Zakovat intellektual klubi
31.8K subscribers
12.9K photos
2.01K videos
137 files
6.77K links
RASMIY KANAL. "Zakovat" Intellektual klubiga oid yangiliklar, qiziqarli savollar, turli tanlovlar oʻtkazishga moʻljallangan.

Barcha videolar:
youtube.com/c/ZAKOVATTV

Sayt: zakovatklubi.uz
Download Telegram
🏆 O‘zbekiston mahallalari uyushmasi raisi kubogi bellashuvlari davom etadi!

🏆 Bugun O‘zbekiston mahallalari uyushmasi raisi kubogi tuman (shahar) bosqichining 2-kuni bo‘lib o‘tdi.

4️⃣1️⃣ Unda respublikamizning 41 ta tuman va shahrida bir vaqtning o‘zida sinxron tarzda o‘yinlar o‘tkazilib, har bir tuman (shahar)dan eng yaxshi natija ko‘rsatgan ikkitadan mahalla jamoalari musobaqaning keyingi bosqichiga yo‘l oldi.

➡️ Oldinda tuman (shahar) bosqichining yana 3 ta guruh o‘yinlari kutib turibdi.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤10
👮‍♂️ Toshkent shahrida ichki ishlar xodimlari o‘rtasida “Zakovat” o‘yini o‘tkazildi

🏆 Toshkent shahri ichki ishlar bosh boshqarmasi hamda “Zakovat” klubi hamkorligida IIBB tarkibiy va hududiy bo‘linmalari xodimlari o‘rtasida “Zakovat” o‘yini bo‘lib o‘tdi.

🤝 Unda Bosh boshqarma tarkibiy tuzilmalari va hududiy bo‘linmalarining 29 ta jamoasi  g‘oliblik uchun o‘zaro bellashdi.

🏅 Qizg‘in bahslar yakuniga ko‘ra quyidagi jamoalar sovrinli o‘rinlarni egalladi:

🥇1-o‘rin: Toshkent shahri IIBB jamoasi;
🥈2-o‘rin: Olmazor tumani bo‘yicha IIO FMB jamoasi;
🥉3-o‘rin: Yunusobod tumani bo‘yicha IIO FMB jamoasi.

🎁 Mazkur jamoalarning har biri diplomlar, esdalik sovg‘alari hamda pul mukofotlari bilan taqdirlandi.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤14👍5🎉1
🤝 “Zakovat” o‘yini bo‘yicha Do‘stlik kubogi bo‘lib o‘tadi!

🤵🏻‍♂ “Zakovat”dagi turli bilimdonlar bilan yaqindan tanishib, bir jamoada o‘ynash imkonini beradigan Do‘stlik kubogi musobaqasiga ro‘yxatdan o‘tish boshlandi!

✅ Musobaqada barcha xohlovchilar qatnashishi mumkin.

📝 Do‘stlik kubogida ishtirok etish uchun ushbu havola orqali ro‘yxatdan o‘ting.

🗓 Musobaqa 19-iyul, yakshanba kuni soat 10:00 da boshlanadi.

📍Manzil: Zakovat arena

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤16
Do'stlik kubogi.pdf
1.9 MB
❓Do‘stlik kubogi qay tartibda o‘tadi? G‘olib qanday aniqlanadi?

Do‘stlik kubogining o‘tkazilish tartibi haqida qisqacha ma'lumot berib o‘tamiz.

Musobaqa har biri 6 ta savoldan iborat bo‘lgan 6 ta turda o‘tkaziladi. Har bir ishtirokchi 6 tur davomida turli jamoalarda o‘ynaydi. Bir jamoada birga o‘ynagan ishtirokchilar boshqa jamoada birga o‘ynashiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Ishtirokchilar tasodifiy usul bilan tuziluvchi “O‘yin yo‘nalishi”ga ega bo‘lishadi. Ishtirokchilarning qaysi jamoada o‘ynashini “O‘yin yo‘nalishi” belgilab beradi. Misol uchun, 16-7-3-26-31-40 yo‘nalishiga ega ishtirokchi birinchi turni 16-jamoada, ikkinchi turni 7-jamoada o‘ynaydi va hkz.

Har bir turdan so‘ng tanaffus e’lon qilinadi. Tanaffus davomida Musobaqa ishtirokchilari “O‘yin yo‘nalishi”da ko‘rsatilgan navbatdagi jamoasi stoliga borib, jamoaga qo‘shilishlari shart.

Bir tur davomida jamoaga har bir savolga bergan to‘g‘ri javobi uchun bir balldan beriladi. Har bir turda jamoa to‘plagan ballar jamoa tarkibida shu turda o‘ynagan ishtirokchilar hisobiga yoziladi. Misol uchun, ishtirokchining jamoasi birinchi turda 5 ta, ikkinchi turda 4 ta, keyingi turlarda 3, 2, 1, 6 ball to‘plagan bo‘lsa, ishtirokchining umumiy balli 21 ni tashkil qiladi.

🏆Musobaqada eng ko‘p ball to‘plagan 1 nafar ishtirokchi g‘olib deb topiladi va unga Do‘stlik kubogi topshiriladi.

O‘zingizni qiziqtirgan qolgan savollarga ushbu postga ilova qilingan nizom orqali javob olishingiz mumkin.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤12👍4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🌞 Ertaga, soat 22:22 da “Milliy” telekanalida Jobir Ahmedov jamoasi yozgi mavsumning beshinchi o‘yinida ishtirok etadi.

Ko‘rsatuv homiysi - 📗 “Agrobank” aksiyadorlik tijorat banki.

Texnologik hamkor - 🔥 “Yandex Uzbekistan”.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤16👍7🕊7
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🌞 Bugun, soat 22:22 da “Milliy” telekanalida Jobir Ahmedov jamoasi yozgi mavsumning beshinchi o‘yinida ishtirok etadi.

Ko‘rsatuv homiysi - 📗 “Agrobank” aksiyadorlik tijorat banki.

Texnologik hamkor - 🔥 “Yandex Uzbekistan”.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤11👍5❤‍🔥1👏1
🏆 Toshkent shahri FVBB xizmatchilari “Zakovat”da kuch sinashdi!

👨‍🚒 Toshkent shahri favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasi xizmatchilari o‘rtasida “Zakovat” musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

1️⃣3️⃣ O‘yinda Bosh boshqarma tizimidagi xizmatchilardan tuzilgan 13 ta jamoa g‘oliblik uchun bellashdi.

🏅Keskin kurashlar ostida o‘tgan o‘yinda quyidagi jamoalar g‘olib bo‘ldi:

🥇1-o‘rin: Ma’muriy binolarda FV bo‘limi jamoasi;
🥈2-o‘rin: Metropoliten jamoasi;
🥉3-o‘rin: MTRK binolarida FV jamoasi.

🎁 G‘olib jamoalar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤7👍5❤‍🔥1