Zakovat intellektual klubi
31.6K subscribers
13K photos
2.01K videos
138 files
6.8K links
RASMIY KANAL. "Zakovat" Intellektual klubiga oid yangiliklar, qiziqarli savollar, turli tanlovlar oʻtkazishga moʻljallangan.

Barcha videolar:
youtube.com/c/ZAKOVATTV

Sayt: zakovatklubi.uz
Download Telegram
“Dolzarb 90 kun” viktorinasining navbatdagi g‘olibi aniqlandi!

Surxondaryo viloyati Termiz shahridan Ravshanbek Jomg‘irov viktorinamizning 18-savoliga eng birinchi bo‘lib to‘g‘ri javob yo‘lladi.

Viktorinaning bugungi g‘olibi hamkorimiz “Mutolaa” loyihasi tomonidan ajratilgan premium obuna vaucheri bilan taqdirlandi.

Viktorinaning keyingi savoli ertaga soat 15:00 da e’lon qilinadi.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
👍13🎉10🤩3❤2
🤵🏻‍♀️“Zakovat” teleo‘yinida ayollar jamoasi uchun kasting o‘tkaziladi!

🗓 26-iyul, shanba kuni, soat 13:00 da “Zakovat arena” binosida “Zakovat” teleo‘yinining 2025-yil kuzgi mavsumida ayollardan tuziladigan yangi jamoada ishtirok etish istagida bo‘lgan bilimdonlarni saralab olish uchun individual kasting o‘tkaziladi.

🎫 Kastingda Toshkent shahri va hududlardagi Professional liganing yozgi mavsumida ishtirok etayotgan, shuningdek joriy yilda bo‘lib o‘tgan Xotin-qizlar o‘rtasidagi “Zakovat” musobaqasining respublika bosqichida 1-, 2- va 3-o‘rinlarni egallagan jamoalar a'zolari taklif etiladi.

❓Kasting ishtirokchlariga turli sohalarga oid faktlarga asoslangan 30 ta savol hamda 10 ta mantiqiy savollar beriladi. Ishtirokchilarga faktga asoslangan savollarning har biri uchun 1 balldan, mantiqiy savollar uchun 3 balldan beriladi. Jami 40 ta savoldan iborat saralashda eng yaxshi natija ko‘rsatgan bilimdonlar “Zakovat” teleo‘yinining 2025-yil kuzgi mavsumida ishtirok etadigan yangi jamoa tarkibini shakllantiradi.

❗️Bu muhim: Kastingdan o‘tgan bilimdonlar yangi jamoa safida “Zakovat” teleo‘yinining 2025-yil kuzgi va qishki mavsumini suratga olish jarayonlarida hamda jamoaviy mashg‘ulotlarda to‘liq ishtirok etishi talab etiladi.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍23❤4🔥2🙏1🐳1
✏️ “Zakovat” oʻyini bo‘yicha Mualliflar kubogining 2-tur o‘yinidan lavhalar

Bir necha soat oldin respublikamizning ko‘plab hududlarida Mualliflar kubogining navbatdagi tur o‘yini bo‘lib o‘tdi.

Ma’lumot uchun, musobaqa "Zakovat" savollarini tuzuvchi yangi mualliflarni kashf qilish maqsadida tashkil etilgan.

➖ @Toshkent_ZakovatNNT ➖
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤11👍7🔥4⚡3
“Dolzarb 90 kun” viktorinasining 19-savoli e’lon qilinishiga 10 daqiqa qoldi!

Bugun soat 15:00 da kanalimizda viktorinaning navbatdagi savoli joylanadi.

Javob variantingizni savol ostidagi izohlarda qoldiring.

❗️O‘zgartirilgan (tahrirlangan) javoblar qabul qilinmaydi.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
👍22🐳8❤6⚡6💯6🕊2🤩1
Audio
“Dolzarb 90 kun” viktorinasining 19-savoli

Javob variantingizni savol ostidagi izohlarda qoldiring.

O‘zgartirilgan (tahrirlangan) javoblar qabul qilinmaydi.

❗️Diqqat! Viktorinada g‘olib bo‘lgan ishtirokchi bilan tashkilotchilar shaxsiy chat orqali bog‘lanadi. Shaxsiy chatda uzoq vaqt davomida javob berilmasa, undan keyingi to‘g‘ri javob egasi g‘olib deb topiladi.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
❤14👍4🫡2
Audio
“Dolzarb 90 kun” viktorinasi 19-savolining javobi

Viktorinaning navbatdagi savoliga ishtirokchilardan to‘g‘ri javoblar kelib tushdi. Ushbu savolga eng birinchi bo‘lib to‘g‘ri javob bergan ishtirokchi tez orada e’lon qilinadi.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
👍12❤3
“Dolzarb 90 kun” viktorinasining navbatdagi g‘olibi aniqlandi!

Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahridan Ahmadjon Ahmedov viktorinamizning 19-savoliga eng birinchi bo‘lib to‘g‘ri javob yo‘lladi.

Viktorinaning bugungi g‘olibi hamkorimiz “Mutolaa” loyihasi tomonidan ajratilgan premium obuna vaucheri bilan taqdirlandi.

Viktorinaning keyingi savoli ertaga soat 15:00 da e’lon qilinadi.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
👍15❤9
🤝 “Zakovat” klubi hamda Jazoni ijro etish departamenti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

✍️ Bugun Zakovat Arenada “Zakovat intellektual klubi” NNT hamda IIV huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti o‘rtasida hamkorlik memorandumini imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.

✅ Unga muvofiq tomonlar intellektual o‘yinlarni tashkil etish bo‘yicha o‘zaro hamkorlik qilishga kelishib oldi.

🏆 Xususan, hamkorlik doirasida kelgusida Jazoni ijro etish departamenti tizimidagi xodimlar, shuningdek jazoni ijro etish muassasalarida jazo muddatini o‘tayotgan fuqarolar o‘rtasida “Zakovat” va boshqa intellektual o‘yinlarni o‘tkazish rejalashtirildi.

📚 Bu orqali intellektual o‘yinlar qatnashchilarini kitobxonlikka va bilim olishga qiziqtirish, shuningdek aholining turli qatlamlarini intellektual o‘yinlar bilan qamrab olish maqsad qilingan.

✊🏻 “Zakovat” klubi yo‘lga qo‘yilgan hamkorlik uchun IIV huzuridagi Jazoni ijro etish departamentiga minnatdorchilik bildiradi.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏26👍10🔥9❤4⚡3🐳2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🥳 Barchangizni Do‘stlik kubogiga taklif etamiz!

🤵🏻‍♂ “Zakovat”ning mashhur va havaskor bilimdonlarini bir stol atrofiga jamlaydigan ajoyib formatdagi musobaqa - Do‘stlik kubogi bu yil ham o‘tkaziladi! Professional va nomdor bilimdonlar bilan bir jamoada o‘ynashni, ular bilan tanishib, suhbat qurishni orzu qilganlar uchun ajoyib imkoniyat!

✅ Kubokda barcha xohlovchilar qatnashishi mumkin.

📝 Do‘stlik kubogida ishtirok etish uchun ushbu havola orqali ro‘yxatdan o‘ting.

❗️Musobaqada ro‘yxatdan o‘tishga shoshiling.

🗓 Musobaqa 27-iyul, yakshanba kuni soat 10:00 da boshlanadi.

📍Manzil: Zakovat arena

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍15❤12🔥6❤‍🔥2⚡2🥰1