Zakovat intellektual klubi
31.6K subscribers
13K photos
2.01K videos
138 files
6.8K links
RASMIY KANAL. "Zakovat" Intellektual klubiga oid yangiliklar, qiziqarli savollar, turli tanlovlar oʻtkazishga moʻljallangan.

Barcha videolar:
youtube.com/c/ZAKOVATTV

Sayt: zakovatklubi.uz
Download Telegram
🪖Mudofaa vazirligi tizimida “Zakovat” o‘yinining yakuniy bosqichi o‘tkazildi

🏆Harbiy xizmatchilarning bilim va ko‘nikmalarini yanada rivojlantirish, ularning intellektual salohiyatini kengaytirish hamda Qurolli Kuchlar tizimida olib borilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash maqsadida Mudofaa vazirligi hamda “Zakovat” klubi hamkorligida Mudofaa vazirligi qo‘shinlarida “Zakovat” o‘yinining yakuniy bosqichi o‘tkazildi.

💪 Yakuniy bosqichda harbiy okruglar va birlashmalardan 9 ta, oliy harbiy ta’lim muassasalaridan esa 5 ta jamoa qatnashdi. Ikki raund davomida jamoalarga 12 tadan savol taqdim etilib, ishtirokchilar o‘z bilim va zakovatlarini sinovdan o‘tkazdi.

🏅 Qiziqarli savollar bilan keskin kurash ruhida o‘tgan o‘yin yakunida quyidagi jamoalar sovrinli o‘rinlarni egalladi:

🥇1-o‘rin: Mudofaa vazirligiga qarashli qo‘mondonlikning “Yangi O‘zbekiston” jamoasi;
🥈2-o‘rin: Harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti tasarrufidagi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy institutining “Intellekt” jamoasi;
🥉3-o‘rin: Toshkent harbiy okrugining “Amir Temur vorislari” jamoasi.

🎁 G‘olib va sovrindor jamoalar diplom hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤19🔥9👍6
🏦 Bir yil davom etgan “BRB Zakovat” intellektual o‘yinida g‘oliblar aniqlandi!

🏆 “Biznesni rivojlantirish banki” ATB xodimlari o‘rtasida yo‘lga qo‘yilgan “BRB Zakovat” musobaqasining so‘nggi tur o‘yini bo‘lib o‘tdi.

📔 Zakovat arenada o‘tgan final o‘yinida respublikamizning barcha hududlardagi bilimli va zukko xodimlardan saralangan jamoalar bir maydonda kuch sinashdi.

🎤 “Zakovat” klubi prezidenti Abdurasul Abdullayev boshlovchiligida o‘tgan o‘yinda bank xodimlari aql-zakovatda eng kuchlilarni aniqladi.

✅ Bir yil davomida murosasiz kurashlarga boy o‘tgan musobaqa yakunida quyidagi jamoalar sovrinli o‘rinlarni egalladi:

🥇1-o‘rin: Bosh bank “LEADERS” jamoasi
🥈2-o‘rin: Jizzax viloyati “Soʻgʻdiyona” jamoasi
🥉3-o‘rin: Sirdaryo viloyati “Everest” jamoasi

🏆 Mazkur jamoalar pul mukofotlari hamda kubok bilan taqdirlandi.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤17👍6🔥4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
❄️ Qish yaqin!

📌 Shanba, soat 22:22 da “Milliy” telekanalida “Zakovat” teleo‘yini qishki mavsumning birinchi o‘yini efirga uzatiladi!

🤵🏻‍♂️ Mavsumning ilk o‘yinida tanaffusdan so‘ng ekran o‘yinlariga qaytgan Jobir Ahmedov jamoasi ishtirok etadi! Tajribali jamoa ishtirokidagi olovli o‘yinni o‘tkazib yubormang! 🔥

Ko‘rsatuv homiysi - 🏦 “Agrobank” aksiyadorlik tijorat banki.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥58🤩34👍18❤6🎉6❤‍🔥3⚡1😎1
🏆🏆 Ertaga O‘quvchilar va Talaba-o‘quvchilar ligasi kuzgi mavsumining 10-turi bo‘lib o‘tadi!

Ertaga, 27-noyabr, payshanba kuni
soat 15:00da O‘quvchilar va Talaba-o‘quvchilar ligasi 2025/26-o‘quv yili kuzgi mavsumining so‘nggi 10-tur o‘yini boshlanadi!

Jamoa a’zolarining barchasi bir o‘quv muassasasi o‘quvchilari bo‘lishi lozim.

Ligalarning Toshkent shahridagi o‘yinlari Zakovat arena binosida o‘tkaziladi.

O‘quvchilar ligasida jamoalar ushbu havola orqali o‘zi ishtirok etadigan hududni tanlab ro‘yxatdan o‘tadi.

Talaba-o‘quvchilar ligasida jamoalar ushbu havola orqali o‘zi ishtirok etadigan hududni tanlab ro‘yxatdan o‘tadi.

Hududlardagi o‘yinlarda qatnashmoqchi bo‘lgan o‘quvchilar qo‘shimcha ma’lumot uchun “Zakovat” klubining tegishli hududiy koordinatori bilan bog‘lanishlari mumkin. Hududiy koordinatorlar kontaktlarini ushbu havoladan olish mumkin.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤5👏2⚡1🤩1
🏆 Talabalar ligasi qatnashchilari diqqatiga!

❗️Talabalar ligasida kuzgi mavsum yakunlangani sababli ertaga, 27-noyabr kuni Talabalar ligasi o‘yinlari o‘tkazilmaydi.

🗓 Musobaqaning qishki mavsumi keyingi hafta, ya’ni 4-dekabr sanasidan boshlanadi.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡10🫡9❤8👍1🐳1