Zakovat intellektual klubi
31.7K subscribers
12.9K photos
2.01K videos
137 files
6.78K links
RASMIY KANAL. "Zakovat" Intellektual klubiga oid yangiliklar, qiziqarli savollar, turli tanlovlar oʻtkazishga moʻljallangan.

Barcha videolar:
youtube.com/c/ZAKOVATTV

Sayt: zakovatklubi.uz
Download Telegram
🏆 Giyohvandlikka qarshi kurаsh xalqaro kuni munosabati bilan o‘quvchilar va talabalar o‘rtasida “Zakovat” o‘yini o‘tkazildi

9️⃣0️⃣ Giyohvandlikka qarshi kurаsh xalqaro kuniga bag‘ishlab, “Dolzarb 90 kun” tashabbusi doirasida o‘quvchilar va talabalar o‘rtasida “Zakovat” o‘yini o‘tkazildi.

🔥 Bugun soat 11:00 da o‘quvchilar, soat 15:00 da talabalar ishtirokida respublikamizning barcha hududlarida o‘yinlar o‘tkazildi.

📹 Shuningdek, barcha hududlarda har ikki musobaqa ishtirokchilarini giyohvandlik va psixotrop moddalarga qarshi kurashga targ‘ib qiluvchi ijtimoiy videoroliklar namoyish etildi.

🎫 Barcha hududlardagi o‘yinlarda g‘olib bo‘lgan jamoalarga hamkorlarimiz tomonidan ajratilgan 😊 “Mutolaa”, 🤩 “UstozAI” hamda ♟“UzChess” loyihalarining premium obuna vaucherlari topshirildi.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤11❤‍🔥2👍2🥰1
Ⓜ Metropoliten xodimlari o‘rtasida “Zakovat” musobaqasi bo‘lib o‘tdi!

🚇 “Toshkent metropoliteni” DUK tomonidan yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish yuzasidan chora-tadbirlar dasturiga muvofiq, yoshlarning bilimlari va mantiqiy fikrlash ko‘nikmalari oshirish hamda intellektual o‘yinlarga keng jalb qilish maqsadida “Zakovat” o‘yini bo‘yicha “Yoshlar kubogi” musobaqasi o‘tkazildi.

1️⃣7️⃣ Musobaqa “Toshkent metropoliteni” DUKning yosh va iqtidorli xodimlari o‘rtasida bo‘lib o‘tdi. Unda tizimdagi depo va xizmatlar xodimlaridan tashkil topgan 17 ta jamoa ishtirok etib, o‘z bilim va salohiyatlarini sinovdan o‘tkazdi.

🏅 Qiziqarli va murosasiz bahslarga boy o‘tgan musobaqa yakunlariga ko‘ra quyidagi jamoalar sovrinli o‘rinlarni egalladi:

🥇 1-o‘rin: “Harakat” xizmatining “Renessans” jamoasi
🥈 2-o‘rin: “Elektr ta’minoti” xizmatining “Yosh energetiklar” jamoasi
🥉 3-o‘rin: “Elektromexanika” xizmatining “Tafakkur” jamoasi.

💰Mazkur jamoalar quyidagi miqdordagi pul mukofotlari bilan taqdirlandi:

1-o‘rin: 7 mln so‘m
2-o‘rin: 6 mln so‘m
3-o‘rin: 5 mln so‘m

🏆 Shuningdek, 1-o‘rinni egallagan “Renessans” jamoasiga maxsus kubok topshirildi.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤14🔥3👍2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🌞 Ertaga, soat 22:22 da “Milliy” telekanalida Muhammadamin Karimjonov jamoasi yozgi mavsumning birinchi o‘yinida ishtirok etadi.

Ko‘rsatuv homiysi - 📗 “Agrobank” aksiyadorlik tijorat banki.

Texnologik hamkor - 🔥 “Yandex Uzbekistan”.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤩13👍12❤11🔥6👏3🕊3🐳2
Tuman jadval.pdf
1.7 MB
🖐 “Besh tashabbus” olimpiadasi doirasida Mahallalardagi yoshlar o‘rtasida “Zakovat” musobaqasining tuman (shahar) bosqichi bo‘lib o‘tadi!

📆 15-19-iyun kunlari musobaqaning tuman (shahar) bosqichi o‘yini o‘tkaziladi.

🔝  Tuman (shahar) bosqichida eng yuqori natija ko‘rsatgan 1 tadan jamoa musobaqaning hududiy bosqichiga yo‘l oladi.

ℹ️ Tuman (shahar) bosqichi taqvimi bilan ushbu postga biriktirilgan fayl orqali tanishishingiz mumkin.

📄 Jamoalar o‘yinga jamoa tarkibi ko‘rsatilgan, mahalla raisi tomonidan tasdiqlangan ariza bilan kelishlari talab etiladi. Ishtirokchilar jamoa arizasi hamda o‘yin bo‘lib o‘tadigan manzil bo‘yicha o‘z mahallasidagi yoshlar yetakchilariga murojaat qilishlari tavsiya etiladi.

💰 Eslatib o‘tamiz, musobaqaning respublika bosqichida 1-, 2- va 3-o‘rinni egallagan jamoalar 100, 60 va 40 mln so‘m miqdoridagi pul mukofotlari bilan taqdirlanadi!

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤8👍5🔥3👏1
Zakovat Besh tashabbus olimpiadasi nizomi.pdf
391.3 KB
🖐“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida mahalla yoshlari o‘rtasida o‘tkaziladigan “Zakovat” musobaqasining nizomi

Musobaqa vaqtidagi tushunmovchiliklarning oldini olish uchun nizomda belgilangan ayrim qoidalarni quyida yana bir bor eslatib o‘tamiz.

1⃣ Turnirda ishtirok etish uchun ariza topshirgan 7 nafardan iborat (6 nafar asosiy, 1 nafar zaxira) tarkibdagi O‘zbekistonda yashovchi, turnirning birinchi bosqichi boshlangan sanada 18 yoshga to‘lgan va 31 yoshga to‘lmagan yoshlar ishtirok etishi mumkin. Istisno tariqasida har bir mahalla jamoasida bir nafar professional bilimdon ishtirok etishiga ruxsat etiladi.

2⃣ Jamoa tarkibiga kiritilgan ishtirokchilarning haqiqatdan ayni shu mahallada doimiy ro‘yxatdan o‘tganligi (birinchi bosqich boshlangan sanaga qadar) va yashashi, mahalla ma’muriyati tomonidan kafolatlanishi lozim. Agar jamoa tarkibiga kiritilgan ishtirokchilardan biri ushbu mahallada istiqomat qilmasligi aniqlangan taqdirda, ushbu jamoa turnirdan chetlatiladi.

3⃣ Jamoa a'zolari tumirda ishtirok etishi uchun shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport, ID karta)ini bevosita tashkiliy qo‘mitaga ko‘rsatishi shart. Ushbu hujjat taqdim etilmasa, ishtirokchi turnirga qo‘yilmaydi.

4⃣ Turnir davomida jamoaning asosiy tarkibida ko‘pi bilan 6 nafar, kamida 5 nafar ishtirokchi qatnashishi mumkin, lekin jamoa tarkibi 4 nafar va undan kam ishtirokchidan iborat bo‘lgan taqdirda jamoa o‘yinda ishtirok etishiga ruxsat etilmaydi.

5⃣ Jamoalaring asosiy tarkibida bir paytda bir nafardan ortiq
professional bilimdonlar ishtirok etishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Professional bilimdon deganda, turnirning birinchi bosqichi boshlangan sanadan oxirgi 3 yil ichida “Zakovat” intellektual ko‘rsatuvining ekran o‘yinlarida hamda oxirgi bir yilda Toshkent shahri va hududlardagi Professional ligalarda ishtirok etgan bilimdonlar tushuniladi.

6⃣ Amalda o‘tkazilayotgan turnirdan oldingi yilda “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasidagi mahalla yoshlari o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yinining Respubiika bosqichida 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan jamoa a’zolariga turnirda ishtirokchi sifatida qatnashishlariga ruxsat berilmaydi.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤13👍4🔥2
🤵🏻‍♀️ Ayollar ligasi 6-turidan keyingi reyting jadvali

6-turda jamoalar egallagan o‘rni va qo‘lga kiritgan ballarini, shuningdek umumiy jadvalning qolgan qismini ko‘rmoqchi bo‘lsangiz, ushbu havola ustiga bosing.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
🔥12❤6🐳2👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🌞 Bugun, soat 22:22 da “Milliy” telekanalida Muhammadamin Karimjonov jamoasi yozgi mavsumning birinchi o‘yinida ishtirok etadi.

Ko‘rsatuv homiysi - 📗 “Agrobank” aksiyadorlik tijorat banki.

Texnologik hamkor - 🔥 “Yandex Uzbekistan”.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥14❤12🤩4👍1🥰1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
💻 Hozirgi zamonda ko‘plab sohalar zamonaviy texnologiyalar sababli yanada rivojlanmoqda.

🔥 Yurtimizda bunday ilg‘or texnologiyalarni yo‘lga qo‘yishda “Yandex Uzbekistan” kompaniyasi yetakchilardan biri bo‘lib kelmoqda. 

👩 Xususan, “Zakovat” teleo‘yinida ham “Yandex Uzbekistan” bilan hamkorlik doirasida sun'iy intellekt asosida ishlovchi Alisa ovozli yordamchisi ish boshladi.

🎙 O‘zbek tilida so‘zlaydigan Alisa “Zakovat” teleo‘yinida savollarning javobini o‘qish, boshlovchi va bilimdonlarni qiziqtirgan savollarga javob berish, ishtirokchilar va teletomoshabinlar uchun qiziqarli ma’lumotlarni taqdim etish kabi muhim vazifalarni bajarib kelmoqda.

☀️ “Zakovat” klubi yozgi mavsumda ham “Yandex Uzbekistan” bilan hamkorlikni davom ettiradi.

🤝 “Yandex Uzbekistan” - “Zakovat” teleo‘yinining texnologik hamkori.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤22⚡10👍8🤩1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🌞 Bugun, soat 22:22 da “Milliy” telekanalida Muhammadamin Karimjonov jamoasi yozgi mavsumning birinchi o‘yinida ishtirok etadi.

Ko‘rsatuv homiysi - 📗 “Agrobank” aksiyadorlik tijorat banki.

Texnologik hamkor - 🔥 “Yandex Uzbekistan”.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥21❤9🤩9
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📹 Giyohvandlikka qarshi kurаsh xalqaro kuni munosabati bilan o‘quvchilar va talabalar o‘rtasida o‘tkazilgan “Zakovat” o‘yinidan videorolik

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
❤11👍4🐳2