⛽️ “Hududgaztaʼminot” AJ xodimlari oʻrtasidagi “Zakovat” oʻyinining final bosqichi boʻlib oʻtdi🏆 “Hududgaztaʼminot” AJ tizimida “Zakovat” intellektual oʻyinini oʻtkazish soʻnggi yillarda ijobiy anʼanaga aylanib ulgurdi. Bunday bellashuvlar xodimlarning bilim doirasini kengaytirish, mantiqiy fikrlashini rivojlantirish, jamoaviy ishlash koʻnikmalarini mustahkamlashda beqiyos ahamiyat kasb etadi.
⚡️ 30-iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan “Hududgaztaʼminot” AJ va uning hududiy filiallaridagi ishchi-xodimlar oʻrtasida “Zakovat” musobaqasining final bosqichi oʻtkazildi. Unda hududiy saralash bosqichidagi mingdan ortiq ishchi-xodimlar orasidan ajralib chiqqan eng kuchli bilimdonlar g‘oliblik uchun hal qiluvchi bahsda ishtirok etdi.
🎤 Musobaqaga “Zakovat” klubi prezidenti Abdurasul Abdullayevning shaxsan boshlovchilik qilishi ishtirokchilarning qiziqishini yanada oshirdi.
❓O‘yinda o‘qilgan qiziqarli savollar orqali xodimlarning turli sohalarga oid bilimlari sinovdan oʻtkazildi.
🏅Murosasiz kechgan bahslardan keyin quyidagi jamoalar sovrinli o‘rinlarni egalladi:
🥇1-oʻrin:
“Hududgaztaʼminot” AJ Ijro apparati🥈2-oʻrin:
“Hududgaz Farg‘ona” GTF🥉3-oʻrin:
“Hududgaz Injiniring TSUK” MCHJ
🎁 Mazkur jamoalarga “Hududgaztaʼminot” AJ tomonidan maxsus kubok, medal va pul mukofotlari topshirildi.
Telegram I
Facebook I
Instagram I
YouTube I
TikTok