Zakovat intellektual klubi
31.6K subscribers
13.1K photos
2.02K videos
138 files
6.85K links
RASMIY KANAL. "Zakovat" Intellektual klubiga oid yangiliklar, qiziqarli savollar, turli tanlovlar oʻtkazishga moʻljallangan.

Barcha videolar:
youtube.com/c/ZAKOVATTV

Sayt: zakovatklubi.uz
Download Telegram
🏆 O‘zbekiston milliy universiteti - Intellektual olimpiada doirasidagi Zakovat o‘yini g‘olibi!!!

🥇1-o‘rin: O‘zbekiston Milliy universiteti
🥈2-o‘rin: Farg‘ona davlat universiteti

🥉3-o‘rin egasi esa Qoraqalpoq davlat universiteti hamda Fan va texnologiyalar universiteti jamoalari o‘rtasidagi qo‘shimcha savollarda aniqlanadi.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤37🔥27🐳5👍4🎉1
Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti

Hali tashkil etilganiga ko'p bo'lmagan AIFU jamoasi 2024-yilgi  Intellektual olimpiada bahslarida  jamoa yetakchisi Otajon Iskandarov Shaxsiy o'yin musobaqasida kumush medalni qo'lga kiritgandi.

Jamoa o‘z oldiga yaxshi natijalarni maqsad qilib qo'ygan.

Bu yilgi musobaqada jamoa, Zakovat o'yinida yuqori o‘rinlardan birini egalladi.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
🔥16❤6🐳4👏3👍2🏆2😎1
O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Nukus filiali

Oʻzbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Nukus filiali jamoasi olimpiadaning muntazam  ishtirokchilardan biri hisoblanadi. Jamoaning muhim a’zolari oʻqishni tugatganiga qaramay, bu yil ham jamoa oʻz darajasini saqlab qola oldi.

Jamoa Intellektual olimpiadaning saralash bosqichida Qorqalpogʻistin Respublikasida toʻrtinchi o‘rinni qo‘lga kiritib, olimpiada yoʻllanmasini hal qildi.

Bu yilgi olimpiadada jamoaning omadi kelmadi. Lekin jamoada yosh ishtirokchilarning koʻpligi keyingi musobaqalarda katta umid beradi.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
❤7🔥7👏4👍2
Intellektual olimpiada ishtirokchilari diqqatiga!

Zakovat o‘yinida natijalari teng kelib qolgan taqdirda, umumjamoa hisobida ushbu jamoalarga ular egallagan o‘rinlar bo‘yicha beriladigan ballarning o‘rtacha arifmetigi beriladi.

Ushbu havoladagi onlayn reyting Zakovat o‘yinidagi mazkur qoida bo‘yicha qayta hisoblab chiqiladi.
❤10👍3🐳2🔥1
Urganch RANCH texnologiya universiteti

Ushbu jamoa Intellektual olimpiadada debyutant jamoa hisoblanadi. Lekin, jamoani ishtirokini yaxshi deb hisoblashimiz mumkin. Jamoa oʻz oldiga Intellektual olimpiadada muntazam qatnashish va yuqori oʻrinlarni egallash vazifasini qoʻygan. Jamoa xozirda tajriba toʻplamoqda va oʻylaymiz-ki jamoa keyingi musobaqalarda sovrimdorlar qatoridan joy egallashi mimkin.

Jamoa Intellektual olimpiadaning saralash bosqichida Xorazm viloyatida sensatsion natija koʻrsatganini ham eʼtirof qilish lozim. Jamoa bir qancha tajribali Oliy taʼlim muassasalari jamoalarini ortda qoldirib, Respublika bosqichi yoʻllanmasini qoʻlga kiritgandi.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
❤12👍4🔥3🐳2🥰1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🏆Intellektual olimpiada ishtirokchilari uchun Zakovat Quiz o‘yini o‘tkazilmoqda!

Olimpiada dasturiga kiritilmagan bo‘lsa-da, musobaqa yakunida ishtirokchilarga ko‘tarinki kayfiyat ulashish uchun Zakovat Quiz o‘yini tashkil etildi.

Mazkur o‘yin natijasi rasmiy ahamiyatga ega bo‘lmagani uchun unda jamoalar tarkibiga qat’iy talab qo‘yilmagan.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥19⚡7❤5🤩4🐳1
Toshkent arxitektura-qurilish universiteti

Toshkent arxitektura-qurilish universiteti yosh bilimdonlardan tashkil topgan. Intellektual olimpiadaning avvalgi yillarda o‘tkazilgan saralash bosqichlaridagi muvaffaqiyatsizlikdan so‘ng jamoa a’zolari tinimsiz tayyorlanib, ikki yildan so‘ng universitet jamoasini Intellektual olimpiadaga qaytarishdi.

Ushbu olimpiadada jamoa sovrinli o‘rinlarni egallay olmadi. Jamoa a’zolari 17 dan 21 yoshgacha ekanligini hisobga olsak, joriy yilgi musobaqa jamoa uchun tajriba maktabini o‘tadi va keyingi yilgi turnirlarda TAQUdan yuqori natijalarni kutish mumkin.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
🔥13😎6👏4🎉4❤3🤩2🐳2🏆2
Guliston davlat universiteti

Muntazam ravishda intellektual olimpiadada Sirdaryo viloyati sharafini munosib himoya qilib kelayotgan Guliston davlat universiteti jamoasi 2022, 2023 yillar davomida shashka musobaqasida 1 ta oltin va 2 ta kumush medallarni qo'lga kiritgan. Jahongir Abdullayev oltin medalni qo'lga kiritgan bo'lsa, Xoliqberdiyeva Xumora 2 marta kumush medal bilan taqdirlangan.

Ammo boshqa yo‘nalishlarda jamoa unchalik omadli emas. Jamoa bu yilgi olimpiadada butunlay yangilangan tarkib bilan ishtirok etdi. Umid qilamizki bu musobaqa ular uchun ulkan tajriba bo'ldi.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
👍10🔥8❤3🐳1
Chirchiq davlat pedagogika universiteti

CHDPU jamoasi a’zosi Jahongir Temirov 2022-yilgi Intellektual olimpiada bahslarida shaxsiy o'yin musobaqasida kumush medalni qo'lga kiritgan. Shundan so‘ng jamoa natijalarida pasayish bo‘ldi.

Hozirda jamoada avlodlar almashinuvi jaroyonidan keyin tarkib yosh iqtidorli bilimdonlar bilan boyigan.

Bu yilgi musobaqada yosh jamoaga biroz tajriba yetmagan bo'lsa-da, keyingi olimpiadalarda yetakchilar safida bo'lishiga ishonamiz.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
🔥14❤7👍4👏2🐳2❤‍🔥1
Nukus davlat pedagogika instituti

Nukus davlat pedagogika jamoasi Intellektual olimpiadaning muntazam ishtirokchisi hisoblanadi.

Bir necha marotaba musobaqaning Erudit-kvartet bahslarida finalda oʻynagan.

Jamoa a’zosi Nurjan Bayniyazov 2025-yili oʻtkazilgan Intellektual haftalikning va olimpiadaning shaxsiy oʻyin bahslarida oʻzining yorqin oʻyini bilan yarim finalgacha yetib kelgan.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
🔥23❤4🏆4👏2👍1🥰1🎉1🕊1🐳1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🥉🔥 Zakovat o‘yinida qo‘shimcha savollar orqali 3-o‘rinni egallagan Qoraqalpoq davlat universiteti jamoasi xursandchiligi!

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤36🔥16⚡2👍2👏2
Shahrisabz davlat pedagogika instituti

Shahrisabzda Zakovat klubi shu yilning sentabrida tashkil etildi va jamoa shu 3 oy ichida tuzilib, mashg'ulotlarga jiddiy e'tibor qaratdi.

Jamoa qatnashgan hozircha eng yirik turnir Intellektual olimpiada saralashi va unda 2-o'rinni qo'lga kiritgan. Debyut ishtirok uchun natija yaxshi. Lekin, keyingi musobaqalarda kuchli jamoalarga yaxshigina raqobat taklif etishni va sovrinli o'rinlar uchun kurashishni maqsad qilgan.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
❤13🔥7👍3🐳2⚡1❤‍🔥1🤩1🕊1
Buxoro davlat universiteti

Jamoa Intellektual olimpiada respublika bosqichlarida doimiy qatnashib keladi. Bu yilgi hududiy saralash bosqichida 1-o'rinni egallab respublika bosqichiga yo'l oldi.

🥉BuxDU jamoasi a'zosi Shoxrux Bo'riyev bu yilgi Intellektual olimpiada bahslarida Shaxsiy o'yin yo‘nalishida bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Jamoa 2005-yillarda Zakovat ekran o'yinlari orqali tanilgan Buxoro Zakovat klubining tajribali a'zosi Anvar Ne'matov murabbiyligi ostida turnirga yetib kelgan.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤14👍9🔥3👏2🐳2🥰1
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filiali

TDIU SF jamoasi bu yilgi musobaqada munosib ishtirok etdi.

Jamoa "Erudit-kvartet" bahslarida final ostonasiga qadar yetib bordi, faqatgina qo‘shimcha savollarda biroz omad yetishmadi...

Oliygoh yaqinda tashkil etilishi bilan kuchli jamoa tuza olgani tahsinga loyiq. Jamoa respublika turnirlarida muntazam tarzda qatnashib kelmoqda.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
🔥18👍7❤4❤‍🔥3🐳1
Toshkent davlat texnika universiteti

Toshkent davlat texnika universiteti birinchi marta Intellektual olimpiada turnirida ishtirok etmoqda. Jamoa tarkibida bir qator iste’dodli yoshlar bor.

Jamoa a’zolaridan biri Husan Narzullayev 2022-yilda o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan “Zakovat” musobaqasida Paxtachi tumani 12-sonli maktab jamoasi bilan 3-o‘rinni qo‘lga kiritgan. 17 yoshli Abdulboriy Abdulahadov esa bu yilgi olimpiadada ishtirok etayotgan eng yosh 3 bilimdondan biri hisoblanadi.

Toshkent davlat texnika universiteti joriy musobaqada sovrinli o‘rinlarga da’vogarlik qilmagan bo‘lsa ham, munosib ishtirok etdi deyish mumkin.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
❤16👍3🔥3⚡1🕊1🐳1
O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi

Intellektual Olimpiadaning yorqin jamoalaridan biri boʻlmish bu jamoa a’zosi Nurmuhammad Ummatov Intellektual haftalik doirasidagi Shaxsiy oʻyinda finalgacha borgan edi. Biroq bu ishni Olimpiadada takrorlash, afsuski, amalga oshmadi.

Jamoa bu safargi Olimpiadaning Erudit-kvartet bahslarida yuqori oʻrinni qayd etishmagan boʻlsa-da ajoyib oʻyin koʻrsatdi. Jamoa ayniqsa milliy savollarda ancha yetakchi ekanligini koʻrsatib qoʻydi.

Jamoaning keyingi Intellektual Olimpiada oʻyinlarida yuqori natija qayd etishini tilaymiz.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
🔥20❤8🕊2🐳1
Urganch davlat tibbiyot instituti jamoasi

UrDTI jamoasi ham Intellektual olimpiadada muntazam qatnashib kelayotgan jamoalardan biri. Jamoa har yili oldiga ulkan maqsadlar qoʻyib musobaqada qatnashadi.

Intellektual olimpiadada shu paytgacha sovrindorlar qatoridan joy ololmayotgan boʻlsa-da, yildan-yilga natijalar yaxshilanib borayotganini kuzatishimiz mumkin. Hozircha jamoaga avlodlar almashinuvi jarayoni murakkab kechayotgani biroz pand beryapti deyishimiz mumkin.
Jamoa shashkachisi Ibragimov Avazbek esa musobaqada oʻzining yorqin oʻyinlari bilan yodda qoldi. Soʻnggi turgacha 1-oʻringa asosiy davogar boʻlib turgan Avazbek eng soʻnggi turda raqibiga imkoniyatni boy berib qoʻydi va yakunda 5-oʻrin bilan kifoyalandi.

Jamoa Intellektual olimpiadaning saralash bosqichida Xorazm viloyatida doimiy ravishda yuqori o‘rinlarni qo‘lga kiritib kelmoqda.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
❤10⚡1🐳1
O‘zbekiston milliy universiteti Jizzax filiali

Jamoa 2023-yil debyut qilgan. Bu yili ikkinchi bor qatnashmoqda. Bu jamoada ham tarkib to‘liq yangilangan. Hozirda jamoa a'zolari nisbatan yosh tarkibda qatnashmoqda. Ilk medalni bu yil qizlar o‘rtasidagi shaxmat bahslarida qo‘lga kiritdi.

Jamoa a'zolari doimo o‘z ustida ishlab natijalarni borgan sari yaxshilamoqda, kelasi olimpiadalarda yuqori natijalar kutib qolamiz.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
⚡8🔥4❤2❤‍🔥1🐳1
Andijon davlat universiteti

Andijon davlat universiteti viloyatda doimo yetakchilik qilib keluvchi jamoa.

🥇2022-yilgi dastlabki Intellektual olimpiadada Breyn-ring bahslarida 1-o’rinni qo’lga kiritgan. Hozir ham jamoa kuchli, lekin biroz omad yetishmayapti.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍16❤6🐳1