Zakovat intellektual klubi
31.6K subscribers
13K photos
2.01K videos
138 files
6.8K links
RASMIY KANAL. "Zakovat" Intellektual klubiga oid yangiliklar, qiziqarli savollar, turli tanlovlar oʻtkazishga moʻljallangan.

Barcha videolar:
youtube.com/c/ZAKOVATTV

Sayt: zakovatklubi.uz
Download Telegram
Samarqand davlat universiteti

Tarkib asosan yosh bilimdonlardan iborat bo‘lgan jamoa. Kelgusida o‘z salohiyatini to‘liq namoyon etadi, degan umiddamiz.

Intellektual olimpiada jamoa a'zolari uchun katta tajriba maydoni bo‘lib xizmat qildi.
Keyingi musobaqalarda jamoadan sovrinli o‘rinlar uchun kurashadigan munosib ishtirok kutamiz!

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
❤17👍6🐳2🔥1
Navoiy davlat universiteti

Mazkur jamoa vakillari Navoiy zakovat klubining turli ligalarida, jumladan professional liga, 1-liga, talabalar ligasida muntazam qatnashib keladi.

Jamoa Intellektual olimpiada va Intellektual haftalik musobaqalarida doimiy faol ishtirok etadi. Jamoa Akmaljon Jumaqulov va Sanjar Muxammedov kabi tajribali bilimdonlar atrofida shakllangan.

Universitetda jamoa murabbiyi Akmal Zokirov tomonidan doimiy o‘yinlar tashkil etilgan

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
❤13🔥7👏7👍2🐳2❤‍🔥1
Namangan davlat texnika universiteti

Namangan davlat texnika universiteti uchun 2025-yilgi intellektual olimpiada dastlabkisi bo‘lib xizmat qildi.

Jamoa a’zolarining ba’zilari maktablar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan Zakovat o‘yinlarida chiniqqan bilimdonlar bo‘lib, endilikda talabalar o‘rtasidagi eng yirik turnirda ishtirok etishmoqda.

Namangan davlat texnika instituti olimpiadada g‘olib bo‘lishmagan bo‘lsa ham, keyingi olimpiada uchun kerakli tajribaga ega bo‘lishmoqda.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
❤15🐳6👏4
🎉 Intellektual olimpiadaning tantanali yopilish marosimi boshlandi!

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤16🔥4🐳3👍2
Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti talabalar o‘rtasida Zakovatga katta e’tibor berayotgan oliygohlardan biri hisoblanadi. Talabalar ligasida ushbu OTMdan har safar 40-60 ta jamoa ishtirok etadi.

Universitet ushbu turnirga yuborgan tarkibi olimpiadadagi eng yosh tarkiblardan biridir. Jamoa a’zosi Temirbek Hakimov olimpiadada ishtirok etgan eng yosh uch bilimdondan biri hisoblanadi.

Yosh jamoa bu turnirda sovrindorlar safidan o‘rin ololmadi, ammo keyingi turnirlarda TDShU jamoasidan katta natijalar kutish mumkin.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
👍12🐳9❤7🔥5⚡3🎉1🤩1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
💵 Intellektual olimpiadaning taqdirlash marosimida topshiriladigan cheklar sahnaga olib chiqildi!

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏12❤7🔥2❤‍🔥1🎉1🤩1
Yangi O‘zbekiston universiteti

Yangi O‘zbekiston universiteti yosh umidli bilimdonlardan yig‘ilgan jamoa. Universitet o‘tgan yili Breyn-ringda 2-o‘rinni egallagandi. Jamoa bu safar yarim finalgacha yetib bordi, ammo 4-o‘rin bilan cheklanishga majbur bo‘ldi.

Qizlar o‘rtasidagi shashka bellashuvlarida 2-o‘rinni olgan Asal Botirova universitetga ushbu olimpiadadagi yagona medalni keltirdi.

Qodirbek Otayev boshchiligidagi Yangi O‘zbekiston universiteti jamoasi keyingi olimpiada ular uchun muvaffaqiyatli kelishiga umid qilmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | TikTok
❤12🔥4🐳2👏1
Nukus davlat texnika universiteti

Nukus davlat texnika universiteti olimpiadaning eng yosh ishtirokchilaridan biri hisoblanadi. OTM tashkil etilganiga koʻp boʻlmasa ham Zakovatga qiziquvchi yoshlar koʻpligi har doim hayron qoldirgan.

Jamoa Intellektual olimpiadaning saralash bosqichida Qorqalpogʻistin Respublikasida ushinchi o‘rinni qo‘lga kiritib olimpiada yoʻllanmasini hal qildi.

Jamoaning bu yilgi olimpiadada omadi kelmagan boʻlsa, ham lekin keyingi olimpiada hozirdan tayyorgarlikni boshlagani tahsinga loyiq.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
🔥8❤3👍2🐳1
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤10🔥5💯4⚡1👏1🐳1
Qarshi davlat texnika universiteti

Qarshi davlat texnika universiteti olimpiadaning har yilgi ishtirokchisi hisoblanadi.

Avvalgi musobaqalarda jamoa Erudit-kvartet o'yinlarida 2-o'rinni qo'lga kiritgan. Shuningdek, qizlar o'rtasidagi shaxmat o'yinlarida va og'il bolalar o'rtasidagi shashka o'yinlarida g'olib bo'lgan.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
🔥7❤5👍5⚡1🥰1🕊1🐳1🏆1
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥10❤7👍1🐳1
Samarqand davlat arxitektura va qurilish universiteti

Ushbu jamoa kelgusida hali o‘z so‘zini aytishiga ishonamiz.
Universitetda ichki liga o‘yinlari o‘tkazish muntazam yo‘lga qo‘yilgan va bu holat kelajakda albatta o‘z mevasini beradi.
Bu galgi ishtirok jamoa uchun o‘rta darajada bo‘ldi.
Kelgusida jamoa kuchli bo‘lib qaytishiga ishonamiz!

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
❤13🔥5⚡4👍2🐳1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Erudit-kvartet g‘oliblari taqdirlandi!

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
❤11⚡4👏1🐳1
Qoraqalpoq davlat universiteti

Qoraqalpoq davlat universiteti har yili intellektual olimpiadaning muntazam ishtirokchisi hisoblanadi. Jamoa a’zosi Zafar Boranbaev 2025-yili oʻtkazilgan Intellektual haftalikning shaxsiy oʻyin 3-orin sohibi hisoblanadi.

🥉Jamoa bu yil nihoyat Intellektual olimpiadada ham o‘rin egalladi. Qo‘shimcha savollarda Zakovat o‘yinining 3-o‘rini qo‘lga kiritildi!

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥36❤13👍6🐳2
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti

Mazkur jamoa bungacha olimpiadaning barcha yillarida sovrindorlar qatoridan o‘rin olib kelgan, umumjamoa hisobida ham yuqori o‘rinlarni egallab, Prezident sovg‘asiga ham loyiq ko‘rilgan.

Ayni vaqtda ko‘plab tajribali bilimdonlari o‘qishni bitirgan va jamoada avlodlar almashuvi ketmoqda. Keyingi musobaqalarda jamoaga yana muvaffaqiyatlar tilaymiz.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
👍33🔥13🐳6❤4🙏2
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti ham talabalari uchun intellektual o‘yinlar bilan shug‘ullanish uchun imkoniyat yaratib bergan oliygohlardan biridir. OTM talabalari Zakovatning Talabalar ligasi o‘yinlari universitetning o‘zida o‘tkazishadi.

Intellektual olimpiadada jamoaning biroz omadi kelmadi. Zakovatda jamoa sovrinli o‘rinlarga da’vogarlardan biri bo‘lib turgandi, ammo so‘nggi turda jamoaga 2 ochko yetmay qoldi.

Jamoa bilimdoni Nazokat Abdusayitova Shaxsiy o‘yinning chorak finalida 100 ochko to‘plagan bo‘lsa ham guruhda 4-o‘rin bo‘lib qolgani musobaqaning eng e’tiborli lahzalaridan biri bo‘ldi. Chunki buncha ochko bilan bilimdon boshqa istalgan guruhdan 1-o‘rin bilan chiqishi mumkin edi.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
👍21❤13👏8⚡3🔥3🕊2🤩1🐳1💯1🏆1
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏10👍2🔥2🤩2
Fan va texnologiyalar universiteti

Mazkur oliygoh bir necha yillardan beri musobaqada yuqori o‘rinlarni egallab kelmoqda.

Bu yil ham jamoa Erudit-kvartetda hamda boshqa bir necha yo‘nalishlarda sovrinli o‘rinlarni egalladi va yakunda umumjamoa hisobida 3-o‘rinni egallab, Prezident sovg‘asini qo‘lga kiritdi.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
❤18🔥12⚡5🐳2
Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti

Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti bir necha iste’dodli yoshlar yig‘ilgan jamoa. Ushbu universitet bir yillik tanaffusdan so‘ng yana Intellektual olimpiadaga qaytishga erishdi.

Aksariyat musobaqalarda jamoaning natijalari pastroq bo‘lgan bo‘lsa ham, jamoa Zakovat turnirida munosib ishtirok etdi deyish mumkin.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
❤17🔥9🤩4👏2🐳2👍1