Zakovat intellektual klubi
31.7K subscribers
12.9K photos
2.01K videos
137 files
6.78K links
RASMIY KANAL. "Zakovat" Intellektual klubiga oid yangiliklar, qiziqarli savollar, turli tanlovlar oʻtkazishga moʻljallangan.

Barcha videolar:
youtube.com/c/ZAKOVATTV

Sayt: zakovatklubi.uz
Download Telegram
🏆 Giyohvandlikka qarshi kurаsh xalqaro kuniga bag‘ishlangan “Zakovat” o‘yini bo‘lib o‘tadi!

9️⃣0️⃣ O‘yin “Dolzarb 90 kun” tashabbusi doirasida tashkil etiladi.

🗓 Musobaqa 11-iyun kuni, ikki xil toifa ishtirokchilar - o‘quvchilar va talabalar o‘rtasida alohida o‘yinlar bilan o‘tkaziladi.

Xususan, 11-iyun kuni:
1️⃣ soat 11:00 da Umumiy o‘rta ta'lim maktablari, Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar, o‘rta maxsus va kasbiy ta'lim muassasalari o‘quvchilaridan tuzilgan jamoalar;
2️⃣ soat 15:00 da talabalardan tuzilgan jamoalar o‘rtasida o‘yin bo‘lib o‘tadi.

🆓 Jamoalar tarkibi ixtiyoriy tarzda shakllantirilishi mumkin.

✍️ Musobaqada qatnashmoqchi bo‘lgan jamoalar zakovatklubi.uz platformasi orqali 10-iyun kuni soat 23:59 gacha o‘ziga tegishli bo‘lgan hudud va o‘yinni tanlab ro‘yxatdan o‘tishi lozim.

❓ Musobaqa doirasidagi ikkala o‘yinda ham 2 ta tur davomida 12 tadan jami 24 ta savol o‘ynaladi.

📍 Musobaqaning Toshkent shahridagi o‘yinlari Zakovat arena binosida o‘tkaziladi.

ℹ️ Hududlardagi o‘yinlarda qatnashmoqchi bo‘lgan ishtirokchilar qo‘shimcha ma'lumot uchun “Zakovat intellektual klubi” NNTning tegishli hududiy koordinatori bilan bog‘lanishlari mumkin. Hududiy koordinatorlar kontaktlarini ushbu havoladan olish mumkin.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍16❤8🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Futbolsevar zakovatchilarimiz uchun ajoyib yangilik!

⚽ Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasining jahon chempionatidagi o‘yinlari Zakovat arenada translyatsiya qilinadi!

💚 “Zakovat” klubi a'zolari uchun milliy terma jamoamizning 18-, 23- va 28-iyun kunlari bo‘lib o‘tadigan guruh bosqichi o‘yinlarini jonli efirda namoyish etamiz!

🗓 Translyatsiya vaqtlari:

🇺🇿O‘zbekiston - 🇨🇴Kolumbiya o‘yini 18-iyun kuni soat 07:00 da 📣
🇺🇿O‘zbekiston - 🇵🇹Portugaliya o‘yini 23-iyun kuni soat 22:00 da ⚽️
🇺🇿O‘zbekiston - 🇨🇩Kongo DR o‘yini 28-iyun kuni soat 04:30 da 😗

🇺🇿 Hurmatli klubdoshlar, jamoamizni birgalikda qo‘llab-quvvatlash uchun barchangizni Zakovat arenaga taklif etamiz!

📺 Translyatsiya hamkori - 📺“ZO‘R TV” telekanali.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤32⚡24👍5🔥4❤‍🔥1🤩1
📷 Giyohvandlikka qarshi kurаsh xalqaro kuniga bag‘ishlangan o‘quvchilar o‘rtasidagi “Zakovat” o‘yinidan lavhalar

“Dolzarb 90 kun” tashabbusi doirasida o‘tkazilayotgan musobaqa ayni vaqtda respublikamizning barcha hududida bo‘lib o‘tmoqda.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥10❤8🤩3❤‍🔥1⚡1
🏆 Giyohvandlikka qarshi kurаsh xalqaro kuni munosabati bilan o‘quvchilar va talabalar o‘rtasida “Zakovat” o‘yini o‘tkazildi

9️⃣0️⃣ Giyohvandlikka qarshi kurаsh xalqaro kuniga bag‘ishlab, “Dolzarb 90 kun” tashabbusi doirasida o‘quvchilar va talabalar o‘rtasida “Zakovat” o‘yini o‘tkazildi.

🔥 Bugun soat 11:00 da o‘quvchilar, soat 15:00 da talabalar ishtirokida respublikamizning barcha hududlarida o‘yinlar o‘tkazildi.

📹 Shuningdek, barcha hududlarda har ikki musobaqa ishtirokchilarini giyohvandlik va psixotrop moddalarga qarshi kurashga targ‘ib qiluvchi ijtimoiy videoroliklar namoyish etildi.

🎫 Barcha hududlardagi o‘yinlarda g‘olib bo‘lgan jamoalarga hamkorlarimiz tomonidan ajratilgan 😊 “Mutolaa”, 🤩 “UstozAI” hamda ♟“UzChess” loyihalarining premium obuna vaucherlari topshirildi.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤11❤‍🔥2👍2🥰1
Ⓜ Metropoliten xodimlari o‘rtasida “Zakovat” musobaqasi bo‘lib o‘tdi!

🚇 “Toshkent metropoliteni” DUK tomonidan yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish yuzasidan chora-tadbirlar dasturiga muvofiq, yoshlarning bilimlari va mantiqiy fikrlash ko‘nikmalari oshirish hamda intellektual o‘yinlarga keng jalb qilish maqsadida “Zakovat” o‘yini bo‘yicha “Yoshlar kubogi” musobaqasi o‘tkazildi.

1️⃣7️⃣ Musobaqa “Toshkent metropoliteni” DUKning yosh va iqtidorli xodimlari o‘rtasida bo‘lib o‘tdi. Unda tizimdagi depo va xizmatlar xodimlaridan tashkil topgan 17 ta jamoa ishtirok etib, o‘z bilim va salohiyatlarini sinovdan o‘tkazdi.

🏅 Qiziqarli va murosasiz bahslarga boy o‘tgan musobaqa yakunlariga ko‘ra quyidagi jamoalar sovrinli o‘rinlarni egalladi:

🥇 1-o‘rin: “Harakat” xizmatining “Renessans” jamoasi
🥈 2-o‘rin: “Elektr ta’minoti” xizmatining “Yosh energetiklar” jamoasi
🥉 3-o‘rin: “Elektromexanika” xizmatining “Tafakkur” jamoasi.

💰Mazkur jamoalar quyidagi miqdordagi pul mukofotlari bilan taqdirlandi:

1-o‘rin: 7 mln so‘m
2-o‘rin: 6 mln so‘m
3-o‘rin: 5 mln so‘m

🏆 Shuningdek, 1-o‘rinni egallagan “Renessans” jamoasiga maxsus kubok topshirildi.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤14🔥3👍2