Zakovat intellektual klubi
31.6K subscribers
13K photos
2.01K videos
138 files
6.79K links
RASMIY KANAL. "Zakovat" Intellektual klubiga oid yangiliklar, qiziqarli savollar, turli tanlovlar oʻtkazishga moʻljallangan.

Barcha videolar:
youtube.com/c/ZAKOVATTV

Sayt: zakovatklubi.uz
Download Telegram
🏆🏆 Ertaga O‘quvchilar va Talaba-o‘quvchilar ligasi bahorgi mavsumining 1-turi bo‘lib o‘tadi!

Ertaga, 2-aprel, payshanba kuni
soat 15:00da O‘quvchilar va Talaba-o‘quvchilar ligasi 2025/26-o‘quv yili bahorgi mavsumining 1-tur o‘yini boshlanadi!

Ligada qatnashuvchi jamoa a’zolarining barchasi bir o‘quv muassasasi o‘quvchilari bo‘lishi lozim.

Ligalarning Toshkent shahridagi o‘yinlari Zakovat arena binosida o‘tkaziladi.

O‘quvchilar ligasida jamoalar ushbu havola orqali o‘zi ishtirok etadigan hududni tanlab ro‘yxatdan o‘tadi.

Talaba-o‘quvchilar ligasida jamoalar ushbu havola orqali o‘zi ishtirok etadigan hududni tanlab ro‘yxatdan o‘tadi.

Hududlardagi o‘yinlarda qatnashmoqchi bo‘lgan o‘quvchilar qo‘shimcha ma’lumot uchun “Zakovat” klubining tegishli hududiy koordinatori bilan bog‘lanishlari mumkin. Hududiy koordinatorlar kontaktlarini ushbu havoladan olish mumkin.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤6⚡4👍2🔥1🥰1
🏆 Ertaga Talabalar ligasi bahorgi mavsumining 2-turi bo‘lib o‘tadi!

Ertaga, 2-aprel,
payshanba kuni soat 17:00da Talabalar ligasi 2025/26-o‘quv yili bahorgi mavsumining 2-tur o‘yini boshlanadi.

Ligada qatnashuvchi jamoa a’zolarining barchasi bir OTMning talabalari bo‘lishi lozim.

Talabalar ligasida jamoalar ushbu havola orqali o‘zi ishtirok etadigan hududni tanlab ro‘yxatdan o‘tadi.

Liganing Toshkent shahridagi o‘yinlari Zakovat arena binosida o‘tkaziladi.

Hududlardagi o‘yinlarda qatnashmoqchi bo‘lgan talabalar qo‘shimcha ma’lumot uchun “Zakovat” klubining tegishli hududiy koordinatori bilan bog‘lanishlari mumkin. Hududiy koordinatorlar kontaktlarini ushbu havoladan olish mumkin.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤8👍4🔥1
🏆 O‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalari o‘quvchilari o‘rtasida “Zakovat” musobaqasi bo‘lib o‘tadi!

📆 10-aprel kuni barcha hududlarda musobaqaning hududiy bosqichi o‘tkaziladi.

📄 Hududiy bosqichda qatnashadigan jamoalar o‘yinga o‘zlari bilan maxsus shakldagi arizani to‘ldirgan holda olib borishlari talab etiladi (ariza shakli ilova qilinadi).

3️⃣0️⃣ Hududiy bosqich o‘yini jami 30 ta savoldan iborat bo‘lgan uch turda o‘tkaziladi.

🔝 Hududiy bosqichda eng yuqori natija ko‘rsatgan 3 tadan jamoa turnirning respublika bosqichiga yo‘l oladi.

ℹ️ Hududiy bosqich o‘yinlari bo‘lib o‘tadigan manzillar haqida keyinroq ma'lumot beriladi.

❗️Hududiy bosqich o‘yinlari barcha hududda bir vaqtda - 10-aprel kuni, soat 9:00 da boshlanadi. Ishtirokchi jamoalardan kechikmasdan o‘z hududlaridagi manzilda hozir bo‘lishlari so‘raladi.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤10🔥6👍3
O‘rta-maxsus ariza namunasi.pdf
139.2 KB
🖋 O‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalari o‘quvchilari o‘rtasidagi “Zakovat” musobaqasining hududiy bosqichida qatnashadigan jamoalar taqdim etadigan ariza shakli

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥9❤2
O‘rta maxsus Zakovat nizomi.pdf
11 MB
📄 O‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalari o‘quvchilari o‘rtasidagi “Zakovat” musobaqasini o‘tkazish tartibi

✅ Qatnashchilardan musobaqani o‘tkazish tartibi bilan tanishib chiqish so‘raladi.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
🔥14❤4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🥰 Ertaga, soat 22:22 da “Milliy” telekanalida “Zakovat” teleo‘yini bahorgi mavsumning ilk o‘yini efirga uzatiladi!

🤵🏻‍♂️ Mavsumning birinchi o‘yinida Bahodir Anorov jamoasi ishtirok etadi!

Ko‘rsatuv homiysi - 🏦 “Agrobank” aksiyadorlik tijorat banki.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤22👍18🔥8🤩7⚡3🐳2❤‍🔥1
📍Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar o‘quvchilari o‘rtasida “Zakovat” musobaqasining hududiy saralash bosqichi bo‘lib o‘tadigan manzillar

🗓 Hududiy saralash bosqichi o‘yini ertaga barcha hududlarda soat 09:00 da boshlanadi.

Telegram
I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥21❤18👍1👏1
👨‍🏫 13-apreldan umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida “Zakovat” musobaqasi boshlanadi!

🎒 Shu yilning 13-aprelidan 17-apreligacha har kuni butun respublika hududida musobaqaning tuman (shahar) bosqichi bo‘lib o‘tadi (o‘yinlar taqvimi ilova qilinadi).

📄 Tuman (shahar) bosqichida qatnashadigan jamoalar o‘yinga o‘zlari bilan maxsus shakldagi arizani to‘ldirgan holda olib borishlari talab etiladi (ariza shakli ilova qilinadi).

🔝3️⃣ Tuman (shahar) bosqichida dastlabki uchta o‘rinni egallagan jamoalar hududiy bosqichda ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritadi. Hududiy bosqichda dastlabki uchta o‘rinni egallagan jamoalar respublika bosqichida ishtirok etadi.

❓ Musobaqaning tuman (shahar) va hududiy bosqichlari jami 30 ta savoldan iborat bo‘lgan uch turda o‘tkaziladi. Muayyan tumandagi barcha maktab jamoalari bilan bir vaqtda va bir joyda o‘yin o‘tkazish imkoniyati bo‘lmaganda ushbu tumandagi jamoalar bir necha qismga bo‘lgan holda saralashdan o‘tkaziladi.

4️⃣8️⃣ Musobaqaning respublika bosqichi jami 48 ta savoldan iborat bo‘lgan to‘rt turda o‘tkaziladi.

🎁 Turnirning respublika bosqichida dastlabki uchta o‘rinni egallagan jamoalar a’zolari oliy ta’lim muassasalariga bazaviy to‘lov kontrakt asosida imtihon sinovlarisiz qabul qilinadi. Shuningdek, ularning har biriga bir o‘quv yili davomida har oy “Zakovat” stipendiyasi to‘lab boriladi.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤10👍5🔥5👏4❤‍🔥1⚡1🕊1
ARIZA namunasi.pdf
130.8 KB
Umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida “Zakovat” musobaqasining tuman (shahar) bosqichida qatnashadigan jamoalar taqdim etadigan ariza shakli

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
❤11🔥5👍4👏3
Viloyatlar saralash vaqti.pdf
204.2 KB
🗓 Umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida “Zakovat” musobaqasining tuman (shahar) bosqichi taqvimi

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤10👍4🔥3🐳1
Umumiy_o‘rta_ta’lim_maktablari_o‘quvchilari_o‘rtasida_“Zakovat”.pdf
10.8 MB
📄 Umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida Zakovat musobaqasini o‘tkazish tartibi

✅ Qatnashchilardan musobaqani o‘tkazish tartibi bilan tanishib chiqish so‘raladi.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
❤16👍6🔥2⚡1
🏆 Mahallalardagi ijtimoiy xodimlar va “ijtimoiy ish” yo‘nalishi talabalari o‘rtasida “Zakovat” musobaqasi o‘tkazildi

✅ “Butunjahon ijtimoiy ish kuni” munosabati bilan o‘tkazilayotgan “Ijtimoiy ish oyligi” doirasida Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamda “Zakovat” klubi hamkorligida mahallalardagi ijtimoiy xodimlar hamda oliy ta’lim muassasalarining “ijtimoiy ish” ta’lim yo‘nalishi talabalari o‘rtasida “Zakovat” o‘yini tashkil etildi.

🤝 Musobaqa o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash, nazariy bilimlar bilan amaliy ko‘nikmalar uyg‘unligini ta’minlash maqsadida o‘tkazildi.

💪 Unda ijtimoiy xodimlardan tashkil topgan 14 ta jamoa hamda talabalardan tashkil topgan 15 ta (jami 29 ta) jamoa ishtirok etdi.

Do‘stona raqobat ruhida kechgan o‘yin yakunida quyidagi jamoalar g‘olib va sovrindorlar qatoridan o‘rin oldi:

🥇1-o‘rin: Farg‘ona viloyati ijtimoiy xodimlar jamoasi;
🥈2-o‘rin: Samarqand viloyati ijtimoiy xodimlar jamoasi;
🥉3-o‘rin: Namangan viloyati ijtimoiy xodimlar jamoasi.

💻 Mazkur jamoalar Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

🏆1-o‘rinni egallagan farg‘onalik xodimlar jamoasiga maxsus kubok topshirildi.

🎓 Shuningdek, Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining “ijtimoiy ish” ta’lim yo‘nalishi talabalari jamoasi talabalar jamoalari orasida eng yuqori natijani qayd etdi.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤19👍9🔥5👏3🕊1