Zakovat intellektual klubi
31.6K subscribers
13K photos
2.01K videos
138 files
6.8K links
RASMIY KANAL. "Zakovat" Intellektual klubiga oid yangiliklar, qiziqarli savollar, turli tanlovlar oʻtkazishga moʻljallangan.

Barcha videolar:
youtube.com/c/ZAKOVATTV

Sayt: zakovatklubi.uz
Download Telegram
🏆 “Zakovat” - oromgohlarda!

9️⃣0️⃣ “Dolzarb 90 kun” tashabbusi doirasida respublikamizning barcha hududlaridagi yoshlar oromgohlarida “Zakovat” oʻyinlari oʻtkazilmoqda.

✅ “Zakovat” klubi, Yoshlar ishlari agentligi hamda Bolalarning dam olishini va sog‘lomlashtirilishini tashkil etish departamenti hamkorligida Termiz shahridagi “Amudaryo” oromgohida “Zakovat” o‘yini boʻlib oʻtdi.

🎉 O‘yinda ishtirok etgan bolalardan iborat jamoalar bir-biridan qiziqarli savollarga javob berib, oʻz bilimlarini yanada oshirishdi.

🎁 Bahs yakunida gʻolib jamoalar aniqlanib, ularga tashkilotchilar tomonidan diplom va esdalik sovgʻalari taqdim etildi.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏9❤6🔥4👍3
✏️“Zakovat” oʻyini bo‘yicha Mualliflar kubogi bo‘lib o‘tadi!

🤵🏻‍♂️ Musobaqada 32 nafar oldindan tanlab olingan savol mualliflari hamda ushbu savollarni o‘ynab, ularga baho beruvchi jamoalar ishtirok etadi.

7️⃣ Musobaqa jami 7 turdan iborat bo‘lgan chorak final, yarim final va final bosqichlarida o‘tkaziladi.

❓Har turda qatnashchi jamoalar ishtirokida 40 tadan savol (10 tadan 4 turga bo‘lingan holda) o‘ynaladi. Har tur doirasida 8 nafar muallif o‘z savollari bilan ishtirok etadi. Turning bir ichki turi doirasida ikki muallif o‘zining 5 tadan savoli bilan o‘zaro juftlik hosil qilgan holda bahslashadi.

🏆 Mualliflarning savollari musobaqada qatnashuvchi jamoalar hamda ekspertlar guruhi tomonidan baholanib boradi va shu asosda g‘oliblar aniqlanadi.

6️⃣ Musobaqada o‘ynaydigan jamoalar tarkibi eng ko‘pi 6 nafar bilimdondan iborat bo‘lishi kerak. Jamoa tarkibi har turda ixtiyoriy shakllantirilishi mumkin.

🗓 Musobaqaning 1-tur o‘yini 4-iyul, juma kuni soat 19:00 da bo‘lib o‘tadi.

✍️ 1-tur o‘yinida qatnashadigan jamoalar ushbu havola orqali ro‘yxatdan o‘tishlari lozim.

📄 Musobaqa nizomi bilan bu yerda tanishishingiz mumkin.

📍 Manzil: Zakovat arena.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤18👏4👍1
🏆 “Zakovat” - oromgohlarda!

9️⃣0️⃣ “Dolzarb 90 kun” tashabbusi doirasida respublikamizning barcha hududlaridagi yoshlar oromgohlarida “Zakovat” oʻyinlari oʻtkazilmoqda.

✅ Shunday o‘yinlardan navbatdagisi Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumanidagi “Sohibqiron” oromgohida boʻlib oʻtdi.

🎉 Unda ishtirok etgan bolalar bir-biridan qiziqarli savollarga javob berib, oʻz bilimlarini yanada oshirdi va unutilmas his-hayajonlarga ega bo‘ldi.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤10👍5🔥5
📆 “Zakovat” teleo‘yini 2025-yil yozgi mavsum o‘yinlari taqvimi

📺 O‘yinlarni har shanba soat 22:22 da “Milliy” telekanalida tomosha qiling

Ko‘rsatuv homiysi - 🏦 “Agrobank” aksiyadorlik tijorat banki

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥17👍8❤3🤩2
⚡️ “Zakovat”dan yangi viktorina!

9️⃣0️⃣ “Dolzarb 90 kun” tashabbusi doirasida “Mutolaa” loyihasi bilan hamkorlikda Sizlar uchun yangi viktorinani yo‘lga qo‘yamiz!

⏳ Ertaga, 5-iyul sanasidan boshlab, avgust oyining oxirigacha har kuni soat 15:00da Telegram kanalimizda bittadan qiziqarli audiosavollarni e’tiboringizga havola qilib boramiz.

🏆 Savollarga javoblar audiosavol ostidagi izohda yoziladi. Savolga eng birinchi bo‘lib to‘g‘ri javob bergan ishtirokchi g‘olib deb topiladi.

😊 G‘olib bo‘lgan ishtirokchiga hamkorimiz “Mutolaa” loyihasi tomonidan ajratilgan premium obuna vaucherlari sovg‘a qilinadi.

☝️Viktorinada barcha ishtirok etishi mumkin.

🎙Viktorina savollari “Zakovat” klubi prezidenti Abdurasul Abdullayev tomonidan o‘qib boriladi.

💥 Yozgi ta’tilni “Zakovat” bilan mazmunli o‘tkazing!

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥32❤17👍14🐳3
✏️ Ayni vaqtda Zakovat arenada “Zakovat” oʻyini bo‘yicha Mualliflar kubogi 1-tur o‘yini bo‘lib o‘tmoqda

Musobaqa "Zakovat" savollarini tuzuvchi yangi mualliflarni kashf qilish maqsadida tashkil etilgan.

O‘yin hozirda respublikamizning ko‘plab hududlarida sinxron tarzda o‘tkazilmoqda.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍15❤13🔥6🤩2❤‍🔥1⚡1