Zakovat intellektual klubi
31.6K subscribers
13.1K photos
2.02K videos
138 files
6.85K links
RASMIY KANAL. "Zakovat" Intellektual klubiga oid yangiliklar, qiziqarli savollar, turli tanlovlar oʻtkazishga moʻljallangan.

Barcha videolar:
youtube.com/c/ZAKOVATTV

Sayt: zakovatklubi.uz
Download Telegram
O‘zbekiston milliy universiteti Jizzax filiali

Jamoa 2023-yil debyut qilgan. Bu yili ikkinchi bor qatnashmoqda. Bu jamoada ham tarkib to‘liq yangilangan. Hozirda jamoa a'zolari nisbatan yosh tarkibda qatnashmoqda. Ilk medalni bu yil qizlar o‘rtasidagi shaxmat bahslarida qo‘lga kiritdi.

Jamoa a'zolari doimo o‘z ustida ishlab natijalarni borgan sari yaxshilamoqda, kelasi olimpiadalarda yuqori natijalar kutib qolamiz.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
⚡8🔥4❤2❤‍🔥1🐳1
Andijon davlat universiteti

Andijon davlat universiteti viloyatda doimo yetakchilik qilib keluvchi jamoa.

🥇2022-yilgi dastlabki Intellektual olimpiadada Breyn-ring bahslarida 1-o’rinni qo’lga kiritgan. Hozir ham jamoa kuchli, lekin biroz omad yetishmayapti.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍16❤6🐳1
Intellektual olimpiada doirasida o‘g‘il bolalar o‘rtasidagi shashka bahslari ham yakunlandi!

Jami 9 tur davom etgan musobaqa yakunida quyidagi ishtirokchilar sovrinli o‘rinlarni egalladi:

🥇1-o‘rin: Behruz Yo‘ldoshev (Fan va texnologiyalar universiteti);
🥈2-o‘rin: Javohir To‘xtayev (Jizzax davlat pedagogika universiteti);
🥉3-o‘rin: Ahmad Rahimov (Buxoro davlat tibbiyot instituti).

G‘oliblar quyidagi miqdordagi pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:

1-o‘rin: 30 million so‘m;
2-o‘rin: 20 million so‘m;
3-o‘rin: 10 million so‘m.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤14🔥7👍5
Jizzax davlat pedagogika universiteti

Ushbu jamoa Intellektual olimpiadaning muntazam ishtirokchisi hisoblanadi. Bu yil jamoa anchayin yoshargan holatda. Jamoa butkul yangilanganligiga qaramay bu yil ham munosib ishtirok etdi, bu esa jamoa murabbiyi Diyorbek Axmurodov tomonidan ishtirokchilar to‘g‘ri saralaganligiga va universitet rahbariyati tomonidan Intellektual o'yinlarga yetarlicha sharoit yaratilayotganligining isbotidir.

Shu vaqtgacha universitet jamoasi har yili sovrinli o'rinlarni qo'lga kiritib, umumjamoa hisobida kuchli 10 talikda bo‘lib kelishmoqda.

2022-yil Shaxsiy o'yinda O‘rozboy Qudratov 1-orin, qizlar o‘rtasida shaxmatda K.Nurmatova 3-o‘rin, 2023-yil Shaxmat qizlar o‘rtasida K.Nurmatova 2-o‘rin, 2024-yil o‘g‘il bolalar o‘rtasida shashkada J.To‘xtayev 2-o‘rin, qizlar o‘rtasidagi shashkada N.Shukurulloyeva 3-o‘rinni egallagan.

2025-yil ham jamoaga omadli keldi. O‘g‘il bolalar o‘rtasidagi shashkada J.To‘xtayev 2-o‘rinni egalladi.

Jamoa Breyn-ringda ajoyib oʼyin koʼrsatib, chorak finalgacha keldi.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
👍12🔥5❤3🐳2
Toshkent davlat yuridik universiteti

Shonli tarixga ega boʻlgan bu jamoa, negadir oxirgi yillarda yuqori oʻrinlarga da’vogar boʻlmayapti. Shunday boʻlsa-da, jamoa sardori Ikromxon Olimov Shaxsiy oʻyin bahslarida juda yaxshi koʻrindi.

TDYU Intellektual olimpiadadagi eng yosh jamoalardan biri hisoblanadi. Jamoa tarkibida 2 nafar 18 yoshli bilimdon bor. Ulardan biri E’zozbek Cho‘liyev Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar o‘quvchilari o‘rtasidagi “Zakovat” turnirida Abdulla Oripov ijod maktabi bilan bir necha marta sovrindor bo‘lgan.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
🔥21❤17🐳5👍2
Osiyo texnologiyalar universiteti

Osiyo texnologiyalar universiteti Zakovat o'yinlariga katta qiziqish ko'rsatmoqda. Universitetda Zakovat o‘yinlari doimiy yo‘lga qo‘yilgan. Buning uchun Universitet rahbariyati munosib sharoitlarni yaratib bergan.

Qashqadaryolik talabalar kelasi Intellektual olimpiadalarda yuqori o‘rinlardan birini olishni niyat qilgan.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
❤11👍5🐳3
Samarqand davlat universiteti

Tarkib asosan yosh bilimdonlardan iborat bo‘lgan jamoa. Kelgusida o‘z salohiyatini to‘liq namoyon etadi, degan umiddamiz.

Intellektual olimpiada jamoa a'zolari uchun katta tajriba maydoni bo‘lib xizmat qildi.
Keyingi musobaqalarda jamoadan sovrinli o‘rinlar uchun kurashadigan munosib ishtirok kutamiz!

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
❤17👍6🐳2🔥1
Navoiy davlat universiteti

Mazkur jamoa vakillari Navoiy zakovat klubining turli ligalarida, jumladan professional liga, 1-liga, talabalar ligasida muntazam qatnashib keladi.

Jamoa Intellektual olimpiada va Intellektual haftalik musobaqalarida doimiy faol ishtirok etadi. Jamoa Akmaljon Jumaqulov va Sanjar Muxammedov kabi tajribali bilimdonlar atrofida shakllangan.

Universitetda jamoa murabbiyi Akmal Zokirov tomonidan doimiy o‘yinlar tashkil etilgan

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
❤13🔥7👏7👍2🐳2❤‍🔥1
Namangan davlat texnika universiteti

Namangan davlat texnika universiteti uchun 2025-yilgi intellektual olimpiada dastlabkisi bo‘lib xizmat qildi.

Jamoa a’zolarining ba’zilari maktablar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan Zakovat o‘yinlarida chiniqqan bilimdonlar bo‘lib, endilikda talabalar o‘rtasidagi eng yirik turnirda ishtirok etishmoqda.

Namangan davlat texnika instituti olimpiadada g‘olib bo‘lishmagan bo‘lsa ham, keyingi olimpiada uchun kerakli tajribaga ega bo‘lishmoqda.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
❤15🐳6👏4
🎉 Intellektual olimpiadaning tantanali yopilish marosimi boshlandi!

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤16🔥4🐳3👍2
Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti talabalar o‘rtasida Zakovatga katta e’tibor berayotgan oliygohlardan biri hisoblanadi. Talabalar ligasida ushbu OTMdan har safar 40-60 ta jamoa ishtirok etadi.

Universitet ushbu turnirga yuborgan tarkibi olimpiadadagi eng yosh tarkiblardan biridir. Jamoa a’zosi Temirbek Hakimov olimpiadada ishtirok etgan eng yosh uch bilimdondan biri hisoblanadi.

Yosh jamoa bu turnirda sovrindorlar safidan o‘rin ololmadi, ammo keyingi turnirlarda TDShU jamoasidan katta natijalar kutish mumkin.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
👍12🐳9❤7🔥5⚡3🎉1🤩1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
💵 Intellektual olimpiadaning taqdirlash marosimida topshiriladigan cheklar sahnaga olib chiqildi!

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏12❤7🔥2❤‍🔥1🎉1🤩1
Yangi O‘zbekiston universiteti

Yangi O‘zbekiston universiteti yosh umidli bilimdonlardan yig‘ilgan jamoa. Universitet o‘tgan yili Breyn-ringda 2-o‘rinni egallagandi. Jamoa bu safar yarim finalgacha yetib bordi, ammo 4-o‘rin bilan cheklanishga majbur bo‘ldi.

Qizlar o‘rtasidagi shashka bellashuvlarida 2-o‘rinni olgan Asal Botirova universitetga ushbu olimpiadadagi yagona medalni keltirdi.

Qodirbek Otayev boshchiligidagi Yangi O‘zbekiston universiteti jamoasi keyingi olimpiada ular uchun muvaffaqiyatli kelishiga umid qilmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | TikTok
❤12🔥4🐳2👏1
Nukus davlat texnika universiteti

Nukus davlat texnika universiteti olimpiadaning eng yosh ishtirokchilaridan biri hisoblanadi. OTM tashkil etilganiga koʻp boʻlmasa ham Zakovatga qiziquvchi yoshlar koʻpligi har doim hayron qoldirgan.

Jamoa Intellektual olimpiadaning saralash bosqichida Qorqalpogʻistin Respublikasida ushinchi o‘rinni qo‘lga kiritib olimpiada yoʻllanmasini hal qildi.

Jamoaning bu yilgi olimpiadada omadi kelmagan boʻlsa, ham lekin keyingi olimpiada hozirdan tayyorgarlikni boshlagani tahsinga loyiq.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
🔥8❤3👍2🐳1
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤10🔥5💯4⚡1👏1🐳1
Qarshi davlat texnika universiteti

Qarshi davlat texnika universiteti olimpiadaning har yilgi ishtirokchisi hisoblanadi.

Avvalgi musobaqalarda jamoa Erudit-kvartet o'yinlarida 2-o'rinni qo'lga kiritgan. Shuningdek, qizlar o'rtasidagi shaxmat o'yinlarida va og'il bolalar o'rtasidagi shashka o'yinlarida g'olib bo'lgan.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
🔥7❤5👍5⚡1🥰1🕊1🐳1🏆1
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥10❤7👍1🐳1
Samarqand davlat arxitektura va qurilish universiteti

Ushbu jamoa kelgusida hali o‘z so‘zini aytishiga ishonamiz.
Universitetda ichki liga o‘yinlari o‘tkazish muntazam yo‘lga qo‘yilgan va bu holat kelajakda albatta o‘z mevasini beradi.
Bu galgi ishtirok jamoa uchun o‘rta darajada bo‘ldi.
Kelgusida jamoa kuchli bo‘lib qaytishiga ishonamiz!

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
❤13🔥5⚡4👍2🐳1