Zakovat intellektual klubi
31.8K subscribers
12.9K photos
2.01K videos
137 files
6.77K links
RASMIY KANAL. "Zakovat" Intellektual klubiga oid yangiliklar, qiziqarli savollar, turli tanlovlar oʻtkazishga moʻljallangan.

Barcha videolar:
youtube.com/c/ZAKOVATTV

Sayt: zakovatklubi.uz
Download Telegram
⛽️ “Hududgaztaʼminot” AJ xodimlari oʻrtasidagi “Zakovat” oʻyinining final bosqichi boʻlib oʻtdi

🏆 “Hududgaztaʼminot” AJ tizimida “Zakovat” intellektual oʻyinini oʻtkazish soʻnggi yillarda ijobiy anʼanaga aylanib ulgurdi. Bunday bellashuvlar xodimlarning bilim doirasini kengaytirish, mantiqiy fikrlashini rivojlantirish, jamoaviy ishlash koʻnikmalarini mustahkamlashda beqiyos ahamiyat kasb etadi.

⚡️ 30-iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan “Hududgaztaʼminot” AJ va uning hududiy filiallaridagi ishchi-xodimlar oʻrtasida “Zakovat” musobaqasining final bosqichi oʻtkazildi. Unda hududiy saralash bosqichidagi mingdan ortiq ishchi-xodimlar orasidan ajralib chiqqan eng kuchli bilimdonlar g‘oliblik uchun hal qiluvchi bahsda ishtirok etdi.
 
🎤 Musobaqaga “Zakovat” klubi prezidenti Abdurasul Abdullayevning shaxsan boshlovchilik qilishi ishtirokchilarning qiziqishini yanada oshirdi.

❓O‘yinda o‘qilgan qiziqarli savollar orqali xodimlarning turli sohalarga oid bilimlari sinovdan oʻtkazildi.

🏅Murosasiz kechgan bahslardan keyin quyidagi jamoalar sovrinli o‘rinlarni egalladi:

🥇1-oʻrin: “Hududgaztaʼminot” AJ Ijro apparati
🥈2-oʻrin: “Hududgaz Farg‘ona” GTF
🥉3-oʻrin: “Hududgaz Injiniring TSUK” MCHJ

🎁 Mazkur jamoalarga “Hududgaztaʼminot” AJ tomonidan maxsus kubok, medal va pul mukofotlari topshirildi.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍13❤6🔥5
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📹 OAV xodimlari o‘rtasida o‘tkazilgan “Zakovat” o‘yinidan videorolik

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤8🔥2❤‍🔥1
🎁 O‘quvchilar, Talaba-o‘quvchilar hamda Talabalar ligasi g‘oliblari taqdirlandi!

🏅 9 oy davomida o‘tkazilgan har uchala liganing 2025/26-o‘quv yili g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

💪 Ligalarda mos ravishda quyidagi jamoalar g‘alaba qozondi:

🏆 O‘quvchilar ligasi:

🥇1-o‘rin: “Lemniskata” (Ishtixon tumanidagi 48-maktab);
🥈2-o‘rin: “Junior” (Pop tumanidagi 67-maktab);
🥉3-o‘rin: Termiz shahridagi 9-maktab jamoasi.

🏆 Talaba-o‘quvchilar ligasi:

🥇1-o‘rin: Marhamat tumanidagi 1-sonli texnikum jamoasi;
🥈2-o‘rin: “Legist” (TDYU akademik litseyi);
🥉3-o‘rin: Dominator (IIV Farg‘ona akademik litseyi).

🏆 Talabalar ligasi:

🥇1-o‘rin: “Oybek va uning jamoasi” (O‘zMU);
🥈2-o‘rin: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti jamoasi;
🥉3-o‘rin: “USAT” (Fan va texnologiyalar universiteti).

🎁 G‘olib jamoalar planshet va diplomlar bilan taqdirlandi.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤22👍13🔥3⚡2🐳1