Zakovat intellektual klubi
31.6K subscribers
13K photos
2.01K videos
138 files
6.79K links
RASMIY KANAL. "Zakovat" Intellektual klubiga oid yangiliklar, qiziqarli savollar, turli tanlovlar oʻtkazishga moʻljallangan.

Barcha videolar:
youtube.com/c/ZAKOVATTV

Sayt: zakovatklubi.uz
Download Telegram
🏆 Mahallalardagi ijtimoiy xodimlar va “ijtimoiy ish” yo‘nalishi talabalari o‘rtasida “Zakovat” musobaqasi o‘tkazildi

✅ “Butunjahon ijtimoiy ish kuni” munosabati bilan o‘tkazilayotgan “Ijtimoiy ish oyligi” doirasida Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamda “Zakovat” klubi hamkorligida mahallalardagi ijtimoiy xodimlar hamda oliy ta’lim muassasalarining “ijtimoiy ish” ta’lim yo‘nalishi talabalari o‘rtasida “Zakovat” o‘yini tashkil etildi.

🤝 Musobaqa o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash, nazariy bilimlar bilan amaliy ko‘nikmalar uyg‘unligini ta’minlash maqsadida o‘tkazildi.

💪 Unda ijtimoiy xodimlardan tashkil topgan 14 ta jamoa hamda talabalardan tashkil topgan 15 ta (jami 29 ta) jamoa ishtirok etdi.

Do‘stona raqobat ruhida kechgan o‘yin yakunida quyidagi jamoalar g‘olib va sovrindorlar qatoridan o‘rin oldi:

🥇1-o‘rin: Farg‘ona viloyati ijtimoiy xodimlar jamoasi;
🥈2-o‘rin: Samarqand viloyati ijtimoiy xodimlar jamoasi;
🥉3-o‘rin: Namangan viloyati ijtimoiy xodimlar jamoasi.

💻 Mazkur jamoalar Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

🏆1-o‘rinni egallagan farg‘onalik xodimlar jamoasiga maxsus kubok topshirildi.

🎓 Shuningdek, Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining “ijtimoiy ish” ta’lim yo‘nalishi talabalari jamoasi talabalar jamoalari orasida eng yuqori natijani qayd etdi.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤19👍9🔥5👏3🕊1
📷 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar o‘quvchilari o‘rtasida “Zakovat” musobaqasining hududiy bosqichidan lavhalar

Saralash bosqich o‘yinlari respublikamizning barcha hududlarida bo‘lib o‘tmoqda. Ushbu bosqich yakunida har bir hududdan eng yuqori o‘rinni egallagan 3 tadan jamoa respublika bosqichiga chiqadi.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤20👍12🔥8
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🥰 Bugun, soat 22:22 da “Milliy” telekanalida “Zakovat” teleo‘yini bahorgi mavsumning ilk o‘yini efirga uzatiladi!

🤵🏻‍♂️ Mavsumning birinchi o‘yinida Bahodir Anorov jamoasi ishtirok etadi!

Ko‘rsatuv homiysi - 🏦 “Agrobank” aksiyadorlik tijorat banki.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍23🔥18❤13👏5❤‍🔥3
🏆 OTM jamoalari o‘rtasida “Zakovat” musobaqasi o‘tkazildi!

🏆 Iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash “Ulug‘bek” jamg‘armasi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi Toshkent shahar boshqarmasi hamda “Zakovat” klubi hamkorligida davlat va nodavlat oliy ta’lim muassasalari talabalaridan tuzilgan jamoalar o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi.

Musobaqada 41 ta oliy ta’lim muassasalarining jamoalari g‘oliblik uchun o‘zaro bahs olib bordi.

Qizg‘in kurashlarga boy o‘tgan o‘yin natijalariga ko‘ra, quyidagi jamoalar sovrinli o‘rinlarni egalladi:

🥇1-o‘rin: O‘zbekiston milliy universiteti jamoasi - 9 mln so‘m
🥈2-o‘rin: University of science and technology jamoasi - 7,5 mln so‘m
🥉3-o‘rin: Toshkent davlat tibbiyot universiteti jamoasi - 6 mln so‘m

💰Mazkur jamoalar egallagan o‘rniga mos ravishda quyidagi miqdordagi pul mukofotlari bilan taqdirlandi:

1-o‘rin: 9 mln so‘m
2-o‘rin: 7,5 mln so‘m
3-o‘rin: 6 mln so‘m

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤29👍13😎5🔥2