Samarqand davlat pedagogika instituti
🤵🏻♀Ekran o‘yinlarida asosan qizlardan tashkil topgan Bahodir Anorov jamoasida ko‘rinish bergan bilimdon Zulfinoz Kamariddinovaning olimpiadadagi jamoasida ham qizlar ko‘pchilikni tashkil qiladi.
✊ Jamoa uchun olimpiadadagi ilk ishtirok yomon o‘tmadi, har holda debyut uchun natijalar yomon emas.
🏆 Shaxsiy o‘yinda Zulfinoz yarim finalgacha yetib bordi, finalga chiqishga ozgina omad yetishmadi.
🥇 Jamoa a'zosi Uchqun Umirov shaxmat bahslarida g‘oliblikni qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobiga qimmatli ochkolarni keltirdi. Umid qilamizki, ushbu natija zakovatchilarni ham g‘alabalar sari ilhomlantiradi.
Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
🤵🏻♀Ekran o‘yinlarida asosan qizlardan tashkil topgan Bahodir Anorov jamoasida ko‘rinish bergan bilimdon Zulfinoz Kamariddinovaning olimpiadadagi jamoasida ham qizlar ko‘pchilikni tashkil qiladi.
✊ Jamoa uchun olimpiadadagi ilk ishtirok yomon o‘tmadi, har holda debyut uchun natijalar yomon emas.
Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥28👍10❤7🤩3❤🔥1
Namangan davlat chet tillari instituti
Ushbu jamoa uzoq yillar davomida olimpiadada ishtirok etish uchun harakat qildi va bu yil maqsadiga erishdi.
Jamoa a’zolari yosh bo‘lishlariga qaramay, ilk olimpiada o‘yinida munosib ishtirok etishga harakat qilmoqda.
Ularning aytishicha, ushbu olimpiada ular uchun katta tajriba bo‘lib xizmat qildi. Keyingi musobaqalarda bu yilgi xatolar ustida ishlab, yanada yaxshiroq ishtirok etishni maqsad qilishmoqda.

❤24👍17🔥5🐳1
Termiz davlat universiteti
Surxondaryoning eng qadimiy, “otaxon” universiteti 2022-yildan beri o‘tkazib kelinadigan Intellektual olimpiadaning barcha respublika bosqichida ishtirok etgan jamoalardan biri sanaladi. Bu oliygohda doimo intellekti yuqori bo‘lgan bilimdonlar shakllanib kelgan va bugungi kundagi Surxondaryo viloyati “Zakovat” klubining aksariyat professional bilimdonlari aynan TerDUda tahsil olganligi bilan ham maqtana oladi.
Jamoa sardori Abdulaziz Hasanov bu safargi Intellektual olimpiadaning Shaxsiy oʻyin yo‘nalishida ajoyib o‘yin ko‘rsatib, qiyin guruhdan chiqish vazifasini uddaladi va yakunda yarim finalgacha yetib borib, jamoasi uchun qimmatli reyting ballarini to‘pladi. Tarkibdagi boshqa yosh bilimdonlar ham viloyatdagi yosh iqtidorli bilimdonlar sanaladi.

🔥20👍9❤8👏1🎉1🏆1
Forwarded from ZAMON | RASMIY
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
12:00 18.12.2025
Talabalar oʻrtasida intellektual olimpiada
#Toshkent
muxbir: Murodjon Axatov
https://t.me/zamon_lavhalar

❤13👍4🔥3
Buxoro davlat texnika universiteti jamoasi
Jamoa Intellektual olimpiada respublika bosqichlarida 2 marta ishtirok etgan. Bu yilgi hududiy saralash bosqichida 3-o‘rinni egallab, respublika bosqichiga yo‘l olgan.
Jamoa tarkibi asosan yosh iqtidorli o‘yinchilardan iborat bo‘lib, kelajakda yuqori o‘rinlar uchun kurasha oladigan raqobatbardosh jamoa shakllantirishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan.
Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
Jamoa Intellektual olimpiada respublika bosqichlarida 2 marta ishtirok etgan. Bu yilgi hududiy saralash bosqichida 3-o‘rinni egallab, respublika bosqichiga yo‘l olgan.
Jamoa tarkibi asosan yosh iqtidorli o‘yinchilardan iborat bo‘lib, kelajakda yuqori o‘rinlar uchun kurasha oladigan raqobatbardosh jamoa shakllantirishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan.
Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
👍8❤6⚡5🔥5
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
“Zakovat”ning o‘quvchilar o‘rtasidagi bir nechta musobaqalarida g‘alaba qozongan Pop tumanidagi mashhur 67-IDUM jamoasi a’zosi bo‘lgan Sirojiddin Ubaydullayev talabalikka qadam qo‘ydi va TDIU nomidan musobaqada qatnashdi.
Erudit-kvartet bo‘yicha O‘zbekiston chempionatida oltin medal olgan Bahodir Isroilov olimpiada doirasidagi Erudit-kvartet o‘yinida ham yorqin ishtiroki bilan esda qoldi, biroq sovrinli o‘rinlarga kirishda jamoaga finalda biroz omad yetishmadi.
Ushbu jamoa yigitlaridan yuqori natijalar kutilgan bo‘lsa-da, universitet hisobiga oltin medallarni qizlar keltirishdi. Sitora Saparova qizlar o‘rtasidagi shaxmat musobaqasida, Farangiz Hasanova qizlar o‘rtasidagi shashka musobaqalarida birinchi o‘rinni egalladi.

❤25🔥13👍5
Qarshi davlat universiteti
🥇 Intellektual olimpiadaning umumjamoa hisobidagi dastlabki g‘olibi Qarshi davlat universiteti hisoblanadi.
Jamoa avvalgi olimpiadalarga qaraganda tarkibi yosharganiga qaramay, saralash o'yinlarida yaxshi natija ko'rsatdi.
Umid qilamizki, kelasi musobaqalarda yuqori o‘rinlar uchun kurashadigan jamoa bo'lib yetishadi.
Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
Jamoa avvalgi olimpiadalarga qaraganda tarkibi yosharganiga qaramay, saralash o'yinlarida yaxshi natija ko'rsatdi.
Umid qilamizki, kelasi musobaqalarda yuqori o‘rinlar uchun kurashadigan jamoa bo'lib yetishadi.
Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍11❤8🔥7🐳2🕊1
Intellektual olimpiada doirasida qizlar o‘rtasidagi shashka bahslari yakunlandi!
Jami 9 tur davom etgan musobaqa yakunida quyidagi ishtirokchilar sovrinli o‘rinlarni egalladi:
🥇 1-o‘rin: Ferangiz Hasanova (Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti);
🥈 2-o‘rin: Asal Botirova (Yangi O‘zbekiston universiteti);
🥉 3-o‘rin: Maftuna Umarova (Fan va texnologiyalar universiteti).
G‘oliblar quyidagi miqdordagi pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:
1-o‘rin: 30 million so‘m;
2-o‘rin: 20 million so‘m;
3-o‘rin: 10 million so‘m.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | TikTok
Jami 9 tur davom etgan musobaqa yakunida quyidagi ishtirokchilar sovrinli o‘rinlarni egalladi:
G‘oliblar quyidagi miqdordagi pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:
1-o‘rin: 30 million so‘m;
2-o‘rin: 20 million so‘m;
3-o‘rin: 10 million so‘m.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤12👍4🔥4⚡2
Farg‘ona davlat texnika universiteti
Ushbu jamoa har yili Intellektual olimpiadada qatnashadi. Jamoa tarkibi ancha yosh ammo salohiyatli bilimdonlardan tashkil topgan. Bu turnirda deyarli barcha ishtirokchilar debyut qilmoqda. Dostonbek Anvarov va Abdulloh Adburahmonov jamoaning asosiy bilimdonlari hisoblanishadi.
Bu yilgi turnirda biroz tajriba yetishmagan bo’lsa-da jamoa keyingi yilga kuchli bo’lib qaytishi taxmin qilinmoqda.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | TikTok
Ushbu jamoa har yili Intellektual olimpiadada qatnashadi. Jamoa tarkibi ancha yosh ammo salohiyatli bilimdonlardan tashkil topgan. Bu turnirda deyarli barcha ishtirokchilar debyut qilmoqda. Dostonbek Anvarov va Abdulloh Adburahmonov jamoaning asosiy bilimdonlari hisoblanishadi.
Bu yilgi turnirda biroz tajriba yetishmagan bo’lsa-da jamoa keyingi yilga kuchli bo’lib qaytishi taxmin qilinmoqda.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | TikTok
❤10👍6🔥5😎3❤🔥1
Turan xalqaro universiteti
Namanganning ushbu oliy ta’lim dargohida Zakovatga bo‘lgan e’tibor juda yuqori. Bu yilgi olimpiada jamoa uchun ikkinchisi bo‘lib, yaxshigina tajriba bo‘lib xizmat qilmoqda.
Olimpiada doirasida shaxsiy o‘yin bosqichi jamoa uchun nisbatan omadli keldi, ammo biroz omad yetishmasligi bilimdonlarga pand berdi.
Talabalarning olimpiadada qatnashishga bo‘lgan xohishlari juda yuqori. Jamoa a’zolari keyingi yilgi o‘yinlarda sovrindor bo‘lishga astoydil harakat qilishmoqchi.

❤13🔥7👍4
Andijon davlat tibbiyot instituti
ADTI Andijon Zakovat klubining kuchli bilimdonlaridan tuzilgan. Shu qatorda jamoada yosh, o’quvchilik paytida zakovat olamiga kirib kelgan talabalar ham bor.
Jamoa a’zolari tibbiyot sohasida o’qishlari va bir qancha mavsumdagi tajribalar orttirishini inobatga olib, kelajagi porloq jamoa deyish mumkin.
Ushbu yilgi olimpiadada jamoa a’zosi Muhammaddiyor Mirzabahromov Shaxsiy o’yin doirasida yakuniy hisobda 4-o’rinni egalladi.

❤18🔥7❤🔥5👍5
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti jamoasi
Ushbu jamoa Intellektual olimpiadaning doimiy ishtirokchilaridan biri hisoblanadi. Tarkib yangilanganiga qaramay, jamoa o‘z darajasini saqlab qola oldi, albatta bunda murabbiy Botir Erkinovning ("Galacticos" jamoasi sardori) hissasi katta.
Jamoa o‘zagi saqlab qolinsa, keyingi musobaqalarda sovrinli o‘rinlar uchun kurashadigan OTMlar soni bittaga ko‘payadi.
Bu yilgi musobaqaning Shaxsiy o‘yin bahslarida finalga qadar yetib borgan Diyorbek Normuhammadovning ishtiroki jamoa a'zolarining potensiali yuqori ekanligidan dalolat beradi.

❤29🔥18🐳6👍4🎉2⚡1🥰1👏1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Oʻzbekiston milliy universiteti
Jamoa har yili musobaqada favoritlar qatorida tilga olinadi. Avvalgi yillarga nisbatan tarkibi ancha yangilangan bo‘lsa-da, jamoa hamon yuqori o‘rinlarni egallab kelmoqda.
Bu yilgi musobaqalarda ham Breyn-Ring va Shaxsiy oʻyin yoʻnalishlarida o‘rin olib ulgurdi. Zakovat oʻyinida ham gʻoliblik uchun imkoniyatlari yuqori.

❤16👏14🔥11👍2🐳2