Zakovat intellektual klubi
31.8K subscribers
12.9K photos
2.01K videos
137 files
6.77K links
RASMIY KANAL. "Zakovat" Intellektual klubiga oid yangiliklar, qiziqarli savollar, turli tanlovlar oʻtkazishga moʻljallangan.

Barcha videolar:
youtube.com/c/ZAKOVATTV

Sayt: zakovatklubi.uz
Download Telegram
👨🏻‍⚖ Sudyalar va sud xodimlari “Zakovat”da kuch sinashdi!

🏆 25-iyul - Sudyalar va sud apparati xodimlari farovonligi xalqaro kuni munosabati bilan Oliy sud va viloyat sudlarining jamoalari o‘rtasida “Zakovat” o‘yini bo‘lib o‘tdi.

🎤 Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining sud tizimini isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari N.Xakimova, Oliy sud raisi R.Maxmudova hamda Sudyalar oliy kengashi raisi X.Yodgorov ishtirok etib, sudyalar va sud apparati xodimlarini bayram bilan tabriklab, ularning salomatligi, ruhiy xotirjamligi hamda munosib mehnat sharoitlariga ega bo‘lishi davlatimiz rahbarining e’tiborida ekanligini alohida ta’kidladilar.

✅ Viloyat bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tib kelgan ishtirokchilar respublika bosqichi o‘yinida qizg‘in bellashuv olib bordi.

🏅Bilim va mantiqiy fikrlash bahsida quyidagi jamoalar sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritdi:

🥇1-o‘rin: Qoraqalpog‘iston Respublikasining “Aral” jamoasi;
🥈2-o‘rin: Navoiy viloyatining “Turkiston” jamoasi;
🥈3-o‘rin: Namangan viloyatining “Triumf” jamoasi.

🎁 Mazkur jamoalar a’zolariga tashkilotchilarning qimmatbaho sovg‘alari topshirildi.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍13❤8👏4🤩2🫡1
🤵🏻‍♀️ Ayollar ligasining 8-turi bo‘lib o‘tadi!

🗓 1-avgust, shanba soat 13:00 da Ayollar ligasining 8-tur o‘yini o‘tkaziladi.

📍Liganing Toshkent shahridagi o‘yinlari Zakovat arena binosida o‘tkaziladi.

📝Ligada qatnashmoqchi bo‘lgan jamoalar ushbu havola orqali o‘zi ishtirok etadigan hududni tanlab ro‘yxatdan o‘tadi.

ℹ️ Hududlardagi o‘yinlarda qatnashmoqchi bo‘lgan ayollar qo‘shimcha ma'lumot uchun "Zakovat intellektual klubi" NNTning tegishli hududiy koordinatori bilan bog‘lanishlari mumkin. Hududiy koordinatorlar kontaktlarini ushbu havoladan olish mumkin.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥23❤3👍1
🖐 “Besh tashabbus” olimpiadasi doirasida Mahallalardagi yoshlar o‘rtasida “Zakovat” musobaqasining hududiy bosqichi bo‘lib o‘tadigan manzillar

📆 Hududiy bosqich o‘yinlari barcha hududda ertaga, 30-iyul kuni soat 10:00 da boshlanadi.

🔝 Hududiy bosqichda eng yuqori natija ko‘rsatgan 3 tadan jamoa musobaqaning respublika bosqichiga yo‘l oladi.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
👍11❤4🔥1🎉1
Mahalla_yoshlari_o‘rtasida_Zakovat_o‘yini_hududiy_bosqich_jamoalari.pdf
4.2 MB
🖐 “Besh tashabbus” olimpiadasi doirasida Mahallalardagi yoshlar o‘rtasida “Zakovat” musobaqasining hududiy bosqichida qatnashadigan jamoalar

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤6
🕌 Imom-xatiblar va imom noiblari o‘rtasida “Zakovat” musobaqasi o‘tkazildi

🇺🇿 Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida Toshkent shahrida faoliyat yuritayotgan imom-xatiblar va imom noiblari o‘rtasida “Zakovat” o‘yini tashkil etildi.

1️⃣2️⃣ Musobaqada Toshkent shahrining 12 ta tumanida faoliyat yuritadigan diniy soha xodimlaridan tuzilgan 12 ta jamoa g‘oliblik uchun o‘zaro bellashdi.

Qizg‘in raqobat ruhida o‘tgan bellashuv yakunida quyidagi jamoalar sovrinli o‘rinlarni egalladi:

🥇1-o‘rin: Mirzo Ulug‘bek tumani jamoasi;
🥈2-o‘rin: Shayxontohur tumani jamoasi;
🥉3-o‘rin: Olmazor tumani jamoasi.

🎁 Mazkur jamoalar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍30❤19🔥7🤩2⚡1