Zakovat intellektual klubi
31.6K subscribers
13K photos
2.01K videos
138 files
6.79K links
RASMIY KANAL. "Zakovat" Intellektual klubiga oid yangiliklar, qiziqarli savollar, turli tanlovlar oʻtkazishga moʻljallangan.

Barcha videolar:
youtube.com/c/ZAKOVATTV

Sayt: zakovatklubi.uz
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎞 O‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalari o‘quvchilari o‘rtasida “Zakovat” musobaqasining Toshkent shahri va Toshkent viloyati hududiy bosqichi o‘yinidan videorolik

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤22👍4🕊2👏1🤩1
📸 Umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasidagi Zakovat musobaqasi tuman (shahar) bosqichining 3-kunidan lavhalar

✅ Bugun maktab o‘quvchilari o‘rtasidagi “Zakovat” musobaqasi tuman (shahar) bosqichining 3-kuni bo‘lib o‘tdi.

🔝 Musobaqaning 3-kunida yurtimizning turli hududlaridagi jami 43 ta tuman (shahar)da saralash o‘yinlari o‘tkazildi. Har bir tuman (shahar)dan eng yuqori o‘rinni egallagan 3 tadan jamoa musobaqaning hududiy bosqichiga yo‘l oldi.

3️⃣ Ertaga tuman (shahar) bosqichi o‘yinlarining 4-kuni bo‘lib o‘tadi.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤18🔥4❤‍🔥3👏2⚡1
Zakovat intellektual klubi
❗️O‘quvchilar, Talaba-o‘quvchilar, hamda Talabalar ligasi ishtirokchilari diqqatiga! Ayni kunlarda “Zakovat intellektual klubi” NNT tomonidan butun respublikamiz bo‘ylab Umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida “Zakovat” musobaqasining tuman…
❗️Eslatib o‘tamiz, bugun O‘quvchilar, Talaba-o‘quvchilar, hamda Talabalar ligasi o‘yinlari o‘tkazilmaydi

Ayni kunlarda “Zakovat intellektual klubi” NNT tomonidan butun respublikamiz bo‘ylab Umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida “Zakovat” musobaqasining tuman (shahar) bosqichi o‘tkazilayotgani sababli ligalarning bugungi o‘yini boshqa sanaga qoldirildi.

Ligalarning keyingi tur o‘yini qachon bo‘lishi haqida keyinroq xabar beriladi.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤19🫡6👍2⚡1🐳1
🎓 Talabalar o‘rtasida Intellektual haftalik o‘tkaziladi!

🔜 Talabalarimiz uzoq kutgan musobaqa - Intellektual haftalikka oz fursat qoldi.

🏆 Unda talabalar “Zakovat”, “Breyn-ring”, “Shaxsiy o‘yin” va “Zakovat Quiz” bo‘yicha o‘zaro bellashadilar.

📄 Intellektual haftalikda qatnashish uchun yo‘nalishidan qat’i nazar, O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan barcha oliy ta’lim tashkilotlari ariza topshirishi mumkin.

7️⃣ Intellektual haftalikda har bir OTMdan 7 nafar talaba va bir nafar murabbiy ishtirok etadi.

📝 Intellektual haftalikda ishtirok etish uchun ariza “Zakovat intellektual klubi” NNT nomiga, olimpiada@zakovat.tv elektron pochta manziliga OTM rektori tomonidan imzolangan va muhr bilan tasdiqlangan holda elektron shaklda (PDF formatida) yuborilishi lozim. Arizalar 30-aprel kuni soat 23:59 gacha qabul qilinadi.

🕸 Shuningdek, musobaqada ishtirok etish uchun zakovatklubi.uz saytidan jamoaviy ro‘yxatdan o‘tish ham talab qilinadi.

ℹ️ Intellektual haftalikning hududiy saralash bosqichi sanasi keyinroq e’lon qilinadi.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤7👏6🔥2🥰2⚡1
Intellektual haftalik 2026 nizomi.pdf
14.4 MB
📄 Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida o‘tkaziladigan Intellektual haftalik nizomi

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
👏8👍2🔥2⚡1
Zakovat intellektual klubi
Intellektual haftalik 2026 nizomi.pdf
Intellektual haftalik nizomiga ko‘ra, musobaqada jamoalar tarkibini shakllantirishga oid bir qator muhim qoidalar belgilangan bo‘lib, quyida ular bilan tanishtirib o‘tamiz.

Avvalo, o’tgan yillarda mavjud bo’lgan barcha qoidalar saqlanib qolgan. Jumladan, avvalgi musobaqalardagi quyidagi talablarni yana bir bor eslatib o’tamiz:

1️⃣ Yangi bilimdonlarni kashf qilish, oliy ta’lim muassasalarida intellektual to‘garaklar faoliyatini rivojlantirish, talabalar orasida bilim bo‘yicha seleksiya ishlarini tizimli yo‘lga qo‘yish maqsadida ikkinchi mutaxassislik, shuningdek, ikkinchi yoki undan ko‘p marotaba bakalavr yoki magistratura bosqichida o‘qiyotgan talabalarga Intellektual haftalikda ishtirok etishga ruxsat berilmaydi;

2️⃣ Intellektual haftalikda ishtirok etuvchi oliy ta’lim muassasasi arizasida faqat bir nafar professional bilimdon bo‘lishiga ruxsat etiladi. Ikki va undan ortiq professional bilimdonlarning musobaqada ishtirok etishiga ruxsat berilmaydi;

3️⃣ “Professional bilimdon” deganda quyidagi xususiyatlarga to‘g‘ri keladigan bilimdonlar tushuniladi:

➖Toshkent shahridagi “Zakovat” intellektual klubining Professional ligasining 2025-yil bahor, yoz, kuz, qish mavsumlari ishtirokchi jamoalaridan birining a’zosi bo‘lgan talabalar;

➖Respublika hududlaridagi “Zakovat” intellektual klublarida 2025-yil bahor, yoz, kuz, qish mavsumi “Zakovat” o‘yini Professional ligalarida 1-, 2- va 3-o‘rinni qo‘lga kiritgan jamoalardan birining a’zosi bo‘lgan talabalar;

➖“Zakovat” teleko‘rsatuvining mavsumiy bahslarida (shou o‘yinlar bundan mustasno) 2026-yil bahor mavsumidan hisoblaganda oxirgi uch yil mobaynida bilimdon sifatida ishtirok etgan talabalar.

🆕 Shuningdek, joriy yildan boshlab, Nizomga yana quyidagi o’zgarishlar ham kiritildi:

4️⃣ Intellektual haftalikda oliy ta’lim muassasasining ayni paytdagi talabasi bo‘lmagan, xususan, akademik ta’tilga chiqqan, belgilangan tartibda kursdan kursga o‘tkazilmagan (kursdan qoldirilgan) yoki ta’lim muassasasidan chetlashtirilgan (o‘qishdan haydalgan) shaxslarning ishtirok etishiga yo‘l qo‘yilmaydi;

5️⃣ Magistratura bosqichida tahsil olayotgan talabalar turli yillarda o‘tkaziladigan Intellektual haftalik musobaqalarida faqat bir (1) marotaba ishtirok etish huquqiga ega bo‘lib, ularning qayta ishtirok etishiga ruxsat berilmaydi;

6️⃣ Bakalavriat bosqichi talabalari uchun ishtirok etish huquqi turli yillarda o‘tkaziladigan Intellektual haftalik musobaqalarida har bir o‘quv kursi kesimida bir (1) marotaba bilan cheklanadi. Bunda talaba keyingi kursga o‘tgan taqdirda, navbatdagi kurs doirasida yana bir bor ishtirok etish huquqiga ega hisoblanadi.

ℹ️ Mazkur bandlarda nazarda tutilgan ishtirok etish cheklovlari avvalgi yillarda tashkil etilgan Intellektual haftaliklar doirasida talabalarning ishtirok etganlik holatlari inobatga olingan holda qo‘llaniladi.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
❤15👏15👍9🔥4🐳3⚡1
🏆 O‘quvchilar ligasi 2025/26-o‘quv yili bahorgi mavsumi 2-turidan keyingi reyting jadvali

2-turda jamoalar egallagan o‘rni va qo‘lga kiritgan ballarini, shuningdek umumiy jadvalning qolgan qismini ko‘rmoqchi bo‘lsangiz, ushbu havola ustiga bosing.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥2👏1
🏆 Talaba-o‘quvchilar ligasi 2025/26-o‘quv yili bahorgi mavsumi 2-turidan keyingi reyting jadvali

2-turda jamoalar egallagan o‘rni va qo‘lga kiritgan ballarini, shuningdek umumiy jadvalning qolgan qismini ko‘rmoqchi bo‘lsangiz, ushbu havola ustiga bosing

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤3⚡1
🏆 Talabalar ligasi 2025/26-o‘quv yili bahorgi mavsumi 3-turidan keyingi reyting jadvali

3-turda jamoalar egallagan o‘rni va qo‘lga kiritgan ballarini, shuningdek umumiy jadvalning qolgan qismini ko‘rmoqchi bo‘lsangiz, ushbu havola ustiga bosing.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤9🔥4👍1