Zakovat intellektual klubi
31.6K subscribers
13K photos
2.01K videos
138 files
6.79K links
RASMIY KANAL. "Zakovat" Intellektual klubiga oid yangiliklar, qiziqarli savollar, turli tanlovlar oʻtkazishga moʻljallangan.

Barcha videolar:
youtube.com/c/ZAKOVATTV

Sayt: zakovatklubi.uz
Download Telegram
Forwarded from ZAKOVAT FOTOGALEREYASI
🏆 Umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasidagi “Zakovat” musobaqasi fotosuratlari

➖ @zakovat_photo ➖
❤29🔥3👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📹 Umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasidagi “Zakovat” musobaqasidan videorolik

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥24⚡15❤3❤‍🔥3👍3💯1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
👦🏻 Eng yosh jamoa

Umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasidagi “Zakovat” musobaqasiga Surxondaryodan kelgan Qumqo‘rg‘on tumanidagi 82-sonli maktab jamoasi ishtirokchilarining o‘rtacha yoshi bo‘yicha eng yosh jamoa bo‘ldi. Jamoa a'zolarining uch nafari 6-sinf, bir nafari 7-sinf o‘quvchilari.

👏🏻 Bunday yosh tarkib bilan respublika bosqichiga yetib kelishning o‘zi katta muvaffaqiyat.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
🔥53❤25👍15👏5⚡2
🌱 “Zakovat” teleo‘yini bahorgi mavsumining beshinchi o‘yini - Xudoberdi Ergashev jamoasi ishtirokidagi bahsning to‘liq videosi YouTube’dagi rasmiy kanalimizga joylandi.

😎 O‘yinni ko‘rish

Ko‘rsatuv homiysi - 🏦 “Agrobank” aksiyadorlik tijorat banki.

Texnologik hamkor -
🔥 “Yandex Uzbekistan”.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍12🔥8❤‍🔥4❤3🎉1🐳1
Forwarded from ZAMON | RASMIY
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
09:00  05.05.2026

“Zakovat”da oʻquvchilar bilimlari sinovdan oʻtkazildi

#Toshkent

muxbir: Diyora G’aniyeva

https://t.me/zamon_lavhalar
❤9⚡3🔥3🤩2
🏆 Ertaga Talabalar ligasi bahorgi mavsumining 5-turi bo‘lib o‘tadi!

Ertaga, 7-may,
payshanba kuni soat 17:00da Talabalar ligasi 2025/26-o‘quv yili bahorgi mavsumining 5-tur o‘yini boshlanadi.

Ligada qatnashuvchi jamoa a’zolarining barchasi bir OTMning talabalari bo‘lishi lozim.

Talabalar ligasida jamoalar ushbu havola orqali o‘zi ishtirok etadigan hududni tanlab ro‘yxatdan o‘tadi.

Liganing Toshkent shahridagi o‘yinlari Zakovat arena binosida o‘tkaziladi.

Hududlardagi o‘yinlarda qatnashmoqchi bo‘lgan talabalar qo‘shimcha ma’lumot uchun “Zakovat” klubining tegishli hududiy koordinatori bilan bog‘lanishlari mumkin. Hududiy koordinatorlar kontaktlarini ushbu havoladan olish mumkin.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤4
🏆🏆 Ertaga O‘quvchilar va Talaba-o‘quvchilar ligasi bahorgi mavsumining 4-turi bo‘lib o‘tadi!

Ertaga, 7-may, payshanba kuni
soat 15:00da O‘quvchilar va Talaba-o‘quvchilar ligasi 2025/26-o‘quv yili bahorgi mavsumining 4-tur o‘yini boshlanadi!

Ligada qatnashuvchi jamoa a’zolarining barchasi bir o‘quv muassasasi o‘quvchilari bo‘lishi lozim.

Ligalarning Toshkent shahridagi o‘yinlari Zakovat arena binosida o‘tkaziladi.

O‘quvchilar ligasida jamoalar ushbu havola orqali o‘zi ishtirok etadigan hududni tanlab ro‘yxatdan o‘tadi.

Talaba-o‘quvchilar ligasida jamoalar ushbu havola orqali o‘zi ishtirok etadigan hududni tanlab ro‘yxatdan o‘tadi.

Hududlardagi o‘yinlarda qatnashmoqchi bo‘lgan o‘quvchilar qo‘shimcha ma’lumot uchun “Zakovat” klubining tegishli hududiy koordinatori bilan bog‘lanishlari mumkin. Hududiy koordinatorlar kontaktlarini ushbu havoladan olish mumkin.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤5
📄 Intellektual haftalik uchun ro‘yxatdan o‘tgan jamoalar

Intellektual haftalikda ishtirok etish uchun 127 ta oliy ta’lim muassasasining terma jamoalari ro‘yxatdan o‘tdi.

Musobaqa nizomiga ko‘ra, 50 tadan oshiq OTM ishtirok etish istagini bildirsa, ular o‘rtasida hududiy saralash bosqichi o‘tkazilishi va mos nisbatda kvotalar tayinlanishi belgilangan. Shu sababli, ushbu jamoalar o‘rtasida hududiy saralash bosqichi bo‘lib o‘tadi.

🗓 Hududiy saralash bosqichi o‘yini 13-may kuni bo‘lib o‘tadi.

*Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti jamoasi ariza jo‘natganiga qaramay, texnik sabablarga yetib kelmay qolgani sababli Tashkiliy guruh ushbu jamoaning arizasini tekshirib chiqib, mazkur jamoani ham saralash bosqichida qatnashadigan jamoalar ro‘yxatiga qo‘shdi.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤14🔥10🥰1
Forwarded from Zakovat: Xorazm
🏆 G'OLIBLAR MUNOSIB KUTIB OLINDI!

🚂 5 - may kuni Urganch shahridagi temiryo'l vokzalida umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasidagi “Zakovat” musobaqasining respublika bosqichi sovrindori bo'lgan Qo‘shko‘pir tumanidagi 1-sonli AFCHO‘SMUO‘TMI jamoasi munosib kutib olindi.

➡️G‘olib jamoani viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi mas’ullari, "Zakovat intellektual klubi" NNT xodimlari, ustozlar, ota-onalar hamda yoshlar iliq va ko‘tarinki kayfiyatda kutib oldilar.

🎵 Karnay-surnay sadolari ostida boshlangan kutib olish marosimidan keyin, mas'ullar va ota-onalar g'oliblarga o'z minnardorchiliklarini bildirishdi va kelgusidagi o'qish va ishlariga omadlar tilashdi.

➡️ Kutib olish tadbiri maktab-internatida davom ettirilib, unda g‘oliblar sharafiga samimiy tabriklar, ezgu tilaklar bildirildi.

🔺Eslatib o'tamiz ushbu musobaqada tuman bosqichidan boshlab respublikamiz bo‘ylab 60 mingga yaqin o‘quvchi hamda 8 mingdan oshiq maktablar jamoalari ishtirok etishdi. Tuman (shahar) va hududiy bosqichlardan o‘tib kelgan eng sara 42 ta maktab jamoasi respublika bosqichida g‘olib va sovrindorlarini aniqlash maqsadida o‘zaro kuch sinashdi.

🏅USHBU bahsda sovrindor bo'lgan Qo‘shko‘pir tumanidagi 1-sonli AFCHO‘SMUO‘TMI jamoasi ham qiyin yo'lni bosib o'tgan edi.
Ushbu maktab jamoasi 2022-2026-yillar davomida 5 karra Qo'shko'pir tumani g'olibi, 3 karra Xorazm viloyati g'olibi bo'lib respublika bosqichida qatnashgan. Endi jamoa o'z kolleksiyasiga Respublikadagi sovrindorlikni ham qo'shib qo'ydi!

💻 Mazkur jamoaning har bir a’zosiga “Zakovat” klubi tomonidan qimmatbaho noutbuklar sovg‘a qilindi!

🎓 Endilikda ushbu jamoa a’zolari oliy ta’lim muassasalariga bazaviy to‘lov-kontrakt asosida imtihon sinovlarisiz qabul qilinadi.

💵 Shuningdek, ularning har biriga bir o‘quv yili davomida har oy “Zakovat” stipendiyasi to‘lab boriladi!

👏 Viloyatimiz jamoasini yana bir bora tabriklaymiz!

🏆 "Zakovat intellektual klubi" NNT Xorazm viloyati Zakovat klubi rasmiy kanal:  @Xorazm_ZakovatNNT🏆
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍17❤14👏7