Zakovat intellektual klubi
31.6K subscribers
13K photos
2.01K videos
138 files
6.8K links
RASMIY KANAL. "Zakovat" Intellektual klubiga oid yangiliklar, qiziqarli savollar, turli tanlovlar oʻtkazishga moʻljallangan.

Barcha videolar:
youtube.com/c/ZAKOVATTV

Sayt: zakovatklubi.uz
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Farg‘ona davlat universiteti

Mazkur jamoa farg‘onalik mashhur zakovatchi Zafar Madaminov murabbiyligi ostida musobaqada har yili qatnashib keladi.

Qanday ustoz bo‘lsa, shunday jamoa, degandek FarDU jamoasi ham har yili musobaqada muvaffaqiyatli qatnashib keladi.

O‘tgan yilgi olimpiadada Erudit-kvartetda 1-o‘rinni, umumjamoa hisobida 2-o‘rinni olgan jamoaga bu yili Erudit-kvartet finalida ozgina omad yetishmadi. Ushbu omadsizlikni jamoa Zakovat o‘yinidagi ajoyib ishtirok bilan yuvib tashlamoqchi.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
❤22👍15🔥10👏2❤‍🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
International School of Finance Technology and Science jamoasi

ISFT jamoasi 2023-yilgi Intellektual olimpiada bahslarida shaxmat yo‘nalishida bronza medalini qo‘lga kiritgan edi. Jamoa ilk oltin medalini bu yilgi turnirda qo‘lga kiritdi — Diyorbek Mahmudjonov “Shaxsiy o‘yin” musobaqasida g‘olib bo‘ldi.

Jamoa Intellektual olimpiadaning saralash bosqichida Toshkent viloyatida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan. Olimpiadaning “Zakovat” bahslarida ham jamoa yuqori o‘rinlarni egallashni maqsad qilgan.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
👍14❤9🙏5
📷 Intellektual olimpiada doirasidagi Zakovat o‘yinidan lavhalar

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤9👍6🐳2
🏆 Intellektual olimpiada doirasidagi Zakovat o‘yinining 3-4-tur savollari uchun apellyatsiyalar ushbu havola orqali beriladi

Diqqat: ushbu havolada faqat 3- va 4-tur apellyatsiyalari berilishi mumkin

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤3👍1🔥1
Andijon davlat pedagogika instituti jamoasi

Andijon davlat pedagogika instituti bu yil ikkinchi marta olimpiadada qatnashmoqda.

Bu yilgi olimpiadada jamoa munosib ishtirok etmoqda.

Institutda Zakovat o‘yinlari doimiy yo‘lga qo‘yilgan. Buning uchun institut rahbariyati munosib sharoitlarni yaratib bergan. Endigi maqsad respublikada ham nom qozonish.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
❤20⚡7🔥5🕊2
Urganch davlat universiteti jamoasi

UrDU Intellektual olimpiadada muntazam qatnashib kelayotgan bo‘lsa-da, shu paytgacha sovrindorlar qatoridan joy olmayotgan edi.

🥉Bu yilgi olimpiadada esa jamoa ilk muvaffaqiyatiga erishdi va Erudit-kvartet musobaqasida bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Jamoa a’zosi Jasurbek Maqsudov Xorazm Zakovat klubining eng kuchli bilimdonlaridan biri boʻlib, jamoaning Erudit-kvartet musobaqasida gʻolib boʻlishiga katta hissa qoʻshdi. Shuningdek, Shaxsiy oʻyin musobaqasining saralash bosqichida ham kuchli natija koʻrsatib 2-oʻrinni qoʻlga kiritdi.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤28👍14❤‍🔥2🤩2🐳2
📷 Intellektual olimpiada doirasidagi qizlar o‘rtasida shashka bellashuvlaridan lavhalar

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤6🔥3👍2👏1🤩1
Samarqand davlat pedagogika instituti

🤵🏻‍♀Ekran o‘yinlarida asosan qizlardan tashkil topgan Bahodir Anorov jamoasida ko‘rinish bergan bilimdon Zulfinoz Kamariddinovaning olimpiadadagi jamoasida ham qizlar ko‘pchilikni tashkil qiladi.

✊ Jamoa uchun olimpiadadagi ilk ishtirok yomon o‘tmadi, har holda debyut uchun natijalar yomon emas.

🏆Shaxsiy o‘yinda Zulfinoz yarim finalgacha yetib bordi, finalga chiqishga ozgina omad yetishmadi.

🥇Jamoa a'zosi Uchqun Umirov shaxmat bahslarida g‘oliblikni qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobiga qimmatli ochkolarni keltirdi. Umid qilamizki, ushbu natija zakovatchilarni ham g‘alabalar sari ilhomlantiradi.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥28👍10❤7🤩3❤‍🔥1
Namangan davlat chet tillari instituti

Ushbu jamoa uzoq yillar davomida olimpiadada ishtirok etish uchun harakat qildi va bu yil maqsadiga erishdi.

Jamoa a’zolari yosh bo‘lishlariga qaramay, ilk olimpiada o‘yinida munosib ishtirok etishga harakat qilmoqda.

Ularning aytishicha, ushbu olimpiada ular uchun katta tajriba bo‘lib xizmat qildi. Keyingi musobaqalarda bu yilgi xatolar ustida ishlab, yanada yaxshiroq ishtirok etishni maqsad qilishmoqda.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
❤24👍17🔥5🐳1
Termiz davlat universiteti

Surxondaryoning eng qadimiy, “otaxon” universiteti 2022-yildan beri o‘tkazib kelinadigan Intellektual olimpiadaning barcha respublika bosqichida ishtirok etgan jamoalardan biri sanaladi. Bu oliygohda doimo intellekti yuqori bo‘lgan bilimdonlar shakllanib kelgan va bugungi kundagi Surxondaryo viloyati “Zakovat” klubining aksariyat professional bilimdonlari aynan TerDUda tahsil olganligi bilan ham maqtana oladi.

Jamoa sardori Abdulaziz Hasanov bu safargi Intellektual olimpiadaning Shaxsiy oʻyin yo‘nalishida ajoyib o‘yin ko‘rsatib, qiyin guruhdan chiqish vazifasini uddaladi va yakunda yarim finalgacha yetib borib, jamoasi uchun qimmatli reyting ballarini to‘pladi. Tarkibdagi boshqa yosh bilimdonlar ham viloyatdagi yosh iqtidorli bilimdonlar sanaladi.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
🔥20👍9❤8👏1🎉1🏆1