda davom etmoqda.

👏 Prezidentimizga uzoq umr, sihat-salomatlik va yurtimiz ravnaqi yo‘lida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍36👏10🔥9❤8🎉8🕊1🐳1
Audio
“Dolzarb 90 kun” viktorinasining 20-savoli

Javob variantingizni savol ostidagi izohlarda qoldiring.

O‘zgartirilgan (tahrirlangan) javoblar qabul qilinmaydi.

❗️Diqqat! Viktorinada g‘olib bo‘lgan ishtirokchi bilan tashkilotchilar shaxsiy chat orqali bog‘lanadi. Shaxsiy chatda uzoq vaqt davomida javob berilmasa, undan keyingi to‘g‘ri javob egasi g‘olib deb topiladi.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
👍20🔥4❤2🤩2
Audio
“Dolzarb 90 kun” viktorinasi 20-savolining javobi

Viktorinaning navbatdagi savoliga ishtirokchilardan to‘g‘ri javoblar kelib tushdi. Ushbu savolga eng birinchi bo‘lib to‘g‘ri javob bergan ishtirokchi tez orada e’lon qilinadi.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
👍11❤5🔥5🐳1
“Dolzarb 90 kun” viktorinasining navbatdagi g‘olibi aniqlandi!

Buxoro viloyati G‘ijduvon tumanidan Nigina O‘tkirova viktorinamizning 20-savoliga eng birinchi bo‘lib to‘g‘ri javob yo‘lladi.

Viktorinaning bugungi g‘olibi hamkorimiz “Mutolaa” loyihasi tomonidan ajratilgan premium obuna vaucheri bilan taqdirlandi.

Viktorinaning keyingi savoli ertaga soat 15:00 da e’lon qilinadi.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
❤33👍19🥰6😎4🔥3⚡1
#savollar

❓ “Zakovat” oʻyini bo‘yicha Mualliflar kubogi 2-turi savollari

👉🏻 Savollarni o‘qish

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍10❤2😎2⚡1🐳1
❓Do‘stlik kubogi qay tartibda o‘tadi?

ℹ️ Do‘stlik kubogining o‘tkazilish tartibi haqida qisqacha ma'lumot berib o‘tamiz.

6️⃣ Musobaqa har biri 6 ta savoldan iborat bo‘lgan 6 ta turda o‘tkaziladi. Har bir ishtirokchi 6 tur davomida turli jamoalarda o‘ynaydi. Bir jamoada birga o‘ynagan ishtirokchilar boshqa jamoada birga o‘ynashiga yo‘l qo‘yilmaydi.

📉Ishtirokchilar tasodifiy usul bilan tuziluvchi “O‘yin yo‘nalishi”ga ega bo‘lishadi. Ishtirokchilarning qaysi jamoada o‘ynashini “O‘yin yo‘nalishi” belgilab beradi. Misol uchun, 16-7-3-26-31-40 yo‘nalishiga ega ishtirokchi birinchi turni 16-jamoada, ikkinchi turni 7-jamoada o‘ynaydi va hkz.

🔔Har bir turdan so‘ng tanaffus e’lon qilinadi. Tanaffus davomida Musobaqa ishtirokchilari “O‘yin yo‘nalishi”da ko‘rsatilgan navbatdagi jamoasi stoliga borib, jamoaga qo‘shilishlari shart.

📝Bir tur davomida jamoaga har bir savolga bergan to‘g‘ri javobi uchun bir balldan beriladi. Har bir turda jamoa to‘plagan ballar jamoa tarkibida shu turda o‘ynagan ishtirokchilar hisobiga yoziladi. Misol uchun, ishtirokchining jamoasi birinchi turda 5 ta, ikkinchi turda 4 ta, keyingi turlarda 3, 2, 1, 6 ball to‘plagan bo‘lsa, ishtirokchining umumiy balli 21 ni tashkil qiladi.

🏅Musobaqada eng ko‘p ball to‘plagan 3 nafar ishtirokchi g‘olib deb topiladi.

🏆Musobaqada 1-o‘rinni olgan ishtirokchiga maxsus tayyorlangan Do‘stlik kubogi topshiriladi.

📚Shuningdek, musobaqada dastlabki 3 ta o‘rinni olgan ishtirokchilar kitoblar bilan taqdirlanadi.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡15👍8❤7🔥3❤‍🔥2
🏕 “Zakovat” — oromgohlarda!

9️⃣0️⃣ Yozgi ta’til davrida yoshlarining bo‘sh vaqtini mazmunli va samarali tashkil etish maqsadida “Dolzarb 90 kun” tashabbusi doirasida “Zakovat” klubi, Yoshlar ishlari agentligi hamda Bolalarning dam olishini va sog‘lomlashtirilishini tashkil etish departamenti hamkorligida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ellikqalʼa tumanidagi “Orol bolalari” oromgohida “Zakovat” oʻyini boʻlib oʻtdi.

❓ O‘yinda ishtirok etgan bolalardan iborat jamoalar bir-biridan qiziqarli savollarga javob berib, oʻz bilimlarini yanada oshirishdi.

🎁 Bahs yakunida gʻolib jamoalar aniqlanib, ularga tashkilotchilar tomonidan diplom va esdalik sovgʻalari topshirildi.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥10👍6❤2🥰2
“Dolzarb 90 kun” viktorinasining 21-savoli e’lon qilinishiga 10 daqiqa qoldi!

Bugun soat 15:00 da kanalimizda viktorinaning navbatdagi savoli joylanadi.

Javob variantingizni savol ostidagi izohlarda qoldiring.

❗️O‘zgartirilgan (tahrirlangan) javoblar qabul qilinmaydi.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
👍21❤10🏆8😎6🕊4💯4⚡3🔥2👏2🐳2🫡1
Audio
“Dolzarb 90 kun” viktorinasining 21-savoli

Javob variantingizni savol ostidagi izohlarda qoldiring.

O‘zgartirilgan (tahrirlangan) javoblar qabul qilinmaydi.

❗️Diqqat! Viktorinada g‘olib bo‘lgan ishtirokchi bilan tashkilotchilar shaxsiy chat orqali bog‘lanadi. Shaxsiy chatda uzoq vaqt davomida javob berilmasa, undan keyingi to‘g‘ri javob egasi g‘olib deb topiladi.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
👍10❤7🐳2