Zakovat intellektual klubi
31.6K subscribers
13K photos
2.01K videos
138 files
6.81K links
RASMIY KANAL. "Zakovat" Intellektual klubiga oid yangiliklar, qiziqarli savollar, turli tanlovlar oʻtkazishga moʻljallangan.

Barcha videolar:
youtube.com/c/ZAKOVATTV

Sayt: zakovatklubi.uz
Download Telegram
🇺🇿🇰🇬 Qirg‘izistonda ikki mamlakat bilimdonlari o‘rtasida “Zakovat” o‘yini bo‘lib o‘tdi!

🫂 “Zakovat” - o‘zbekistonlik va qirg‘izistonlik bilimdonlarni bir davraga jamladi!

💪 O‘zbekistonning turli hududlaridan tashrif buyurgan jamoalar mezbon qirg‘izistonlik bilimdonlar bilan “Zakovat” o‘yinida kuch sinashdi. Do‘stona ruhda o‘tgan o‘yinda har ikki mamlakat bilimdonlari munosib ishtirok etdi.

🏆 Yakunda kuchli uchlikni quyidagi jamoalar tashkil etdi:

🥇1-o‘rin: “Million team” jamoasi (Qirg‘iziston)
🥈2-o‘rin: “Oltiariq” jamoasi (O‘zbekiston)
🥉3-o‘rin: “Watu wa kusini” jamoasi (Qirg‘iziston)

🤝 Qiziq tomoni - jamoalar o‘rtasida teng sharoit yaratish maqsadida savollar navbati bilan o‘zbek va qirg‘iz tilida o‘qildi. Eng quvonarlisi - o‘zbek bilimdonlari qirg‘iz tilidagi, qirg‘iz bilimdonlari o‘zbek tilidagi savollarni hech bir qiyinchiliksiz tushungan holda o‘yinni olib bordi.

🧠 Kunning ikkinchi yarmida jamoalar breyn-ring o‘yinida ham kurash olib borishi rejalashtirilgan.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥37👍27❤6👏5😎1
🎒 18-may kuni O‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalari o‘quvchilari o‘rtasidagi “Zakovat” musobaqasining respublika bosqichi bo‘lib o‘tadi

🏫 Respublika bosqichida barcha hududlardan jami 42 ta jamoa ishtirok etadi.

❓ Musobaqaning respublika bosqichi o‘yini jami 48 ta savoldan iborat bo‘lgan to‘rt turda o‘tkaziladi.

💵 G‘olib jamoalar quyidagi miqdordagi pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:

🥇1-o‘rin: 100 mln so‘m
🥈2-o‘rin: 60 mln so‘m
🥉3-o‘rin: 40 mln so‘m

📍Manzil: Zakovat arena

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍32🔥5❤2👏2🏆2🥰1🎉1🤩1🕊1
Forwarded from ZAKOVAT FOTOGALEREYASI
🏆 Umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasidagi “Zakovat” musobaqasining respublika bosqichi fotosuratlari

➖ @zakovat_photo ➖
👍25🔥2👏1🤩1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Umumiy o‘rta ta'lim maktablari o‘rtasida "Zakovat" intellektual o‘yini final bosqichi bo‘lib o‘tdi

🗓 13.05.2025

⏰ 19:00

📍 Toshkent shahri

✅ joyida_informatsion

🌐 joyida_informatsion_rasmiy
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍28🤩1
🤝 O‘zbek va qirg‘iz bilimdonlari “Breyn-ring”da ham bellashdi!

🔥 Kunning ikkinchi yarmida o‘zbekistonlik va qirg‘izistonlik bilimdonlardan tuzilgan ikki terma jamoa “Breyn-ring” o‘yinida murosasiz kurash olib bordi.

🥇 Har ikki jamoa ham bittadan o‘yinni o‘z foydasiga hal qilishi natijasida g‘olib 3-o‘yinda aniqlandi. So‘nggi o‘yinda O‘zbekiston jamoasining qo‘li baland keldi.

🎁 O‘yin yakunida “Zakovat” va “Breyn-ring” g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Shuningdek, qirg‘izistonlik bilimdonlarga “Zakovat” klubi tomonidan tayyorlangan savollar to‘plamidan iborat kitoblar topshirildi.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍42🔥3👏2🏆1