Zakovat intellektual klubi
31.8K subscribers
12.9K photos
2.01K videos
137 files
6.77K links
RASMIY KANAL. "Zakovat" Intellektual klubiga oid yangiliklar, qiziqarli savollar, turli tanlovlar oʻtkazishga moʻljallangan.

Barcha videolar:
youtube.com/c/ZAKOVATTV

Sayt: zakovatklubi.uz
Download Telegram
👩‍💼 Qoraqalpog‘istonda tadbirkor ayollar uchun “Zakovat” o‘yini o‘tkazildi

🏆 Qoraqalpog‘istonlik tadbirkor ayollar Nukus shahrida bilimlar bellashuvida kurashdi. Musobaqa “HAMROH” xotin-qizlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash kompaniyasi hamda “Zakovat” klubi hamkorligida tashkil etildi.

👥 Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasining barcha tumanlari va Nukus shahridan jami 34 ta jamoa tarkibida 204 nafar tadbirkor xotin-qizlar ishtirok etdi.

❓ O‘yin davomida ishbilarmon ayollar bir-biridan qiziqarli savollar orqali o‘z bilimlari va mantiqiy fikrlash ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazdi.

🏆 Musobaqada eng yaxshi natija ko‘rsatgan quyidagi jamoalar sovrinli o‘rinlarni egalladi:

🥇1-o‘rin - “Ariwlar” jamoasi (Nukus tumani)
🥈2-o‘rin - “Jana Qanlikol” jamoasi (Qonliko‘l tumani)
🥉3-o‘rin - “Mulkxonim” jamoasi (Amudaryo tumani)

💰 G‘olib jamoalar pul mukofotlari bilan taqdirlandi.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍15❤7🔥6
✉️ ”Zakovat”ga savol yo‘llang va 100 mln so‘m pul mukofotini qo‘lga kiriting!

🍂 “Zakovat” teleo‘yini kuzgi mavsumi boshlanishiga sanoqli kunlar qoldi. O‘yinga savol jo‘natib, bilimdonlar bilan kurashga kirishish va katta miqdordagi pul mukofotlarini yutib olishning ayni vaqti!

💰 Teleo‘yinga savol yo‘llagan hamda bilimdonlar ustidan g‘alaba qozongan teletomoshabinlar quyidagicha rag‘batlantiriladi:

Mavsum o‘yinlarida (mavsum finallari va yil finalidan tashqari) teletomoshabinlar jamoasiga keltiradigan:

1-ochko uchun — 1 mln so‘m;
2-ochko uchun — 2 mln so‘m;
3-ochko uchun — 3 mln so‘m;
4-ochko uchun — 4 mln so‘m;
5-ochko uchun — 5 mln so‘m;
6-ochko uchun — 6 mln so‘m.

📈 Mavsum finallari va yil finalida bilimdonlar tomonidan topilmagan har bir savol uchun savol mualliflari yuqoridagi pul mukofotlarining ikki baravari miqdorida rag‘batlantiriladi.

🥇Eng yaxshi savol mualliflari quyidagicha miqdorda pul mukofotlarini yutib oladi:

1️⃣0️⃣ Oddiy o‘yinlardagi eng yaxshi savol uchun — 10 mln so‘m;

5️⃣0️⃣ Mavsum finallaridagi eng yaxshi savol uchun — 50 mln so‘m.

1️⃣0️⃣0️⃣ Agar savolingiz yil finalida eng yaxshi savol deb topilsa, unda 100 mln so‘m pul mukofoti beriladi.

📥 “Zakovat” teleo‘yiniga savollar zakovat.tv maxsus platformasi orqali qabul qilinadi.

📲 Ushbu platforma foydalanuvchilar uchun qulay va sodda ko‘rinishda ishlab chiqilgan bo‘lib, unda ro‘yxatdan o‘tish orqali Siz smartfondan ham savol jo‘natish imkoniga ega bo‘lasiz (bir marta ro‘yxatdan o‘tish kifoya).

ℹ️ Savol yo’llaganda quyidagi ma’lumotlar bo‘lishi kerak:

❓ 1. Savol matni;
💬 2. Javob matni va javobga izoh;
🖼 3. Agar bo‘lsa, savol hamda javobga zarur bo‘lgan qo‘shimcha materiallar (fotosurat, videofaylga havola);
📖 4. Savol manbasi (qaysi kitob, sayt yoki boshqa manbadan olingani aniq ko‘rsatilishi shart).

📬 Teleo‘yin uchun har kuni yuzlab, har oyda minglab savollar yuborilishi tufayli tahririyat tomonidan savollarni ko‘rib chiqish muddati ba'zan bir necha oy yoki yilga uzayishi mumkin. Bunda tahririyat o‘yin uchun qaysi savolni tanlab olishni mustaqil hal qiladi va savol mualliflariga savoli nega olinmagani bo‘yicha izoh bera olmaydi.

🙏🏻 Hurmatli muxlislar, teleo‘yin uchun savollaringizni kutib qolamiz! Sizning savollaringiz “Zakovat”ning eng asosiy ustunidir!

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍30❤20🔥9👏3🎉1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🍁 Kuzgi mavsumga 3 kun qoldi!

⏳ Shanba, soat 22:22 da “Milliy” telekanalida kuzgi mavsumning birinchi o‘yini efirga uzatiladi.

Ko‘rsatuv homiysi - 📗 “Agrobank” aksiyadorlik tijorat banki.

Texnologik hamkor - 🔥 “Yandex Uzbekistan”.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤩16❤13🔥6👍4🎉4👏2🥰1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🗓 Shanba, soat 22:22 da “Milliy” telekanalida kuzgi mavsumning birinchi o‘yini efirga uzatiladi.

🆕 Ushbu o‘yinda yangi bilimdonlardan tashkil topgan Otajon Iskandarov jamoasi ishtirok etadi.

Ko‘rsatuv homiysi - 📗 “Agrobank” aksiyadorlik tijorat banki.

Texnologik hamkor - 🔥 “Yandex Uzbekistan”.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤33👍18🔥2🕊1
💣 Yangi oʻquv yili boshlanishi bilan talabalar yana Zakovat arenani portlatdi!

Bugundan butun respublikamiz boʻylab Talabalar ligasi oʻyinlari boshlandi. Birgina Toshkent shahridagi oʻyinda 130 ga yaqin jamoa ishtirok etdi.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥25❤11👍9🥰1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🏦 Milliy bank xodimlari o‘rtasida “Zakovat” musobaqasi bo‘lib o‘tdi!

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi va O‘zbekiston Milliy bankining 35 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan intellektual bellashuvda “O‘zmilliybank” AJning turli departament va bo‘linmalari, shuningdek, hududiy bosh boshqarmalaridan 40 dan ortiq jamoa bir maydonda jam bo‘ldi.

🔥 Qizg‘in kechgan bellashuvda Milliy bank xodimlari oʻzlarining yuqori intellekti va jamoaviy ishlash koʻnikmalarini namoyish etdi.

🏆 Oʻyin yakunida quyidagi jamoalar sovrinli oʻrinlarni egalladi:

🥇1-o‘rin: Loyihalarni moliyalash markazi jamoasi;
🥈2-o‘rin: Axborot texnologiyalari departamenti jamoasi;
🥉3-o‘rin: Yuridik departament jamoasi.

🎁 Mazkur jamoalar diplom, esdalik sovgʻalari va pul mukofotlari bilan taqdirlandi.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤8🔥8👏5👍4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎉 Bugun Komil Allamjonov tavallud topgan kun!

🎂 Bugun Prezident administratsiyasi rahbarining shartnoma asosida jalb qilinadigan maslahatchisi, Prezident administratsiyasining AQSHdagi vakili Komil Allamjonov tavallud topgan kun.

📖 Komil Allamjonov “Zakovat”ni ommalashtirish bo‘yicha faoliyatining ilk kunlaridanoq klub a'zolarini hunar o‘rganish, ilmni chuqur egallash va zakovatli bo‘lishga targ‘ib qilib keladi.

✊🏻 Hurmatli Komil Ismoilovich, “Zakovat” klubi nomidan Sizga uzoq umr, sihat-salomatlik va yurtimiz ravnaqi yo‘lidagi ishlaringizga ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥39❤17👍13🎉7⚡5🕊2😍2😎2🥰1👏1🏆1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🗓 Bugun, soat 22:22 da “Milliy” telekanalida kuzgi mavsumning birinchi o‘yini efirga uzatiladi.

🆕 Ushbu o‘yinda yangi bilimdonlardan tashkil topgan Otajon Iskandarov jamoasi ishtirok etadi.

Ko‘rsatuv homiysi - 📗 “Agrobank” aksiyadorlik tijorat banki.

Texnologik hamkor - 🔥 “Yandex Uzbekistan”.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤23👍12🔥10🕊4👏3
👩‍🏫 O‘qituvchilar o‘rtasida “Zakovat” musobaqasi uchun ro‘yxatdan o‘tish davom etadi!

🗓 26-sentabr, shanba kuni soat 10:00 da O‘qituvchilar o‘rtasida “Zakovat” musobaqasining saralash bosqichi o‘tkaziladi!

🏫 Musobaqada O‘zbekiston Respublikasida faoliyat ko‘rsatayotgan umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasbiy hamda oliy ta’lim tashkilotlari o‘qituvchilaridan tuzilgan jamoalar qatnashishi mumkin.

1️⃣ Musobaqada har bir ta’lim muassasasi nomidan faqat bitta jamoa ishtirok etishi mumkin.

👥 Unda ishtirok etuvchi jamoalar tarkibi 6 nafar asosiy va 1 nafar zaxira ishtirokchidan iborat bo‘ladi. Jamoalar tarkibida 2 nafardan ortiq professional bilimdonlar boʻlishiga ruxsat berilmaydi. Professional bilimdon deganda quyidagi xususiyatlarga to‘g‘ri keladigan bilimdonlar tushuniladi:
- Toshkent shahridagi “Zakovat” intellektual klubi Professional ligasining 2025-yil kuzgi, qishki, 2026-yil bahorgi va yozgi mavsumlaridan biri yoki bir nechtasida ishtirok etgan bilimdon;
- Respublika hududlarida “Zakovat” intellektual klublaridagi Professional ligalarda 2025-yil kuzgi, qishki, 2026-yil bahorgi va yozgi mavsumlardan biri yoki bir nechtasida 1-, 2- va 3-o‘rinni qo‘lga kiritgan jamoalardan birining a’zosi bo‘lgan bilimdon;
- “Zakovat” teleo‘yinining mavsumiy bahslarida (shou o‘yinlar bundan mustasno) 2026-yil yozgi mavsumidan hisoblaganda oxirgi uch yil mobaynida jamoalar tarkibida kamida ikki mavsum ishtirok etgan bilimdon.

2️⃣ Musobaqa quyidagi ikki bosqichda o‘tkaziladi:
- saralash bosqichi
- respublika bosqichi

🔝3️⃣ Har bir hududdagi saralash o‘yinlaridan o‘tgan 3 tadan jamoa Respublika bosqichida ishtirok etadi.

✏ Musobaqada ishtirok etish uchun o‘qituvchilar jamoasi dastlab zakovatklubi.uz saytidan o‘z hududidagi musobaqani tanlab ro‘yxatdan o‘tishi, shuningdek musobaqa nizomiga ilovada keltirilgan ariza namunasini to‘ldirib, ta’lim muassasasi rahbari imzosi hamda tashkilot muhri bilan tasdiqlangan holda ustoz@zakovat.tv elektron pochtasiga 24-sentabr kuni soat 23:59 gacha ariza yuborishlari lozim.

💵 Musobaqaning respublika bosqichida g‘olib bo‘lgan jamoalar quyidagi miqdorda pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:

🥇1-o‘rin uchun - 100 mln so‘m
🥈2-o‘rin uchun - 60 mln so‘m
🥉3-o‘rin uchun - 40 mln so‘m

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍13❤4
🍁 “Zakovat” teleo‘yini kuzgi mavsumining birinchi o‘yini - Otajon Iskandarov jamoasi ishtirokidagi bahsning to‘liq videosi YouTube’dagi rasmiy kanalimizga joylandi.

😎 O‘yinni ko‘rish

Ko‘rsatuv homiysi - 📗 “Agrobank” aksiyadorlik tijorat banki.

Texnologik hamkor -
🔥 “Yandex Uzbekistan”.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥13❤6👍3🐳3
🏆 O‘quvchilar ligasi 2026/27-o‘quv yili kuzgi mavsumi 1-turidan keyingi reyting jadvali

1-turda jamoalar egallagan o‘rni va qo‘lga kiritgan ballarini, shuningdek umumiy jadvalning qolgan qismini ko‘rmoqchi bo‘lsangiz, ushbu havola ustiga bosing.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤5👍4