Zakovat intellektual klubi
39.5K subscribers
7.15K photos
1.11K videos
65 files
3.81K links
RASMIY KANAL. "Zakovat" Intellektual klubiga oid yangiliklar, qiziqarli savollar, turli tanlovlar oʻtkazishga moʻljallangan.

Barcha videolar:
youtube.com/c/ZAKOVATTV

Sayt: zakovatklubi.uz
Download Telegram
Forwarded from Zakovat harakati
Osmonimiz hamisha musaffo bo‘lsin!

@zakovatharakati
O‘quvchilar ligasi 2023/24-o‘quv yili bahorgi mavsumining 6-turidan keyingi reyting jadvali

6-turda jamoalar egallagan o‘rni va qo‘lga kiritgan ballarini, shuningdek umumiy jadvalning qolgan qismini ko‘rmoqchi bo‘lsangiz, ushbu havola ustiga bosing.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
Talaba-o‘quvchilar ligasi 2023/24-o‘quv yili bahorgi mavsumining 6-turidan keyingi reyting jadvali

6-turda jamoalar egallagan o‘rni va qo‘lga kiritgan ballarini, shuningdek umumiy jadvalning qolgan qismini ko‘rmoqchi bo‘lsangiz, ushbu havola ustiga bosing.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
Talabalar ligasi 2023/24-o‘quv yili bahorgi mavsumining 7-turidan keyingi reyting jadvali

7-turda jamoalar egallagan o‘rni va qo‘lga kiritgan ballarini, shuningdek umumiy jadvalning qolgan qismini ko‘rmoqchi bo‘lsangiz, ushbu havola ustiga bosing.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
Forwarded from Zakovat harakati
Bugun biz uchun muhim kun!

Olmaotada “Zakovat” o‘yini bo‘yicha II Osiyo ochiq chempionati boshlanmoqda!

Musobaqaning muhim yangiliklari bilan turnirning rasmiy kanalida - @zakovat_asia tanishib boring.

@zakovatharakati
Forwarded from Zakovat harakati
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Chempionatning 1-kuni qanday o‘tdi?

Bugun musobaqaning hal qiluvchi 2-kuni!

Muhim yangiliklar bilan turnirning rasmiy kanalida - @zakovat_asia tanishib boring.

@zakovatharakati
Ayollar ligasining 7-turi bo‘lib o‘tadi!

18-may, shanba kuni soat 13:00 da Ayollar ligasining 7-tur o‘yini o‘tkaziladi.

Liganing Toshkent shahridagi o‘yinlari Zakovat arena binosida o‘tkaziladi.

Ayollar ligasida jamoalar ushbu havola orqali o‘zi ishtirok etadigan hududni tanlab ro‘yxatdan o‘tadi.

Hududlardagi o‘yinlarda qatnashmoqchi bo‘lgan ayollar qo‘shimcha ma'lumot uchun "Zakovat intellektual klubi" NNTning tegishli hududiy koordinatori bilan bog‘lanishlari mumkin. Hududiy koordinatorlar kontaktlarini ushbu havoladan olish mumkin.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
Forwarded from Zakovat harakati
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Chempionatning 2-kuni qanday o‘tdi?

Musobaqaning 2-kunida hal qiluvchi o‘yinlar bo‘lib o‘tdi va barcha yo‘nalishlarda g‘oliblar aniqlandi!

Yakuniy natijalar bilan turnirning rasmiy kanalida - @zakovat_asia tanishishingiz mumkin.

@zakovatharakati
Forwarded from Zakovat harakati
O‘zbekistonlik talabalar Moskvada V Talabalar ligasida ishtirok etdi

11-12-may kunlari Moskva shahrida V Talabalar ligasi bo‘lib o‘tdi.

Liga doirasida “Nima? Qayerda? Qachon?”, Breyn-ring va Erudit-kvartet yo‘nalishlari bo‘yicha o‘yinlar bo‘lib o‘tdi. Unda turli davlatlardan kelgan 55 ta jamoa ishtirok etdi.

Musobaqada aksariyati O‘zbekiston Milliy universiteti talabalaridan tashkil topgan “Milliy” jamoasi O‘zbekiston nomidan qatnashdi.

O‘zbek talabalari, ayniqsa, Breyn-ring o‘yinida yorqin ishtirok etib, ko‘plab raqiblarni mag‘lub etdi. 3-o‘rin uchun o‘tgan bellashuvda jamoamizga biroz omad yetishmadi.

@zakovatharakati
Oliy ta'lim muassasalari talabalari o‘rtasidagi Intellektual haftalik hududiy saralash bosqichida qatnashadigan jamoalar diqqatiga!

Hududiy bosqich o‘yini ertaga, 14-may, seshanba kuni soat 10:00da yuqoridagi manzillarda bo‘lib o‘tadi.

Ertaga soat 09:30da jamoalarni ro‘yxatga olish boshlanadi, soat 10:00da esa hududiy saralash bosqich o‘yini boshlanadi.

Hududiy bosqich o‘yini har biri 12 ta savoldan iborat uchta tur (jami 36 ta savol) davomida o‘tkaziladi.

Asosiy savollardan so‘ng, yo‘llanma beriladigan bir o‘ringa bir necha da’vogarlarning natijalari teng kelib qolgan taqdirda, qo‘shimcha savollar o‘qiladi.

❗️Eslatma: Hududiy bosqich barcha hududlarda bir xil vaqtda boshlanadi. Soat 10:00dan kech qolgan jamoalar o‘yinga qo‘yilmaydi.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok