🪖Mudofaa vazirligi tizimida “Zakovat” o‘yinining yakuniy bosqichi o‘tkazildi🏆Harbiy xizmatchilarning bilim va ko‘nikmalarini yanada rivojlantirish, ularning intellektual salohiyatini kengaytirish hamda Qurolli Kuchlar tizimida olib borilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash maqsadida Mudofaa vazirligi hamda “Zakovat” klubi hamkorligida Mudofaa vazirligi qo‘shinlarida “Zakovat” o‘yinining yakuniy bosqichi o‘tkazildi.
💪 Yakuniy bosqichda harbiy okruglar va birlashmalardan 9 ta, oliy harbiy ta’lim muassasalaridan esa 5 ta jamoa qatnashdi. Ikki raund davomida jamoalarga 12 tadan savol taqdim etilib, ishtirokchilar o‘z bilim va zakovatlarini sinovdan o‘tkazdi.
🏅 Qiziqarli savollar bilan keskin kurash ruhida o‘tgan o‘yin yakunida quyidagi jamoalar sovrinli o‘rinlarni egalladi:
🥇1-o‘rin:
Mudofaa vazirligiga qarashli qo‘mondonlikning “Yangi O‘zbekiston” jamoasi;
🥈2-o‘rin:
Harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti tasarrufidagi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy institutining “Intellekt” jamoasi;🥉3-o‘rin:
Toshkent harbiy okrugining “Amir Temur vorislari” jamoasi.🎁 G‘olib va sovrindor jamoalar diplom hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.
Telegram I
Facebook I
Instagram I
YouTube I
TikTok