Zakovat intellektual klubi
31.8K subscribers
12.9K photos
2.01K videos
137 files
6.77K links
RASMIY KANAL. "Zakovat" Intellektual klubiga oid yangiliklar, qiziqarli savollar, turli tanlovlar oʻtkazishga moʻljallangan.

Barcha videolar:
youtube.com/c/ZAKOVATTV

Sayt: zakovatklubi.uz
Download Telegram
Vazirlik va idoralar o‘rtasidagi Mustaqillik kubogi jadvali bilan ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin.

Apellyatsiya qarorlari bilan ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin.

AH a’zolarining qarorlari bilan batafsil tarzda ushbu havolalar orqali tanishishingiz mumkin:

1- va 2-tur apellyatsiyalari;
3-tur apellyatsiyalari.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
❤4👍3
🏆 Vazirlik va idoralar o‘rtasida oʻtkazilgan Mustaqillik kubogida gʻoliblar aniqlandi!

🏆 Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan vazirlik va idoralar oʻrtasida Mustaqillik kubogi tashkil etildi.

7️⃣8️⃣ Unda turli tashkilotlar xodimlaridan tuzilgan jami 78 ta jamoa g‘oliblik uchun kurashdi.

🔥 Qizgʻin kurashlar ostida oʻtgan musobaqa yakunida quyidagi jamoalar sovrinli o‘rinlarni egalladi:

🥇1-o‘rin: Adliya vazirligi jamoasi;
🥈2-o‘rin: "Oʻzbekkoʻmir" AJ jamoasi;
🥉3-o‘rin: Fanlar akademiyasi jamoasi.

💻 G‘olib jamoalar diplom, medallar, noutbuklar hamda smart televizorlar bilan taqdirlandi!

🏆Shuningdek, musobaqada 1-o‘rinni egallagan Adliya vazirligi jamoasiga maxsus tayyorlangan Mustaqillik kubogi topshirildi!

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍17🔥8❤6👏1🐳1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
1️⃣ Tashkilotingizni bir so‘z bilan ta'riflang

🎤 Mustaqillik kubogida qatnashgan turli tashkilotlar xodimlari o‘rtasida qiziq so‘rovnoma o‘tkazdik

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍20❤8🔥7
Forwarded from ZAMON | RASMIY
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
09:00 07.09.2026

“ZAKOVAT” INTELLEKTUAL O‘YINI BO‘YICHA MUSTAQILLIK KUBOGI O‘TKAZILDI

#Toshkent

muxbir: Diyora G’aniyeva

https://t.me/zamon_lavhalar
❤11🔥7👍5🐳1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇰🇷 Janubiy Koreyadagi yurtdoshlarimiz o‘rtasida "Zakovat" musobaqasi o‘tkazildi

🏆 "Zakovat" endi Janubiy Koreyadagi vatandoshlarimizni birlashtirdi! Ushbu mamlakatda yashab, tahsil olayotgan o‘zbekistonlik yoshlar o‘rtasida "Zakovat" o‘yini tashkil etildi.

🤝 Musobaqa Tashqi ishlar vazirligi, O‘zbekistonning Janubiy Koreyadagi elchixonasi, “Vatandoshlar” jamoat fondi hamda “Zakovat” klubi hamkorligida o‘tkazildi.

🎤 Kyongbuk universitetida yig‘ilgan vatandoshlarimiz ko‘plab qiziqarli mantiqiy savollar bilan o‘zlarining bilim va mantiqiy fikrlash ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazdi. O‘yin “Zakovat” klubi prezidenti, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi Abdurasul Abdullayev tomonidan olib borildi.

🎁 O‘yin yakunida g‘olib bo‘lgan jamoa a’zolari tashkilotchilar tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤25👏7👍5🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📹 Vazirlik va idoralar o‘rtasida o‘tkazilgan Mustaqillik kubogidan videorolik

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍12🔥5❤‍🔥2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🍁 Kuzgi mavsumga oz qoldi!

🔜 Tez kunlarda “Zakovat” teleo‘yinining kuzgi mavsumi boshlanadi!

Ko‘rsatuv homiysi - 📗“Agrobank” aksiyadorlik tijorat banki.

Texnologik hamkor - 🔥 “Yandex Uzbekistan”.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍25❤17🎉8🔥6💯2🐳1🫡1
Intellektual olimpiada nizomi.pdf
1.4 MB
Oliy ta’lim tashkilotlari talabalari o‘rtasida Intellektual olimpiadani o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom

Ushbu nizom bilan musobaqaga quyidagi asosiy o‘zgartirishlar kiritilmoqda:

1️⃣ Oʻyin formatiga koʻra Shaxsiy oʻyin bilan oʻxshashligi sababli Erudit-kvartet oʻyini Intellektual olimpiada dasturidan chiqarib tashlanmoqda.

2️⃣ Hozirgi zamonaviy dunyoda yoshlarning sun’iy intellekt yechimlaridan to‘g‘ri yo‘nalishda foydalanishlarini ta’minlash va yoshlarning g‘oyalarini jamiyatdagi turli muammolarni hal qilishda rag‘batlantirish yo‘li orqali yuzaga chiqarish maqsadida Intellektual olimpiada dasturiga yangi yoʻnalish - sun’iy intellekt bo‘yicha “Zakovat Xakaton” musobaqasi qo‘shilmoqda.

3️⃣
Yangi bilimdonlarni kashf qilish, oliy ta’lim tashkilotlarida intellektual toʻgaraklar faoliyatini rivojlantirish, talabalar orasida bilim boʻyicha seleksiya ishlarini tizimli yoʻlga qoʻyish maqsadida musobaqada ishtirok etish boʻyicha quyidagi qoʻshimcha cheklovlar joriy etilmoqda:

- Intellektual olimpiadada oliy ta’lim tashkilotining ayni paytdagi talabasi boʻlmagan, xususan, akademik taʻtilga chiqqan, belgilangan tartibda kursdan kursga oʻtkazilmagan (kursdan qoldirilgan) yoki ta’lim tashkilotidan chetlashtirilgan (oʻqishdan haydalgan) shaxslarning ishtirok etishiga yoʻl qoʻyilmaydi;
- magistratura bosqichida tahsil olayotgan talabalar turli yillarda oʻtkaziladigan Intellektual olimpiada musobaqalarida magistrant sifatida faqat bir marotaba ishtirok etish huquqiga ega boʻlib, ularning qayta ishtirok etishiga ruxsat berilmaydi;
- Bakalavriat bosqichi talabalari uchun ishtirok etish huquqi turli yillarda oʻtkaziladigan Intellektual olimpiada musobaqalarida har bir oʻquv kursi kesimida bir marotaba bilan cheklanadi. Bunda talaba keyingi kursga oʻtgan taqdirda, navbatdagi kurs doirasida yana bir bor ishtirok etish huquqiga ega hisoblanadi;

Yuqorida nazarda tutilgan ishtirok etish cheklovlari avvalgi yillarda tashkil etilgan Intellektual olimpiadalar doirasida talabalarning ishtirok etganlik holatlari inobatga olingan holda qoʻllaniladi. Ishtirokchilar hisobini yuritish, ularning avvalgi yillardagi ishtirokini aniqlash hamda takroriy qatnashish holatlari oldini olish maqsadida Tashkiliy guruh tomonidan yagona maʻlumotlar reyestri shakllantiriladi. Mazkur reyestr hududiy saralash bosqichidan boshlab yuritiladi hamda keyingi bosqichda ishtirokchilarni tasdiqlashda asosiy axborot manbai sifatida foydalaniladi.

4️⃣ Yangi tartibda “Zakovat”, “Breyn-ring” va “Shaxsiy oʻyin” turnirlarida ishtirok etuvchi oliy taʻlim tashkilotlari “Zakovat” intellektual oʻyini natijalariga koʻra aniqlansa, “Shaxmat”, “Shashka” va “Zakovat Xakaton” turnirlarida ishtirok etuvchi oliy taʻlim tashkilotlari har bir oʻyin turi boʻyicha alohida saralash bosqichi orqali aniqlanadi hamda ushbu yo‘nalishlar bo‘yicha respublika bosqichiga kvotalar kelib tushgan arizalar soniga qarab alohida belgilanadi.

ℹ️ Musobaqani o‘tkazish tartibiga oid boshqa yangiliklar bilan nizomni to‘liq o‘qib chiqib tanishishingiz mumkin.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍17❤14⚡8🔥1🐳1
🏆Ikkinchi liga yozgi mavsumi g‘oliblari

🏆 Jami 10 tur natijasiga ko‘ra, quyidagi jamoalar kuchli beshlikni egalladi:

1-o‘rin: Up! jamoasi
2-o‘rin: LogIQ jamoasi
3-o‘rin: Troya jamoasi
4-o‘rin: NBU-Kelajakka qadam jamoasi
5-o‘rin: Tornado jamoasi

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤5👍3
🏆Birinchi liga yozgi mavsumi g‘oliblari

🏆 Jami 10 tur natijasiga ko‘ra, quyidagi jamoalar kuchli beshlikni egalladi:

1-o‘rin: Dovcha jamoasi
2-o‘rin: Perseptron jamoasi
3-o‘rin: Metsenat jamoasi
4-o‘rin: Ekspromt jamoasi
5-o‘rin: iScream jamoasi

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤2⚡1👍1