Zakovat intellektual klubi
31.6K subscribers
13K photos
2.01K videos
138 files
6.8K links
RASMIY KANAL. "Zakovat" Intellektual klubiga oid yangiliklar, qiziqarli savollar, turli tanlovlar oʻtkazishga moʻljallangan.

Barcha videolar:
youtube.com/c/ZAKOVATTV

Sayt: zakovatklubi.uz
Download Telegram
🏔 Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi xodimlari o‘rtasida "Zakovat" bellashuvi oʻtkazildi

🏆 Bugun Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi tizimidagi korxona hamda tashkilotlar xodimlari oʻrtasida “Zakovat” musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

📚 Unda vazirlik tizimidagi xodimlardan tuzilgan, respublikamizning turli hududlaridan tashrif buyurgan 50 dan ortiq jamoalar aql va zakovatda bahs olib bordi.

🔥 Qizg‘in kurashlarga boy o‘tgan musobaqa yakunida quyidagi jamoalar sovrinli o‘rinlarni egalladi:

🥇 1-o‘rin: Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti jamoasi;
🥈 2-o‘rin: “NKMK” AJ Shimoliy Kon Boshqarmasi jamoasi;
🥉 3-o‘rin: "O‘zmetkombinat" jamoasi.

💻 Mazkur jamoalar tashkilotchilar tomonidan diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤13🔥6
📝 OTM talabalari o‘rtasidagi Intellektual olimpiada uchun ro‘yxatdan o‘tish boshlandi!

🧑‍🎓 Intellektual olimpiadaga ta’lim yo‘nalishidan qat’i nazar, respublikadagi barcha OTM (davlat, nodavlat OTMlar, ularning filiallari, xorijiy OTMlar va ularning filiallarida bakalavriat va magistratura bosqichida ta’lim olayotgan) talabalari jalb etiladi.

💪 Olimpiadaning respublika bosqichi ishtirokchilari quyidagi 6 turdagi o‘yinda bellashadi:

Zakovat
Breyn-ring
Shaxsiy o‘yin
Erudit-kvartet
Shaxmat
Shashka

1️⃣2️⃣ Olimpiadada har bir OTMdan 12 nafar ishtirokchi (7 nafari - Zakovat, breyn-ring, shaxsiy o‘yin, erudit-kvartet uchun; 2 nafari (1 qiz, 1 o‘g‘il) shaxmat uchun; 2 nafari (1 qiz, 1 o‘g‘il) shashka uchun; 1 nafar OTM murabbiyi) qatnashadi.

📄 Har bir OTM belgilangan namunadagi arizani olimpiada@zakovat.tv elektron pochta manziliga o‘zining rasmiy elektron pochtasi orqali 17-noyabrga qadar (shu kuni ham) yo‘llashi hamda zakovatklubi.uz saytida o‘zi ishtirok etadigan hududni tanlagan holda ro‘yxatdan o‘tishi lozim bo‘ladi.

📃 Intellektual olimpiadada qatnashmoqchi bo‘lgan OTM jamoalaridan turnir nizomi bilan yaxshilab tanishib chiqish so‘raladi.

💰 Ma’lumot uchun, musobaqa doirasida yuqoridagi 6 ta o‘yin g‘oliblariga jami 900 million so‘mlik sovrin jamg‘armasi ajratilgan.

🎁 Shuningdek, Intellektual olimpiadada umumjamoa hisobida g‘olib bo‘lgan jamoalarning OTMlariga Prezident sovg‘asi taqdim etiladi.

🗓 Intellektual olimpiadaning hududiy saralash bosqichi 21-noyabr kuni 48 ta savoldan iborat “Zakovat” o‘yini bilan o‘tkaziladi. Unda yuqori o‘rinni egallagan jamoalar musobaqaning respublika bosqichiga yo‘llanma oladi!

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥23❤10👍6⚡2🐳1
Intellektual olimpiada nizomi.pdf
345.3 KB
Oliy ta’lim tashkilotlari talabalari o‘rtasida Intellektual olimpiadani o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
👏12❤6🤩6👍3
#savollar

🏃 2-noyabr sanasida o‘tkazilgan Intellektual marafon savollari:


1-tur Jobir Ahmedov jamoasi savollari;
2-tur Sodiq school jamoasi savollari;
3-tur Farrux Rafiqov jamoasi savollari;
4-tur Metaverse jamoasi savollari;
5-tur Doston Malikov jamoasi savollari;
6-tur Espero jamoasi savollari;
7-tur Magnum jamoasi savollari;
8-tur Benom jamoasi savollari;
9-tur Yengil kavaleriya jamoasi savollari;
10-tur Zero jamoasi savollari;
11-tur Salam school jamoasi savollari;
12-tur Kronos jamoasi savollari;

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
👍14❤7
🚉 Temiryoʻlchilar oʻrtasida “Zakovat” oʻyini o‘tkazildi!

🎉 11-noyabr – Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari kuni hamda 120-yilligi munosabati bilan “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ xodimlari o‘rtasida anʼanaviy “Zakovat kubogi-2025” musobaqasi oʻtkazildi.

🚝 Bellashuvda temiryoʻl tarmogʻining turli yoʻnalishlaridan kelgan 44 ta jamoa ishtirok etdi. Tadbir davomida ishtirokchilar bilim, zukkolik va jamoaviy fikrlash qobiliyatida bellashdilar.

🥇 1-o‘rin - “Oʻztemiryoʻlmashtaʼmir” AJ jamoasi;
🥈 2-o‘rin - “Temiryo‘linfratuzilma” AJ Buxoro MTU filiali jamoasi;
🥉 3-o‘rin - “Sogdiana-Trans” MCHJ jamoasi.

🎁 Mazkur jamoalar tashkilotchilar tomonidan diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

🏆 1-o‘rinni egallagan “Oʻztemiryoʻlmashtaʼmir” AJ jamoasiga maxsus tayyorlangan kubok topshirildi.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤11👍11🔥3
2025_Zakovat,_Erudit_kvartet_va_Shaxsiy_o‘yin_bo‘yicha_O‘zbekiston.pdf
11.3 MB
📃 Zakovat, Erudit-kvartet hamda Shaxsiy o‘yin bo‘yicha O‘zbekiston chempionati nizomi

O‘zbekiston chempionati professional jamoalar o‘rtasidagi musobaqa ekani inobatga olinib, o‘zaro raqobatni kuchaytirish va samarali natija ko‘rsatib kelayotgan jamoalar ishtirokini ta’minlash, shuningdek jamoalarning Professional ligada ishtirok etishiga qiziqishni oshirish maqsadida musobaqada:

- Toshkent shahridagi Professional liga kuzgi mavsumida qatnashgan jamoalar va Birinchi liga kuzgi mavsumida yuqori 5 ta o‘rinni egallagan jamoalar;
- hududlardagi Professional ligalar kuzgi mavsumi yakunida 1-, 2- va 3-oʻrinlarni qoʻlga kiritgan jamoalar ishtirok etishi belgilandi.

Turnirda ishtirok etuvchi jamoalar uchun 2025-yilgi kuzgi mavsumdagi tarkibi bazaviy tarkib hisoblanadi. Jamoalarga kuzgi mavsumda jamoa tarkibida oʻynamagan yangi 3 nafargacha bilimdonni tarkibga qoʻshish huquqi beriladi. Bunda, yangi jalb qilingan bilimdon 2025-yilgi qishki mavsumida liga oʻyinlarida shu jamoa tarkibida oʻynashi talab etiladi. Bu tartibga amal qilmagan jamoalarga Kodeksda nazarda tutilgan jazo choralari qoʻllaniladi.

Ligalar kuzgi mavsumida jamoa tarkibida oʻynagan bilimdon Turnirda ham shu jamoa tarkibida oʻynasa ham, Turnirdan soʻng qishki mavsumda jamoasini oʻzgartirish huquqini saqlab qoladi.

🖋 Musobaqada ishtirok etish uchun jamoalar ushbu havola orqali ro‘yxatdan o‘tishi talab etiladi.

☝️🏻 Eslatib o‘tamiz, musobaqa 15-16-noyabr kunlari Toshkent shahridagi Zakovat arena binosida bo‘lib o‘tadi.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤9🔥7👍3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ “Tahlil”da “Sodiq school” jamoasi!

💪 Loyihaning 21-sonida Professional liga tarixidagi eng kuchli tarkibni to‘plagan “Sodiq school” jamoasi o‘yinini kuzatamiz.

👉🏻 To‘liq videoni ko‘rish

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤15👍14