Zakovat intellektual klubi
31.6K subscribers
13K photos
2.01K videos
138 files
6.8K links
RASMIY KANAL. "Zakovat" Intellektual klubiga oid yangiliklar, qiziqarli savollar, turli tanlovlar oʻtkazishga moʻljallangan.

Barcha videolar:
youtube.com/c/ZAKOVATTV

Sayt: zakovatklubi.uz
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Birinchi o‘rinni olganimizda ham bunchalik xursand bo‘lmasdik”

🎤 O‘qituvchilar o‘rtasidagi musobaqada qo‘shimcha savollar natijasida 3-o‘rinni olgan Toshkent davlat yuridik universiteti jamoasidan musobaqa taassurotlari

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
❤16👍14🔥10👏4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📹 O‘qituvchilar o‘rtasidagi “Zakovat” musobaqasidan 2-videorolik

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
👍4🔥3❤1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🥇O‘qituvchilar o‘rtasidagi musobaqada 1-o‘rinni egallagan Samarqand viloyati Payariq tumanidagi 84-maktab jamoasidan kichik intervyu

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥25👍13❤3🐳1
🏆🏆 Ertaga O‘quvchilar va Talaba-o‘quvchilar ligasi kuzgi mavsumining 5-turi bo‘lib o‘tadi!

Ertaga, 9-oktabr, payshanba kuni
soat 15:00da O‘quvchilar va Talaba-o‘quvchilar ligasi 2025/26-o‘quv yili kuzgi mavsumining 5-tur o‘yini boshlanadi!

Jamoa a’zolarining barchasi bir o‘quv muassasasi o‘quvchilari bo‘lishi lozim.

Ligalarning Toshkent shahridagi o‘yinlari Zakovat arena binosida o‘tkaziladi.

O‘quvchilar ligasida jamoalar ushbu havola orqali o‘zi ishtirok etadigan hududni tanlab ro‘yxatdan o‘tadi.

Talaba-o‘quvchilar ligasida jamoalar ushbu havola orqali o‘zi ishtirok etadigan hududni tanlab ro‘yxatdan o‘tadi.

Hududlardagi o‘yinlarda qatnashmoqchi bo‘lgan o‘quvchilar qo‘shimcha ma’lumot uchun “Zakovat” klubining tegishli hududiy koordinatori bilan bog‘lanishlari mumkin. Hududiy koordinatorlar kontaktlarini ushbu havoladan olish mumkin.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤6👍3
🏆 Ertaga Talabalar ligasi kuzgi mavsumining 5-turi bo‘lib o‘tadi!

Ertaga, 9-oktabr, payshanba kuni
soat 17:00 da Talabalar ligasi 2025/26-o‘quv yili kuzgi mavsumining 5-tur o‘yini boshlanadi.

Jamoa a’zolarining barchasi bir OTMning talabalari bo‘lishi lozim.

Talabalar ligasida jamoalar ushbu havola orqali o‘zi ishtirok etadigan hududni tanlab ro‘yxatdan o‘tadi.

Liganing Toshkent shahridagi o‘yinlari haqida “Zakovat: Toshkent shahri” kanalidan ma’lumot olishingiz mumkin.

Hududlardagi o‘yinlarda qatnashmoqchi bo‘lgan talabalar qo‘shimcha ma’lumot uchun “Zakovat” klubining tegishli hududiy koordinatori bilan bog‘lanishlari mumkin. Hududiy koordinatorlar kontaktlarini ushbu havoladan olish mumkin.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7❤2
♟Shaxmatsevarlar uchun xushxabar - IV “Zakovat-Gambit” shaxmat chempionati o‘tkaziladi!

🏁 Turnirning final bosqichi 22-23-oktabr kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi.

💵 Musobaqa sovrin jamg‘armasi - 620 million so‘m!

❗️“Zakovat-Gambit” turnirida faqat O‘zbekiston fuqarolari ishtirok etishlari mumkin.

✅ Chempionatda qatnashish uchun gambit.zakovatklubi.uz veb-saytida 14-oktabr kuni soat 23:59 gacha ro‘yxatdan o‘tish lozim. Ro‘yxatdan o‘tishda ishtirokchilar o‘z reytingini hisobga olishi va tegishli guruhda ro‘yxatdan o‘tishi kerak.

ℹ️ “Zakovat-Gambit” turniriga ro‘yxatdan o‘tish tartibi haqida ushbu havola orqali batafsil ma'lumot olishingiz mumkin.

✊🏻 Shaxmatga qiziquvchi do‘stlarimizni yirik shaxmat bayramida ishtirok etishga chorlab qolamiz. Unda siz shunchaki shaxmatda bellashish emas, pul mukofotlarini yutib olish va xalqaro grossmeysterlarning shaxmat seanslarida qatnashish imkoniyatiga ham ega bo‘lasiz!

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
👍10❤5🔥2
♟Хорошая новость для любителей шахмат - состоится IV шахматный чемпионат «Zakovat-Gambit»!

🏁 Финальный этап турнира пройдет 22-23 октября в Ташкенте.

💵 Призовой фонд турнира составляет 620 миллионов сумов!

❗️В чемпионате могут принять участие только граждане Узбекистана.

✅ Для участия в чемпионате необходимо зарегистрироваться на сайте gambit.zakovatklubi.uz до 23:59 14 октября. При регистрации необходимо учесть имеющийся рейтинг и зарегистрироваться в соответствующую группу.

ℹ️ С инструкцией по регистрации на турнир «Заковат-Гамбит» можно ознакомиться по ссылке.

✊🏻 Приглашаем всех желающих принять участие в этом турнире. Здесь вас ждут не только соревнования в шахматах, но и большие денежные призы и участия в сеансах одновременной игры с знаменитостями шахматного мира!

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
❤9👍5🤩1
“Besh tashabbus” olimpiadasi doirasida Mahallalardagi yoshlar o‘rtasida Zakovat musobaqasining respublika bosqichida qatnashadigan jamoalar

🗓 Musobaqaning respublika bosqichi 12-oktabr, yakshanba kuni Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤12👍10👏5❤‍🔥1
🏆 Bo‘stonliqda “Zakovat”ning 25 yilligiga bag‘ishlab, ekologiya va turizm mavzusida yirik musobaqa o‘tkazildi!

🌱 Bugun Bo‘stonliq tumanidagi “Green Hills Resort” majmuasida “Zakovat”ning 25 yilligi munosabati bilan Ekologiya va turizm mavzusidagi turnir bo‘lib o‘tdi.

🤝 Musobaqa Toshkent viloyati hokimligi, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, Turizm qo'mitasi, “Green Hills Resort” majmuasi hamda “Zakovat intellektual klubi” NNT hamkorligida tashkil etildi.

💪 Unda respublikamizning barcha hududlaridan taklif etilgan eng kuchli jamoalar ishtirok etdi.

🤝 Ushbu nufuzli musobaqa mamlakatimiz bo‘ylab iqtidorli yoshlarni birlashtirib, ularning ekologik tafakkurini kengaytirish, barqaror turizm g‘oyalarini targ‘ib qilish hamda ilmiy fikrlash va jamoada ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish maqsadida o‘tkazildi.

🧠 Tadbir doirasida kun davomida ishtirokchilar o‘rtasida Zakovat, Shaxsiy o‘yin hamda Breyn-ring o‘yinlari bo‘yicha bellashuvlar olib borildi.

🏅 Jamoalarning barcha yo‘nalishlarda ko‘rsatgan natijalari umumlashtirilib, quyidagi jamoalar umumjamoa hisobida g‘olib deb e’lon qilindi:

🥇1-o‘rin: Toshkent shahri jamoasi;
🥈2-o‘rin: Farg‘ona viloyati jamoasi;
🥉3-o‘rin: Jizzax viloyati jamoasi.

💰 Mazkur jamoalar quyidagi miqdorda pul mukofotlari bilan taqdirlandi:

1-o‘rin: 300 mln so‘m;
2-o‘rin: 200 mln so‘m;
3-o‘rin: 100 mln so‘m.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥28❤23👍9🕊1