Zakovat intellektual klubi
31.7K subscribers
13K photos
2.01K videos
137 files
6.78K links
RASMIY KANAL. "Zakovat" Intellektual klubiga oid yangiliklar, qiziqarli savollar, turli tanlovlar oʻtkazishga moʻljallangan.

Barcha videolar:
youtube.com/c/ZAKOVATTV

Sayt: zakovatklubi.uz
Download Telegram
🏆 Giyohvandlikka qarshi kurаsh xalqaro kuni munosabati bilan o‘quvchilar va talabalar o‘rtasida “Zakovat” o‘yini o‘tkazildi

9️⃣0️⃣ Giyohvandlikka qarshi kurаsh xalqaro kuniga bag‘ishlab, “Dolzarb 90 kun” tashabbusi doirasida o‘quvchilar va talabalar o‘rtasida “Zakovat” o‘yini o‘tkazildi.

🔥 Bugun soat 11:00 da o‘quvchilar, soat 15:00 da talabalar ishtirokida respublikamizning barcha hududlarida o‘yinlar o‘tkazildi.

📹 Shuningdek, barcha hududlarda har ikki musobaqa ishtirokchilarini giyohvandlik va psixotrop moddalarga qarshi kurashga targ‘ib qiluvchi ijtimoiy videoroliklar namoyish etildi.

🎫 Barcha hududlardagi o‘yinlarda g‘olib bo‘lgan jamoalarga hamkorlarimiz tomonidan ajratilgan 😊 “Mutolaa”, 🤩 “UstozAI” hamda ♟“UzChess” loyihalarining premium obuna vaucherlari topshirildi.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤11❤‍🔥2👍2🥰1
Ⓜ Metropoliten xodimlari o‘rtasida “Zakovat” musobaqasi bo‘lib o‘tdi!

🚇 “Toshkent metropoliteni” DUK tomonidan yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish yuzasidan chora-tadbirlar dasturiga muvofiq, yoshlarning bilimlari va mantiqiy fikrlash ko‘nikmalari oshirish hamda intellektual o‘yinlarga keng jalb qilish maqsadida “Zakovat” o‘yini bo‘yicha “Yoshlar kubogi” musobaqasi o‘tkazildi.

1️⃣7️⃣ Musobaqa “Toshkent metropoliteni” DUKning yosh va iqtidorli xodimlari o‘rtasida bo‘lib o‘tdi. Unda tizimdagi depo va xizmatlar xodimlaridan tashkil topgan 17 ta jamoa ishtirok etib, o‘z bilim va salohiyatlarini sinovdan o‘tkazdi.

🏅 Qiziqarli va murosasiz bahslarga boy o‘tgan musobaqa yakunlariga ko‘ra quyidagi jamoalar sovrinli o‘rinlarni egalladi:

🥇 1-o‘rin: “Harakat” xizmatining “Renessans” jamoasi
🥈 2-o‘rin: “Elektr ta’minoti” xizmatining “Yosh energetiklar” jamoasi
🥉 3-o‘rin: “Elektromexanika” xizmatining “Tafakkur” jamoasi.

💰Mazkur jamoalar quyidagi miqdordagi pul mukofotlari bilan taqdirlandi:

1-o‘rin: 7 mln so‘m
2-o‘rin: 6 mln so‘m
3-o‘rin: 5 mln so‘m

🏆 Shuningdek, 1-o‘rinni egallagan “Renessans” jamoasiga maxsus kubok topshirildi.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤14🔥3👍2