Zakovat intellektual klubi
31.6K subscribers
13K photos
2.01K videos
138 files
6.8K links
RASMIY KANAL. "Zakovat" Intellektual klubiga oid yangiliklar, qiziqarli savollar, turli tanlovlar oʻtkazishga moʻljallangan.

Barcha videolar:
youtube.com/c/ZAKOVATTV

Sayt: zakovatklubi.uz
Download Telegram
🏆 Talabalar ligasi 2025/26-o‘quv yili kuzgi mavsumi 8-turidan keyingi reyting jadvali

8-turda jamoalar egallagan o‘rni va qo‘lga kiritgan ballarini, shuningdek umumiy jadvalning qolgan qismini ko‘rmoqchi bo‘lsangiz, ushbu havola ustiga bosing.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9❤7🔥2👏2⚡1
ℹ️ “Zakovat”, “Erudit-kvartet” va “Shaxsiy o‘yin” bo‘yicha professional jamoalar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati bo‘yicha qo‘shimcha ma'lumot

🗓 Musobaqa doirasidagi “Shaxsiy o‘yin” bellashuvlari 15-noyabr, shanba kuni, “Zakovat” va “Erudit-kvartet” o‘yinlari 16-noyabr, yakshanba kuni o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

❔ “Zakovat” o‘yini har biri 15 ta savoldan iborat bo‘lgan 4 tur davomida o‘tkaziladi.

🖋 “Zakovat” o‘yinida:
- Abdurasul Abdullayev;
- Dilshod Sharipov;
- Doston Ne’matov
- Hakim Batiraliyev;
- Yan Sadkovskiy muallifligidagi savollar o‘ynaladi.

📃 Musobaqa kun tartibi keyinroq e’lon qilinadi.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍24❤13🔥5⚡1
🏆🏆 Ertaga O‘quvchilar va Talaba-o‘quvchilar ligasi kuzgi mavsumining 8-turi bo‘lib o‘tadi!

Ertaga, 13-noyabr, payshanba kuni
soat 15:00da O‘quvchilar va Talaba-o‘quvchilar ligasi 2025/26-o‘quv yili kuzgi mavsumining 8-tur o‘yini boshlanadi!

Jamoa a’zolarining barchasi bir o‘quv muassasasi o‘quvchilari bo‘lishi lozim.

Ligalarning Toshkent shahridagi o‘yinlari Zakovat arena binosida o‘tkaziladi.

O‘quvchilar ligasida jamoalar ushbu havola orqali o‘zi ishtirok etadigan hududni tanlab ro‘yxatdan o‘tadi.

Talaba-o‘quvchilar ligasida jamoalar ushbu havola orqali o‘zi ishtirok etadigan hududni tanlab ro‘yxatdan o‘tadi.

Hududlardagi o‘yinlarda qatnashmoqchi bo‘lgan o‘quvchilar qo‘shimcha ma’lumot uchun “Zakovat” klubining tegishli hududiy koordinatori bilan bog‘lanishlari mumkin. Hududiy koordinatorlar kontaktlarini ushbu havoladan olish mumkin.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤4🤩2
🏆 Ertaga Talabalar ligasi kuzgi mavsumining 9-turi bo‘lib o‘tadi!

Ertaga, 13-noyabr, payshanba kuni
soat 17:00 da Talabalar ligasi 2025/26-o‘quv yili kuzgi mavsumining 9-tur o‘yini boshlanadi.

Jamoa a’zolarining barchasi bir OTMning talabalari bo‘lishi lozim.

Talabalar ligasida jamoalar ushbu havola orqali o‘zi ishtirok etadigan hududni tanlab ro‘yxatdan o‘tadi.

Liganing Toshkent shahridagi o‘yinlari haqida “Zakovat: Toshkent shahri” kanalidan ma’lumot olishingiz mumkin.

Hududlardagi o‘yinlarda qatnashmoqchi bo‘lgan talabalar qo‘shimcha ma’lumot uchun “Zakovat” klubining tegishli hududiy koordinatori bilan bog‘lanishlari mumkin. Hududiy koordinatorlar kontaktlarini ushbu havoladan olish mumkin.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤8🔥6👍2❤‍🔥1🥰1
Bugun Zakovat, Erudit-kvartet hamda Shaxsiy o‘yin bo‘yicha O‘zbekiston chempionati uchun ro‘yxatdan o‘tishning so‘nggi kuni

🖋 Hali ro‘yxatdan o‘tmagan jamoalar musobaqada ishtirok etish uchun ushbu havola orqali bugun soat 23:59 gacha ro‘yxatdan o‘tishi talab etiladi.

ℹ️ Eslatib o‘tamiz, musobaqa 15-16-noyabr kunlari Toshkent shahridagi Zakovat arena binosida bo‘lib o‘tadi.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤16👍8
Zakovat Ayollar ligasi Nizomi.pdf
212.7 KB
“Zakovat intellektual klubi” NNT munosabati

Ijtimoiy tarmoqlarda Ayollar ligasi musobaqasi haqida bildirilgan fikrlar yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz.

Ayollar ligasi musobaqasi “Zakovat” bilan professional tarzda shug‘ullanadigan bilimdonlar bilan bir qatorda endigina intellektual o‘yinlar olamiga kirib kelgan barcha yoshdagi xotin-qizlar uchun ham munosib sharoit yaratish va professional musobaqalarga tajriba to‘plash maydoni sifatida bir oyda bir marta o‘tkazib kelinadi.

Jamoa a’zolari soniga cheklov bo‘yicha

Ayollar ligasi ishtirokchilarining aksariyati professional bilimdonlar emasligini inobatga olib, liga maqsadiga hamohang tarzda o‘yin vaqtida jamoa a’zolarining minimal soniga cheklov o‘rnatilmagan.

“Zakovat”ning professional turnirlarida jamoa a’zolarining minimal soniga cheklov mavjudligi sababli Ayollar ligasida ham shunaqa cheklov mavjud, degan fikr shakllanishiga sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Biroq Ayollar ligasida minimal songa cheklov qo‘yish xotin-qizlar uchun ortiqcha byurokratik to‘siq bo‘lib, o‘yinda ishtirok etuvchi jamoalarning kamayib ketishiga olib kelishi mumkin edi va bu musobaqa maqsadiga zid.

Samarqand “Zakovat” klubi kanalida berilgan e’londa “Jamoalar tarkibida kamida 4 ko‘pi bilan 7 nafar ishtirokchi bo‘lishi talab etiladi” deganda jamoani zakovatklubi.uz saytida ro‘yxatdan o‘tkazishda jamoa a’zolari soniga qo‘yilgan standart talab nazarda tutilgan va bu jamoa a’zolarining o‘yin vaqtidagi minimum soniga tatbiq etilmaydi. E’londa “ko‘pi bilan 7 nafar ishtirokchi bo‘lishi talab etiladi” deyilgani ham jamoa a’zolarining o‘yin vaqtidagi soni emas, ro‘yxatdan o‘tishdagi soni qayd etilganini ko‘rsatib turibdi.

Ayrim jamoalarning natijasi hisoblanmagani bo‘yicha

2 yildan buyon Ayollar ligasida 2 yoki 3 nafar ishtirokchi bilan qatnashgan jamoalarning natijalari hisobga olib kelingan. Ba'zi hududlarda tushunmovchilik sababli tashkilotchilar tomonidan kamchilik bo‘lib kelgan jamoalarning o‘yinda ishtirok etishiga ruxsat etilmagan holatlar kuzatilgan bo‘lsa, bu uchun mazkur jamoalardan uzr so‘raymiz. Kelgusida bunday holat kuzatilmasligi uchun barcha xodimlar o‘rtasida qayta tushuntirish ishlari olib borildi.

Nizomning o‘chirib yuborilgani bo‘yicha

Ayollar ligasi nizomi “Zakovat” klubining barcha kanallaridan o‘chirib yuborilgani” haqidagi fikrlar asossiz ekanini ma’lum qilamiz.

Mazkur liga o‘yinlari istalgan jamoa qatnashishi mumkin bo’lgan erkin musobaqa hamda tajriba to‘plash maqsadida tashkil qilingan turnir bo‘lgani uchun nizom shu vaqtgacha “Zakovat” kanalida e’lon qilinmagan edi. Balki shikoyat mualliflari “Zakovat” kanalida liga nizomini topa olishmagani uchun, “o‘chirib chiqishibdi” deya o‘ylashgan bo‘lishi mumkin, ammo bu haqiqatdan yiroq.

NNT xodimining qo‘pol muomalasi bo‘yicha

Bilimdonlarga qo‘pol muomala qilish holati bo‘yicha ichki xizmat tekshiruvi tayinlandi. Agar shikoyatlar tasdiqlansa, xodimlarga qat’iy jazo choralari qo‘llanilishini ma’lum qilamiz. Shuningdek, xodimlar orasida bilimdonlar bilan xushmuomala bo‘lish shartligi bo‘yicha yana bir bor tushuntirish o‘tkazildi.

Taklif va shikoyatlarga ochiqlik

“Zakovat” klubi xotin-qizlar o‘rtasidagi musobaqalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirishni o‘zining ustuvor maqsadlaridan biri deb biladi. Shuningdek, bilimdonlarning ariza, taklif va shikoyatlariga doim ochiqligimizni ta’kidlaymiz. Jumladan, bungacha bildirilgan ko‘plab talab va takliflarini inobatga olib, o‘tgan mavsumdan boshlab nafaqat respublika miqyosida, balki har bir hududda g‘olib bo‘lgan jamoalarga ham alohida pul mukofotlari topshirilishni boshladi.

Ayollar ligasiga befarq bo‘lmagan barcha ishtirokchilarga minnatdorlik bildiramiz va tushunmovchiliklarning oldini olish uchun doimiy izlanishda ekanligimizni ma’lum qilamiz.

Eng asosiysi, “Zakovat” klubi har qanday tanish-bilishchilikdan yiroq bo‘lishga intiladi va buni keskin qoralaydi.

Intellektual o‘yinlarni shaffof, teng va adolatli tarzda o‘tkazish uchun barcha sa’y-harakatlarimizni sarflaymiz.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
👍67❤37🔥13🐳11👏1🕊1😎1
👨‍🎓Alfraganus universiteti talabalari o‘rtasida “Zakovat” hamda “Zakovat Quiz” o‘yinlari o‘tkazildi

Alfraganus universiteti barcha fakultet talabalari o‘rtasida “Zakovat” bayrami tashkil etildi!

Tadbir doirasida talabalardan tuzilgan 80 dan oshiq jamoalar o‘rtasida “Zakovat” hamda “Zakovat Quiz” o‘yinlari o‘tkazildi.

Kunning birinchi yarmida jamoalar 24 ta savoldan iborat “Zakovat” o‘yinida bellashdi. O‘yinga “Zakovat” klubi prezidenti Abdurasul Abdullayev boshlovchilik qildi.

Kunning ikkinchi yarmida talabalar o‘zlarini “Zakovat Quiz” ko‘ngilochar o‘yinida sinab ko‘rdi.

Shiddatli kurashlarga va his-hayajonga boy o‘tgan musobaqa yakunida g‘olib jamoalar aniqlanib, qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
👍15❤10🔥4👏1
15-16-noyabr kunlari Zakovat, Erudit-kvartet va Shaxsiy o‘yin bo‘yicha professional jamoalar o‘rtasida o‘tkaziladigan O‘zbekiston chempionati dasturi

❗️Bu muhim: Ertaga, 15-noyabr kuni Shaxsiy o‘yinning saralash bosqichi soat 09:00da boshlanib, saralashga kechikib kelgan ishtirokchilar o‘yinga qo‘yilmaydi. Shu tufayli, Shaxsiy o‘yinning saralash bosqichida qatnashmoqchi bo‘lganlardan Zakovat arenaga ertaroq yetib kelishlarini so‘raymiz.

Manzil: Zakovat arena.
Mo‘ljal: “Beruniy” metro bekati.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍16❤4🔥3