Zakovat intellektual klubi
31.6K subscribers
13K photos
2.02K videos
138 files
6.82K links
RASMIY KANAL. "Zakovat" Intellektual klubiga oid yangiliklar, qiziqarli savollar, turli tanlovlar oʻtkazishga moʻljallangan.

Barcha videolar:
youtube.com/c/ZAKOVATTV

Sayt: zakovatklubi.uz
Download Telegram
🌱 Talabalarning ekologik bilimi sinovdan ötkazildi

🏆 Özbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengaşi, Toşkent şahar partiya taşkiloti hamda “Zakovat” klubi hamkorligida oliy taʼlim muassasalari talabalari örtasida “EKOINTELLEKT” musobaqasi bölib ötdi.

✊🏻 “Biz tabiat himoyaçilarimiz!” şiori ostida taşkil etilgan mazkur intellektual musobaqadan közlangan asosiy maqsad yoşlarning ekologik bilim va dunyoqaraşini kengaytiriş, ularning tabiatga nisbatan masʼuliyatli munosabatini şakllantiriş, ekologik madaniyatini yuksaltiriş hamda atrof-muhit muhofazasiga qaratilgan taşabbuslarini qöllab-quvvatlaşdan iborat böldi.

4️⃣0️⃣ Öyinda Toşkent şahridagi 40 ga yaqin oliy taʼlim muassasalari talabalaridan taşkil topgan jamoalar iştirok etib, özlarining bilim, mantiqiy fikrlaş, tezkor qaror qabul qiliş va jamoaviy hamkorlik borasidagi salohiyatlarini namoyon etdilar.

❓ Musobaqa davomida iştirokçilarga ekologiya, atrof-muhit muhofazasi, iqlim özgarişi, yaşil iqtisodiyot, bioxilma-xillik, suv va yer resurslaridan oqilona foydalaniş, çiqindilarni boşqariş hamda ekologik xavfsizlikka oid turli intellektual savollar taqdim etildi.

🏆 Qizğin va murosasiz bahslar yakunida quyidagi jamoalar sovrinli örinlarni qölga kiritdi:

🥇1-örin: Toşkent davlat tibbiyot universiteti
🥈2-örin: Toşkent davlat özbek tili va adabiyoti universiteti
🥉3-örin: Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti

🎁 Ğolib jamoalar taşkilotçilar tomonidan munosib taqdirlandi.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍13❤5🔥2
🎉 Vatanimiz bayroği 35 yoshga to‘ldi!

3️⃣5️⃣ Bugun Özbekiston Respublikasi davlat bayroği qabul qilinganiga 35 yil böldi.

🇺🇿 Barçamizni birlaştiruvçi jonajon bayroğimiz xalqimizga faxr bağişlab, doim hilpirayversin!

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍18❤13🤩1
🏆 O‘quvchilar ligasi 2026/27-o‘quv yili kuzgi mavsumi 6-turidan keyingi reyting jadvali

6-turda jamoalar egallagan o‘rni va qo‘lga kiritgan ballarini, shuningdek umumiy jadvalning qolgan qismini ko‘rmoqchi bo‘lsangiz, ushbu havola ustiga bosing.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
🏆 Talaba-o‘quvchilar ligasi 2026/27-o‘quv yili kuzgi mavsumi 6-turidan keyingi reyting jadvali

6-turda jamoalar egallagan o‘rni va qo‘lga kiritgan ballarini, shuningdek umumiy jadvalning qolgan qismini ko‘rmoqchi bo‘lsangiz, ushbu havola ustiga bosing

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
🏆 Talabalar ligasi 2026/27-o‘quv yili kuzgi mavsumi 7-turidan keyingi reyting jadvali

7-turda jamoalar egallagan o‘rni va qo‘lga kiritgan ballarini, shuningdek umumiy jadvalning qolgan qismini ko‘rmoqchi bo‘lsangiz, ushbu havola ustiga bosing.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7
🏆🏆 Ertaga Öquvçilar va Talaba-öquvçilar ligasining 7-turi bölib ötadi!

🗓 Ertaga, 19-noyabr, payşanba kuni soat 15:00 da Öquvçilar va Talaba-öquvçilar ligasi 2026/27-öquv yili kuzgi mavsumining 7-tur öyini boşlanadi.

👥 Jamoa a’zolarining barçasi bir öquv muassasasi öquvçilari bölişi lozim.

📝 Öquvçilar va Talaba-öquvçilar ligasida jamoalar zakovatklubi.uz platformasi orqali özi iştirok etadigan hududni tanlab röyxatdan ötadi.

📍 Liga öyinlari bölib ötadigan manzillar quyidagi hududiy kanallarda e'lon qilinadi:

Andijon viloyati
Buxoro viloyati
Farğona viloyati
Jizzax viloyati
Namangan viloyati
Navoiy viloyati
Qaşqadaryo viloyati
Qoraqalpoğiston Respublikasi
Samarqand viloyati
Sirdaryo viloyati
Surxondaryo viloyati
Toşkent viloyati
Toşkent şahri
Xorazm viloyati

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤3👍1💯1
🏆 Ertaga Talabalar ligasi kuzgi mavsumining 8-turi bölib ötadi!

🗓 Ertaga, 19-noyabr, payşanba kuni soat 17:00 da Talabalar ligasi 2026/27-öquv yili kuzgi mavsumining 8-turi bölib ötadi.

👥 Jamoa a’zolarining barçasi bir OTM talabalari bölişi lozim.

📝 Ligada iştirok etiş uçun jamoalar zakovatklubi.uz platformasi orqali özi iştirok etadigan hududni tanlab röyxatdan ötadi.

📍 Liga öyinlari bölib ötadigan manzillar quyidagi hududiy kanallarda e'lon qilinadi:

Andijon viloyati
Buxoro viloyati
Farğona viloyati
Jizzax viloyati
Namangan viloyati
Navoiy viloyati
Qaşqadaryo viloyati
Qoraqalpoğiston Respublikasi
Samarqand viloyati
Sirdaryo viloyati
Surxondaryo viloyati
Toşkent viloyati
Toşkent şahri
Xorazm viloyati

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤3👍3❤‍🔥1
2026_Zakovat_Erudit_kvartet_va_Shaxsiy_oyin_Nizom.pdf
14.6 MB
📃 Zakovat, Erudit-kvartet hamda Şaxsiy öyin böyiça Özbekiston çempionati nizomi

Eslatib ötamiz, Özbekiston çempionatida iştirok etişga quyidagi jamoalar taklif etiladi:

- Toşkent şahridagi Professional liga kuzgi mavsumida qatnaşgan jamoalar va Birinçi liga kuzgi mavsumida yuqori 5 ta örinni egallagan jamoalar;
- hududlardagi Professional ligalar kuzgi mavsumi yakunida 1-, 2- va 3-örinlarni qölga kiritgan jamoalar.

Turnirda iştirok etuvçi jamoalar uçun 2026-yilgi kuzgi mavsumdagi tarkibi bazaviy tarkib hisoblanadi. Jamoalarga kuzgi mavsumda jamoa tarkibida öynamagan yangi 3 nafargaça bilimdonni tarkibga qöşiş huquqi beriladi. Bunda, yangi jalb qilingan bilimdon 2026-yilgi qişki mavsumida liga öyinlarida şu jamoa tarkibida öynaşi talab etiladi. Bu tartibga amal qilmagan jamoalarga Kodeksda nazarda tutilgan jazo çoralari qöllaniladi.

Ligalar kuzgi mavsumida jamoa tarkibida öynagan bilimdon Turnirda ham şu jamoa tarkibida öynasa ham, Turnirdan söng qişki mavsumda jamoasini özgartiriş huquqini saqlab qoladi.

2026-yilgi Özbekiston çempionatida iştirok etiş uçun jamoalar tomonidan topşirilgan arizalarda körsatilgan bilimdonlar 2027-yilgi Özbekiston çempionatiga qadar professional bilimdon maqomiga ega böladi. Uşbu maqom “Zakovat intellektual klubi” NNT tomonidan ötkaziladigan barça turnirlarga taalluqli hisoblanadi.

🖋 Musobaqada ishtirok etish uchun jamoalar ushbu havola orqali 25-noyabrga (şu kuni ham) qadar röyxatdan ötişi talab etiladi.

☝🏻 Eslatib ötamiz, musobaqa 28-29-noyabr kunlari Toşkent şahridagi Zakovat arena binosida bölib ötadi.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥11❤7👍3🤩3